IT specialist
9.59K subscribers
1.15K photos
495 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#internet

⚙️ YouTube kontentini tartibga solish

Ko‘pincha foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida ko‘plab kanallarga obuna bo‘ladilar, bu esa o‘z navbatida turli tartibsizliklarni keltirib chiqaradi va muayyan kanalni topishga uringaningizda, butun tasma bo‘ylab o‘tib chiqishingizga to‘g‘ri keladi.

Kontentdan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida PocketTube kengaytmasidan foydalanishingiz mumkin. U kanallarni papkalar, mavzular, kayfiyatlar, davomiyliklar va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha saralaydi.

PocketTube'da shuningdek pleylistlar yaratish, postlarni ko‘rinib turishiga nisbatan prioritet tayinlash, bir vaqtning o‘zida ko‘plab kanallardagi obunani bekor qilish va ularni guruhlarga qo‘shish, shuningdek qidiruv va turlicha saralashlar imkoniyati mavjud.

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #ict_news

🎙 Toshkentga besh ming so‘m bilan kelib, Buxoroga mashina minib ketganman!

“IT-motivatsiya” ko‘rsatuvining bugungi qahramoni ILM.UZ akademiyasi asoschisi Shahzod Magdiyev.

Shahzod Xusenovich Magdiyev 1988-yilning 4-martida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan:

— 2009-yilda TATU bakalavriat, 2011-yilda magistratura bosqichini tamomlagan;

— 2018-yilda O‘zbek-Yapon markazining (UJC) “Programma PMP” biznes kursini muvaffaqiyatli tamomlagan;

“Cisco CCNA Routing Switching”, “Oracle Database 11g Administrator Certified Associate”, “Oracle Database 11g New features for Administrations”, “Certificate IPTV product ZTE” bo‘yicha xalqaro sertifikatlarni olgan;

— TATUning “Ma’lumotlarni uzatish” kafedrasida “Tarmoq protokollari” fani bo‘yicha pedagogik faoliyat olib borgan;

— IT mutaxassislar yetkazib beruvchi ILM.UZ akademiyasi asoschisi.

🔤 Suhbatning batafsil matnli talqini.

🎞 Suhbatning batafsil video talqini.

📝 Manba: ict.xabar.uz

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
👍7👏5🔥1
#smartfon #android

🧹 Smartfonda joy bo‘shatish – tajribali foydalanuvchilardan oddiy usul

Telefonning ichki xotirasini qo‘lda bo‘shatishga harakat qildingiz: videolar, fotosuratlar va barcha keraksiz ilovalarni o‘chirdingiz, avtomatik tozalashni ishga tushirdingiz, biroq Android smartfoningizda hali ham xotira yetarli emasmi? Umidsizlikka tushmang! Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, qurilmaning ichki xotirasini 20% gacha bo‘shatishning yana bir usuli bor.

⚠️ E’tibor bering, ushbu ko‘rsatmalarga amal qilishdan oldin, ilovalar va saytlarda avtorizatsiya uchun qo‘llanilgan ma’lumotlaringiz, ya’ni login va parollaringizni bilishingizga ishonch hosil qiling, chunki smartfon xotirasi tozalaganidan so‘ng ular qayta kiritilishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zi hollarda ilovalar uchun qo‘llaniluvchi kontentni qayta yuklab olishga to‘g‘ri keladi.

Android telefonidagi ichki xotirani bo‘shatish tartibi:

1️⃣. Google Play'ga o‘ting va Total Commander ilovasini qurilmangizga o‘rnating.

2️⃣. O‘rnatilgan ilovani ishga tushiring → Ichki xotira (Внутренняя память)ga o‘ting → Oynaning yuqori qismidagi Qidiruv (Поиск) belgisi ustiga bosing.

3️⃣. Qidiruv oynasiga “cach”ni (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting → Поиск tugmasiga bosing. Ilova qurilmaning ichki xotirasini skanerlaydi.

4️⃣. Qidiruv natijalari oynasining pastki chap burchagida Выделить (belgili tugma) → Выделить все'larga bosing.

5️⃣. Tozalashni yakunlash uchun oynaning pastki qismidagi Удалить (belgili) tugmasiga bosing → ogohlantirishga roziligingizni bildiring.

O‘chirish jarayoni tugallangandan so‘ng telefon xotirasida katta hajmdagi bo‘sh joy yuzaga keladi.

