Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.9K photos
880 videos
429 files
3.55K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Turkiya

TURKIYA NASHRIYOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

🔴Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashish maqsadida ayni damda Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turishibdi.

Uchrashuvlar davomida darsliklarni chop etish, ularni ta'lim muassasalariga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, dastur davomida:

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish masalalarini o‘rganish;

▶️davlat hamda xususiy nashriyotlari faoliyati bilan tanishish;

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni (xususan, matematika, kimyo fanlari) ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

✔️Uchrashuvlar davom etmoqda.
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy
#Ehson_oshi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ovqatlanishlari uchun maktab oshxonasi oʻz faoliyatini boshladi.

Shu munosabat bilan 24-yanvar kuni oʻquvchilar dasturxoniga ehson oshi tortildi.

Maktab jamoasi ehson oshi homiylariga minnatdorchilik bildiradi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, maktab oshxonasi bir vaqtning oʻzida 500 nafar oʻquvchiga xizmat koʻrsatadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Ota_onalar_majlisi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining 7-8-sinf oʻquvchilari uchun ota-onalar majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisni maktab direktori F. Begmatov kirish soʻzi bilan ochib, ota-onalarni maktab Nizomi bilan tanishtirdi.

Majlisda oʻquv ishlari bòyicha direktor oʻrinbosari Sh. Ismoilov soʻzga chiqib, oʻquv yili rejalari, oʻquv darsliklari, oʻquvchi formasi, fan toʻgaraklari va qoʻshimcha mashgʻulotlar kabi masalalarga oydinlik kiritdi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bòyicha direktor oʻrinbosari B. Hasanov ham yigʻilishda soʻzga chiqib, ota-onalarga maktab ichki tartib-intizomi toʻgʻrisida ma'lumot berdi.

Ota-onalar vakili I. Vahobov yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanligini yashirmadi va maktab jamoasiga yigʻilganlar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Yigʻilishda ota-onalar+maktab shartnomasi imzolandi. Majlis soʻngida maktab jamoasi va ota-onalar doimo hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI 16 YOSHGA TO‘LGAN MAKTAB BITIRUVCHILARIDAN O'Z VAQTIDA PASPORT (ID KARTA) OLISHLARINI SO'RAYDI

Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.

Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Muvaffaqiyat
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Sherzodbek Ismoilov Yakubjanovich

"RESEARCH AND PUBLICATIONS" ilmiy nashrlar markazi ilmiy kengashining qaroriga koʻra "Taʼlim fidoyisi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Sherzodbekni ushbu muvaffaqiyat bilan maktab jamoasi tabriklaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Ota_onalar_majlisi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining 9-10-sinf oʻquvchilari uchun ota-onalar majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisni maktab direktori F. Begmatov kirish soʻzi bilan ochib, ota-onalarni maktab Nizomi bilan tanishtirdi.

Majlisda oʻquv ishlari bòyicha direktor oʻrinbosari Sh. Ismoilov soʻzga chiqib, oʻquv yili rejalari, oʻquv darsliklari, oʻquvchi formasi, fan toʻgaraklari va qoʻshimcha mashgʻulotlar kabi masalalarga oydinlik kiritdi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bòyicha direktor oʻrinbosari B. Hasanov ham yigʻilishda soʻzga chiqib, ota-onalarga maktab ichki tartib-intizomi toʻgʻrisida ma'lumot berdi.

Ota-onalar vakili M. Miraliyev yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanligini yashirmadi va maktab jamoasiga yigʻilganlar nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Yigʻilishda ota-onalar+maktab shartnomasi imzolandi. Majlis soʻngida maktab jamoasi va ota-onalar doimo hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Ruhiyat_olami
#Soʻrovnoma

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining psixologi Shahnoza Bazarova tomonidan oʻquvchilarning ota-onalari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Treningda maktab psixologi maktabda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning oʻquv jarayoniga boʻlgan munosabati xususida ota-onalardan anonim soʻrovnoma oldi.

Shuningdek, mutaxasis psixolog oʻsmir yoshidagi bolalarni fiziologik va ruhiy olamida kechadigan oʻzgarishlar haqida ota-onalarga maʼlumot berdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Muvaffaqiyat

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Tarbiya fani oʻqituvchisi

Poʻlatova Sayyora Moʻminjonovna

"Ustozlari ulugʻlangan yurtda kelajak bordir" shiori ostida oʻtkazilgan Respublika tanlovining "2-chorakning eng yaxshi ochiq darsi" nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritganligi uchun

OLIY DARAJALI DIPLOM

bilan taqdirlandi.

Maktab jamoasi Sayyora Poʻlatovani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
🔰 O‘zbekiston OTM talabalari uchun 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab tarix va geografiya yoʻnalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi.

▫️"Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e'lon qilindi.