IT specialist
9.7K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim #linux #maslahat

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozim? 🤔

Hozirgi kunda Linux'ning juda ko‘plab versiyalari mavjud. DistroWatch.com saytida butun tarixiga ko‘ra ularning 700 dan ortiq turi sanab o‘tilgan. Ushbu rang-baranglik orasida tanlovni qanday amalga oshirish lozim? Bunda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ikki bosh me’zon mavjud:

1️⃣. Distributivning mashhurligi

Distributivingiz qanchalik mashhur bo‘lsa, Internetda u bo‘yicha qo‘llanmani topishingiz shunchalik oson bo‘ladi. Agar distributivni o‘zlashtirishda muammoga duch kelsangiz, u bo‘yicha yuzaga kelgan katta hamjamiyat – forumlarda osongina yordam olishingiz mumkinligini anglatadi.

Distributiv qanchalik keng tarqalgan bo‘lsa, u uchun mo‘ljallab yaratilgan ilova va paketlar ham ko‘proq bo‘ladi. Qandaydir noma’lum distributivga doir yozilgan kodlar to‘plamlari bilan qiynalib ovora bo‘lib yurgandan ko‘ra, tayyor paketli asosga ega mashhur yechimlarni tanlagan afzaldir.

2️⃣. U bilan shug‘ullanuvchi dasturchilar jamoasi

Tabiiyki, Canonical Ltd., Red Hat yoki SUSE kabi yirik kompaniyalar tomonidan qo’llab-quvvatlanuvchi yoki katta jamoalarga ega bo’lgan distrubutivlarga e’tibor qaratgan ma’quldir.

Shuni yodda tutish lozimki, hatto eng yaxshi Linux distributivlarining ham, ulardan unchalik kam bo’lmagan analoglari mavjud. Agar nashriyot tomonidan tanlangan versiyalar sizni qandaydir sabablarga ko‘ra qoniqtirmasa, ularning alternativ variantlarini qo‘llab ko‘rishingiz mumkin.

Xo‘sh, 2022-yilda Linux'ning qaysi distributivini tanlash lozim?

“Лайфхакер” nashri o‘z obunachilari uchun Linux operatsion tizimining 13 mashhur versiyasini tanladi: Linux Mint, Manjaro, Fedora, Arch, openSUSE, elementary OS, Ubuntu, Xubuntu, Debian, openmediavault, Ubuntu Studio, Kodi, Parrot Security.

🎞 Ushbu versiyalar bilan Kompyuter Akademiyasi kanalidagi quyidagi video post orqali yaqindan tanishishingiz mumkin.

📃 Linux'ning yuqorida sanab o‘tilgan versiyalari bilan atroflicha tanishtiruvchi matnli ma’lumotlarni har kuni alohida post ko‘rinishida kanalimizda ulashib borishga harakat qilamiz.

ℹ️ Linux operatsion tizimi eslatib o‘tilgan quyidagi postlarimiz bilan ham tanishing:
Qaysi operatsion tizim sizga ko‘proq yoqadi?
Endryu Tanenbaum 75 yoshda
• Linux operatsion tizimi haqida hazillar: 1-post | 2-post | 3-post | 4-post
UltraISO dasturi yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
VirtualBox kompyuter dasturi
Dasturchilikdagi 3 kunda o‘zlashtirsa bo‘ladigan ko‘nikmalar
Python dasturlash tili haqida 5 fakt
Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi
Yuzimizni solishtirish orqali izlash funksiyasiga qarshi tanib bo‘lmaydigan qilamiz
Pullik dasturlarni bepuliga almashtiramiz
Dasturlarning eski versiyalari portali
“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
Qiziqarli faktlar to‘plami
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
🎉6👍31
#smartfon #android #maslahat

🔙 Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish

Ba’zida qurilmamizning ichki xotirasida to‘plangan axlatlar shunchalik ortib ketadiki, ulardan to‘liq xalos bo‘lish shunchaki imkonsiz bo‘ladi. Bu asosan Android-smartfonning anchadan buyon qo‘llanilayotgani bilan bog‘liqdir. Bir yilning o‘zida smartfonda juda katta miqdorda tizim axlatlari to‘planadi, Android uchun yaratilgan turli cleaner ilovalar bunda yordam bera olmay qoladi. Bunda eng to‘g‘ri yechim — qurilmani zavod sozlamalariga qaytarish hisoblanadi.

Android'dagi sozlamalarni ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda tiklash

1️⃣. Dastlab “Настройки” menyusiga, so‘ngra undagi “Восстановление и сброс” bo‘limiga o‘ting.

2️⃣. Agar sizda “Сброс настроек” (Reset Settings) opsiyasi mavjud bo‘lsa — bu sozlamalarni ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda tiklashingiz mumkinligini anglatadi. Agarda sizda “Сбросить телефон” (Reset phone) deb yozilgan bo‘lsa, u holda shaxsiy ma’lumotlar o‘chiriladi.

3️⃣. Ko‘p hollarda dastlabki variant qo‘llaniladi, shuning uchun sozlamalarni qayta tiklash oldidan ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratib olishingiz lozim bo‘ladi.

Sozlamalarni qayta tiklash oldidan ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratish

Maʼlumotlarni yoʻqotmagan holda sozlamalarni qayta tiklashni istasangiz, Gmail qayd yozuvi (akkaunt)ingiz bilan sinxronizatsiyani albatta faollashtiring:

1️⃣. Qurilmangizning “Настройки” bo‘limidagi “Учетные записи Google” bandiga o‘ting.

2️⃣. Google serverlarida saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar qarshisidagi surgichlarni faollashtiring, masalan, kontaktlar, ilovalar, hujjatlar va boshqalar.

3️⃣. Sinxronizatsiya jarayoni tugallanishini kuting. “Последняя синхронизация...” va uning qachon amalga oshirilgani haqidagi xabarni ko‘rasiz.

4️⃣. Shuningdek fotosurat, video va boshqa ma’lumotlarni ham sinxronizatsiya qilish tavsiya etiladi.

5️⃣. Qurilmangizni zavod sozlamalariga qaytarish jarayonini boshlang.

6️⃣. Sozlamalar bilan bog‘liq jarayon yakunlanib, smartfon qayta yuklanganidan so‘ng, sizga Google-akkauntingiz yordamida avtorizatsiyadan o‘tish tavsiya etiladi. Wi-Fi tarmog‘iga ulaning, shundan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz qurilmangizga qaytariladi.

7️⃣. Shuningdek sozlamalar qayta tiklanganidan so‘ng qaytarilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar qarshisidagi surgichlarni faollashtirish uchun yana “Настройки”“Учетные записи Google”ga murojaat etishingiz mumkin.

8️⃣. Sinxronizatsiya jarayoni tugallanishini kuting.

📌 P.S.: Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda sozlamalarni qayta tiklashning yana bir usuli, bu muhim fayllarni SD-xotira kartasiga, kompyuterga yoki bulutli xotira papkasiga saqlashdir.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍11🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik 📌

"Koreyada karyera" loyihamizning 3-son premyerasi 🔥

Suhbat uchun to’liq link:

🔗 https://youtu.be/7PLD3JhTemE

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | YouTube
👍9
#security #maslahat

🔐 Kurbanoff.net'dan parollar xavfsizligiga oid tavsiya

Darvoqe, agar siz Google Chrome'ning parollar saqlash imkoniyatidan foydalansangiz, u holda Google'da parollaringiz xavfsizligini tekshiruvchi ajoyib vosita mavjud. Uni brauzer sozlamalaridagi Защита аккаунта bo‘limidan topish mumkin.

Umuman olganda, bunday turdagi saqlashdan foydalanishni tavsiya etmayman, Google shunaqasiga ham biz haqimizda ancha-muncha narsani biladi, biroq unga ushbu ma’lumotlarni o‘z qo‘llarimiz bilan topshib qo‘yish yaramaydi :)

📌 P.S.: Skrinshotdagi 171 sayt va ilovalar haqida berilgan savolga javobim — men u yerda faqat notanqidiy manbalar – faqatgina o‘qish uchun murojaat etadigan turli forumlarni saqlayman. Biroq unutmang, parollar takrorlanmasligi lozim (ya’ni muayyan xizmatdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida qo‘llanilgan parolni boshqa biror xizmat uchun qo‘llamang)👇🏻🖼.

📌 P.S.S.: Yaxshisi parollarni shakllantirish va saqlash uchun maxsus dasturlardan foydalangan ma’qul, biroq shunda ham ma’lumotlar bulutli xotirada emas, balki o‘z qurilmangizda saqlash sharti bilan albatta!

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍7
💥💥💥 Windows Server 2019 kursidagi navbatdagi dars -

Mavzu: 07. Active Directoryda foydalanuvchi guruhlar yaratish va dastlabki guruh qoidalarini qoʻllash

Video ko'rish: ⬇️⬇️⬇️

https://www.youtube.com/watch?v=Z5HS8gmcQIg
👍6👎1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #hardware

💻 Tanishing, ekran diagonali 6 dyuym va vazni 440 grammni tashkil etuvchi dunyoning eng kichik noutbuklaridan biri – GPD MicroPC.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍15🔥5🤯2
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 Linux Mint — Linux'dan ilgari hech foydalanib ko‘rmaganlar uchun

Windows'dan ko‘chib o‘tayotgan yangi foydalanuvchilar, albatta, Linux Mint'ni o‘rnatib ko‘rishlari lozim. Bu bir vaqtlar eng mashhur Linux distributivi bo‘lgan, ammo hozir MX Linux va Manjaro tomonidan ortda qoldirilgan. Shunga qaramay, Mint o‘zining barqarorligi va ishonchliligi bilan ular bilan ijobiy farqlanadi. Bu Ubuntu'ga asoslangan, foydalanish uchun juda oson tizimdir.

Linux Mint oson va intuitiv tushunarli interfeysga ega (zamonaviy kompyuterlar uchun Cinnamon va eski qurilmalar uchun MATE qobiqlari) hamda qulay ilovalar menejeri bilan jihozlangan, shuning uchun siz dasturlarni topish va o‘rnatishda muammolarga duch kelmaysiz.

Afzalliklari: oddiylik, oddiy foydalanuvchilar uchun g‘amxo‘rlik. Mint'ni o‘rnatish va qo‘llash uchun sizga maxsus bilimlar talab etilmaydi.

Kamchiliklari: hech qachon kerak bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan tizim bilan birgalikda keluvchi dasturiy ta’minotlar.

✔️ Alternativlari: LMDEDebian asosidagi Linux Mint. Oddiy versiyaga qaraganda barqarorroq, ammo dasturlar bu yerda kamroq yangilanadi. Zorin OSUbuntu'ga asoslangan distributiv. Uning interfeysi Windows'ni eslatadi, bu esa tajribasiz foydalanuvchilar uchun o‘tishni osonlashtirishga xizmat qiladi.

📥 Linux Mint'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
#operatsion_tizim

Windows 10'da uzun yozuvdagi manzillar qo‘llab-quvvatlanishini faollashtirish

Ehtimol, kimdir bilmas, ammo Windows'dagi fayl yoki papka manzilining maksimal uzunligi qoida bo‘yicha 260 belgidan oshmasligi lozim. Agar ushbu qiymatdan oshib ketilgudek bo‘lsa, bunday ma’lumotlar bilan ishlashda biz Слишком длинный целевой путь xabariga duch kelamiz va bu, ayniqsa ma’lumotlarni bir joydan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish jarayonida xalal berishi mumkin.

Windows 10'da biz ushbu cheklovni chetlab o‘tishimiz mumkin. Boshlanishiga WIN + R klavishlari birikmasi yordamida Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali Редактор локальной групповой политики'ni ishga tushiring.

Ochilgan oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Система → Файловая система yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. Включить длинные пути Win32 parametrini faollashtiring (Включено).

📥 Yuqorida keltirilgan harakatlarni qo‘lda bajarib o‘tirmaslik uchun ushbu tayyor reyestr tvikidan foydalanishingiz mumkin.

📌 P.S.: Ushbu yechimni bilmagan va fayllarni nusxalash hamda bir joydan boshqasiga to‘liq ko‘chirishda muammoga duch kelmaslik uchun ba’zi foydalanuvchilar Total Commander'ga murojaat etib yurishgan bo‘lsa ham ajabmas. 😉

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9
#mulohaza_uchun #maslahat

💡 Super insonning 6 odati

1️⃣. Belgilagan vaqtingizdan yarim soat vaqtliroq uyg‘oning (bu uyquga ketish uchun ham taalluqli).

2️⃣. Biror joyga borish uchun rejalashtirilganidan 15 daqiqa oldinroq chiqing.

3️⃣. Mahsulotlarning bir haftalik xaridini qilib qo‘ying.

4️⃣. Muloqot paytida shikoyatlar, tanqidlar va g‘iybatlardan saqlaning.

5️⃣. Ota-onangiz va eski do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling.

6️⃣. Kichik narsalar/yutuqlaringizdan zavqlaning va minnatdor bo‘ling.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzularni o‘ziga jamlangan postimiz
• Salomatlikka oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan postlarimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍14🔥9
#telegram

🆕 Video stikerlar, yaxshilangan reaksiyalar va boshqalar yangilanishlar

Android, iOS, macOS
va Unigram mijozi uchun Telegram 8.5 versiyasiga, Telegram Desktop – 3.5 versiyasiga qadar yangilandi.

Video stikerlar
• Silliq animatsiyali yangi turdagi batafsil stikerlardan foydalaning;
@stickers'ga .webm videolarini yuborish orqali yangi stikerlar to‘plamlarini yarating;
• Boshqa ilovalardan shaxsiy animatsion stikerlaringizni olib keling.

Yaxshilangan reaksiyalar
• Xabarlarga munosabat bildirishda kichikroq, ixcham animatsiyalar ko‘ring;
• Foydalanuvchi sizning xabaringizga munosabat bildirganda, chatda real vaqtda animatsiyalarni ko‘ring;
• Reaksiyalar uchun yangi emodzilar: 🥰, 🤯, 🤔, 🤬, 👏;
• Sevgi, minnatdorchilik, g‘azab yoki hayratni ifodalovchi qo‘shimcha smayliklar bilan munosabat bildiring.

Reaksiyalar holatini ko‘rish
• Koʻrilmagan reaksiyalarga ega boʻlgan xabarlaringizga oʻtish uchun chatlardagi yangi tugmani bosing;
• Tugmani bosganingizda ko‘rilmagan reaksiyalar uchun animatsiyalarni tomosha qiling.

So‘nggi chatlar bo‘yicha navigatsiya
— Oldinroq ko‘rilgan muayyan chatga qaytish uchun “Назад” tugmasiga bosib, biroz ushlab turing.

Qolgan qo‘shimchalar
• Agar siz chatga rasm yoki fayllarni yuklayotgan bo‘lsangiz, ilova sizni yopilishi oldidan ogohlantiradi;
• Video chatlarda ekran ulashish sifati yaxshilanishidan zavqlaning;
Instant View'ga ichki o‘rnatilgan tarjimon.

📃 Batafsil ma’lumot uchun:
https://telegram.org/blog/video-stickers-better-reactions/uz

Android: Google Play, rasmiy saytdan yoki tasdiqlangan kanaldan APK.
iOS: App Store.
Desktop: rasmiy saytdan yoki GitHub'dan.
macOS: с App Store yoki tasdiqlangan kanaldan.
Windows 10+ uchun Unigram: Microsoft Store | To‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish | O‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma

📝 Manba: @tginfo

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍9🔥4🥰2🤯2👏1
#internet #game

🎮 Google'da sirli minio‘yinlarni faollashtiramiz

Google o‘z qidiruv tizimida biror yuz bergan voqea yoki tadbirlarga nisbatan munosabat bildirib eslatishni xush ko‘radi va bugun biz ushbu imkoniyatlar sarasiga kiruvchi ayrim minio‘yinlar haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Chrome brauzerida saytlarga o‘tish va ma’lumot izlash bilan bir qatorda, turli o‘yinlar o‘ynab, gohida vaqtichog‘lik qilish mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi.

Pac-Man. Sharpalardan qochib, missiya bajarish uchun qidiruv tizimiga “Google Pacman” so‘rovini yuborib, ENTER'ni bosing. “Играть” tugmasiga bosing. O‘yin mazmuni quyidagicha: barcha nuqtalarni yeyishingiz va sizni ta’qib etayotgan sharpalar iskanjasiga tushmaslik lozim.

Solitaire.Solitaire” so‘rovi bo‘yicha qidiruvni amalga oshiramiz. va “Играть” tugmasiga bosamiz. So‘ngra o‘yinning murakkablilik darajasi tanlagan holda kartalarni yoyamiz. Asosiysi – ko‘p muddat o‘tirib qolmaslik, chunki hammamizga ma’lumki, pasyans o‘yinchini o‘ziga rom etadi.

Tic-tac-toe. Qidiruv satriga “Tic-Tac-Toe”ni kiritamiz. Barchamizga ma’lum bo‘lgan krestik-nolik o‘yini ochiladi. Murakkablilik darajasini tanlagan holda kompyuterga qarshi yoki do‘stingiz bilan o‘ynashingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
Google Chrome'ni bir zumda tozalash
Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish
Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
Google Chrome haqida yana bir hazil post
Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
Google Chrome yangi kengaytmalar platformasi – Manifest v3'ga o‘tmoqda
Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
Brauzer ishlashini tezlashtirish
Brauzerda videoning qotib ishlashi
Kesh nima?
Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍10👏1🤩1
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 Manjaro — eng so‘nggi dasturiy ta’minotlarga ega bo‘lishni istaganlar uchun

Nihoyatda kuchli va funksional — Arch distributiviga asoslangan. Uning KISS (Keep It Simple, Stupid) falsafasi, nomidan farqli o‘laroq, Arch'ni yangi foydalanuvchilar uchun juda murakkablashtiradi. Ushbu distributiv faqat buyruq satri orqali o‘rnatiladi.

Manjaro, Arch'dan farqli o‘laroq, oddiy grafik o‘rnatuvchiga ega va shu bilan birga uni o‘zining AUR va o‘zgaruvchan reliz kabi kuchli xususiyatlarini bilan birlashtiradi. AUR (Arch User Repository) Linux paketlarining eng boy manbasidir. Manjaro'da esa siz doimo ulardan eng so‘nggisini qo‘llay olasiz.

Distributiv ko‘plab turdagi ish stoli qobiqlari bilan birga keladi: funksional KDE, planshet ekranlari uchun GNOME, Xfce, LXDE va boshqalar. Manjaro'ni o‘rnatish orqali siz yangilanishlarni birinchi bo‘lib olishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Afzalliklari: har qanday dasturni ortiqcha harakatlarsiz o‘rnatish imkonini beruvchi AUR. Har doim yangi dasturiy ta’minot.

Kamchiliklari: ish stoli qobiqlarining o‘ziga xos bezatilganligi. Biroq uni almashtirishingizga hech narsa xalal bermaydi. Bundan tashqari, Manjaro'ning standart nashrida juda ko‘p keraksiz o‘rnatilgan ilovalar mavjud. Agar siz ish uchun kerakli minimumga o‘rnatish istagida bo‘lsangiz, Manjaro Architect versiyasini sinab ko‘ring.

✔️ Alternativlari: Chakra – bu ham Arch'ga asoslangan distributiv, biroq chiroyli KDE interfeysi va qulay o‘rnatuvchi bilan birga keladi.

📥 Manjaro'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
5👍3🔥1
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Dasturchilarning daraja bo‘yicha toifalanishi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁29👍8🤯7👎3🤔1
#internet #game

🕹 Chrome brauzerida internetni uzmagan holda Dino o‘yinini o‘ynaymiz

Google dinozavrchasi – Google Chrome foydalanuvchilarida Internet o‘chganida brauzer oynasida avtomatik yuzaga keluvchi o‘yin personaji.

Foydalanuvchi avtonom rejimda bo‘lganida, unga Internetga ulanmaganligi xabari chiqib turadi. Yuqorisida Tirannozavr ko‘rinib turadi, Android yoki iOS'da uning ustiga bosish yoki shaxsiy kompyuterlarda SPACE (PROBEL) klavishining bosilishi o‘yinni ishga tushiradi.

Agar ushbu o‘yinni biroz o‘ynash istagi bo‘lsa, u holda Internetni uzib o‘tirish shart emas. Uni Chrome brauzerining ichki manzillariga o‘tish orqali brauzer oynasiga chaqirish mumkin:

1️⃣. chrome://network-error/-106 – o‘yin odatdagidek Internetga ulanish mavjud emasligi to‘g‘risidagi xabar bilan birgalikda kichik shaklda ko‘rinib turadi.

