Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.16K subscribers
11.1K photos
881 videos
429 files
3.59K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#DTM_nazorat_sinovi_52

Bugun Kosonsoy tumanidagi 52-sonli aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning 4-11-sinf oʻquvchilaridan maʼmuriyat nazorat sinovlari olindi. Sinovlar oʻquvchilar tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkazildi. Sinovlarda jami 711 nafar maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi. Yakuniy natijalar tahlili tez orada kanalimizda eʼlon qilinadi.

Barcha qatnashchilarga omad!

@ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Xushnudbek.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Математика фани бўйича янги дарслик яратилибди. Дарсликда назарий қисмлар камайтирилиб, кўпроқ амалий машғулотларга эътибор қаратилган ва ўқувчиларга ўйинлар орқали математикани ўргатиш мақсад қилинган.


👉 @xushnudbek 👈
Yaponiya oliygohi bilan tanishib chiqing
#ochiq_dars_52

Kosonsoy tumanidagi 52-sonli aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning huquqshunoslik va tarbiya fani oʻqituvchisi Buvamirzayeva Kamola 6-B sinf oʻquvchilari ishtirokida ochiq namunaviy dars tashkil etdi. Dars mavzusi: Ekologik xavf

Oʻqituvchi darsda eng soʻnggi taʼlim metodlaridan foydalandi, oʻquvchilar kichik guruhlarga boʻlindi, xorijiy tillarni oʻrganishga alohida eʼtibor qaratildi, siyosiy va madaniy daqiqalar ajratildi, huquqiy bilimlarini va oʻtgan mavzuni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratdi. Oʻquvchilar ekologiya huquqi, madaniyati, fuqarolarning ekotizim oldidagi burchlari haqida batafsil maʼlumot olishdi.

Ochiq darsni kuzatib, tajriba oʻrgangani kirgan ustozlar dars haqida, uning yutuqlari haqida iliq fikrlar bildirdilar.

Ushbu ochiq namunaviy dars maktab pedagogik jamoasi orasida ommalashtirishga tavsiya etildi.

@ixtisoslashganmaktab
#ТАЪЛИМ

Якуний имтиҳондан «қониқарсиз» баҳо олган битирувчилар шу синфда қайта ўқишга қолдирилади

АОКАда ўтказилган брифингда Халқ таълими вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Лайло Рустамова Республикадаги мактабларда ўқув йили якуни бўйича бўладиган имтиҳонлар муддати ва тартиби тўғрисида маълумот берди.

«26 майдан 2 июнга қадар 5, 6, 7, 8 ва 10-синф ўқувчилари учун босқичли назорат имтиҳонлари, 26 майдан 15 июнга қадар 9 ва 11-синф битирувчилари учун якуний давлат имтиҳонлари оғзаки, ёзма ҳамда тест синовлари шаклида ўтказилади.

Ҳар бир мактабда имтиҳонлар бошланишидан камида 10 кун олдин имтихон ўтказиш жадвали барча учун кўринадиган жойига осиб қўйилади.

Амалдаги Низомга кўра, бир ёки икки фандан ўтказилган якуний аттестацияда қониқарсиз баҳо олган битирувчиларга охирги якуний аттестациядан кейин икки ҳафта ўтгач қайта якуний аттестациядан ўтиш ҳуқуқи берилади.

Йиллик баҳо ва якуний аттестация натижаларига кўра, умумий ўрта таълим давлат таълим стандартлари талабларини бажармай, «қониқарсиз» баҳо олган битирувчилар шу синфда қайта ўқишга қолдирилади», — деди Лайло Рустамова.
#harbiy_vatanparvarlik_tadbiri

Kosonsoy tumanidagi 52-sonli aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ChQBT rahbari Nuriddin Murodov boshchiligida maxsus tadbir amalga oshirishdi. Tadbir Kosonsoy tumani "Vatanparvar" tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilar pnevmatik quroldan oʻq otish mashqlarini amalga oshirishdi, harbiylar hayotini aks ettiruvchi jihozlarni koʻzdan kechirishdi. Ushbu tadbir kelajakda harbiy boʻlish va vatanni himoya qilish istagida yurgan yoshlarimiz uchun ibrat vazifasini oʻtaydi.

Ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan maktabning ChQBT rahbari Nuriddin Murodovga va tuman "Vatanparvar" tashkilotiga minnatdorchilik bildiramiz.


@ixtisoslashganmaktab
#DTM_2021

Bu yil xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan oliygoh fakultetlari qabul kvotasi kontrakt uchun 2 baravar, davlat granti asosida oʻqish uchun 3 baravar oshiriladi. Ona tiliga topshiraymikin yoki ingliz tiliga , deb ikkilanib yurganlar uchun tekin maslahat: topshiring xorijiy tillar fakultetlariga
Ҳурматли ҳамкасблар!

Чуст туман халқ таълими бўлими томонидан 11-синф ўқувчиларини ОТМ га тайёрлаш бўйича Онлайн тестлар базаси синов тариқасида ишлаб чиқилди.

Наманган вилоятининг барча шаҳар ва туманларидаги мактаблар синов жараёнида иштирок этиши мумкин!

Мақсад:
1.Ўқувчиларни ОТМ га муносиб тайёрлаш!
2
. Билимдаги бўшлиқларни аниқлаш ва тўғри йўналтириш

Бу танлов ёки мусобақа эмас! Ўқувчини олий таълим муассасасига тўғри йўналтириш

Ишлаш тартиби:
Тест саволлари Давлат тест марказининг саволлар базасидан тузилган.
Ўқувчиларга 2 та танлов фани ва 3 та мажбурий фанлар (Ўзбекистон тарихи, Математика, Она тили) тизимида тестлар кетма-кетликда тушади!
Жавоблар вариантлари ҳар бир ўқувчи учун алоҳида тартибда шаклланади!

Ўтказиш муддати:
2021
йил 21 май куни соат 8:00 дан - 16:00 га қадар
Соат 16:00 даги таҳлилий натижалар Чуст туман халқ таълими бўлими томонидан туман кесимида ҳар бир туман мудирларига таҳлилий тарзда тақдим қилинади!

Тест жараёни ҳафта давомида очиқ ҳолда бўлади!
Натижаларни @chustakt_bot манзили орқали олиш мумкин!

Ўқувчи:
1
. Йўналишини танлайди
2. Туманини белгилайди
3. Мактаб рақамини киритади
4.Синфини танлайди
5. Исм фамилиясини ёзиб тестни бошлайди

Натижаларни кўриш:
Тестлар тўлиқ ечилгандан кейин тўғри ва нотўғри ишланган тест жавоблари ўқувчиларга автоматик тарзда тақдим қилинади,

Ҳар бир ўқувчи танлаган йўналиши бўйича саволларга жавоб бериши ва жавобларини таҳлил қилиш имконияти мавжуд!



Chust tuman xalq ta'limi bo'limi tomonidan 11-sinf o'quvchilarini OTM ga tayyorlash bo'yicha DTM markazi tavsiyasi asosidagi savollardan tuzilgan TEST SINOVLARI

👉TABIIY FANLAR👈
(Kimyo, biologiya tanlov fanlari. Ona tili, matematika, O'zbekiston tarixi majburiy fanlar)

👉ANIQ FANLAR👈
(Matematika, fizika tanlov fanlari. Ona tili, matematika, O'zbekiston tarixi majburiy fanlar)

👉IJTIMOIY FANLAR👈
(Tarix, ingliz tili tanlov fanlari. Ona tili, matematika, O'zbekiston tarixi majburiy fanlar)

👉XORIJIY FANLAR👈
(Ingliz tili ,tarix tanlov fanlari. Ona tili, matematika, O'zbekiston tarixi majburiy fanlar)

👉FILOLOGIYA FANLARI👈
(Ona tili ,tarixi tanlov fanlari. Ona tili, matematika, O'zbekiston tarixi majburiy fanlar)

👉RUS TILI VA ADABIYOTI FANLAR👈
(Rus tili va adabiyoti fanlari. Ona tili, matematika, O'zbekiston tarixi majburiy fanlar)

(Тизимдан фойдаланиш бўйича видеоролик ҳам илова қилинади. Тизимда ишлаш бўйича саволларга @chustakt_bot манзили орқали жавоб олишингиз мумкин!)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Чуст туман ХТБ ОТМ га тайёрлаш тест базасида ишлаш йўриқномаси
📝 Мактабларда давлат имтиҳонларини ўтказиш муддати маълум қилинди

Имтиҳонлар карантин қоидаларига қатъий риоя этган ҳолда ўтказилади. Имтиҳонлар ўтказилишидан олдин таълим муассасаларида дезинфекция ишлари олиб борилади, ўқувчилар имтиҳонларга санитар-гигиена қоидаларига риоя этган ҳолда ҳимоя воситасида (тиббий ниқоб) киритилиб, бинога киришдан аввал тиббий ходимлар томонидан уларнинг тана ҳарорати ўлчанади ва оралиқ масофани сақлашлари таъминланади.
Агар мактаб карантинга ёпилган бўлса имтиҳон карантин муддати тугаганидан сўнг, имтиҳонлар карантин қоидаларига қатъий риоя қилган ҳолда ўтказилади.


Имтиҳонлар оғзаки, ёзма ҳамда тест синовлари шаклида қуйидаги муддатларда ўтказилади:

26 майдан 2 июнга қадар — 5-, 6-, 7-, 8- ва 10-синф ўқувчилари учун босқичли назорат имтиҳонлари;

26 майдан 15 июнга қадар — 9- ва 11-синф битирувчилари учун якуний давлат имтиҳонлари ўтказилади.

Имтиҳон саволлари ва материаллари Халқ таълими вазирлигининг расмий "Телеграм" каналига жойлаштирилган.
#ochiq_dars_52

Kosonsoy tumanidagi 52-sonli aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi Soliyeva Dilfuza oʻzi rahbarlik qilayotgan 4-A sinf oʻquvchilari ishtirokida matematika fanidan ochiq namunaviy dars tashkil etdi. Dars mavzusi: Oʻtilgan mavzularni takrorlash

Oʻqituvchi darsda eng soʻnggi 7 ta taʼlim metodlaridan foydalandi, oʻquvchilar kichik guruhlarga boʻlindi, xorijiy tillarni oʻrganishga alohida eʼtibor qaratildi, siyosiy va madaniy daqiqalar ajratildi, tezkor xotira mashqini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi. Oʻquvchilar matematika fanidan 4-sinfda olgan barcha bilimlarini yana bir bor yodga oldilar. Darsda shuningdek, texnik vositalardan ham samarali foydalanildi. Ushbu dars boshqa fanlar bilan uzviylikda tashkil etildi.

Darsni kuzatib, tajriba oʻrgangani kirgan ustozlar dars haqida, uning yutuqlari haqida iliq fikrlar bildirdilar.

Ushbu ochiq namunaviy dars maktab pedagogik jamoasi orasida ommalashtirishga tavsiya etildi.

@ixtisoslashganmaktab
❗️Қабул жараёнлари бошланишига 1 ойдан камроқ вақт қолди

Вазирлар Маҳкамасининг 20.06.2017 йилдаги 393-сонли қарорига кўра, абитуриентларни рўйхатдан ўтказиш ҳар йили 15 июндан 15 июлгача (шу куни ҳам) амалга оширилади. Демак, қабул жараёнлари бошланишига 1 ойдан камроқ вақт қолди.

Ҳозиргача нималар аниқ?

Қайси йўналишда қайси фандан саволлар тушишини мана бу ерда кўриб олишингиз мумкин.

Тест саволлари тушадиган дарсликлар рўйхати мана бу ерда эълон қилинди.

2021 йил учун ДТМ эълон қилган намунавий тест саволлари мана бу ерда:

Математика
Физика
Биология
Кимё
Тарих
Она тили ва адабиёт
Қорақалпоқ тили ва адабиёти
Рус тили ва адабиёти
География
Инглиз тили
Немис тили
Француз тили

Рус гуруҳлари учун намунавий саволлар бу ерда.

Тест синовлари қаерда ўтказилиши ҳам ҳозирча аниқ эмас. Аввалроқ бу йилги тест синовлари ҳам стадионлар ва хиёбонларда ўтказилиши мумкинлиги хабар берилганди.

Квоталар, яъни қайси ОТМ нечта талаба қабул қилиши ҳозирча тасдиқланмади.


👉 @xushnudbek 👈
📣📣🎇🎇DIQQAT! ONLAYN TANLOV!!!

⭐️“Mening maktabim – kelajakga qadam” – ijodiy ishlar tanlovi.

📌Tanlovning maqsad va vazifalari:

ta‘lim muassasalarida tashkil etilgan tugaraklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
maktab yoshidagi bolalarning ijodiy faolligini oshirishga ko‘maklashish;
ijodkor yoshlar o'rtasida samarali aloqalarni o'rnatishga, innovatsion rivojlanish muammolarini ijodiy hal qilish an'analarini saqlab qolish va davomiyligiga ko'maklashish;
innovatsion ijodkor yoshlarning doimiy aloqasi uchun tegishli qarorlar va tashabbuslarni qabul qilish;
iste'dodli bolalarning o‘zaro fikr almashishi uchun imkoniyat yaratish.

📌Tanlov 2021 yil 22-maydan 15-iyunga qadar 👉“TALANTLAR ONLAYN” https://t.iss.one/talantlar_onlayn kanalida o‘tkaziladi.

📌Ijodiy ishlarni @talantlaronlayn_bot yoki https://t.iss.one/kelajakovozitv manziliga yuborish kerak.

📌 Ijodiy ishlarni rasm, video va matn shaklida yuborish mumkin.

👉 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Men muallifman”- she’riyat, ertak, hikoya;
San‘at, hunarmandchilik va qo‘l mehnati – tugaraklar faoliyatidan lavhalar va ijodiy ishlar;
Tasviriy san'at – tugaraklar faoliyatidan lavhalar va ijodiy ishlar;
“Kitobxonlar klubi” – maktab kutubxonasi va klub faoliyatidan lavhalar.
“Intellektual qobiliyat - cheksiz imkoniyat” - ixtirolar va innovatsion takliflar;

📌Ishtirokchilar:👇

📌 Tanlovda umumta’lim maktablari va boshqa ta‘lim muassasalarining o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda kutubxonachilari qatnashishlari mumkin. Ijodiy ishlar yosh toifasiga ko‘ra baholanadi.

🔰Ijodiy faoliyat - bu bolaning ongiga ta’sir ko‘rsatadigan, shaxsni shakllantirishga, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan eng samarali shakllardan biridir.

🔰Biz barchani bolalar, yoshlar, kattalar, professional va havaskorlarni o‘tkaziladigan ijodiy tanlovimizda ishtirok etishga taklif etamiz va sizlardan yorqin va qiziqarli asarlarni kutmoqdamiz.

🔰Biz sizning tasavvuringizni va ishlatilgan materiallarni cheklamaymiz, asosiysi sizning xohishingiz va ilhomingiz!

BU MUHIM!!! Tanlovda qatnashish qoidalarini o‘qib chiqing!

📌Tanlov natijalari:
Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari tanlov yakunlangandan so‘ng 3 kun ichida baholanadi. Yakuniy natijalar e’lon qilingandan so‘ng darhol tanlovda qatnashgan barcha istirokchilar natijalarga ko‘ra diplom va sertifikatlar bilan taqdilanadilar.

📌Tanlov ishtirokchilarini taqdirlash: 🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁

Tanlovning barcha ishtirokchilari qo‘yidagi tartibda QR kod bilan himoyalangan diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar:
👉 tanlov g‘oliblari: I, II, III o‘rinlar.
👉sovrindorlar: tanlovning yuqori darajadagi ijrosi bilan ajralib turadigan, ammo g‘oliblar qatoriga kiritilmagan ishtirokchilar.

📌Bitta muallifning bir nechta asarlari ishtirokida muallif har bir taqdim etilgan tanlov ishi uchun diplom oladi. Hammualliflikda yuborilgan ishlar ishtirokida - hammualliflarning har biri shaxsiy diplom oladi (umumiy diplomlar berilmaydi).

🔰Diplomlar himoya asosida tayyorlangan va A4 formatiga ega.

📌Eslatma: tanlovda qatnashish to‘lov asosida.

📌Shuni yodda tuting tanlovga ishtirok etish majburiy emas!!!

👉Sizni TALANTLAR ONLAYN - platformasiga taklif etamiz. Siz istagan eng zo‘r va noyob takliflar bilan ilhomlantirish bizning ustuvor vazifamizdir.

👉https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpozgs9HKkX6SXmww
🔘 Хорижий тилларни ўқитишга ихтисослаштирилган ОТМларига давлат гранти асосида қабул кўрсаткичлари уч бараварга оширилади

🔰 Қарорга кўра, 2021/2022 ўқув йилидан:

таълим муассасаларининг камида С1 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро тан олинган сертификатга эга хорижий тиллар ўқитувчиларига уларнинг базавий тариф ставкасига нисбатан ҳар ойлик 50 фоиз миқдорида қўшимча устама ҳақи тўлаб борилади.

умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасаларида фаолият юритаётган барча хорижий тиллар ўқитувчиларига замонавий адабиёт, дарслик ва ўқув қўлланмаларини сотиб олиши учун 1 млн сўмдан маблағлар ажратилади.

2021/2022 ўқув йилида хорижий тилларни ўқитишга ихтисослаштирилган ОТМларига қабул параметрлари икки бараварга, давлат гранти асосида қабул кўрсаткичлари эса уч бараварга оширилади.

2022/2023 ўқув йилидан:

🔹 хорижий тилларни ўқитишга ихтисослашган ОТМ битирувчилари томонидан давлат аттестация имтиҳонларини топшириш билан бир қаторда миллий ёки унга тенглаштирилган бошқа етакчи халқаро баҳолаш тизимлари орқали уларнинг билимлари даражасини аниқлаш амалиёти йўлга қўйилади;

🔹 ОТМларнинг магистратура мутахассисликларига ҳамда олий таълимдан кейинги таълим ихтисосликларига танловларда миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга шахслар иштирок этиши тартиби жорий этилади.

👉 2021 йил 1 июлдан давлат органларида таълим ташкилотлари ўқитувчиларини шартнома асосида жалб қилиб, ҳафтада камида бир маротаба ходимларни хорижий тилга ўқитиш амалиёти йўлга қўйилади.

👉 2022 йил 1 январдан хорижий тиллардан миллий ва халқаро сертификатга эга давлат бошқарув идораларининг барча бўғинлари ходимларига лавозим маошига нисбатан 20 фоизгача қўшимча устама тўланади.

👉 2022 йилдан давлат органларига ишга қабул қилиш ва юқори лавозимга тайинлаш учун хорижий тилни билиш талабгорга қўйиладиган мажбурий малакавий кўникма сифатида белгиланади.
#ochiq_dars_52

Kosonsoy tumanidagi 52-sonli aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Yusupova Qunduzxon 5-B sinf oʻquvchilari ishtirokida geografiya fanidan ochiq namunaviy dars tashkil etdi. Dars mavzusi: Oʻtilgan mavzularni takrorlash

Oʻqituvchi darsda eng soʻnggi 8 ta taʼlim metodlaridan foydalandi, dars ochiq tabiat qoʻynida olib borildi, oʻquvchilar kichik guruhlarga boʻlindi, siyosiy va madaniy daqiqalar ajratildi, tezkor xotira mashqini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi. Oʻquvchilar geografiya fanidan 6-sinfda olgan barcha bilimlarini yana bir bor yodga oldilar. Darsda shuningdek, tarqatma materiallardan ham samarali foydalanildi. Ushbu dars boshqa fanlar bilan uzviylikda tashkil etildi.

Darsni kuzatib, tajriba oʻrgangani kirgan ustozlar dars haqida, uning yutuqlari haqida iliq fikrlar bildirdilar.

Ushbu ochiq namunaviy dars maktab pedagogik jamoasi orasida ommalashtirishga tavsiya etildi.

@ixtisoslashganmaktab