IT specialist
9.59K subscribers
1.15K photos
495 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#word #excel #powerpoint #outlook #internet

⌨️ CTRL + SHIFT + ALT + WIN orqali bajariluvchi kombinatsiyalar

Agar siz Windows 11 yoki 10'dan foydalanayotgan bo‘lib, Microsoft Store'dagi Office ilovasini o‘chirmagan bo‘lsangiz, u holda CTRL + SHIFT + ALT + WIN kombinatsiyasi orqali uni ishga tushirishingiz mumkin.

Shuningdek ofis ilovalarini ishga tushirish uchun xizmat qiluvchi quyidagi klavishlar birikmalari mavjud:

1️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + W – Word;

2️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + P – PowerPoint;

3️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + X – Excel;

4️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + O – Outlook;

5️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + T – Teams;

6️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + DПроводник'dagi OneDrive papkasini ochish;

7️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + N – OneNote;

8️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + L – LinkedIn'ga o‘tish;

9️⃣. CTRL + SHIFT + ALT + WIN + Y – Yammer'ga o‘tish.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9🔥1
Forwarded from IT Software | Windows
Ishchi stolni chiroyli qilamiz😁

👉https://youtu.be/VrmxW7TEVCQ
🔥9👍1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #internet

⚙️ Windows 10/11'da boshqa kompyuterni boshqaramiz

Har qanday Windows 10/11 foydalanuvchisi tizim bilan birga keluvchi Быстрая помощь ilovasi yordamida boshqa Windows 10/11 kompyuteridagi har qanday muammoni masofadan turib hal qilishga yordam berishi mumkin.

Windows 10/11'ga ichki o‘rnatilgan Быстрая помощь masofaviy boshqaruv dasturi ishlashi borasida TeamViewer'dan qolishmaydi va barcha Windows foydalanuvchilari uchun bepul va cheklovlarsizdir.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. “Пуск” menyusining qidiruv satri yordamida Быстрая помощь izlab topiladi.

2️⃣. Помочь другому пользователю tugmasi bosiladi, Microsoft akkaunti orqali avtorizatsiya jarayonidan o‘tiladi. Qabul qilingan kod yordam olayotgan foydalanuvchiga ulashiladi.

3️⃣. Masofadagi foydalanuvchi kodni kiritganidan so‘ng, yordam taqdim etishda muhim hisoblanuvchi – Получите полный контроль yoki Просмотр экрана umumiy foydalanuv (общий доступ) parametri tanlanadi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
Papkalarni parollaymiz😃

👉https://youtu.be/MJ78wvEPVhU
👍10🔥2
Toshkent shahridagi Puchon universiteti 2022/2023-o’quv yili uchun abituriyentlar qabulini davom etmoqda

Hujjatlar 29-sentabrgacha qabul qilinadi.

Yo'nalishlar:
“Axborot texnologiyalari” fakulteti.
● “Elektron biznes” fakulteti.
● “Multimedia va o’yin kontenti” fakulteti.

Boshqa shahardan kelib tahsil oluvchi talabalar uchun universitetning asosiy binosi hududida joylashgan shinam talabalar turar joyi beriladi.

👉 Hujjatlarni topshirish

Ma’lumot uchun telefonlar:
(+998) 78 150 40 02;
(+998) 95 196 36 01

Telegram | Instagram | YouTube
👍10
Forwarded from IT specialist
#smartfon #operatsion_tizim #security #maslahat

⤴️ Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash

Smartfonlar operatsion tizimlarining so‘nggi versiyalaridagi fayl menejerlarida, agar ulardan fayllar o‘chirilguday bo‘lsa, ularni ehtiyot shart “Корзина”ga yuborish imkoniyati qo‘shilgan. Bu bizga keyinchalik ushbu fayllarni qayta tiklash imkoniyatini taqdim etadi, ammo bunday imkoniyat barcha smartfonlarda ham mavjud emas. Shunday noma’qul vaziyat yuzaga kelganida bizga maxsus Wondershare Recoverit dasturi yordamga keladi.

Ushbu yordamchi dasturdan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Dasturni yuklab olamiz va kompyuterga o‘rnatamiz.

2️⃣. Uni ishga tushiramiz.

3️⃣. Saqlash qurilmasini shaxsiy kompyuterga ulaymiz.

4️⃣. O‘chirilgan fayllarni izlashni ishga tushiramiz
└ Dastur barcha o‘chirilgan fayllarni topadi va ularni turli toifalar bo‘yicha papkalarga ajratadi.

5️⃣. Bizga kerakli fayllarni tanlaymiz.

6️⃣. Ma’lumotlarni boshqa saqlash qurilmasiga saqlaymiz.

Tayyor! Smartfonlar, planshetlar, foto-, videokameralar, qattiq disklar – bularning barchasi Wondershare Recoverit dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Xalqimizda: “Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, “So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman” kabi maqol mavjud. Shunday ekan, avvalambor qurilmadagi fayllardan doim back-up olib turishga, ularni saqlashda bulutli texnologiyalardan foydalanishga odatlanmog‘imiz lozim.

📝 Manba: @GooogleTM

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Tiklash mavzusiga doir barcha postlarimiz ro‘yxati.
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9👏1
Forwarded from IT specialist
#word

↕️ Hujjat bo‘ylab tezkor o‘tish uchun 4 foydali klavishlar birikmalari

Hujjat bo‘ylab odatda sichqonchaning g‘ildiragini g‘izillatib yuqoriga-pastga siljishga odatlanganmiz, ba’zilar hattoki sichqonchadan juda ko‘p foydalanganidan, uning g‘ildiragi o‘ziga yarasha shovqin chiqarib, qolganlarning tinchini buzadi.

Hujjat sahifalarining boshida mavzularni belgilab ketgansiz va ular bo‘ylab tezkor o‘tishingiz kerak deylik, yoki hujjatning o‘rtasidan turib, uning boshiga yoki oxiriga tezkor o‘tish lozim, sichqoncha bilan bu jarayon biroz ko‘proq vaqt olishi aniq. 😣

Bunda klaviatura klavishlari birikmalari yordamida ishimizni ancha osonlashtirish bilan birga tezlashtirishimiz ham mumkin:

• Hujjatdagi keyingi sahifaning boshiga o‘tish uchun – CTRL + PAGE DOWN.

• Hujjatdagi oldingi sahifaning boshiga o‘tish uchun – CTRL + PAGE UP.

• Hujjatning dastlabki sahifasiga o‘tish uchun – CTRL + HOME.

• Hujjatning so‘nggi sahifasiga o‘tish uchun – CTRL + END.

📝 Manba: @hacks_office

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
Matnni tezkor belgilash uchun layfxaklar
• Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari: 1-qism | 2-qism
Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi?
Word dasturi uchun o‘z qaynoq klavishlarimizni belgilashimiz mumkinmi?
Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
Tezroq ishlash uchun Автозамена’dan foydalaning!
Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
Microsoft Word dasturida tasodifiy matnni hosil qilgan holda u bilan ishlash
MS Word’dagi hujjat hajmini kichraytirishning 3 usuli
Matnni bir sahifaga qadar qisqartirish
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7😁2
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android #learn_english_with_software

🇬🇧 English Tenses – ingliz tilidagi zamonlarni (tilning asosini) oson tarzda tushunish va o‘zlashtirish usulini taqdim etuvchi mobil ilova. Barcha imkoniyatlar blokdan chiqarilgan

📎
English Tenses v6.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📌 P.S.: Ingliz tili bo‘yicha bilimingiz darajasini qanday baholaysiz? Buni aniqlashda sizga “English Level Checker” va “IELTS Test” mobil ilovalari yordam berishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10👎1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #game #IT_humor

😣 Og‘riq simulyatsiyasini o‘z ichiga oluvchi VR-qurilmasi, yoxud yangi foydalanuvchilarga sergak bo‘ling...

ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁26👍3🤣3👎1
Forwarded from IT specialist
#word

🔤 Hujjatga noyob simvol/belgilarni qanday qo‘shish mumkin?

Bunday simvollar matn tarkibini vizual ravishda yaxshi boyitsa-da, biroq ularning barchasini ham klaviatura yordamida kiritib bo‘lmaydi.

Ulardan foydalanish uchun Symbol Search qo‘shimcha vosita (надстройка)sini o‘rnatib oling. Buning uchun menyu satrida Вставка → Мои надстройки (ustiga bosiladi) → Магазин Office (tugma ustiga bosilari) bandlari bo‘ylab o‘ting va qidiruv satriga yuqorida aytib o‘tilgan nomlanishni kiriting 👆🏻.

O‘rnatish jarayoni tugallanganidan so‘ng menyu satrining Вставка varaqa (вкладка)sining o‘ng chetida mos belgi paydo bo‘ladi, belgi ustiga bosib vosita ishga tushirilganida barcha simvollar kategoriyalarga ajralgan holda foydalanish uchun tayyor holatga keladi, vositaning Recent varaqa (вкладка)sida so‘nggi qo‘llanilgan belgilar tarixi saqlanib boradi.

📝 Manba: @hacks_office

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9👎2
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

🔤 Excelda jumla boshida keluvchi so‘zning dastlabki harfini katta qilish

Excel'da yacheykadagi barcha so‘zlarning dastlabki harflarini katta ko‘rinishga keltiruvchi funksiya mavjud.

Agarda jumlada birinchi keluvchi so‘zning faqat dastlabki harfini katta qilib ketlirish lozim bo‘lsa, u holda ushbu kichik formula yordam berishi mumkin: =ПРОПИСН(ЛЕВСИМВ(B2;1))&ПРАВСИМВ(B2;ДЛСТР(B2)-1)

🎞 Batafsil amaliy ko‘rsatma yuqoridagi videoda 👆🏻.

📝 Manba: @excel_everyday

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8👎2
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

🖱 Windows 10'da sichqoncha kursori ko‘rinishini o‘zgartirish

An’anaviy sichqoncha kursori bilan doimiy foydalanib zerikdingizmi? Tizimda qoida bo‘yicha o‘rnatilganidan tashqari yana ko‘plab boshqa kursorlar to‘plamlari mavjud. Agar ushbu to‘plamlar ham sizni qoniqtirmasa, unda Internetdan yuklab olish mumkin bo‘lgan to‘plamlarga yuzlanamiz.

1️⃣. WIN + Rcontrol mouseENTER ketma-ketligi bo‘yicha o‘tib, “Мышь” muloqot oynasini ekranga chaqiring, Ochilgan oynada “Указатели” varaqa (вкладка)sini tanlang.

2️⃣. “Схема” bo‘limida o‘z kursoringiz uchun tizim sxemalaridan birini tanlashingiz mumkin. P.S.: ularning barchasi istalgani kabi chiroyli bo‘lib tuyulmasligi mumkin.

3️⃣. Ushbu yoki boshqa biror manzildan ma’qul kelgan kursorlar to‘plam(lar)ini yuklab olishingiz mumkin. Bunday to‘plamlarning qariyb barchasida “install.inf” fayli bo‘ladi — ushbu fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va “Установить”ni tanlaymiz.

⚠️ Agar yuqorida keltirilgan saytni brauzeringizda yuklab, muayyan bir kursor to‘plami nomi ustiga bosib, keyingi ochiluvchi sahifada u bilan tanishib, yuklab olishga qaror qilsangiz, buni pastda binafsha rangdagi Начать скачивание yoki o‘ng tomondagi yashil Скачать tugmasi orqali emas, balki pastki o‘ng burchakdagi Скачать с сервера tugmasi yordamida yuklab olishni tavsiya etamiz. Qolgan ikki tugma shunchaki reklama maqsadida joylashtirilgan.

4️⃣. Kursor parametrlari oynasiga qaytamiz, ma’qul kelgan mavzuni tanlaymiz va undan ham zeriktirguniga qadar foydalanamiz. Istalgan vaqtda xuddi shu sozlamalar bo‘limiga o‘tib, yana tizim kursorini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish
Windows 10’da sichqonchaning chap va o‘ng tugmalari o‘rnini reyestr orqali almashtirish
Sichqonchani avtomatik ravishda qoida bo‘yicha bosiluvchi tugmaga o‘tadigan qilib sozlash
Faol oynadan tashqari qolgan barchasini vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish
Windows 10'da bir nechta oynalar bilan ishlash
Windows 10'da “Проводник” dasturini qayta ishga tushirish
CTRL klavishi yordamisiz giperhavola bo‘yicha o‘tish
Butun abzatsni belgilashning uch oddiy usuli
Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
Birinchi sharikchali sichqoncha
Soyuz davrida ishlab chiqarilgan sichqoncha
O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash
Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
#mulohaza_uchun #texnologiya #smartfon

Dunyodagi birinchi mobil telefon ixtirochisi Martin Kuper, yaratgan qurilmasi insonlarni qanchalik bir-biridan uzoqlashtirgani, ularni masofaviy muloqotga o‘rgatib qo‘ygani sabab, odamlarga “Telefonlarini bir chetga olib qo‘yib, haqiqiy hayot kechirishga harakat qilishni” maslahat berdi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #texnologiya

🤖 Telegram-bot orqali Tesla'ni boshqarish

Grozniy'lik ishqiboz shunday qulaylikni o‘ylab topdi: u asl Tesla ilovasi o‘rnini bosuvchi bot'ni yozdi va endi u messenjer orqali elektromobilni boshqara oladi.

Telegram'dan foydalanish tobora yangi darajaga o‘tib bormoqda! 😉

📝 Manba: @iteach_ru

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #internet

👓 Kelajakdagi internet-do‘konlarida har qanday narsani xarid qilish oldidan o‘zida sinab ko‘rish qanday bo‘lishini faraz etib ko‘ramiz.

Qulaymi? 😉

ℹ️ Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍30👏3🔥2😱2
Forwarded from IT specialist
#word

MS Word’da qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shriftni o‘zgartirish 🔄

Word’dagi standart shrift — Calibri, biroq ko‘pincha hujjatni boshqa shriftlarda tayyorlashga to‘g‘ri keladi: Times New Roman, Verdana, Arial va boshq.

Har doim sizga kerak bo‘lgan shriftni o‘zgartirib o‘tirmaslik uchun, uni shunchaki qoida bo‘yicha shrift sifatida o‘rnatib qo‘ying. Bu esa quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

1. Главная varaqa (вкладка)siga o‘ting;
2. Шрифт sozlamalariga o‘ting (CTRL + D);
3. Ro‘yxatdan o‘zingizga kerakli bo‘lgan shriftni tanlang (aksariyat holatlarda bizda bu Times New Roman);
4. Oynaning pastki chap burchagidagi По умолчанию tugmasini bosing;
5. Ochilgan oynachada ikkinchi band, ya’ni “всех документов, основанных на шаблоне Normal”ni tanlang;
6. Joriy oynacha ostidagi OK tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni tasdiqlang.

Endi MS Word dasturida har safar yangi hujjat yaratganingizda, u tarkibida qoida bo‘yicha Siz tomondan tanlagangan shrift bilan yaratiladi.

Qolgan foydali sozlamalarni o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ushbu matn va video orqali bilib olishingiz mumkin (video ovozsiz yozilgan bo‘lsa-da, barcha harakatlar intuitiv tarzda tushunarli keltirilgan).

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim #internet #software

📥 YTD Video Downloader – YouTube, Facebook, Google Video, Yahoo Video, va boshqa mashhur video servislardan videoni yuklab olish uchun kompyuter dasturi. Videoni iPod, PSP, Cell Phone, Windows Media, XVid va boshq. uchun konvertatsiya qilish va moslashtirish. Yuklab olinayotgan videoni oldindan ko‘rish uchun ichki o‘rnatilgan videopleyer.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v5.9.18.8
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 YTD Video Downloader v5.9.18.8 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7🔥1
Forwarded from IT specialist
#operatsion_tizim

🧮 Windows 10 kalkulyatori ishlamay qolsa nima qilish mumkin?

Agar tizimdagi standart kalkulyator ilovasi ishga tushmay qolsa, quyidagi harakatlarni bajarishga urinib ko‘rish mumkin:

1️⃣. Пуск > Параметры > Приложения > Приложения и возможности ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.

2️⃣. Ilovalar ro‘yxatidan Калькулятор'ni tanlang va Дополнительные параметры bandi ustiga bosing.

3️⃣. Сбросить tugmasiga bosing va qayta ishga tushirish (сброс)ni tasdiqlang.

Shundan so‘ng yana kalkulyatorni ishga tushirishga urinib ko‘ring.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#operatsion_tizim #tarmoq

📺 Windows 10'da noutbukdagi ekran tasvirini Wi-Fi orqali televizorga uzatish

Buning uchun avvalambor televizor va noutbukingizni ishga tushiring va har ikki qurilmada Wi-Fi adapterlari faolligiga ishonch hosil qiling.

Endi Windows 10'da Пуск → Параметры (WIN + I) → Система → Дисплей ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va oynaning katta o‘ng panelining ostidagi “Подключиться к беспроводному дисплею” bandi ustiga bosing.

Televizoringiz modeliga mos ravishda belgilangan nomdagi tarmoqni tanlang, tayyor!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5🔥1🐳1🌚1🌭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #game

🗺 Fantastik film va o‘yinlardagi to‘qima xaritalarning rassomlar tomonidan qanday yaratilishi jarayoni bilan yaqindan tanishamiz.

ℹ️ O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍21😁4🔥3👏3👌2
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #game #android #operatsion_tizim

🕹 Janubiy Koreyaning akapella yo‘nalishidagi guruhi mashhur Subway Surfers o‘yinidagi barchamizga allaqachon tanish va qadrdon bo‘lishga ulgurgan tovushlarni ijro etdi.

😉 Subway Surfers o‘yini haqida hazil post.

🎼 Ushbu guruh Windows operatsion tizimining turli versiyalari uchun ham tovushlarni ijro etgan.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍14😁4👎2