Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
873 videos
428 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#STEAM_olimpiadasi
#Uchinchi_kun

♻️🔰Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

📊📈Ta'lim muassasamizda  STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va  axborot texnologiyalari, science) fanlari bo'yicha  5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida  ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi fan olimpiadasining (test sinovi) maktab bosqichi davom etmoqda.

❗️Eslatib o'tamiz, Agentlik fan olimpiadasiga 31.01.2023 kuni START berilgan edi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Ruhiyat_olami
#Trening_mashgʻuloti

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining psixologi Shahnoza Bazarova 5-sinf oʻquvchilari bilan trening mashgʻuloti oʻtkazdi.

Treningda oʻquvchilarni guruhlarga boʻlingan holda jamoaviy ahillikda ishlash koʻnikmalari shakllantirildi.
Trening yakunida oʻquvchilarning ruhiyatida mavjud boʻlgan xavotir hissini aniqlash uchun test olindi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar – 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 2000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 500 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 100 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 50 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2023-yil 27-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/
#ЭЪТИРОФ

🔰 Шавкат МИРЗИЁЕВ:

▫️- НАМАНГАНда чинакам тадбиркорлик руҳи бор. Сизлардан миннатдорман!

▫️- НАМАНГАН ҳеч муболағасиз тадбиркорлар юрти, кичик ва ўрта бизнес марказига айланди!

▫️- НАМАНГАН тадбиркорлик ва кўплаб соҳаларда етакчи ўринларда. Вилоят ҳокими Ш.Абдураззоқовга тўлиқ ишонаман!

☑️ Мазкур иқтибослар Президентнинг Наманган вилоятига ташрифи чоғида (03.02.2023) билдирган фикрларидан олинди.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Xushxabar
#Bizda_shunday_oʼquvchimiz_bor
#Faxrimiz

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi Usmonov Diyorbek ingliz tilini bilish darajasi to'g'risidagi B2 darajali sertifikatni qo'lga kiritdi.

Kosonsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab rasmiy sahifalari:

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Ustoz_oʻgiti

1991 yilda tumanimizdagi 21-maktabning 1-"A' sinfiga o‘qishga borganman. Birinchi o‘qituvchim umrlari uzoq boʻlsin, Muhabbatxon Otamirzayeva edilar. Ustozimning yodimda qolgan o‘gitlarini doim eslayman:

Kattalarga, xonaga kirganingizda salom bering.

Kattalarni yuklari og‘ir bo‘lsa yordam bering, koʻtarishib oling

Yo‘lda katta odam ketayotgan bo‘lsa oldiga tushib olmang.

Kattalarga yo‘l bering,oldilarini kesib o‘tmang,ayniqsa qizlar erkaklarni oldilaridan kesib o‘tmang,yo‘l berib o‘tkazib yuboring...

Kattalarga gap qaytarmang.

Shu o‘gitlar qulogʻimda doim jaranglaydi.

Sizning ham yodingizda qolgan ustozlaringiz, ular bergan va siz amal qiladigan o‘gitlari bormi?

Bor boʻlsa, sinf guruhlarida eslaymiz va sinfdoshlarga xabarni tarqatamiz

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!

Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.

Shu sabab, bolangizga:

Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!

Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.

Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Mahorat_darsi
#Ma'naviyat_oyligi
#Navoiyga_ta'zim

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fevral oyi " Ma'naviyat oyligi" deb e'lon qilinib, " Bir asrning ikki dahosi" shiori ostida bir qator tanlovlar va mahorat darslari e'lon qiindi.

💥 Shu munosabat bilan bugun 6.02 kuni maktabning 6-aniq sinfida ingliz tili o‘qituvchisi Shahlo Salomova tomonidan " Alisher Navoi is a master of Uzbek language; Culture (speaking)" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

💥 Darsda o‘quvchilar Alisher Navoiy hayoti va ijodi to‘g‘risida inglizcha ma'lumotlar beriishdi. Gʻazal mulkining sultonining ruboiy va g‘azallarini o‘zbek-ingliz tilida ravon yod aytishdi.

🇬🇧 Ustoz tomonidan berilgan Navoiy ijodi bilan bog‘liq savollarga o‘quvchilar guruhlarda javob berishdi.

Darsda ota-onalar vakillari ham ishtirok etishdi.

💥 Darsda asosiy eʼtibor ogʻzaki nutqni rivojlantirishga (speaking) qaratildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab