Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
427 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Tanlov_PIIMA_Kosonsoy

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabida maʼrifiy tanlov boʻlib oʻtdi. Maktabning ona tili fani oʻqituvchisi Abdurahmonov Alimardon 21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Oʻtkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari asosida test topshiriqlari sinovini tashkil etdi. Oʻquvchilar ikki bosqichli tanlov shartlari asosida bellashdilar. Tanlov yakunida gʻoliblikni maktabning 9-sinf oʻquvchisi Homidova Dilshoda egalladi. "Eng yosh bilimdon" nominatsiyaga 6-sinf oʻquvchisi Karimjonova Madina munosib, deb topildi.
Gʻolib oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Biz maktabimizda mana shunday faol oʻquvchilar yanada koʻpayishini istar edik.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
⚡️Sport sohasida ta’lim oladigan talabalarni rag‘batlantirish uchun Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi

Shuningdek, sport sohasida faxriy unvon va toifa darajasiga ega bo‘lgan, nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan abituriyentlar kasbiy imtihonlarni topshirishdan ozod qilinadi. Iqtidorli bitiruvchilarga sport bo‘yicha hakam hamda ikkinchi toifali trener maqomi beriladi.
Forwarded from Hilola Umarova
#Muvaffaqiyat
#SizlarBilanFaxrlanamiz

⚡️Agentlik tizimidagi maktablarga o'quvchilar kabi o'qituvchilarni ham bir necha imtixonlarda sinab, keyin qabul qilamiz. Chunki eng kuchli o'quvchilarga, eng kuchli ustozlar dars berishlari kerak deb hisoblaymiz.

Ana shunday ustozlarimizdan biri Olmazor ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Dono Saidaxmedova🔥

📍Joriy yilning 1-30 sentabr kunlari o'tkazilgan maktab oʻqituvchilari oʻrtasida “Barqaror rivojlanish uchun taʼlim yoʻnalishidagi ilgʻor tajribalar” tanlovda ustozimiz g'olibliklikni qo'lga kiritdilar.

Ustozlar biz sizlar bilan faxrlanamiz!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Namangan_Prezident_maktabi
#Seminar_trening

⚡️ Namangan shahridagi Prezident maktabida viloyatimizda yangidan faoliyat boshlagan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlari o‘qituvchilari uchun "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔸 Ushbu seminar-treningga Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi pedagog o‘qituvchilari ham jalb qilindi. Bugun tarix, ona tili va adabiyoti va matematika fanlaridan seminar treninglar bo'lib o'tmoqda.

📎Ma'lumot uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari pedagog kadrlari uchun kuzgi ta'til kunlari "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida 7-10 noyabr kunlari treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifamiz:

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab

Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifamiz:

https://facebook.com/groups/886760535572284/

YouTubeda tomosha qiling:
https://youtube.com/channel/UC5aEGL0xADG2uXMm3FHlwag
#Prezident_ta'lim muassasalari_agentligi
#Kosonsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Seminar_trening

⚡️Kosonsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qituvchilari uchun "Temperament tiplari va uning shaxs kamolotidagi o‘rni. " mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔸 Ushbu seminar-treningga ixtisoslashtirilgan maktab pedagog o‘qituvchilar jalb qilindi. Seminar treningda, o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, o‘zaro munosabatlarda temperament tiplarining o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.

📎Ma'lumot uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida o‘qituvchilar uchun kuzgi ta'til kunlari o‘quv-tarbiyaviy masalalarda turli treninglar o‘tkazib kelinmoqda.
🎉🎉“Hamjihatlik formulasi” / “Uchinchi ming yillik” хalqaro matematika olimpiadasi. 2022-2023 yil uchun Saralash bosqichi

Ishtirok etadi: 5-11-sinflar
Olimpiadada ishtirok etish: Bepul

Olimpiada 2 bosqichda o'tkaziladi:
1-bosqich onlayn;
2-bosqich oflayn.

1-bosqich muddati:
10-Noyabr 04:59 gacha

Yechimlaringizni quyidagi yo'riqnomada ko'rsatilganday Tashkiliy qo'mitaga yuborasiz👇👇

Ishtirok etish bo'yicha yo'riqnoma:
https://www.formulo.org/wp-content/uploads/2022/10/isinstruction_olymp_2023.pdf

Ingliz tilida masalalar shartlarini quyidagi havola orqali topishingiz mumkin:
https://www.formulo.org/wp-content/uploads/2022/10/fdi_tm_22_23_math_en.pdf

Rus tilida masalalar shartlarini quyidagi havola orqali topishingiz mumkin:
https://www.formulo.org/wp-content/uploads/2022/10/fdi_tm_22_23_math_ru.pdf

📲@uzmathcommunity
Yuqoridagi olimpiadaga qiziqqan oʻquvchilar ixtiyoriy ravishda qatnashishlari mumkin.
⚡️⚡️«Ўзбекистон Конституциясининг 30 йиллиги» эсдалик нишони таъсис этилди

Мазкур нишон Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 30 йиллиги муносабати билан таъсис этилган.

Нишон билан Ўзбекистон мустақиллигини мустаҳкамлаш, унинг иқтисодий, сиёсий, ижтимоий, илмий, маънавий салоҳиятини юксалтириш, мудофаа қудратини ошириш, давлатимиз сарҳадларининг дахлсизлигини таъминлаш, тинчлик ва барқарорликни, миллатлараро дўстлик ва тотувликни асраш каби шарафли вазифаларни амалга ошириб келаётган барча соҳа вакиллари, меҳнат фахрийлари, ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходимлари ҳамда бошқа шахслар мукофотланиши мумкин.

«Ўзбекистон Конституциясининг 30 йиллиги» эсдалик нишони билан Ўзбекистон фуқароси бўлмаган шахслар ҳам тақдирланиши мумкин.
Motivatsiya
@Abituriyent
#motivatsiya

​​Bilim olishda erinchoq boʻlib qolgan yoshlar uchun!

Yuklab oling va internetni o‘chiring, telefonga naushnikni ulab eshitish qulay boʻlgan holi joyga oʻtib tinglang. Ko‘zingizni yuming va shunchaki yaxshilab eshiting.😇


https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Samarqandga tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hamrohligida Imom Buxoriy maqbarasiga borib, buyuk olimning qabrini ziyorat qildi.
#Namangan_Prezident_maktabi
#Seminar_trening

⚡️ Namangan shahridagi Prezident maktabida viloyatimizda yangidan faoliyat boshlagan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlari o‘qituvchilari uchun "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔸 Ushbu seminar-treningga Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi pedagog o‘qituvchilari ham jalb qilindi. Bugun biologiya va kimyo fanlaridan seminar treninglar bo'lib o'tmoqda.

📎Ma'lumot uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari pedagog kadrlari uchun kuzgi ta'til kunlari "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida 7-10 noyabr kunlari treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifamiz:

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab

Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifamiz:

https://facebook.com/groups/886760535572284/

YouTubeda tomosha qiling:
https://youtube.com/channel/UC5aEGL0xADG2uXMm3FHlwag