Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
11.2K photos
887 videos
430 files
3.61K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#DTM_sinovi
#KosonsoyIM

🏢 Namangan viloyati Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

💥 Bugun maktabimizning yuqori sinf oʻquvchilaridan repetision nazorat testlari olindi.
Bu jarayon albatta bitiruvchilarda test ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi va olgan bilimlarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Milliy_sertifikat
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oʻqituvchisi Alimardon Abdurahmonov ona tili va adabiyoti fanini bilish darajasini baholash milliy imtihonida qatnashib, umumtaʼlim fanini bilish darajasini toʻgʻrisidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, bunday sertifikatga ega boʻlgan abiturientlarga Davlat Test Markazi tomonidan tegishli fan doirasida oliygohlarga kirish sinovlarda yuqori bal beriladi. Bunday sertifikatga ega pedagoglarga esa oylik maoshlariga ustamalar belgilanadi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM
#Memorandum

👨‍⚕👩‍⚕Bugun 22-noyabr kuni Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy yoʻnalishi yuqori sinf oʻquvchilari Kosonsoy tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurishdi.
Oʻquvchilar ekskursiya davomida qon tahlili, teri kasalliklari va labaratoriya jihozlaridan foydalanishni oʻrganishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-tabiiy sinf o‘quvchilari ishtirokida "Yosh kimyogarlar" to‘garak a'zolari o‘rtasida kimyo fanidan o‘tilgan mavzular yuzasidan DTM sinov o‘tkazildi. Test sinovida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga kimyo fani o'qituvchisi Hasanboy Jalilov tomonidan mukofot e'lon qilingan.

Natijalarni kutib qolamiz.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
O'zbegim yigitlari chorak finalda 🫡

🏆Jahon chempionati U-17 | Nimchorak

Angliya 1:2 O'zbekiston

⚽️
Gollar: Ndala 32 - Saidov 4, Mirzayev 67.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-tabiiy sinf o‘quvchilari ishtirokida "Yosh kimyogarlar" to‘garak a'zolari o‘rtasida kimyo fanidan o‘tilgan mavzular yuzasidan DTM sinov o‘tkazildi. Test sinovida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga kimyo fani o'qituvchisi Hasanboy Jalilov tomonidan mukofot e'lon qilingan edi.

Natijalarni e'lon qilamiz:
1 -o‘rin Mohlaroy 300000 so‘m,
2 -o‘rin Abdurahim 200000 so‘m
3 -o‘rin Mubina 100000 so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritishdi. Mukofotlar maktabning kimyo fani o'qituvchisi Hasanboy Jalilov tomonidan g‘olib o‘quvchilarga rag'batlantirish maqsadida berildi.


https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Ustozlar_olimpiadasi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning matematika va kimyo fani o'qituvchilari o‘rtasida "Ustozlar_olimpiadasi" ga start berildi. Ustozlar olimpiadasi Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazilmoqda.

Ustozlar olimpiadasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika va kimyo fani ustozlari ham ishtirok etishmoqda.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab