Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.42K subscribers
12.4K photos
930 videos
431 files
4K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#online
#Olimpiada

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-aniq sinf oʻquvchilari uzaytirilgan qishki taʼtil kunlari onlayn olimpiadalarda muntazam ravishda qatnashib, maxsus sertifikatlarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#online
#Olimpiada

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-aniq sinf oʻquvchilari uzaytirilgan qishki taʼtil kunlari onlayn olimpiadalarda muntazam ravishda qatnashib, maxsus sertifikatlarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Maktabimizning matematika fani oʻqituvchisi Abduvahobov Farruxbek tomonidan oʻtkazilgan onlayn tanlovda 5-aniq sinf oʻquvchisi Jasurbek Rahimjonov gʻolib, deb topildi va sertifikat sohibiga aylandi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Kosonsoy

🔴 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchilari uchun "Darsda oʻquvchilarni baholashning zamonaviy metodik usullari" va "Yaponiya anʼanaviy taʼlim tizimining ilgʻor tajribasini Oʻzbekiston maktablariga tadbiq qilish " mavzusida seminar-trening mashgʻuloti bo'lib o'tdi.

❗️Trening mashgʻuloti maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Sherzodbek Ismoilov tomonidan olib borildi.

Seminar-treningda oʻqituvchilar taʼlim sifatini oshirish bilan bogʻliq savollariga javob olishdi.


📍Seminar-trening uzaytirilgan qishki taʼtil kunlarida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, bunda ustozlarning metodik malakalarini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalar individual tarzda berildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat_Kosonsoy_IM
#Jarayon
#Jamoat_xavfsizligi

Kosonsoy tumani hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash, tuman hududida sodir etilgan ogʻir turdagi jinoyatni ochilishida faol ishtirok etgani uchun Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktab psixologi

Shahnoza Bazarova Husanboyevna

tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʻasi bilan taqdirlandi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
YouTubeda tomosha qiling:

Sherzodbek Ismoilov: Yaponiya taʼlim tizimi haqida

https://youtu.be/wyTUztyeQpY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😇🥰🥰🥰😇🥰🥰🥰

📣 Farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtira olmayapsizmi?

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tavsiya etadi!

📖 Endilikda 1-11-sinflar kesimidagi maktab darsliklari hamda eng sara kitoblarni Kitob.uz platformasida topishingiz mumkin.

📱Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling. 📚3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing va 1000 dan ortiq audio kitoblarni 🎧 bepul tinglang.

KITOB.UZ ilovasini yuklab olish ⬇️
🍏 Apple Store | 🛒 Google Play

Mazkur portalning qulayliklari:⬇️

➡️bolani chalg'ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o'qish va tinglash;
➡️adabiy janrlarning boy tanlovi;
➡️portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
➡️kitoblarni izlash qulayligi.

Beeline, Mobiuz, Ucell, Uzmobile - aloqa operatori abonentlari Kitob.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.

#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda
#Jarayon
#Najot_taʼlimda
#Ilmiy_maqola

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining psixologi Shahnoza Bazarova tomonidan yozilgan "Oilaviy munosabatlarda psixologiyaning oʻrni" mavzusidagi ilmiy maqola Namangan Davlat universitetining "Iqtidorli talabalar ilmiy axborotnomasi"da eʼlon qilindi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan Sh. Bazarovani maktab jamoasi tabriklaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab