IT specialist
9.59K subscribers
1.15K photos
495 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #game

Eng murakkab Sudoku boshqotirmasini finlyandiyalik matemetik Arto Inkala tomonidan 2012-yilda yaratgan. Odatda ushbu yapon boshqotirmasi murakkabligi o‘lchanadigan shkalaga ko‘ra, Inkala sudokusi 11 ballga baholangan.

⚔️ Ushbu o‘yinning butun dunyo bo‘ylab boshqa foydalanuvchilar bilan Battle, ya’ni onlayn tarzda musobaqalashish uchun tavsiya etiluvchi, o‘zimiz muntazam foydalanadigan versiyasini yuklab oling (reklamalari muntazam chiqib turadi, shunisi biroz noqulaychilik tug‘dirishi mumkin):
📥 https://play.google.com/store/apps/details?id=easy.sudoku.puzzle.solver.free

🆓 Agarda reklamasiz versiyalari kerak bo‘lsa, u holda ushbu versiyalaridan ham foydalanib ko‘rishingiz mumkin:
1️⃣. Sudoku Master
2️⃣. Classic Sudoku
3️⃣. Monopoly Sudoku

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Dasturlashdagi kodingizga qo‘shimchalar kiritayotib ularga izoh (komment) qoldirmay ketganingizda... 🙄

📌 P.S.: Sizda ham shundaymi? 🤔

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁21👍9🤯2💯1
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #internet #maslahat

Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat 🔎

XXI asrda ma’lumot izlashni bilish — internetning har bir foydalanuvchisi uchun “must have”dir. Quyidagi maslahatlar yordamida esa siz qidiruv jarayonini osonlashtirishingiz, hattoki tezlashtirishingiz ham mumkin.

1️⃣. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qidirish
Google aynan muayyan bir jumlani izlashi uchun, muhim jumlani “mana bunday qo‘shtirnoqlar” ostiga oling. Masalan:
“the best programming language”

2️⃣. Yulduzcha belgisi
Unutilgan so‘z o‘rniga yulduzcha belgisini kiriting va Google so‘rovni o‘zi to‘ldirib beradi. Masalan:
“twinkle twinkle little star how I * what you are”

3️⃣. So‘zlarni filtrlash
Agar so‘z oldidan minus belgisi qo‘yilsa, ushbu so‘zni o‘z tarkibiga oluvchi natijalar filtrlanadi. Masalan:
“the best programming language for a beginner -python”
⚠️ Izoh: Qidiruv natijalarida Python dasturlash tili bo‘lmaydi.

4️⃣. Fayllar bo‘ylab izlash
Fayllarni izlash uchun “filetype”dan foydalaning. Masalan:
“python presentation filetype:pptx”

5️⃣. Ortiqcha belgilar
So‘rovingizdan tinish belgilari va boshqalarni olib tashlang. Google ularni baribir hisobga olmaydi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
9 правил поиска в GOOGLE, о которых не знают 99% пользователей
Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash
Google qidiruviga “Открыть в полном размере” tugmasini qaytaramiz
Google'ga har daqiqa qancha so‘rov kelib tushadi?
“Ok, Google” nimalarga qodir?
OK Google imkoniyatlari
Google siz haqingizda nimalarni biladi?
Google'ga kim va qachon asos solgan?
Google rahbari hayotiy muvaffaqiyatga eltuvchi ikkita tamoyilni aytdi
“Gugol” soni
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
Kesh nima?
Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
Telegram Desktop’da kanal yoki guruhning birinchi xabariga tezkor o‘tish
Dasturlarning muqobil variantlarini qanday izlash mumkin?
Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Do‘sting zo‘r dasturchiligingni kimgadir aytib qo‘yganidan so‘ng, sendan o‘sha kimdir Windows, drayver, printer yoki skanerini o‘rnatib berishni so‘raganida do‘stingga nisbatan sen 😣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤣38😁5👍4
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasm_bilan_ishlash #mulohaza_uchun

Photoshop'dagi qatlamlar bilan ishlash jarayonini ushbu rasmning yuzaga kelish uchun ketgan mehnat bilan qiyoslash mumkin, rasm xoh sun'iy, xoh tabiiy ravishda yaratilmasin, ikkisi uchun ham iqtidor va tajriba talab etiladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #IT_humor

Noodatiy hech narsa yo‘q, shunchaki muhandisda tushlik tanaffusi 😄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9😁3
#internet #office #rasm_bilan_ishlash

PDF ixlosmandlari uchun onlayn-uskunalar

iLovePDF – PDF-fayllarini birlashtirish, ajratish, siqish, Office hujjatlarini PDF-fayllariga aylantirish, PDF-fayllarini JPG va JPG'larni PDF'ga aylantirish uchun to‘liq bepul onlayn-uskunalardir.

Yuklangan va ishlov berilgan fayllar ikki soat mobaynida saqlanadi, so‘ngra serverdan to‘liq o‘chiriladi. Barcha yuklanmalar maxfiylikni ta’minlash uchun shifrlashni o‘z ichiga oladi.

Xullas bir post bilan barcha uskunalarni ta’riflashga joy yetmaydi. Shunchaki saqlab qo‘ying va PDF bilan ishlash uchun eng yaxshi servisni yo‘qotib qo‘ymang. 😉

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• PDF-fayllari bilan ishlash bo‘yicha mavzular, dastur va mobil ilovalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3😁1
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #internet #rasm_bilan_ishlash

Google qidiruv tizimiga rasm yuklab, u bo‘yicha ma’lumot izlash 🖼🔍

Qidiruv uchun rasmni yuklashda quyidagi qadamlar ketma-ketligi amalga oshiriladi
:
1. Kompyuterda brauzerni ishga tushiring (masalan, Chrome или Safari).
2. Google Картинки sahifasiga o‘ting.
3. Поиск по картинке belgisi ustiga bosing.
4. Загрузить файл -> Выберите файл yoki Обзор bo‘ylab o‘ting.
5. Kompyuteringizdagi rasmni tanlang.
6. Открыть yoki Выбрать'ning ustiga bosing.

📍Batafsil ma’lumot rus tilidagi ushbu ko‘rsatmada.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Rasm bilan ishlash rukni ostida turli mavzularni o‘zida jamlagan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

🔤 Excel jadvali yacheykalari tarkibidagi matnlar orasidan ortiqcha probellarni olib tashlash

Matnlar orasidagi ortiqcha probel va chop etilmaydigan belgilar hayotimizni doim murakkablashtirib kelgan (negadir ko‘pchilikda ikki so‘z oralig‘ida kamida ikkita probel qoldirib ketish kasalligi bor 🥴). Bu sababli formulalar, saralashlar, yig‘ma jadvallar (сводные таблицы) va boshqalar noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Bunday xatoliklarning oldini olish uchun, odatda СЖПРОБЕЛЫ (ortiqcha probellarni o‘chiradi) va ПЕЧСИМВ (chop etilmaydigan belgilarni o‘chiradi) funksiyalari qo‘llaniladi.

Xuddi shu funksiyalarni jadval yacheykalariga nisbatan shartli formatlash qoidasini yaratish uchun ham qo‘llash mumkin, u tarkibida ortiqcha belgilari mavjud bo‘lgan yacheykalarni ajratib ko‘rsatadi. Batafsil yuqoridagi videoda 👆🏻.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tavsiya etiladi:
Ortiqcha probellarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?
• Ushbu rukndagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
#internet #rasm_bilan_ishlash

🖼 Rasmning sifatini yaxshilaymiz

Zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari rasmlarni qayta ishlashni juda yaxshi uddalamoqda. Bu orqali tarmoqda sifatni yo‘qotmasdan rasmning o‘lchami (разрешение)ni oshirishga imkon beradigan ko‘plab xizmatlar yuzaga kelgan.

UpscaylWindows, macOS va Linux'lar bilan mos keluvchi bepul va ochiq kodli dasturiy ta’minotdir. U oddiy va intuitiv interfeysga ega bo‘lib, fayllarni ommaviy qayta ishlash imkoniyatiga ega va JPG, PNG hamda WebP formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamchiligi sifatida bu dasturiy ta’minot ekanligini va kompyuterga o‘rnatilishi lozimligini keltirish mumkin. Afzalligi esa – ishlov berilgan yakuniy rasmning yuqori sifatidir. Onlayn xizmatlar hozircha bunday natijaga erishish imkonini taqdim etganicha yo‘q.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Rasmlar bilan ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

Agarda Sizga hujjat bilan ishlash davrida tez-tez matn ostiga chizish lozim bo‘lsa, unda ushbu bir nechta klavishlar birikmasini yodda tutish maqsadga muvofiqdir:
CTRL + U – bir chiziq bilan ostiga chizish;
CTRL + SHIFT + D – ikki chiziq bilan ostiga chizish;
CTRL + SHIFT + W – faqat so‘zlarning ostiga (ular orasidagi probellarsiz) bir chiziq bilan chizish.

Agar sizga boshqa variantlar ham kerak bo‘lsa (chiziq uchun rang, boshqa turdagi chiziqni tanlash), unda Главная bo‘limining tasma buyruqlaridan foydalanishingiz lozim bo‘ladi.

📌 P.S. Shrift sozlamalari muloqot oynasini ekranga chaqirish uchun CTRL + D klavishlar birikmasi bosiladi.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud? 🤔

Windows 10 aktivatsiya qilish borasida avvalgi versiyalariga qaraganda unchalik talabchan emas: siz Windows 10'ni Microsoft'ning rasmiy saytidan toza kompyuterga, virtual mashinaga kalitni kiritmagan holda va aktivatsiyasiz osongina o‘rnatishingiz mumkin.

Bu yerda ba’zi foydalanuvchilarda: Windows 10 aktivatsiyasiz qancha vaqt ishlashi mumkin, operatsion tizimning ishlashida qandaydir cheklovlar bo‘ladimi, ushbu cheklovlar bilan tanish bo‘lganlarda esa — ularni qanday chetlab o‘tish yuzasidan savollar yuzaga keladi. Ushbu ko‘rsatmamizda har bir band bo‘yicha batafsil so‘z yuritamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Mini KMS Activator Ultimate kompyuter dasturi
Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4😁1
Forwarded from IT specialist
#maslahat #dasturlash #hardware

Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari 💻

📋 Ushbu maqolamiz orqali siz:
“Dasturlash tillari”, “dasturlash”, “dasturchi” tushunchalariga beriladigan ta’riflar;
Dasturlashning qanday sohalari mavjudligi haqida tushunchalar;
Dasturlashning har bir sohasi uchun qanday xarakteristikadagi kompyuter xarid qilish haqida bilib olasiz.

👉🏻 Batafsil matn va video.

👨🏻‍💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
👍4
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #maslahat

Ushbu videoda Android bazasida ishlovchi smartfonlar uchun animatsiya effektlarini tezlashtirish bo‘yicha maslahat berilgan.

Bu bo‘yicha kanalimizga ulashilgan post bilan ham tanishib ko‘rishingiz mumkin.

🎞 Video manbasi

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

🖥 32 va 64 bitli Windows'lar o‘rtasidagi farq

Windows operatsion tizimi razryadligining ikki versiyasi mavjud: 32 bitli va 64 bitli, ularning belgilanishlari esa quyidagicha: 32-bit (x86) va 64-bit (x64). 64 bitli tizim, 32 bitli operatsion tizimga qaraganda katta hajmdagi hisoblashlarda samaraliroq hisoblanadi. 64 bitli Windows'da, shunga o‘xshash 32 bitli tizimga qaraganda resurslarga talabchan bo‘lgan dasturlar ishlashi uchun kamroq vaqt sarflanadi.

Umumiy ish faoliyatini yaxshilashdan tashqari, ushbu ikki turdagi tizimlar orasidagi asosiy farq, ma’lum miqdordagi xotira bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlashidadir. Windows'ning 32 bitli versiyasida, tizim arxitekturasining o‘ziga xos xususiyati tufayli, kompyuterda o‘rnatilgan 4 Gb'dan kam, 64 bitli versiyasida esa 16 TB'gacha RAM (tezkor/operativ xotira) ishlatiladi

❗️Ikki razryaddan birini tanlash uchun ham bu asosiy mezon sifatida xizmat qiladi, kompyuterga o‘rnatilgan operativ xotira 3 GB'dan kam bo‘lsa — 32 bitli tizim, 4 Gb va undan katta bo‘lsa — 64 bitli tizim o‘rnatiladi.

Windows x64'da 64 va 32 bitli, x32'da esa faqat 32 bitli dasturlarni o‘rnatish mumkin. Windows uchun yaratilgan dasturlarning aksariyati 32 bitli razryadlikni qo’llab-quvvatlaydi. Ushbu dasturlarni istalgan razryadlikdagi kompyuterlarga o’rnatish mumkin.

📌 P.S.: Kompyuterdagi 32-bitli tizimni faqat qayta o‘rnatish (Переустановка Windows) orqaligina 64-bitli tizimga va aksincha o‘zgartirish mumkin!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
Forwarded from IT specialist
#excel

⌨️ Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar:️

F9 — butun ishchi kitobidagi formulalarni qayta hisoblash;

SHIFT + F9 — faol listdagi formulalarni qayta hisoblash;

F4 — havola turlari bo‘ylab o‘tish;

SHIFT + F3 — funksiyani qo‘llash oynasini chaqirish;

CTRL + ~ — formula va uning natijasini ko‘rsatish o‘rtasida o‘tish;

ALT + = — avtosumma formulasini qo‘llash.

👨🏻‍💻@itspecuz
👍6
Forwarded from IT specialist
#internet

Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma 🧹

Ko‘pgina zamonaviy brauzerlar foydalanuvchilarga cookie-fayllarni qabul qilish yoki qilmaslikni tanlashga imkon beradi. Ammo shuni yodda tutish lozimki, ularni o‘chirib qo‘yish ba’zi saytlar bilan ishlashni imkonsiz qiladi.

Cookie-fayllarida saytlar tomonidan yaratilgan foydalanuvchi ma’lumotlari saqlanadi. Amaliyotda odatda sozlamalar, autentifikatsiya va shu singari vazifalarni saqlash uchun qo‘llaniladi. Ushbu ma’lumotlar ko‘pincha yaxshi himoyalanmagan bo‘lib, yovuz niyatli shaxslar ularni osonlikcha tutib olishlari mumkin.

“Cookie AutoDelete” kengaytmasi foydalanuvchi xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus yaratilgan. Asosiy imkoniyatlari:

1️⃣. Cookie-fayllarini avtomatik o‘chirish.
2️⃣. Oq / qora domen ro‘yxatlarining qo‘llab-quvvatlanishi.
3️⃣. Qo‘lda tozalash rejimi.
4️⃣. Muayyan saytdagi cookie-fayllari miqdorini ko‘rish.

📎 Kengaytma uchun havolalar: Firefox | Chrome

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #tarmoq #internet

📍 IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?

Internet protokoli (IP) manzili — bu internetda kompyuter yoki telefon kabi qurilmalarni ifodalab, xuddi telefon raqamga o‘xshaydi. Agar telefoningizning IP-manzilini bilsangiz, uning qayerda ekanligini aniqlashingiz mumkin. Ammo internet provayderidan olinadigan ma’lumotsiz aniq bir geografik joylashuvni IP-manzil orqali aniqlash imkonsiz.

IP-manzil ma’lumoti qanday ishlaydi?

Kompyuterlar internet orqali bir-biri bilan bog‘langanda, ular raqamli kodlardan foydalangan holda raqamli xabarlarni jo‘natish va qabul qilish amallarini bajaradi. Hozirda foydalanilayotgan IP-manzillarning eng ko‘p uchraydigan turlari, odatda, nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta raqam orqali ifodalanadi, masalan, 127.0.0.1 kabi. Bu maxsus IP-manzil bo‘lib, undan qurilmalarni test qilish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Internet provayderlardagi kompyuterlar va boshqa qurilmalar, masalan, uy, ofis routerlari kabi qurilmalar IP-manzilga ko‘ra xabarlar almashadi.

Odatda, IP-manzilni internet servis provayderi (ISP) taqdim etadi. ISP tarmoqdagi mobil qurilmalarni tarmoqqa ulovchi tashkilot hisoblanadi.

O‘xshash IP-manzillarni klasterlash axborot almashinuvini soddalashtiradi, shuning uchun, tarmoqqa ulangan qurilma IP-manzilidan o‘sha qurilma qayerda joylashganini taxminan aniqlash mumkin bo‘ladi. Kompaniya tarmog‘ida IP-manzil ma’lumoti bilan ma’lum bir kompyuter ofisning qayerida joylashganini bilib olishingiz mumkin. Xuddi shu singari, internet provayder tarmog‘ida, bu ma’lumot kompyuterning geografik joylashuvini aniqlab bera oladi.

IP-manzil qanday topiladi?

Ma’lum bir IP-manzilni qaysi ISP taqdim qilganini aniqlay oladigan bir qator ma’lumotlar bazalari mavjud. Ushbu bazalar, shuningdek, ma’lum IP-manzildan foydalanayotgan kompyuter taxmiman qayerda joylashganini aniqlay oladi. Ba’zi kompaniyalar bu ma’lumotlardan foydalanib, ma’lum hudud/mamlakat aholisiga maqsadli reklamalar taqdim qila olishi yoki o‘sha hududda amalda bo‘lgan tilda xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Bu turdagi ma’lumotlarni bepul beradigan bir nechta IP-manzil kuzatuv ma’lumotlar bazalari mavjud. Buning uchun ma’lumotlar bazasidagi qidiruv bo‘limiga IP-manzilni kiriting va qanday geografik ma’lumot mavjud ekanligini bilib oling.

IP-manzilni kuzatishda cheklovlar

Agar siz internet provayderning ichki ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniga ega bo‘lmasangiz, aksariyat hollarda IP-manzil yordamida kimningdir joylashuvini aniq-tiniq bila olmaysiz. Ba’zi hollarda odamlar IP-manzil xaritalash ma’lumotidan biror shaxsni jinoyatda ayblash va boshqa bir nomaqbul ishlarni olib borishadi. Bunda ular aniqlagan xaritalash ma’lumotlari noto‘gri bo‘lib, ko‘pincha aybsiz odamlarga duch kelishadi.

Agar sizdagi IP-manzil haqiqatan jinoyatga qo‘l urgan shaxsniki bo‘lsa, vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganing va mahalliy politsiya yoki advokatga murojaat qiling. Mutasaddilar internet provayderdan qonuniy ravishda IP-manzil haqida ma’lumot olib, vaziyatga oydinlik kiritish uchun sizga yordam berishadi.

Notog‘ri IP-manzil ma’lumotidan ehtiyot bo‘ling

Muayyan hududda joylashgan IP-manzillardan ushbu joyda bo‘lmagan kishi foydalanishi mumkin. Bunga virtual maxfiy tarmoq (VPN) yordamida tarmoqni boshqa serverga yo‘naltirish orqali erishiladi. Xakerlar ham IP-maznilini o‘zgartirib ish qiladi. Bunday hollarda IP-manzilning geografik joylashuvini aniq topgan bo‘lsangiz ham, u manzildan foydalanayotgan odam, aslida, ming-minglab kilometr masofada bo‘lishi mumkin.

📝 Mirzohidbek @terabaytuz

📌 P.S. IP-manzil haqidagi ushbu maqolani ham o‘qib ko‘rishingizni tavsiya etamiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware #maslahat

⌨️🖱 Sichqoncha va klaviaturani bloklash

Klaviaturani vaqtinchalik bloklash uni kompyuter ishlab turgan paytida tozalash yoki bolalar multfilm tomosha qilayotganida biror nojo‘ya harakat qilmasligi uchun kerak bo‘lishi mumkin.

BlueLife KeyFreeze — klaviatura va sichqonchani bloklash uchun dastur. U ko‘p tilli qulay interfeys va amaliy sozlamalarga ega. Dastur portativ bo‘lib, o‘rnatishni talab etmaydi.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘ting, yuklab oling va arxivdan chiqaring.

2️⃣. Kompyuteringizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimning razryadiga qarab dasturni KeyFreeze.exe yoki KeyFreeze_x64.exe fayli orqali ishga tushiring.

Klaviatura va sichqonchani bloklash va blokdan chiqarish uchun ushbu klavishlar birikmasi bosiladi: CTRL + ALT + F.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android

🧮 Qachonlardir maktabda shunday yordamchingiz bo‘lishini bir necha bor orzu qilgansiz... 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Matematika endi muammo emas!
Matematikaga oid mobil ilovalar:
Photomath
Математические хитрости
Геометрия
Dasturlash bo‘yicha mobil ilovalar:
SoloLearn
Mimo
Основы HTML и CSS

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4🔥1