Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.9K photos
880 videos
429 files
3.55K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar!

Davlatimiz gʻamxoʻrligi ostida oʻtkazilayotgan "Tashabbusli byudjet" loyihasida oʻz ovozingizni bizning maktabga bersangiz mamnun boʻlar edik.

Maktab jamoasi.
#Jarayon
#5_tashabbus
#Axborot_texnologiyalari
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Ahliyor Murodullayev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilib kelinayotgan reytingli "Beshinchi shaxsiy olimpiada" da muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
Ahliyor hozirda 20 mingdan ortiq oʻquvchi qatnashayotgan reyting olimpiadasi turnir jadvalida 11-oʻrinni egallab turibdi.
Ustozi: Abdunabi Rashidov.

Maktab jamoasi ushbu olimpiadada Ahliyorga muvaffaqiyat tilaydi va qoʻllab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Zakovat_bahsi
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intelektual musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqada maktabning 10 ta jamoasi gʻoliblik uchun kuch sinashdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan uchrashuvda 11-sinfning "Pifagor" va 7-sinfning "Universal" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Maktab jamoasi ushbu bilim bellashuvini oʻtkazishda jonbozlik koʻrsatgan Gʻofirjon Shermatov va faol oʻquvchilarga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Referendum
#Seniki_meniki_hammamizniki

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yurtimiz boʻylab 30-aprel kuni oʻtkaziladigan siyosiy jarayon- referendumga tayyorgarlik koʻrish masalasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston respublikasi Konstitutsiyasi va uning yangilanayotgan moddalari xususida yigʻilganlarga atroflicha maʼlumot berdi. Tadbirda qatnashganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi barcha fuqarolarni referendumda faol ishtirok etishga chaqiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
YouTubeda tomosha qiling:

"Javob izlab"... Zakovat intellektual oʻyini, Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Youtube kanalimizga obuna boʻlish yoddan chiqmasin va 👍 like tugmachasini bosing.

https://youtu.be/OmB2gCqjpIc
#Xushxabar

TURAN XALQARO UNIVERSITETI tomonidan ilk bor tashkil etilgan fan olimpiadasida o'quvchilarimiz yaxshi natijani qo'lga kiritishdi. Ishtirok etgan o'quvchilarning 19 nafari g'oliblar qatorida. Jumladan o'quvchilarimizdan 5 nafari 4 yillik 100 % grantni, 3 nafari 4 yillik 50 % grantni, 3 nafari 4 yillik 25 % grantni, 1 nafari 1 yillik 25 % grantni, 7 nafari imtihonsiz o'qishga qabul imtiyozini qo'lga kiritishdi.
SHULARDAN

Husniddinov Abbosjon
1⃣0⃣0⃣% 4 yillik umumiy
Qiymati 88.000.000 Grand
Nasibxonova Nozima 1⃣0⃣0⃣%
4-yillik umumiy qiymati 88.000.000 so'mlik Grand
Hojixonova Mavluda 4 yillik umumiy qiymati 44.000.000 so'mlik Grand
Xolmirzayev Jaloliddin 4 yillik umumiy qiymati 44.000.000 so'mlik GRAND ni qo'lga kiritib TALABA bo'lishdi
Fayzullayeva Fayzinisso imtihonsiz muddatidan oldin TALABA bo'ldi
Muhibullayeva Mubinabegim imtihonsiz muddatidan oldin TALABA bo'lishdi

Tabriklaymiz!

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab