IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #ict_news #game

🎮 Rossiyaning “Team Spirit” jamoasi “Dota 2” bo‘yicha “The International 2021” jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi va 18 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘ni qo‘lga kiritdi

🥇 Xitoylik geymerlarning “PSJ.LGD” jamoasi bilan kechgan final bahsi 3:2 hisobi bilan yakunlandi. Bu TI tarixidagi shunday hisob bilan yakunlangan uchinchi finaldir.

💰 Har bir jamoa a’zosi 3,6 mln AQSh dollaridan pul mukofotiga ega bo‘ldi.

📝 Manba: Championat.com

📌 P.S.: O‘yin o‘ynashga qiziqasiz va bunda omadlimisiz, mana sizga motivatsiya, kibersport ham sport turlaridan biri sanaladi, vaqtingizni bekor ketkazmasdan hududingizdagi IT-park filiallariga bu borada murojaat etib ko‘ring, balki biror jamoa shakllanayotgandir! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT Park Namangan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon 📌

Italiyalik dasturchi tomonidan iOS qurilmalarida ishlovchi yetkazib berish dasturiga yozilgan kod jarayoni
🔥

Haqiqiy kodni mazasini dasturchi biladida
😁

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | YouTube
👍1
#ict_news

🖥 “Yaxshi yashayman desalaringiz, shu sohani o‘rganing” – Prezident IT akademiyaga bordi (foto)

Yuqori Chirchiq tumanida “Astrum” IT akademiyasi ochildi. Davlatimiz rahbari 16-oktabr kunidagi Toshkent viloyatiga safari chog‘ida bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Ikki qavatli bino zamonaviy jihozlangan, 700 tadan ortiq kompyuter bilan ta’minlangan. Bu ta’lim va ishlab chiqarishni qamrab olgan klaster bo‘ladi. Yoshlar avval dasturlashni o‘rganib, keyin shu sohada ishlaydi. Ularning o‘zlashtirishini sun’iy intellekt baholaydi.

Hozirgi kunda klasterda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar saralab olinmoqda. Prezidentimiz ular bilan suhbatlashdi.

– Agar zamonga munosib bo‘laman, o‘z ishimni topaman, yaxshi yashayman desalaringiz, shu sohani o‘rganing. Kelajakka investitsiyangiz – shu. Ham bilim olib, ham amalda tatbiq qilib, oilangiz, el-yurtimizga ko‘makdosh bo‘lasizlar, deb ishonaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga shu yerda yoshlar uchun kovorking markaz, turar joy barpo etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

– Biz uchun yoshlar siyosati – birinchi o‘rinda. Bu yerda iqtidorli, bilimli bolalar o‘qiydi. Ularga zamonaviy, erkin sharoit yaratish kerak. Uyi ham, ovqatlanishi ham, sporti ham, dam olishi ham shu yerda bo‘lishi zarur. Davlat tashkilotlari, sanoat korxonalarining buyurtmalarini shakllantirib, bu mutaxassislarni ish bilan ta’minlash muhim, – dedi Prezident.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #learn_english_with_software

Life lessons

O‘zbekistonda o‘z o‘rniga va ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan professional ustoz Doniyor Aslanovdan til o‘rganuvchilar va bo‘lajak ustozlarga kerakli tavsiyalar!

Ushbu suhbat davomida siz o‘zingizga ko‘plab kerakli tavsiyalar olasiz. Quyidagi havolalar orqali videoni to‘liq ko‘rishingiz mumkin: 1-qism | 2-qism

📝 Manba: @IELTSuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

⬅️ Windows 11'da “Пуск” tugmasini chap tomonga ko‘chirish

Windows 11'da Панель задач (vazifalar paneli) va “Пуск” tugmasi ekran o‘rtasiga tekislab joylashtirilgan. Agar sizga avvalgi tizimlardagi kabi, ularning chap tomonga tekislangan holati ma’qul bo‘lsa, u holda buni ichki sozlamalar orqali to‘g‘rilash imkoni mavjud.

⚙️ WIN + I klavishlari birikmasi orali Параметры oynasini ekranga chaqiring va unda ПерсонализацияПанель задач bo‘limlari bo‘ylab o‘ting. Выравнивание панели задач bandi uchun Слева qiymatini o‘rnating.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Yangi avlod Windows”i qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
Windows 11 chiqishiga ishora: “Microsoft” ramziy post qoldirdi
Microsoft Windows 11'ni taqdim etdi
Windows 11 Compatibility Checker dasturi
Windows 10'dan Windows 11'ga yangilanish
Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
“Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
“Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)
Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor

Uyimizdagi internet nuqtalari... 🙄

📝 Manba: @nishondagi_gaplar_tegadi

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

📑 Hujjatda sarlavhalar bo‘ylab tezkor o‘tish

Katta hujjatlar bilan ishlashda kerakli sarlavhaga tezkor o‘tish imkoniyati ishimizni ancha soddalashtirishi mumkin.

Buning uchun menyu satrining Вид varaqa (вкладка)siga o‘tib, Показать bo‘limidagi Область навигации bandini faollashtirish lozim.

Endi chap tomonda yuzaga keluvchi panelda sarlavhalar menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida tanlangan uslubiga muvofiq tarzda (Заголовок 1, Заголовок 2 va hkz.) ko‘rinib turadi.

🔽 O‘QING:
Word'da bir necha soniyada mundarija yaratish (1-usul)
Mundarija yaratish (2-usul)

📌 P.S.: Kerakli sahifalar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun ushbu panelning o‘zida Страницы bo‘limiga ham o‘tish mumkin.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

🗜 RAR — mashhur WinRAR arxivatorining mobil versiyasi. Android 2.0+. Premium-versiya

📎
RAR Premium v6.02 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #smartfon #IT_humor

Sizdachi, ishlatayotgan smartfoningiz qaysi brendga tegishli? 😉

📝 Manba: @UnchaMuncha

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
1
#ict_news #internet

🔄 Facebook o‘z nomini o‘zgartirishi kutilmoqda

Facebook kelasi haftada kompaniya nomini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Shu tarzda uning bosh direktori Mark Sukerberg “meta-universe”ni yaratishga o‘z e’tiborini qaratmoqchi. Bu haqda Verge portali ma’lum qildi.

Sukerberg 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Connect konferensiyasida bo‘lajak imidj o‘zgarishi haqida gapirishni rejalashtirmoqda.

“Rebrending Facebook ilovasini Instagram, WhatsApp, Oculus va boshqalar kabi guruhlarni boshqaradigan bosh kompaniyaning ko‘plab mahsulotlaridan biri sifatida belgilashi mumkin. Facebook vakili bu voqeaga izoh berishdan bosh tortdi”, — deb yozadi gazeta.

Facebook'da 10 mingdan ziyod xodimlari bor, ular AR ko‘zoynagi kabi iste’mol uskunalarini yaratadilar. Sukerbergning fikricha, bu kabi ko‘zoynaklar oxir-oqibat smartfonlar kabi hamma joyda ishlatiladi.

Iyul oyida u The Verge nashriga bergan intervyusida, kelgusi bir necha yil mobaynida “bizni odamlar birinchi navbatda ijtimoiy media kompaniyasi sifatida qabul qilishdan “meta-universe” kompaniyasiga o‘tamiz”, deb aytgandi.

Rebrending, shuningdek, Sukerbergning Facebook ijtimoiy tarmog‘ining bugungi kundagi ijtimoiy platformasi qanday ishlashiga e’tibor qaratgan futuristik ishini yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi mumkin.

O‘tgan yozda Sukerberg “meta-universe” uchun maxsus guruh tuzdi. Yaqinda Facebook Yevropadagi “meta-universe”da ishlash uchun yana 10 ming xodimni yollash rejasini e’lon qildi.

““Meta-universe” diqqat markazida bo‘ladi va menimcha, bu mobil Internetdan keyin Internet qanday rivojlanayotgani haqidagi keyingi fikr-mulohazalarning muhim qismi bo‘ladi. Va menimcha, bu biz uchun kompaniyamizning ikki kara o‘sishiga keyingi katta bo‘lim bo‘ladi”, — deydi u.

📝 Manba: Xabar.uz

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #security

🔐 Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish

Google Chrome – dunyodagi eng mashhur brauzerlardan biri, shu tufayli ushbu dasturdagi qayd yozuvlariga buzib kirishlar ehtimoli ham yuqoridir.

O‘z fayllaringiz, elektron hamyonlaringiz va parollaringizni begona insonlardan himoyalash uchun brauzerga qo‘shimcha himoyani o‘rnatishingiz mumkin.

LockPW — foydalanuvchiga brauzerga kirishda parol kiritish talabini o‘rnatishga imkon beruvchi kengaytmadir. Bunday yechim statsionar kompyuter yoki noutbukning himoyasini ta’minlash uchun mos keladi. Brauzerni bloklash uchun CTRL + SHIFT + L klavishlari birikmasidan foydalanish yetarlidir.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Asl IT mutaxassis aksenti... 🙄

📌 P.S.: Hind va Afrikalik o‘qituvchilarga taqlid qilgan holda 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #operatsion_tizim #internet #word

✊🏻🇺🇿 Aziz do‘stlar, aka-uka, opa-singillar!

