IT specialist
9.57K subscribers
1.15K photos
495 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#telegram #bilasizmi #maslahat

💡 Telegram'da saqlangan vaqtinchalik kontaktlari ko‘p bo‘lgan foydalanuvchilar uchun layfxak

Ko‘pchilik qatori sizga ham lokatsiya ulashish yoki "bir martalik yozishish" uchun biror ulashilgan raqamni saqlashga to‘g‘ri kelgan bo‘lishi tabiiy. Natijada sizda "pizza kuryeri", "do‘kon ishchisi" kabi kontaktlar to‘lib ketib, ularni keyinchalik bittalab tozalab o‘tirishingizga to‘g‘ri kelgan.

Buning yechimi esa quyidagicha – shunchaki qadrdon Chrome yoki boshqa brauzeringizni ishga tushirib, undagi manzil satriga t.iss.one/telefon_raqami kiritilishi yetarlidir

❗️Telefon raqami kodi bilan to‘liq kiritilishi maqsadga muvofiqdir (+998).

Tayyor – sizga vaqtinchalik kerak bo‘lgan inson bilan o‘rtangizdagi chat ochiladi va uning raqamini Telegram kontaktlariga saqlash zarurati yuzaga kelmaydi. 😉

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍15👏3🔥2🤔1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

➡️ Windows 10'da virtual xotira (файл подкачки)ni boshqa diskka o‘tkazish

Ilgari “Файл подкачки” haqida ushbu postimizda ma’lumot berib o‘tgan edik, bu uchun Windows'da “pagefile.sys” fayli qo‘llaniladi. Bu tizimga tegishli fayl bo‘lib, odatda C diskida berkitilgan ko‘rinishda joylashgan bo‘ladi, jismoniy RAM xotirasi yetmay qolgan taqdirda dasturlarning ishlashi uchun doimiy HDD yoki SSD saqlash qurilmalaridan qo‘shimcha xotira ajratadi.

Ushbu opsiyaning qo‘shimcha imkoniyatlaridan biri – ushbu faylni bir diskdan boshqasiga o‘tkazishdir. Bu tizim bo‘limida joy yetmagan taqdirda yoki ushbu faylni yanada tezroq saqlash qurilmasiga o‘tkazish zarurati yuzaga kelganda kerak bo‘lishi mumkin.

Virtual xotira (“Файл подкачки”)ni boshqa diskka o‘tkazish qadamlari quyidagicha:

1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiring va unga sysdm.cpl buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali ishga tushiring.

2️⃣. Ochilgan muloqot oynasining “Дополнительно” varaqasiga o‘ting va “Быстродействие” bo‘limidagi “Параметры” tugmasini bosing.

3️⃣. Keyingi oynadagi “Дополнительно” varaqasida “Виртуальная память” bo‘limidagi “Изменить” tugmasini bosing.

4️⃣. Agar sizda “Автоматически выбирать объем файла подкачки” bandi faol bo‘lsa, undan qushcha belgisini olib tashlang.

“Файл подкачки” hozirda joylashgan diskni belgilang va u uchun “Без файла подкачки → “Задать” → “Да” bandlari bo‘ylab o‘ting. So‘ngra “Файл подкачки” ko‘chirilishi lozim bo‘lgan diskni belgilab, u uchun “Размер по выбору системы” → “Задать → “ОК” bandlari bo‘ylab o‘ting va kompyuterni qayta yuklang.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8
Forwarded from IT specialist
#telegramda_kanal_yuritish #rasm_bilan_ishlash

💡 Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?

Ostiga media (rasm, video yoki GIF) biriktirilgan matnli postni tayyorlash uchun bizga quyidagilar talab etiladi:

1. Postning ostki qismida ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan fayllarni internetga yuklash va yuklangan fayl uchun havolani olish.

2. Post matniga faylning sirli havolasini qo‘shish.

@ControllerBot boti orqali postni qo‘shganimizda barchasi oddiy bajariladi – botda post uchun mediani biriktirish funksiyasi mavjud. Batafsil ushbu postimizda.

Postlarni kanallar va guruhlarga botlar yordamisiz qo‘shishda esa savol yuzaga keladi: “Postga qo‘shiladigan o‘sha sirli havolani olish uchun mediani qanday qilib va qayerga yuklash lozim?”

Bunda bizga @MediaUploadBot yordamga keladi. Ushbu botlar sizning rasm, video va GIF-fayllaringizni o‘ziga yuklab oladi va darhol havolasini uzatadi.

Olingan havolani postning boshlanishida biror tinish belgisi yoki emodzi ortiga berkitamiz. Masalan, e’tiborni jalb etish maqsadida biz postlarimizni emodzilar bilan boshlaymiz, aynan shu kichik elementlarning ortida biriktirilayotgan medianing havolasini berkitish qulaydir.

Havolani berkitish deganda - biriktirilayotgan media uchun olingan havolani postga qo‘shish tushuniladi. Xuddi oddiy matn bilan bo‘lgandagi kabi, biroq havola matn tarkibida sezilar-sezilmas darajada aks etishi lozim.

Bor yo‘g‘i shu - biriktirilgan mediali postimiz nashr etish uchun tayyor :)

📌 P.S.: Postning ostki qismiga biriktiriladigan rasm, video yoki GIF-faylning hajmi 5Mb’dan oshmasligi lozim.

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍81
Forwarded from IT specialist
#internet

🗂 Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash

Google Chrome brauzerida ochilib turgan sahifalarning barcha sarlavhalari va manzillarini nusxalab olish uchun TabCopy kengaytmasidan foydalanish mumkin.

O‘rnatilganidan so‘ng kengaytma tomonidan 3 ta nusxa ko‘chirish varianti taqdim etiladi:

1️⃣. Copy selected tab – joriy varaqa (вкладка)ni nusxalash;

2️⃣. Copy N tabs in window – ochiq oynadagi varaqa (вкладка)larni nusxalash;

3️⃣. Copy all of N tabs – barcha ochiq oynalardagi barcha varaqa (вкладка)larini nusxalash.

Nusxa ko‘chirish variantlaridan keyin joylash uchun 3 ta rejim mavjud. Ya’ni kengaytirilgan yoki ixcham rejim, shuningdek faqat sayt manzillarini nusxalash.

Ma’lumotlar nusxalanganidan so‘ng, ularni istalgan matn muharririga, masalan, CTRL + V klavishlari birikmasi yordamida joylashtirish mumkin.

📝 Manba: @kompyuter_akademiyasi | @pcTeapot

📌 P.S.: Ushbu kengaytma bir qancha varaqa (вкладка)larda kerakli manzillar mavjud bo'lganda hammasini bittalab nusxalamasdan birdaniga nusxalash uchun kerak bo'ladi.

ℹ️
Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #excel #IT_humor

MS Excel jadvaliga kiritiluvchi kasr sonlarni ifodalashda nuqta (.) va vergul (,) bilan bog‘liq doimiy dardlarimizdan biri... 🙄

📌 P.S.: Kasr sonlarni jadvalga kiritish paytida, butun sonni kasr sondan ajratuvchi belgi dastur interfeysi:
🇷🇺 rus tilida bo‘lganida — (,)
🇬🇧 ingliz tilida bo‘lganida — (.) ko‘rinishida keltirilishi o‘rinlidir.

Formulalarda ham atributlarni bir-biridan ajratish uchun:
🇷🇺 ruscha interfeysda — (;)
🇬🇧 inglizcha interfeysda (,) qo‘llaniladi.

Dastur interfeysi tilidan qat’i nazar, fayl tarkibidagi ma’lumotlar shunga mos tarzda ko‘rsatiladi.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9😁4
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware

🚫 Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash

Ba’zida foydalanuvchilar kompyuterning mustaqil ravishda uyqu rejimidan chiqishi holatiga duch kelishadi. Turli xil periferik qurilmalar, masalan, klaviatura, sichqoncha, tarmoq adapterlari buning sababchilari bo‘lishi mumkin.

Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash uchun Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiring va unda powercfg -devicequery wake_armed buyrug‘ini bajarishga yuboring (ENTER). Ushbu tarzda biz kompyuterni uyqudan “uyg‘otuvchi” qurilmalar ro‘yxatini hosil qilamiz.

Taqiqni faollashtirish uchun bir nechta usullarni qo‘llash mumkin. Buyruq satri (Командная строка)da powercfg -devicedisablewake "Ro‘yxatdagiQurilmaNomi" buyrug‘ini qo‘llang (ENTER).

Yoki Qurilmalar dispetcheri (Диспетчер устройств)ni ishga tushiring (WIN + Rdevmgmt.mscENTER) va ro‘yxatdan kerakli qurilmani toping. Uning xususiyatlari (Свойства) oynasini oching va undagi Управление электропитанием varaqa (вкладка)siga o‘tib, Разрешить этому устройству выводить компьютер из ждущего режима bandidan qushcha belgisini olib tashlang, kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlang (OK).

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Gibernatsiya rejimini faollashtirish
Windows 10’da gibernatsiya
Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
SHUTDOWN buyrug‘i
Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #game

🏎🕹 Sho‘ng‘ish effektini ta’minlovchi uchta o‘rnatilgan ekran va haqiqiy poyga o‘rindig‘iga ega avtosimulyator.

📌 P.S.: Ashaddiy geymerlarga misol tariqasida: 1-post | 2-post

ℹ️
O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥6👍3🤩3👎1
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Hayot qanchalar murakkab... 🙄

📌 P.S.: Tushungan tushundi ruknidan...

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
😁43🤣11😢6👍4🔥1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #hardware

⌨️🖱 Klaviaturadan sichqoncha sifatida foydalanamiz

Agar u yoki bu sababga ko‘ra sichqonchangiz ishlamay qolsa, Windows 10, 8 va 7'larda sichqoncha ko‘rsatkichini klaviatura yordamida boshqarish imkoniyati taqdim etilgan, bunda qandaydir qo‘shimcha dasturlarga yuzlanish shart emas, kerakli opsiyalar tizimning o‘zida keltirilgan.

Ushbu opsiya LEFT ALT + LEFT SHIFT + NUM LOCK klavishlari birikmasi orqali faollashtiriladi (faolsizlantirish ham shu tarzda bajariladi). Yuzaga keluvchi oynada opsiyani faollashtirish lozimligini tasdiqlaymiz (uning qo‘shimcha sozlamalariga oyna ostidagi ko‘k yozuv ustiga bosish orqali o‘tiladi).

Kursorni boshqarish klaviaturaning o‘ng qismida joylashgan raqamlar orqali amalga oshiriladi. Sichqonchaning chap tugmasi vazifasini bunda sonlar guruhidagi “5” klavishi bajaradi. Sichqonchaning o‘ng klavishi vazifasini har doim RIGHT CTRL klavishining chap yonidagi kontekstli menyuni chaqiruvchi klavisha bajaradi.

Ushbu opsiyaning qo‘shimcha sozlamalarida kursorni harakatlantirish tezligini sozlash, shuningdek uning harakatini tezlashtirish va sekinlashtirish uchun mos tarzda CTRL va SHIFT'ni bosib turilishi imkoniyatini faollashtirish mumkin.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍13
Forwarded from IT specialist
#internet #security

Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin? 🔓🤔

Agar siz boshqa brauzer yoki qurilma yordamida saytga kirish paytida parolni unutib qo‘ygan bo‘lsangiz, biroq Chrome’ga uni saqlash uchun ruxsat bergan bo‘lsangiz, uni osonlikcha shaxsiy kompyuter orqali ko‘rishingiz mumkin:

1️⃣. Chrome’ni ishga tushiring.

2️⃣. Oynaning yuqori o‘ng burchagida uch vertikal nuqta ustiga bosing va ochilgan menyuda “Настройки”ni tanlang.

3️⃣. “Автозаполнение” bo‘limiga qadar pastga qarab tushing va “Пароли” ustiga bosing.

4️⃣. Keyingi bosqichda “Сохраненные пароли”ni ko‘rasiz. U yerga kiring va kerakli veb-saytni izlang.

5️⃣. Parolni ko‘rsatishdan oldin sizdan qayd yozuvingizni tasdiqlash so‘raladi. Tasdiqlang va “OK”ni bosing.

6️⃣. “Ko‘zcha” ustiga bosing va parollarni ko‘ring.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6😱1
🇯🇵Yapon standartlariga asoslangan xalqaro universitetga GRANT asosida o'qishga kiring va Yaponiyada ishlash imkoniyatini ega bo'ling!

💠 Japanese International University (JIU) o'z talabalariga quyidagi yo'nalishlarni taklif etadi:
🔸Biznes Boshqaruv
🔸Moliya
🔸IT
🔸Pedagogika
🔸Turizm

💼 Eng asosiysi, JIU universiteti Yaponiyaning SSI tashkiloti bilan hamkorlikda eng yaxshi natija ko'rsatgan talabalarni Yaponiyada ish bilan taminlaydi.

👨‍🎓 Agarda Siz ham JIU universiteti talabsi bo'lib, Yaponiyaning nufuzli kompaniyalarida ishlamoqchi bo'lsangiz, unda quyidagi link orqali ariza qoldiring!

👉 https://jiuuz.info/itspcz
👍3
Forwarded from IT specialist
#excel

Ustunlar o‘rnini almashtiramiz (2-usul) 🧾

👉🏻 1-usul

Excel'da ustunlarning o‘rnini shuningdek qaynoq klavishlar yordamida almashtirish mumkin:

— 1-qadam
Sarlavhasi ustiga bosish orqali ma’lumotlar keltirilgan ustunni butunlay belgilaymiz va ustunni "kesib olish" uchun CTRL + X klavishlari birikmasini bosamiz.

— 2-qadam
"Kesib olingan" ustunni joylashtirish uchun kerakli ustunni tanlaymiz (bunda joylashtirilayotgan ustun belgilangan ustunning chap tomoniga joylashishi hisobga olinadi).

— 3-qadam
Ustun ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyusidan Вставить вырезанные ячейки bandini tanlaymiz (rasmda ko‘rsatilgan).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
Satrlar va ustunlarning sarlavhalarini har bir sahifada chop etish (Печать сквозных строк и столбцов)
Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6
Sotiladi: Noutbuk Samsung Book Go 14" 4/128

Ekran: 14 dyum, 1920x1080px
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 7c gen2 2.55Ghz, 8 yadro
RAM: 4gb operativka
SSD: 128gb doimiy xotira
Korpus: Alyumin material, kumush rang
OS: Windows 11 litsenziyali
Charger: Type C, korobka.

Yangi, protsessori ARM asosli bo‘lgani uchun batareyka 10 soatdan ko‘pga yetadi, yengil, ingichka (slim design), ofis ishlari, internet b-n ishlash, ta’lim olish uchun juda qulay. Narxi 320$. Naqt, Click, Payme. Rassrochka / kredit yo'q.

Xarid uchun: @samsungbookgo
👍17👎3
Forwarded from IT Masters
Siz uchun #foydali botlar ro'yxati

@BepulDarslarBot — 160.000 dan ziyod obunachilar ro'yxatdan o'tgan bepul IT darslar platformasi

@MilliyTalimResursBot — 11.000 dan ortiq obunachilar mavjud, Xalq ta'lim vazirligining zamonaviy kasblarni o'rganishga qaratilgan platformasi

@AppSearch_Robot — 3.000 dan ziyod obunachilar ro'yxatdan o'tgan kompyuter va smartfon uchun xohlagan dasturingizni topib beradigan bot

👉 @ITMastersUz | #foydali_botlar
👍4
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor

Sizda qanday... 😉

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁21🤣18👍1💯1
Forwarded from IT specialist
#maslahat #smartfon #android #iOS

🌿 Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar

01.
Puzzle Alarm Clock (Android)
02. Timetable (Android)
03. MyScript Calculator (Android, iOS)
04. Scanbot (Android, iOS)
05. Clockwork Tomato (Android)
06. ToDoist (Android, iOS)
07. Dict EN-RU (Android, iOS)
08. Nike+ Training Club (Android, iOS)
09. AppBlock (Android)
10. FBReader (Android)

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Talabalar uchun tavsiyalar
Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
Psixolog va talabalar
Ustoz...
Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?
Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik — XXI asr epidemiyasi
“Qo‘llarim yo‘q bo‘lgani bilan aqlim bor” — Doniyor tengdoshlariga motivatsiya bera oladi
Talaba va o'quvchilar uchun kompyuter tanlaymiz + narxlar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
Forwarded from IT specialist
#dasturlash #maslahat

📋 Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt

Quyidagi saytlar orqali bilimlaringizni yanada mustahkamlashingiz va turli algoritmlarni o‘rganishingiz mumkin:
01. HackerEarth
02. HackerRank
03. Exercism
04. SPOJ
05. Programmr
06. TopCoder Challenges
07. CodeForces
08. CodeWars
09. CodeChef
10. CodeGym
11. CodePen Challenges
12. CodinGame
13. LeetCode
14. GeeksForGeeks
15. ProjectEuler
16. URI Online Judge
17. Reply Challenges
18. KickStart — Google’s Coding Competitions
19. Code Jam
20. Kaggle Learn
21. SoloLearn
22. Geektastic
23. Coding Bat
24. CodeSignal
25. Edabit

Yuqoridagi saytlar orqali dasturlashni o‘rganish, turli qiyinchilikdagi misollarni biror dasturlash tilida amaliy ishlab ko‘rish, kod va algoritm to‘g‘ri yozilganligini tekshirib ko‘rish imkoniyati ham mavjud.

Yana bir qulayliklaridan biri – siz istalgan kodingizni ishga tushirib, tekshirib ko‘rsangiz ham bo‘ladi. Bu haqida keyingi maqolalarimizda batafsil yozamiz.

🇬🇧 Saytlar haqidagi batafsil ma’lumot ingliz tilidagi ushbu maqolada keltirilgan.

📝 Manba: @tutorialsuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish tavsiya etiladi:
Dasturchi uchun Time Management kerakmi?
Dasturchilar qancha daromad topadi?
Dasturchilik kasbi, unga o‘qish narxlari va maoshlar — dasturchi Botir Ziyatov bilan suhbat
“Oyiga 5 000 – 7 000 AQSh dollarigacha daromad topyapman!..” 23 yoshli frilanser Sardor Islomov bilan suhbat
“Qanday qilib frilanser bo‘lish mumkin“ligi to‘g‘risidagi to‘liq ko‘rsatmalar yoki hamyurtimiz hikoyasi
Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT-mutaxassislar tarixi
Dunyoga mashhur tizimlarning yaralishida qo‘llanilgan dasturlash tillari
Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari
Dasturlash bilan shug‘ullanish uchun kompyuter tanlash (rus tilidagi video)
Python dasturlash tili haqida 5 fakt
Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
Mimo | SoloLearn | Основы HTML и CSS mobil ilovalari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥7👍5
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Sizdachi, odatda eng kattasi qaysi? 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤣41👍6😁2
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #security

🚫 Windows 10'da torrentlar va “keraksiz” dasturiy ta’minotlarni bloklashni bekor qilish

Tizimga ichki o‘rnatilgan “Windows Defender” (“Защитник Windows”) 2021-yilning avgust oyidan boshlab uTorrent, CCleaner va boshqa “yomon” mavqega ega dasturlarning ishlashini cheklashni boshladi. Ushbu opsiyani bekor qilish usuli mavjud.

Buning uchun “Параметры” oynasini ekranga chaqirib (WIN + I), ushbu oynada “Обновление и безопасность” > “Безопасность Windows” > “Управление приложениями/браузером” > “Параметры защиты на основе репутации” bandlari bo‘ylab o‘ting.

Bu yerda kompyuterdagi ilovalarni bloklash uchun mas’ul bo‘lgan “Блокировка потенциально нежелательного приложения” bandi mavjud. Uni o‘chirib qo‘yish yetarlidir.

📝 Manba: @guide_it

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥5👍2
#smartfon #android #game

🧩 World of Goo — kuchli fizikaga ega mashhur o‘yinning mobil talqini. Rus tiliga tarjima qilingan + zamonaviy qurilmalarga moslashtirilgan.

📎 World of Goo v1.2 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥3👍1