Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.13K subscribers
10.8K photos
876 videos
428 files
3.5K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#taqdirlash
#iqro


23.04.2023 dagi Matematika fanidan Kosonsoy Test Markazida o'tkazilgan Test natijalari bo'yicha o'quvchilar mukofotlandilar👏👏👏👏

Yo'l qo'yilgan kamchiliklar uchun uzr so'rab qolamiz va bartaraf etamiz albatta


@iqro_education_center
Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
Photo
Oʻquv markazi tomonidan taqdirlangan 10 nafar gʻolib oʻquvchidan 6 nafari Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ekanligi kishini quvontiradi, ustozlar mehnatini koʻrsatadi, shijoatni uygʻotadi...
Forwarded from YM Olympics News
📎 Mana shu oxirgi tashlangan ro'yxatda ko'rsatilgan jami 444 nafar o'quvchilar olimpiadaning final qismiga taklif qilinadilar!
📎 94 nafar 5,6,7- sinf o'quvchilari, 222 nafar 8,9- sinf o'quvchilari, 122 nafar 10,11- sinf o'quvchilari 7-may kuni Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi binosida yozma ish (50 ballik) va og'zaki (30 ballik) sinovlarni topshiradilar.
📎 Sinovlar soat 09:00 da boshlanadi. Shunga qarab ishtirokchilardan 8:00- 8:30 oralig'ida yetib kelish chorasini ko'rish so'raladi. 📎 Ishtirokchilarga BEPUL TUSHLIK beriladi.
📎 Natijalar shu kunning o'zida aniqlanib, taqdirlash marosimi o'tkaziladi.
Forwarded from YM Olympics News
Video roliklar 20 ballik tizimda baholanmoqda, o'quvchilar jami 100 ballik tizimda baholanadilar.
Forwarded from Hilola Umarova
Agar bir o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir kishiga ta’lim bergan bo‘lasan. Agar bir qizga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan, degan so‘zlarning zamirida hayotiy haqiqat borligini albatta, hammamiz yaxshi anglaymiz.

Bugun biz ta’limga bo‘lgan e’tiborning yana bir ijobiy natijasini guvohi bo‘lib turibmiz — Prezident maktabining o‘quvchi qizi 100 foiz grant asosida dunyoning eng mashhur universiteti Garvard talabasi bo‘ldi. Har qancha maqtansa arzigulik natija.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova barcha tengdoshlariga namuna bo‘lib, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilish va harakatlari bilan endi Garvard universitetida muhandislik yo‘nalishida tahsil oladi.

Kun.uz muxbirining Go‘zal bilan bo‘lgan suhbati farzandi ta’limiga befarq bo‘lmagan hech bir insonni befarq qoldirmaydi.

Go‘zalxon singari yoshlarimizni ko‘rib, yana bir bor barcha ota-onalardan farzandlaringiz qiziqishlarini qo‘llab- quvvatlang, ularning ilm olishiga motivatsiya bering degim keldi. Zero buning mevasidan birinchi navbatda o‘zingiz va siz orqali butun jamiyat bahramand bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, Go‘zalxon va uning ota-onasini farzandlarining yuksak yutug‘i bilan muborakbod etaman.
#Kitobxonlik

Sovet qatagʻon davri qurboni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan oqlangan, oʻzbek xalqining jafokash farzandi, kosonsoylik Sayyid Nosirxon toʻra Kosoniy hayoti va mazmunli umrini yoritib bergan ushbu asarni oʻqib chiqishni tavsiya qilaman.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 9 yil grantda o'qib, Yaponiyaning eng ilg'or universitetidan PhD daraja olgan olim bilan suhbat
👤 #Osmondagi_bolalar
📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida joriy yilning 5-6-may kunlari Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo'lib o'tadi

⚡️Ushbu olimpiadada:
Olimpiadaning joriy yil yanvar oyida o'tkazilgan maktab bosqichi g'oliblari ishtirok etadi.
▶️ Shuningdek,
2022-2023-o'quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g'oliblari;
2021-2022-o'quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish huquqiga ega.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo'lib o'tadi.

Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish bo'yicha

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish
Laboratoriya ishi

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar olimpiadaning Agentlik bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣 DIQQAT, OLIMPIADA!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o'rtasida o‘tkazilayotgan  Agentlik fan olimpiadasining Namangan viloyati hududiy bosqichini
🔴
NAMANGAN VILOYAT HUDUDIY BO'LIMI
kanalida onlayn  kuzatib borishingiz mumkin.

📝 Olimpiada natijalari bilan quyidagi guruhlarda tanishib borishingiz mumkin:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar olimpiadaning  Agentlik  bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi pinned «📣 DIQQAT, OLIMPIADA!!! ❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o'rtasida o‘tkazilayotgan  Agentlik fan olimpiadasining Namangan viloyati hududiy bosqichini 🔴 NAMANGAN VILOYAT HUDUDIY BO'LIMI kanalida onlayn  kuzatib…»
#Jarayon
#Agentlik_olimpiadasi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan fan olimpiadasi oʻtkazishga hozirlik shay holatda.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab