Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
427 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazilayotgan monitoring test savollari materiallari mas'ul xodimlar tomonidan xavfsizligi ta'minlangan holda o'quvchilarga yetkazildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
📚📚📚

#sinov_yakuni
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  monitoring test sinovlari aʼlo darajada tashkil etildi va muvaffaqiyatli yakunlandi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FAQ
#1Son

⚡️Faoliyatimizga doir eng ko'p murojaat qilinadigan savollarga javob berish maqsadida "FAQ" loyihasini yo'lga qo'ydik.

Savol: PIIMA nima? Uning tarkibiga qaysi muassasalar kiradi? Agentlikning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

📍Loyihamizning keyingi sonlarida javob olmoqchi bo'lgan savollaringizni @faq_project_bot da kutib qolamiz.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabining Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi kanali:

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab

Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabining Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasi:

https://facebook.com/groups/886760535572284/

YouTubeda tomosha qiling: Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
https://youtube.com/channel/UC5aEGL0xADG2uXMm3FHlwag
#Fan_olimpiadasi_viloyat_bosqichi

Birinchi guruh fanlari bo'yicha 2022/2023 o'quv yilida o'tkaziladigan asosiy olimpiadaning III(viloyat) bosqichi jadvali

P s: Barcha olimpiadada ishtirok etadigan oʻquvchilarimizni ilmi ziyoda boʻlsin, yorugʻ yuz bilan gʻolib boʻlib qaytishsin.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
💥Жорий йилнинг 3-8 ноябрь кунлари математика, физика, кимё, биология, информатика ва ахборот технологиялари фанларидан (I гуруҳ фанлари) асосий олимпиаданинг III (вилоят) босқичига старт берилди.

Ушбу босқичда республика бўйича 15 937 нафар 9-10-11 синф ўқувчилари иштирок этмоқда.

Амалдаги тартиб бўйича мазкур босқичда ғолибликни қўлга киритган ўқувчилар

1-ўрин учун 1,8 млн сўм;
2-ўрин учун 1,2 млн сўм;
3-ўрин учун 0,9 млн сўм

пул мукофоти билан тақдирланади.

Жорий йилда ғолибларни рағбатлантириш ва тақдирлаш мақсадида Республика буджетидан қарийб
3 млрд. сўм маблағ ажратилган.

Эслатиб ўтамиз, ушбу тартиб 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб Вазирлар Маҳкамасининг 562-сонли қарори билан жорий қилинган бўлиб, ўтган ўқув йилида 2,7 млрд. сўм маблағ йўналтирилган эди.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Диққат

❗️Эртадан мактаб ўқувчилари учун кузги таътил бошланади

Мактаб ўқувчилари учун I чоракнинг сўнгги куни 3 ноябрга тўғри келиб, 4 ноябрь куни кузги таътилнинг илк куни саналади.

Таътил 6 календарь кун, яъни 9 ноябргача давом этади.

II чорак эса 10 ноябрдан бошланади.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Tanlov_PIIMA_Kosonsoy

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabida maʼrifiy tanlov boʻlib oʻtdi. Maktabning ona tili fani oʻqituvchisi Abdurahmonov Alimardon 21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Oʻtkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari asosida test topshiriqlari sinovini tashkil etdi. Oʻquvchilar ikki bosqichli tanlov shartlari asosida bellashdilar. Tanlov yakunida gʻoliblikni maktabning 9-sinf oʻquvchisi Homidova Dilshoda egalladi. "Eng yosh bilimdon" nominatsiyaga 6-sinf oʻquvchisi Karimjonova Madina munosib, deb topildi.
Gʻolib oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Biz maktabimizda mana shunday faol oʻquvchilar yanada koʻpayishini istar edik.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
⚡️Sport sohasida ta’lim oladigan talabalarni rag‘batlantirish uchun Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi

Shuningdek, sport sohasida faxriy unvon va toifa darajasiga ega bo‘lgan, nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan abituriyentlar kasbiy imtihonlarni topshirishdan ozod qilinadi. Iqtidorli bitiruvchilarga sport bo‘yicha hakam hamda ikkinchi toifali trener maqomi beriladi.
Forwarded from Hilola Umarova
#Muvaffaqiyat
#SizlarBilanFaxrlanamiz

⚡️Agentlik tizimidagi maktablarga o'quvchilar kabi o'qituvchilarni ham bir necha imtixonlarda sinab, keyin qabul qilamiz. Chunki eng kuchli o'quvchilarga, eng kuchli ustozlar dars berishlari kerak deb hisoblaymiz.

Ana shunday ustozlarimizdan biri Olmazor ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Dono Saidaxmedova🔥

📍Joriy yilning 1-30 sentabr kunlari o'tkazilgan maktab oʻqituvchilari oʻrtasida “Barqaror rivojlanish uchun taʼlim yoʻnalishidagi ilgʻor tajribalar” tanlovda ustozimiz g'olibliklikni qo'lga kiritdilar.

Ustozlar biz sizlar bilan faxrlanamiz!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Namangan_Prezident_maktabi
#Seminar_trening

⚡️ Namangan shahridagi Prezident maktabida viloyatimizda yangidan faoliyat boshlagan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab- internatlari o‘qituvchilari uchun "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔸 Ushbu seminar-treningga Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi pedagog o‘qituvchilari ham jalb qilindi. Bugun tarix, ona tili va adabiyoti va matematika fanlaridan seminar treninglar bo'lib o'tmoqda.

📎Ma'lumot uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari pedagog kadrlari uchun kuzgi ta'til kunlari "Loyihaga asoslangan ta'lim" mavzusida 7-10 noyabr kunlari treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifamiz:

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab

Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifamiz:

https://facebook.com/groups/886760535572284/

YouTubeda tomosha qiling:
https://youtube.com/channel/UC5aEGL0xADG2uXMm3FHlwag
#Prezident_ta'lim muassasalari_agentligi
#Kosonsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Seminar_trening

⚡️Kosonsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qituvchilari uchun "Temperament tiplari va uning shaxs kamolotidagi o‘rni. " mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔸 Ushbu seminar-treningga ixtisoslashtirilgan maktab pedagog o‘qituvchilar jalb qilindi. Seminar treningda, o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, o‘zaro munosabatlarda temperament tiplarining o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berildi.

📎Ma'lumot uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida o‘qituvchilar uchun kuzgi ta'til kunlari o‘quv-tarbiyaviy masalalarda turli treninglar o‘tkazib kelinmoqda.