2️⃣. chrome://dino/ – ortiqcha elementlarsiz to‘liq ekranli o‘yin.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish
Karantin vaqtida Arduino bilan unumli vaqtichog‘lik
Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz
Google'da sirli minio‘yinlarni faollashtiramiz
Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin
Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish
Barcha geymerlar uchun qadrdon bo‘lishga ulgurgan Counter Strike o‘yini kodlari
Katta o‘yin yaratish istagi nimadan boshlanadi?
“Сапёр” o‘yinidan qanday qilib tez o‘tish mumkin?
Kompyuter qanday o‘yinlarni “ko‘tara olishini” aniqlaymiz
Ushbu postimiz ko‘proq “Gamer”lar uchun!
FPS darajasining tasvir sifatiga ta’siri
Kompyuteringizdagi “FPS” aslida nimaligini bilasizmi?
Windows'da FPS'ni ko‘rsatish uchun ichki o‘rnatilgan vositani faollashtirish
O‘yinlar tufayli kompyuterni eskirishdan qanday himoyalash mumkin?
Mashhur video o‘yinlardagi ovozlarni qanchalik eslay olasiz?
Kompyuter o‘yinlariga qaramlik kasallik deya tan olindi
Virtual reallikka asoslangan o‘yinlardagi sahnalar qanday tasvirga olinadi?
Windows 10’da o‘yin rejimi qanday faollashtiriladi?
Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
Yurtimizdagi ilk tarixiy video oʻyin
“Tetris” o‘yini tarixi haqida qisqa ma’lumot
“Электроника” o‘yin qurilmalari
Android 10'dagi sirli o‘yinni qanday ochish mumkin?
“Sudoku otasi” vafot etdi
Eng murakkab Sudoku boshqotirmasi
VR yordamida poyga o‘yini jarayoniga to‘liq sho‘ngish
3 ta 49 dyuymli monitor sinxron ishlaganida
“Dota 2” bo‘yicha “The International 2021” jahon chempionati g‘olibi
To‘qima xaritalarning yaratilish jarayoni
Telegram'da bot yordamida mamlakatlar bayroqlarini o‘rganamiz
GTA Vice City o‘yinini eslaymiz
Dasturlashni o‘rganish uchun saytlar va mobil ilovalar:
SoloLearn
Mimo
Основы HTML и CSS
Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
Hazil postlar:
GTA – bolalar versiyasi
Uyquchilar uchun juda mos keluvchi budilnik
Onlayn mashg‘ulot vs. video o‘yin
“O‘qish” uchun kompyuter konfiguratsiyasi
Geymer & muhandis
Kompyuter / mobil qurilmalar uchun dastur va o‘yinlar:
Game Protector kompyuter dasturi
Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
Subway Surfers, u bo‘yicha qiyosiy hazil va uning akapella guruhi tomonidan ijrosi
PC Creator PRO - PC Building Simulator
Numpuz
Angry Birds 2
Quick Brain
Tap Tap Dash
Geometry Dash
Plants vs. Zombies
Plants vs. Zombies 2
Bridge Constructor
Crossy Road
Hill Climb Racing
Among Us
Sea Battle 2
Monopoly
The Archers 2
Machinarium
World of Goo
Happy Color
LEGO Bricktales
4 pics 1 word
Ko'paytirish jadvali
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4👏2🤯1
#test #operatsion_tizim

Quyidagi buyruqlardan qaysi birini “Выполнить” (WIN + R) oynasiga kiritib, ENTER klavishi bosilganida kompyuterga o‘rnatilgan/ulangan disklarni boshqarish oynasi ekranga chaqiriladi?
Anonymous Quiz
22%
services.msc
25%
devmgmt.msc
48%
diskmgmt.msc
5%
fsmgmt.msc
🔥11🤬7👍5🤯3👏2😁2
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 Fedora — yangi narsalarni sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun

Dastlabki marotaba Linux'ni sinab istagida bo‘lganlar ko‘pincha Ubuntu, uning “bobosi” bo‘lmish Debian yoki Linux Mint kabi ko‘plab hosilalaridan birini o‘rnatadilar. Biroq, ushbu ulkan oiladan tashqari, Linux dunyosida yana bir kuchli guruh mavjud – bu Red Hat Linux distributivlari. Ulardan eng mashhur vakili esa — Fedora'dir.

FedoraRed Hat'ning o‘ziga xos sinov maydonchasi bo‘lib, bu yerda foydalanuvchilar ilovalar va tizimlarning eng so‘nggi funksiyalari va imkoniyatlarini sinab ko‘rishadi. Biroq, shunga qaramay, Fedora Workstation nashri juda barqaror va asosiy ish tizimi roli uchun juda mos keladi. Distributiv GNOME qobig‘ining yangi narshrlarini birinchi bo‘lib qabul qilishi bilan mashhur.

Afzalliklari: Boshqa distrubutivlarga qaraganda ko‘plab yangi xususiyatlar Fedora'ga tezroq keladi. Shu bilan birga tizim hatto tajribasiz foydalanuvchilar uchun ham soddadir.

Kamchiliklari: Litsenziyalash sabablariga ko‘ra Fedora’ning standart distributivida ko‘plab muhim kodeklar yo‘q. Muammo RPM Fusion omborini ulash orqali hal qilinadi.

✔️ Alternativlari: Deepin – bu Xitoy tomonidan taqdim etilgan distributiv. U qiziqarli sozlanuvchan interfeys va o‘ziga xos shaxsiy WPS ofisiga ega. Debian'ga asoslangan, ekzotika muxlislariga ma’qul keladi.

📥 Fedora'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍8👏1
#test #excel

Excel yacheykalarida quyidagi qiymat va formulalar o‘rnatilgan: A1=5; B1=A1*2; C1=A1+B1. C1 yacheykasidagi hisoblash natijasini toping.
Anonymous Quiz
10%
5
70%
15
16%
20
5%
25
👍8🤔4🔥2😁2🎉2
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Microsoft Office dasturlari bo'yicha e'lon qilingan bepul video kurslar!
#videodars / #excel / #word / #powerpoint

⚡️Excel
1-dars. Excel dasturi bilan tanishish va asosiy sozlamalarni bajarish.
2-dars. Jadvallar bilan ishlash. Sodda hisoblash amallarini bajarish.
3-dars. Diagrammalar bilan ishlash (1-qism).
4-dars. Diagrammalar bilan ishlash (2-qism).
5-dars. Formula va funksiyalar bilan ishlash (to'liq).
6-dars. Excelda ma'lumotlarni tartiblash va saralash.
7-dars. Yakuniy dars takrorlash. Excel ni o'rganish bo'yicha amaliy tavsiyalar.

▶️ YouTube'da: Excel darslari


⚡️ Word
1-dars. Dastur bilan tanishuv. Asosiy sozlamalar. Qo'shimcha kengaytmalar o'rnatish.
2-dars. Matnlar bilan ishlash. "Файл" va "Главная" bo'limlari bilan ishlash!
3-dars. "Вставка" bo'limi. Rasmlar bilan ishlash.
4-dars. Jadvallar bilan ishlash. Formula terish.
5-dars. "Дизайн", "Макет", "Вид" bo'limlari bilan ishlash.
6-dars. Havolalar bilan ishlash. Ichki va tashqi havolalar.
7-dars. Xavfsizlik. Hujjatlarni tahrirlashdan himoyalash. Saqlanmagan hujjatlarni tiklash.
8-dars. Yakuniy dars. Word dasturi bo'yicha layfhaklar. Oson usulda mundarija yaratish.

▶️ YouTube'da: Word darslari


⚡️ PowerPoint
1-dars. Dastur bilan tanishuv. Kurs maqsadi. "Главная" bo'limi.
2-dars. "Дизайн" bo'limi bilan ishlash.
3-dars. "Вставка" bo'limi bilan ishlash (1-qism).
4-dars. "Вставка" bo'limi (2). Multimedia fayllari bilan ishlash.
5-dars. "Переходы" va "Анимация" bo'limlari bilan tanishuv.
6-dars. "Слайд-шоу" bo'limi.
7-dars. "Рецензирование" va "Вид" bo'limlari.

▶️ YouTube'da: PowerPoint darslari

Telegramdagi alohida postlari:
Excel / Word / PowerPoint

📌 Microsoft Office dasturlari l Aktivlash l YouTube'da

Ofis dasturlarini o'rganmoqchi bo'lganlarga jo'natishni unutmaylik 😉

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
👍3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram #bilasizmi

Telegram'da bir nechta yangi interaktiv emodzilar paydo bo‘ldi: 🥰🤯🤔🤬👏.

Emodzini alohida xabar ko‘rinishida yuboring va animatsiyani ishga tushirish uchun ustiga bosing.

Hurmatli adminlar, ushbu emodzilar postga reaksiya bildirish uchun mavjud reaksiyalar ro‘yxatida ham paydo bo‘ldi, faollashtirishni unutmang! 😉

📝 Manba: @vamtlgrm

Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar: 01 | 02 | 03 | 04 | 05 | 06 | 07 | 08 | 09 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24

📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🥰17👏10🤯7👍5😁4🤬4🤩3🔥1