📝 Manba: @smartphonesecrets

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kesh nima?
Keshni tozalash orqali smartfon xotirasini bo‘shatamiz
Android’da xotirani bo‘shatishning 3 oddiy usuli
Android’da xotirani bo‘shatishning yana bir foydali usuli
Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz
Barcha keraksiz mobil ilovalarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?
CCleaner mobil ilovasi
Quloqchinlarni qanday tozalash mumkin?
Smartfon dinamiklariga tushgan suvni tozalash
Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
C diskidagi Temp papkalari bo‘yicha
Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish” haqida
Windows 10'da keraksiz tizim xatoliklari xotira dampini o‘chirish orqali joy bo‘shatish
Muayyan tizimli diskda qiyinchiliksiz joy bo‘shatish
Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash
Windows 10'da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash
Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi?
Windows 10 interfeysini soddalashtirish orqali uning ishlashini tezlashtirish
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
Windows'ni bir klikda tezlashtirish
Windows'da “Максимальная производительность” rejimini faollashtirish
Windows 10'da Internet tezligini oshiramiz
Windows 10'ni tezkor ishga tushirish
Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish
“Загрузки” papkasidagi foydalanilmayotgan fayllarni avtomatik o‘chirish
Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
Google Chrome'ni bir zumda tozalash
Chrome'ning ishlashini tezlashtiramiz
Rasmlarni suv belgilaridan tozalash
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9🔥2😱2
Forwarded from IT specialist
#maslahat #mulohaza_uchun

🔴 Online va offline taʼlim orasida qanday farq bor va nega offline taʼlim eskirib bormoqda?

Online va offline bilim olish bir-biri bilan zid narsa emas. Meni fikrimcha o‘qishga borib yoki masofaviy tarzda bilim olishning ikkala shakli ham yaxshi. Shaxsan meni o‘zim ham ilk bor online kurs olyapman, oldin ijtimoiy tarmoqlar yoki YouTube orqali video darslarni ko‘rar edim, lekin hozir tizimli ravishda online kurs olyapman.

Online darslarni qulaylik taraflarini aytadigan bo‘lsam xohlagan paytingizda, ishingiz chiqib qolsa maʼlum vaqtdan so‘ng davom ettirasiz, imtihonlarni topshirasiz yaʼni online darslarning imkoniyati juda katta va o‘zimizni online tarzda bilim olishga o‘rgatishimiz kerak.

Online darslarning pullik yoki pulsiz shaklining pullik shaklini tanlashni maslahat berar edim chunki pul to‘laganingizda masʼuliyat olasiz va biron narsa kutasiz hamda sizdan pul olgan ikkinchi taraf ham masʼuliyat oladi, yaʼni ertaga siz ularga savol berganingizda javobi ham batafsil bo‘ladi.

📝 Hikmat Abdurahmanov @Hikmat_kundaligi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Kompyuterlarimizdagi Windows qotib qolganida ham taxminan shunday manzara kuzatiladi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁14👍5🤔1🤯1
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Qaysi klavishlar birikmasi yordamida yacheykalarni o‘chirish menyusini ekranga chaqirish mumkin? (javob variantlari navbatdagi postda👇🏻)
👍4
Forwarded from IT specialist
⬆️⬇️ (bundan oldingi postdagi rasm va savolga e’tibor bering)
Anonymous Quiz
47%
CTRL + DELETE
37%
CTRL + SHIFT + BACKSPACE
12%
CTRL + -
4%
SHIFT + *
😁11🥰2
Forwarded from IT specialist
#test #operatsion_tizim

Quyidagi buyruqlardan qaysi birini “Выполнить” oynasiga kiritib, ENTER klavishi bosilsa, Lokal guruh siyosati muharriri (Редактор локальной групповой политики) ishga tushiriladi?
Anonymous Quiz
30%
regedit.exe
24%
gpedit.msc
22%
charmap.exe
15%
lusrmgr.msc
10%
mmc.exe
👍9
Forwarded from IT specialist
#test #rasm_bilan_ishlash

Quyidagi rasm formatlaridan qaysi biri vektor grafikasiga tegishli?
Anonymous Quiz
28%
JPEG
13%
GIF
18%
TIFF
25%
SVG
17%
PNG
😁8👍63
Forwarded from IT specialist
#excel

Kerakli listga tezkor o‘tish 🚀

Agar siz ishlab turgan faylda ko‘plab miqdorda ishchi listlari qo‘llanilayotgan bo‘lsa, unda ular bo‘ylab o‘tish siz uchun biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Bunday holatda dastur oynasining pastki chap qismida listlarga o‘tkazish uchun xizmat qiluvchi istalgan strelka ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, ochilgan listlar ro‘yxatidan biror band ustiga bosgan holda sizga kerakli bo‘lgan listga bir zumda o‘tish mumkin.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor

Janjalning Internet va real hayotdagi ko‘rinishi... 🙄 (bunga yana bir misol)

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁15👍3👏1
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

📄 PDF Extra – rasmni PDF formatiga skanerlab o‘tkazish uchun maxsus mobil ilova. Android 5.0+.

📎 PDF Extra v6.9.3.973 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
CamScanner mobil ilovasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
Forwarded from IT specialist
#test #excel

MS Excel'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida bir yacheyka doirasida keyingi satrga o‘tish mumkin?
Anonymous Quiz
33%
ENTER
24%
ALT + ENTER
22%
CTRL + ENTER
13%
SHIFT + ENTER
8%
Bunday birikma mavjud emas
👍8
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun #dasturlash

Omadli bo‘lish — oson emas! ☝🏻

ℹ️ O‘qish ko‘rish tavsiya etiladi:
Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11😁2
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun

🌇 “Ichishga suvi ham yo‘q davlat qanday boyidi?”: Singapurning raqamli iqtisodiyoti haqida (birinchi maqola)

🇸🇬 Singapur Malayziyadan ajralib chiqqan — ular mustaqillik berishni so‘rashganida tashlandiq va botqoqda yashovchi asosan xitoylik va hindistonlik qashshoqlar (asl malayyaliklar juda oz)dan iborat “boshog‘riq”dan tezroq qutulish uchun Malayziya hukumati ko‘p o‘ylab o‘tirmagan ekan.