Barchangizni bugungi – "O‘zbek tili bayrami kuni" bilan chin qalbdan tabriklab, ushbu kunning mavzusiga yaqin bo‘lganligi uchun, kanalimizda bundan ilgari ulashilgan postni qayta ulashishni lozim deb topdik!

Ozmi-ko‘pmi, kanalda auditoriya soni ortdi, kimdir bizni tark etdi, kimdir esa yangi qo‘shildi va ushbu postga ahamiyat bermagan bo‘lishi mumkin. Marhamat, berilgan maslahatlarimizdan foydalaning va joiz deb bilsangiz, yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!

Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki Internet tarmog‘idagi yozishmalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O’ va G’ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ba’zida ko‘chadagi bannerlarda ham uchrab turadi, alam qiladigan tomoni esa buni tag‘in katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.

Aslida esa buning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.

1️⃣. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.

2️⃣. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli mavjud, buning uchun CTRL + ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.

Bundan oldin bunga unchalik ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida ushbu harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz, degan umiddamiz.

1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga Klavus mobil ilovasini yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉

2️⃣. Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida ham o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz. Dasturning imkoniyatlari sizga ma’qul keladi, degan umiddamiz!

3️⃣. Qo‘shimcha sifatida Sizga o‘zimizning Internet makonida taqdim etilib kelinayotgan quyidagi xizmatlarni tavsiya etamiz:
👉🏻 Matn.uz
👉🏻 Savodxon.uz
👉🏻 @xatolik_bot
👉🏻 @bexatobot
👉🏻 @LotinKiril_bot

📌 Bu haqda Sizning xabaringiz bormidi?

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #internet

🗓 Google rahbari: 3 kun ofisda / 2 kun uydan turib ishlaymiz

Google rahbari Sundar Pichai soʻzlariga koʻra kompaniya kelasi yildan uch kun ishxonada va ikki kun uyda ishlash rejimiga oʻtadi.

Uning fikriga koʻra bu usul xodimlarda ham jamoada, ham oilada ijtimoiy balansni ushlab turar emish. Oʻzi bular haftada besh kun ishlar edi.

Google'da ish 10:00 dan 17:00 gacha belgilangan, lekin xohlasangiz, uyquga toʻymay qoldim deb 12 gacha kelishingiz ham mumkin.

Endi shuni uch kunga tushirib, ikki kunini uydan ishlayversangiz ham boʻlar ekan. Bular tentak boʻlganmi?

Ha, uydan ishlaydigan kunlarda muhtaram Bayden tashrif buyurib qolsa-chi? Sharmanda boʻlasizlar-ku, axir daraxtlarni oqlash, supur-sidir ishlari bilan kim shugʻullanadi? Gʻirt tentaklar.

📝 Manba: @tentakminds

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #internet

🌐 “Elektron hukumat” ishlasa...

📆 Sizga ham kunlar, yillar bir-birining ortidan quvib oʻtayotgandek tuyulyaptimi?

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalikda hammasi boshqacha edi-ya. Erta tongdan kun botguncha maza qilib oʻynardik. Qarindoshlarning har koʻrganida “Voy, boʻylaring choʻzilib qolibdi, ulgʻayibsan” deya gapga solishlari biroz erish tuyulgandir oʻshanda.

🗓 Mana endi hammasini tushungandekmiz. Ular kunlar va oylar bunchalik tez oʻtayotganidan hayron boʻlishgan. Vaqtning tezlashib borayotganini his qilish esa ulgʻayish belgisi ekan...

🇺🇿 Bugun 30-yillik yoʻlni bosib oʻtgan, navqiron yoshdagi Oʻzbekistonimiz uchun ham vaqt va inson qadri juda muhim...

💁🏻‍♂️ Eʼtibor bergan boʻlsangiz, qachonlardir fantastik adabiyotlar yoki filmlar orqali tanish boʻlgan xayolotimizdagi elektron munosabatlar bugun real hayotimizga kirib keldi.

🛃 Ayniqsa, soʻnggi 10-yillikda hukumat va odamlar oʻrtasidagi munosabatlarning raqamli koʻrinishga oʻtishi jadallashdi.

🛂 Endi-endi “Elektron hukumat” ishlasa, bizga hayotiy qulayliklar yaratilishini, vaqtimiz va mablagʻimiz tejalishini, adolat va shaffoflik taʼminlanishini his eta boshladik.

