IT specialist
9.7K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#ict_news #mulohaza_uchun

🛂 Fuqarolar uchun raqamli pasport joriy etiladi

“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor bo‘ladi.

2022 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, iyul oyiga qadar shu haqdagi hujjat loyihasi ishlab chiqilishi kerak. Bu orqali haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh guvohnomasi, diplom olganlik kabi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishning yagona elektron tizimi yaratiladi.

Bunda yagona elektron tizimni ishga tushirish va tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish rejalashtirilyapti. Davlat xizmatlaridan identifikatsiya ID karta orqali foydalanilganda boshqa hujjatlarni talab qilmaslik amaliyotini yo‘lga qo‘yiladi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
👍10🔥5🥰2
#smartfon #android

⚠️ Play Market'dagi xatolikni to‘g‘rilaymiz

Ko‘pincha Play Market'da turli xil muammolar yuzaga keladi, buning natijasida ilovalarni o‘rnatish imkonsiz bo‘ladi. Bunday holatlarning aksariyatiga quyidagi harakatlar yordam beradi:

1️⃣. Qurilmangiz sozlamalariga va ular orasidagi “Приложения” bo‘limiga o‘ting.

2️⃣. Ochilgan ilovalar ro‘yxatida “Google Play Маркет”“Память” bandlari bo‘ylab o‘ting va keshni tozalang (“Очистить”).

3️⃣.
Ekran burchagidagi 3 nuqta ustiga bosing va “Удалить обновления” opsiyasini tanlang.

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Android'ga ilovani o‘rnatmasdan turib, undan foydalanib ko‘rish
Ilovalar bilan Android smartfonini “bug‘ish”ga chek qo‘yamiz
Android'da barcha ilovalarni tezkor yangilash
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8🔥3
Forwarded from Appleinsider.uz
Botimizda hozir 9 ta yo'nalish bo'yicha bepul darslarlik mavjud!

1. Front-end: HTML • CSS • Sass • Bootstrap • JavaScript • jQuery • React JS • Vue JS • Angular JS

2. Back-end: NodeJs • Java • Python • PHP • C++ • C# • Go • PHP (Yii2 framework) • Python (Django framework)

3. Android: Android(Java) • Kotlin • Android Studio • Flutter

4. iOS: Swift asoslari • Objective-C (tez kunda)

5. TelegramBot: SariqDev • Botir Ziyatov • Kodsiz (konstruktor) • Java • Python

6. SMM va Marketing: Google Ads • Kopirayting • Facebook • Instagram

7. Grafik dizayn: Adobe Photoshop • Adobe Illustrator • Adobe XD • Figma • Adobe Premiere Pro

8. 3D Modelling: 3Ds Max • AutoCAD • Blender (tez kunda) • CorelDRAW

9. Maxsus darslar: Kiberxavfsizlik • Algoritm • Git va Github • Wordpress • Rubik Kubik • Zoom • Frilanserlik

Biz bilan birga o’rganing
@texnologiyait_bot
👍8
#mulohaza_uchun #dasturlash #security #operatsion_tizim #IT_humor

📽 Filmlardagi “xakerlik hujumlari” va real hayot

Ehhh, bu filmlar... Qaniydi bu jarayonlar tasvirlangani kabi oson bo‘lsa, tayyorlab berilgan video tasvirni kompyuter ekranida ijro etilishida ishtirok etuvchi montaj ustalariga bog‘liq bu holat, ular ham o‘z tajribalari va dasturchilar tomonidan berilgan bir-ikki maslahat asosida ish tutadi xolos... 😉

Bizda esa Microsoft Word dasturini “Выполнить” (winword) orqali ishga tushirganingizni yoki MS Windows yoki MS Office'ni qandaydir dasturlar yoki buyruq satri orqali aktivatsiya qilayotganingizni (antiviruslarning mavjud cheklovlarini hisobga olganda bu ham oddiy foydalanuvchi uchun oson ish emas) ko‘rganlar ham sizni xaker deyishadi… 🙄

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Axborot xavfsizligi ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁13👍4🤔1
Kreativ dizaynlar bilan zerikishni unutasiz! 🙂

— Ha, to'g'ri eshitdingiz! Zerikishni butunlay unutasiz, chunki:

• Dizaynerlarning ajoyib ishlari
• Dizayn sohasiga doir maqolalar
• Kerakli saytlar (grafikaga doir)
• Grafik dasturlar

👆siz tanlagan quyidagi kanalda! 👇🏻

🎨 Obuna bo'lish: @kreativ_dizaynlar
👏5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🫀 Tibbiy ta’limning 3D-kelajagi

ℹ️ Salomatlikka oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan mavzularimiz ro‘yxati bilan ham tanishing.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤯7👍5🔥3👏3🤩3
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 Arch – tajribali foydalanuvchilar va Linux'ni o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun

Ko‘pchilik Windows'chilar nima deyishidan qat’i nazar, Linux'ning ko‘p distributivlari foydalanish uchun juda oson. Ularni o‘rnatishda sizda muammo yuzaga kelmaydi: shunchaki “Далее” tugmasini bir necha marotaba bosasiz va tizim qolganini o‘rningizga bajaradi. Biroq bu Arch'ga taalluqli emas.

Ushbu distributivni birinchi marta ishga tushirganingizda, u sizga faqat bo‘sh qora ekran va konsol (buyruq satri)da miltillovchi kursorni taqdim etadi. Grafik qobiq, brauzer, boshqa ilova va tizim vositalarini kerakli buyruqlarni kiritish orqali qo‘lda o‘rnatishingizga to‘g‘ri keladi.

Aslini olganda, Arch — bu tajribali foydalanuvchi har qanday narsani qurishi mumkin bo‘lgan konstruktordir. Agar siz Linux qanday ishlashini tushunish yoki tajriba o‘tkazish istagida bo‘lsangiz, albatta Arch'ni sinab ko‘rishingiz kerak. Agar konsol sizda qo‘rquvni yuzaga keltirsa, u holda bu distributiv siz uchun juda murakkablik qiladi.

Afzalliklari: ko‘p sonli ilovalar, har doim yangi dasturiy ta’minot, sozlamalarning keng imkoniyatlarini taqdim etuvchi AUR (Arch User Repository), ajoyib foydali Wiki, ishlashdagi yuqori samaradorlik.

Kamchiliklari: distributiv operatsion tizim bilan endigina tanishayotganlar uchun mos emas. Ko‘plab buyruqlarni o‘rganish va qo‘llanmalarni o‘qishga to‘g‘ri keladi.

✔️ Alternativlari: Slackware — eng qadimiy distributivlardan biri. Uning muxlislari: “Agar Slackware'ni o‘rgansangiz — butun Linux'ni o‘rganasiz”, deyishadi. Barqarorligi va konservativligi bilan ajralib turadi. Gentoo — ushbu distributivda qulay ilovalar do‘konlari mavjud emas. Buning o‘rniga, ishlab chiquvchilar tomonidan taqdim etilgan ochiq kodlar yordamida o‘zingizga kerakli bo‘lgan dasturlarni qo‘lda kompilyatsiya qilishingizga to‘g‘ri keladi. Nazariy jihatdan olib qaraganda, bu tizimning ishlash samaradorligiga kichik bonus taqdim etadi. GoboLinux — bu macOS'dan ilhomlangan holda yaratilgan, g‘ayrioddiy fayl tizimiga ega distributiv. Bu yerda har bir dastur o‘z papkasida joylashgan, bu esa boshqa distributivlar uchun xos bo‘lmagan holatdir. Linux'ning ichki tuzilishini o‘rganadigan yoki shunchaki tajriba qilishni xohlaydiganlar uchun mos keladi.

📥 Arch'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6🔥2👏1🤩1
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

🔍 AppWatch – qurilmangizda yuzaga keluvchi reklamani qaysi ilova ko‘rsatayotganini aniqlashga ko‘mak beruvchi maxsus mobil ilova. Android 6.0+. Pro-versiya.

📎
AppWatch v1.6.0 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍81🔥1
#mulohaza_uchun #muvaffaqiyatli_insonlar

⚡️ Mark Sukerbergning odati

Facebook asoschisi juda o‘ziga xos odati bilan mashhur: qaror qabul qilishda vaqtni tejashning samarali usuli deb hisoblab, har kuni bir xil kiyim kiyadi.

Odatlaridan yana biri — bu qandaydir yangi narsalarni o‘rganishdir. Har yili u o‘zi uchun turli xil chellenjlarni uyushtiradi: shu tarzda u xitoy tilining mandarin lahjasini o‘zlashtirdi, bir yil ichida 24 ta kitobni mutolaa qildi, keyingi yili 365 mil masofani yugurib o‘tdi.

So‘nggi tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, har kuni u bor-yo‘g‘i bir mil yugurdi — harakatdagi kichik qadamlar san’ati deb aynan shunga aytilsa kerak.

📌 P.S.: 1 mil = 1,60934 km

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Pavel Durov haqida
Bill Geyts haqida
Djeff Bezos haqida
Ilon Mask haqida
Stiv Jobs haqida
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
👍7🔥3
#smartfon #maslahat

📱 Xarid qilish oldidan ikki smartfonni barcha xususiyatlari bo‘yicha vizual solishtirish

Smartfon xususiyatlari bo‘ylab mustaqil ravishda o‘tib ko‘rish mumkin, albatta — chunki ularning tavsifi odatda batafsil keltiriladi. Biroq ularni unchalik tushunmagan taqdiringizda, xarakteristikalarni qanday solishtirishingiz mumkin? Yoki ularda sezilarli farq bo‘lmasa-da, bir smartfon ikkinchisini ish samaradorligi bo‘yicha testlarda ishonchli tarzda ortda qoldirsachi?

Ikki smartfon xususiyatlarini solishtirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan maxsus xizmat mavjud. U e’tibor berilishi lozim bo‘lgan eng muhim joylarni ajratib, ularni sodda tilda tushuntiradi.

Undan foydalanish tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. NanoReview saytiga o‘tamiz.

2️⃣. Qidiruv satrlariga kerakli qurilmalar brendi va modellarini kiritamiz.

3️⃣. “Сравнить” tugmasini bosamiz.

Barchasi oddiy! “Ключевые отличия” bo‘limida smartfonlarning eng muhim afzalliklari haqida umumiy ma’lumotni ko‘rish, “Цена/Качество” bo‘limida smartfonlardan qaysi biri o‘z narxiga ko‘ra yaxshiroq ekanini bilish mumkin. Quyiroqda esa — smartfonlarni har tomonlama batafsil taqqoslanishi keltiriladi.

📝 Manba: @tech_lifehacks

📌 P.S.: Maqolada keltirilgan xizmatga muqobil va o‘z ishini juda yaxshi uddalovchi veb-sayt bilan ham tanishing: GSMArena

ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👏2
#mulohaza_uchun #texnologiya

🚦Seuldagi rangli diodli svetoforlar

Hozirgi avlodni bemalol “smartfon zombilari” deya atasak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Vaqt – bu pul deya bejizga aytishmaydi, axir yo‘lda yurib ketayotgan vaqtingizda ham ishlab turgan asosiy ishingiz yoki qo‘shimcha ishlaringizni hal etib ketishingiz mumkin, har kim ham yurgan yo‘lida o‘yin o‘ynab ketavermaydi. 😉

Janubiy Koreyaning poytaxti sanalmish Seul shahrida aynan shunday, ya’ni qo‘lidagi gadjetiga mukkasidan ketishga odatlangan yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratilmoqda. Poytaxtdagi yo‘lovchilar yo‘lakchalarining boshlanishiga svetoforlar bilan sinxronlashgan tarzda ishlovchi rangli diodli chiroqlar bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10😱2
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 openSUSE – stol usti shaxsiy kompyuterlari uchun

Ushbu tizim Germaniyaning Novell kompaniyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Tizim bilan ishlashni endigina boshlaganlar uchun distributiv yetarlicha soddadir. openSUSE KDE grafik muhitini qo‘llaganligi tufayli, u stol usti shaxsiy kompyuterlari uchun asosiy tizim sifatida juda mos keladi.

Ko‘pchilik Linux distributivlarining falsafasi shundan iboratki, bir vosita faqat bir aniq vazifani bajarishi lozim. Natijada esa bu jabhada yangilar ko‘pincha tizimni kerakli darajada ishlashi uchun nimani va qanday dasturda qilish kerakligini tushunishmaydi. openSUSE soddalik va qulaylik uchun ushbu tamoyildan voz kechdi. Uning o‘ziga xos jihati — YaST deb nomlanuvchi dastur bo‘lib, u tizimni bir oynada to‘liq sozlab olish imkonini beradi.

YaST'da repozitoriylarni qo‘shish, disk bo‘limlarini boshqarish, distributivning tashqi ko‘rinishini sozlash, yangi dastur va paketlarni o‘rnatish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Dastur mantiqiy tuzilgan bo‘lib, siz hech qachon kerakli menyu bandini yo‘qotmaysiz.

Distributiv ikki yangilash rejimiga ega: Leap (Ubuntu'dagi kabi barqaror) va Tumbleweed (Arch'dagi kabi eng qiziqarli yangilanishlarga ega o‘zgaruvchan reliz). Shunday ekan, sizga tizim barqarorligi va yangi xususiyatlar orasidan birini tanlash qoladi xolos.

Afzalliklari: qulay YaST sozlamalar menejeri, keng paketlar assortimenti, KDE ilovalarining ajoyib to‘plami.

Kamchiliklari: standart distributivda ko‘plab kodeklar va xususiy drayverlar mavjud emas — bu litsenziya talablari bilan bog‘liq. Muammoni hal qilish uchun tizim o‘rnatilganidan so‘ng ular alohida qo‘lda o‘rnatilishi mumkin.

✔️ Alternativlari: Kubuntu — tarkibida KDE'ga ega eng mashhur distributivlardan biri, uning grafik muhiti Desktop'larda foydalanish uchun idealdir. U Ubuntu'ga asoslangan va bu sizda ilovalar mos kelishi bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligini anglatadi. Yana bir variant, KDE'ning so‘nggi versiyalarini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun — KDE Neon.

📥 openSUSE'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍6🔥3
Forwarded from IT specialist
#mulohaza_uchun

Pareto qonuni (yoki 80 ga 20 tamoyili) 📈

Ushbu tamoyil ko‘plab muvaffaqiyat qozonib kelayotgan insonlarga juda katta va keng ommaga sezilmas ta’sir ko‘rsatdi, ammo u hanuz eng buyuk sirlardan biri bo‘lib qolmoqda. U haqda tushunchasi bor, biladigan va amalda qo‘llaydigan sanoqli insonlar ham undagi quvvatning juda oz ulushidan foydalanib keladi.

Pareto qonunida aytilishicha, harakatlaringizning yigirma foizi 80% lik muvaffaqiyatli natijalarni beradi. Qolgan 80% hayotingiz davomida qiladigan boshqa barcha ishlaringiz natijalarning atigi 20% ini tashkil qiladi. Ko‘pchilik insonlar tomonidan bajariladigan ushbu 20% lik ishlar esa hayotining deyarli barcha faol vaqtlarini o‘g‘irlaydi.

Barcha ishlaringizning yigirma foizi – hayotingizdagi eng muhim narsalardir. Eng muhimi, ularni aniqlash, ajratib olish va har kuni bajarishdir, shunda hayotingiz mazmunga boy tarzda kechadi, kuningiz hayrli o‘tsin azizlar!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ehson haqida
“Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobidan misralar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #texnologiya

Sahna oldi va ortida bo‘layotgan jarayonni tasvirlovchi ushbu video (uzilishlarsiz, bir urinishning o‘zida olinayotgani odamni lol qoldiradi, jamoaning ahilligi qanday natija berishini ko‘rsatadi), web-dasturlashdagi Frontend va Backend tushunchalarini qiyosiy tasvirlab bergan... 🙄

Garchi formati kichikroq bo‘lsa-da, videoni ko‘rish uchun ketgan vaqtingizga afsuslanmaysiz, degan umiddamiz 😉

ℹ️ Kanalda Frontend va Backend mavzularida bundan ilgari ulashilgan postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍16👏4😁2🔥1
Forwarded from IT specialist
#test #photoshop

Photoshop'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida konturni ko‘rsatish mumkin?
Anonymous Quiz
25%
ALT + K
24%
SHIFT + H
32%
CTRL + SHIFT + H
19%
CTRL + K
🔥6👍2
Forwarded from IT specialist
#test #powerpoint

PowerPoint'da slaydlar namoyishi (слайд-шоу) qaysi klavisha yordamida boshlanadi?
Anonymous Quiz
17%
TAB
57%
F5
10%
F6
16%
ENTER
👍9👏1
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Kiritilgan qiymatlarning qaysi biri Excel tomonidan sana sifatida qabul qilinadi?
Anonymous Quiz
14%
14.07.1786
12%
30 фев
24%
28.02.2005
50%
Barcha javoblar to‘g‘ri
👍7🔥2😁1
Forwarded from IT specialist
#test #excel

Diagrammaning qaysi elementi Легенда deb nomlanadi? (javob variantlari navbatdagi postda👇🏻)
👍11🔥4
Forwarded from IT specialist
⬆️⬇️ (bundan oldingi postdagi rasm va savolga e’tibor bering)
Anonymous Quiz
21%
1
29%
2
32%
3
18%
4
👍5🔥3
Forwarded from IT specialist
#bilasizmi #dasturlash

🛰 NASAga tegishli Apollon dasturining yetakchi dasturiy taʼminot muhandisi Margaret Xemilton o‘zi va jamoasi tomonidan 1969 yilda insoniyatni Oyga olib kelgan raketa va dasturiy taʼminot uchun qo‘lyozma dastur kodi yonida turibdi.

📝 Manba: @qiziqfan

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍15🤯11🔥7😱7🤬1