❗️Shu bir parcha yerda neft, gaz, oltin nima qilsin, hatto ichadigan suvigacha Singapur to‘liq Malayziyadan keltiradi — salkam olti million aholiga!..

Endi esa...

👉🏻 Batafsil...

Ushbu maqolaning 2-qismi.

📝 Manba: @eGovUz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥10
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Operatorning ishi tahsinga loyiq! 👏

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍31🔥8👏3
#smartfon #android #iOS #internet

📍 Internet talab etmaydigan xaritalar

Navigator ilovasi qimmatli trafikni tejashga yordam beradigan va qayerdaligingizni bilmay qolgan taqdiringizda Wi-Fi nuqtasini ko‘r-ko‘rona izlashdan himoya qiladigan maxsus xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.

Maps.me – qadamma-qadam navigatsiyaga ega tezkor, batafsil va butunlay oflayn xaritalar. iOS и Android'lar uchun mavjud. Sayyohlik qo‘llanmasi va dunyoning turli shaharlari xaritalarini yuklab oling va ulardan oflayn rejimda foydalaning.

Joylashuvingizni aniqlash uchun xarita internetga ulanishga muhtoj emas, eng maqbul marshrutni yaratish uchun GPS koordinatalarini avtomatik ravishda aniqlaydi.

⚠️ Shunday bo‘lsa-da, joylashuvni boshlang‘ich aniqlab olishi uchun Internetni faollashtirish ziyon qilmaydi, aniqlanishi bilan o‘chirib qo‘ysa bo‘ladi, ushbu tavsiya ko‘proq Android'ning eskiroq versiyalariga tegishli.

Oflayn navigatsiya besh turdagi transport uchun mavjud. Ehtiyot bo‘ling, fon rejimida GPS'dan doimiy foydalanish batareyaning ishlash muddatini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Maps.Me xaritalariga internetsiz ishlovchi tayyor yo‘nalishlar kiritildi
Maps.Me mobil ilovasi
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8🥰1
Tavsiya etilgan 200 ta kitob (Hasanxo'ja Muhammad Sodiq).pdf
122.6 KB
Anchadan beri o'zbek tilida nashr qilingan va "O'qilishi shart bo'lgan" kitoblar ro'yxatini tuzishni reja qilib yurgan edim. Va nihoyat, ushbu ishni bugun Allohning izni ila tugatishga muyassar bo'ldim. Ushbu ro'yxatdagi kitoblarni barchasini o'qib chiqishni tavsiya qilgan bo'lar edim. Albatta, ushbu ro'yxatga kira olmagan juda ko'plab yaxshi kitoblar mavjud, ammo shaxsiy tajriba va ustozlar maslahatiga ko'ra shunday yakunlashga qaror qildik.

Alloh barchamizning ilmimizni ziyoda va barakali qilsin, amiyn !

Hurmat bilan, duolaringizga umidvor bo'lgan Hasanxo'ja Muhammad Sodiq.

P.s. Ushbu ro'yxatdagi kitoblar ko'pchilikka manfaatli bo'lishi uchun yaqinlaringiz bilan ulashishingizni so'rab qolamiz.

P.s.s. Bu ro'yhat yaqinda qayta shakllantiriladi...
👍15🔥1
#rasm_bilan_ishlash #internet

🗜 Har qanday rasmni sifatini yo‘qotmagan holda siqamiz

Agar siz tez-tez veb-sayt, blog yoki hujjatlarga joylashtirish maqsadida rasmlarni yuklab borayotgan bo‘lsangiz, u holda rasm hajmi muhim ekanligini bilishingiz aniq. To‘g‘ri, rasmni siqish muammo emas, lekin bunda sifatni saqlab qolish juda ahamiyatli va shu bilan birga, juda mushkuldir.

Nomi o‘z-o‘zidan gapiruvchi Squoosh xizmati u yoki bu opsiyalar yakuniy natija va hajmga qanday ta’sir qilishini baholaydi va bir juft klik evaziga rasmni optimallashtiradi.

Rasmni xizmatga yuklash uchun uni brauzer oynasiga olib o‘tkazish (drag'n'drop) yoki almashinish buferidan foydalanish mumkin. Shunisi e’tiborliki, sahifa yuklanganidan keyin fayl ustidagi amaliyotlar qurilmangizda lokal ravishda, ya’ni Internetsiz bajariladi.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10
Hurmatli aziz va mo‘’tabar opa-singillar!

Sizlarni 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami bilan tabriklaymiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Doimo oilangiz va farzandlaringiz, elu yurtimiz ardog‘ida bo‘ling!

Hurmat va ehtirom ila,
© “IT specialist” kanali ma’muriyati
🥰10👍8🎉3👎1