🎞 Bunga biroz shubha bildirayotganlarga esa quyidagi videorolikni koʻrishni tavsiya qilamiz👇🏻.

📝 Manba: @MyGovUz

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #internet

🎬 Sevimli film yoki seriallaringizga o‘xshashini qanday topish mumkin?

Film va seriallarni janrlari bo‘yicha izlaganimizda — juda kam holatlarda yaxshiroq natijaga erishamiz. Sizga aniq ma’qul keladiganini topish uchun — “MovieMap”dan foydalaning.

Ushbu xizmat sun'iy intellektdan foydalangan holda qiziqishlaringizni baholaydi va sizni qiziqtirishi aniq bo‘lgan filmlarning nomlarini beradi!

Xizmatdan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Brauzerimizda https://www.movie-map.com/ saytiga murojaat etamiz.

2️⃣. “Type the name of a movie to find it on the map:” bandi ostiga sevimli filmimiz nomini kiritamiz. Buni rus tilida emas, balki ingliz tilida amalga oshirgan ma’qul. Masalan, “Брат 2” emas, balki “Brother 2”.

3️⃣. Qidiruv tugmasiga bosamiz. Nomi kiritilgan film atrofida harakatlanib turuvchi filmlar nomlaridan iborat bulutcha yuzaga keladi. Film nomi qanchalik siznikiga yaqin joylashgan bo‘lsa, uning ma’qul kelish ehtimoli ham yuqori bo‘ladi.

📝 Manba: @bugnotfeature

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #internet

👨‍🎓Talabalar uchun talabgir qulaylik

💰Endi siz oʻz kontrakt pulingizni elektron tarzda toʻlash imkoniyatiga egasiz.

👨‍💻 Ushbu qulaylik Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan boʻlib, uni “Toʻlovlar” modulidan oson topasiz.

🏢 Yangi toʻlov imkoniyati «Oliy taʼlim muassasalarida davlat taʼlim toʻlovlari» nomi bilan qayd etilgan.

🗓 Xizmat talabgirligini sentyabr oyining oʻzida – 346 mln., 20-oktyabrgacha esa, yaʼni 20 kun ichida 640 mln. soʻm elektron toʻlov amalga oshirilganidan ham bilish mumkin.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havolaga oʻting: https://my.gov.uz/uz/e-pay

📝 Manba: @MyGovUz

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤔1
#excel

🔓 Muayyan yacheykalardan himoyani olib tashlash

Agar sizda u-bu kimga foydalanish uchun hujjat yuborish zarurati bo‘lsa-yu, qabul qiluvchi faqat muayyan yacheykalarnigina tahrirlashi mumkin bo‘lishi zarur bo‘lsa, u holda quyidagi tartibga amal qilasiz:

📎 Namuna uchun ushbu faylni ochib, gap nima haqida borayotganini tushunib olishingiz mumkin.

— 1-qadam
Tahrirlash uchun ruxsat berilishi lozim bo‘lgan yacheykalar diapazonini belgilang.

— 2-qadam
Belgilangan diapazon ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing, Формат ячеек → Защита bandlari bo‘ylab o‘ting va Защищаемая ячейка bandidan qushcha belgisini olib tashlang.

— 3-qadam
Istalgan qulay usul yordamida listni himoyalang (masalan, Рецензирование → Защитить лист).

📝 Manba: @hacks_excel

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Excel sahifalari va kitobidan himoyani olib tashlash
Excel dasturida yacheyka uchun maxsus tanlanadigan ro‘yxat yaratish (Создание выпадающих списков)
Microsoft Excelda Автозаполнение yordamida ro‘yxat tuzish va undan foydalanish bo‘yicha
Kerakli listga tezkor o‘tish
Xatoliklarni avtomatik ravishda ajratib ko‘rsatish
Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

🔤 Belgilararo intervalni sozlash

Xuddi Word'da bo‘lgandagi kabi, PowerPoint'da ham matn belgilari/harflari oralig‘idagi masofa (Межзнаковый интервал)ni sozlash imkoniyati mavjud. Bu probellar yoki boshqa shu kabi hiylalarni qo‘llashga qaraganda matndagi oraliq masofani to‘g‘rilashning ancha to‘g‘ri usulidir. Sozlamalar Шрифт menyusida joylashgan bo‘lib, belgilar/harflar oralig‘ini yaqinroq yoki uzoqroq qilish imkonini beradi.

📝 Manba: @office_killer

ℹ️ Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor

Coca-Cola not found... 🙄

📌 P.S.: Onam singari rasmga qarab tushunmay turganlar uchun ushbu postimiz bilan tanishish maqsadga muvofiq. 😉

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija