IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#ict_news #hardware #apple

💻 Apple yangi M1 PRO protsessori bilan jihozlangan yangi avloddagi MacBook Pro'ni taqdim etdi

• Yon ramkalari 24%ga, yuqoridagisi 60%ga kichikroq;
• Ramkalarning kichrayichi hisobiga yuqorida “qoshcha” paydo bo‘ldi;
• 1080p kengaytmali FaceTime kamerasi;
• Ekran uchun uzoq kutilgan 120Hz;
• Touch Bar olib tashlangan (press F);
• Ovoz bo‘yicha 80%ga ko‘proq bas + Dolby Atmos;
• Narxi 14 va 16 dyuymli ekranlar uchun mos tarzda 1999-2499/2499-3499 AQSh dollarini tashkil etadi.

📝 Manba: @tbite

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#bilasizmi #ict_news #game

🎮 Rossiyaning “Team Spirit” jamoasi “Dota 2” bo‘yicha “The International 2021” jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi va 18 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘ni qo‘lga kiritdi

🥇 Xitoylik geymerlarning “PSJ.LGD” jamoasi bilan kechgan final bahsi 3:2 hisobi bilan yakunlandi. Bu TI tarixidagi shunday hisob bilan yakunlangan uchinchi finaldir.

💰 Har bir jamoa a’zosi 3,6 mln AQSh dollaridan pul mukofotiga ega bo‘ldi.

📝 Manba: Championat.com

📌 P.S.: O‘yin o‘ynashga qiziqasiz va bunda omadlimisiz, mana sizga motivatsiya, kibersport ham sport turlaridan biri sanaladi, vaqtingizni bekor ketkazmasdan hududingizdagi IT-park filiallariga bu borada murojaat etib ko‘ring, balki biror jamoa shakllanayotgandir! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT Park Namangan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon 📌

Italiyalik dasturchi tomonidan iOS qurilmalarida ishlovchi yetkazib berish dasturiga yozilgan kod jarayoni
🔥

Haqiqiy kodni mazasini dasturchi biladida
😁

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | YouTube
👍1
#ict_news

🖥 “Yaxshi yashayman desalaringiz, shu sohani o‘rganing” – Prezident IT akademiyaga bordi (foto)

Yuqori Chirchiq tumanida “Astrum” IT akademiyasi ochildi. Davlatimiz rahbari 16-oktabr kunidagi Toshkent viloyatiga safari chog‘ida bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Ikki qavatli bino zamonaviy jihozlangan, 700 tadan ortiq kompyuter bilan ta’minlangan. Bu ta’lim va ishlab chiqarishni qamrab olgan klaster bo‘ladi. Yoshlar avval dasturlashni o‘rganib, keyin shu sohada ishlaydi. Ularning o‘zlashtirishini sun’iy intellekt baholaydi.

Hozirgi kunda klasterda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar saralab olinmoqda. Prezidentimiz ular bilan suhbatlashdi.

– Agar zamonga munosib bo‘laman, o‘z ishimni topaman, yaxshi yashayman desalaringiz, shu sohani o‘rganing. Kelajakka investitsiyangiz – shu. Ham bilim olib, ham amalda tatbiq qilib, oilangiz, el-yurtimizga ko‘makdosh bo‘lasizlar, deb ishonaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga shu yerda yoshlar uchun kovorking markaz, turar joy barpo etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

– Biz uchun yoshlar siyosati – birinchi o‘rinda. Bu yerda iqtidorli, bilimli bolalar o‘qiydi. Ularga zamonaviy, erkin sharoit yaratish kerak. Uyi ham, ovqatlanishi ham, sporti ham, dam olishi ham shu yerda bo‘lishi zarur. Davlat tashkilotlari, sanoat korxonalarining buyurtmalarini shakllantirib, bu mutaxassislarni ish bilan ta’minlash muhim, – dedi Prezident.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #learn_english_with_software

Life lessons

O‘zbekistonda o‘z o‘rniga va ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan professional ustoz Doniyor Aslanovdan til o‘rganuvchilar va bo‘lajak ustozlarga kerakli tavsiyalar!

Ushbu suhbat davomida siz o‘zingizga ko‘plab kerakli tavsiyalar olasiz. Quyidagi havolalar orqali videoni to‘liq ko‘rishingiz mumkin: 1-qism | 2-qism

📝 Manba: @IELTSuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

⬅️ Windows 11'da “Пуск” tugmasini chap tomonga ko‘chirish

Windows 11'da Панель задач (vazifalar paneli) va “Пуск” tugmasi ekran o‘rtasiga tekislab joylashtirilgan. Agar sizga avvalgi tizimlardagi kabi, ularning chap tomonga tekislangan holati ma’qul bo‘lsa, u holda buni ichki sozlamalar orqali to‘g‘rilash imkoni mavjud.

⚙️ WIN + I klavishlari birikmasi orali Параметры oynasini ekranga chaqiring va unda ПерсонализацияПанель задач bo‘limlari bo‘ylab o‘ting. Выравнивание панели задач bandi uchun Слева qiymatini o‘rnating.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Yangi avlod Windows”i qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
Windows 11 chiqishiga ishora: “Microsoft” ramziy post qoldirdi
Microsoft Windows 11'ni taqdim etdi
Windows 11 Compatibility Checker dasturi
Windows 10'dan Windows 11'ga yangilanish
Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
“Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
“Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)
Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor

Uyimizdagi internet nuqtalari... 🙄

📝 Manba: @nishondagi_gaplar_tegadi

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

📑 Hujjatda sarlavhalar bo‘ylab tezkor o‘tish

Katta hujjatlar bilan ishlashda kerakli sarlavhaga tezkor o‘tish imkoniyati ishimizni ancha soddalashtirishi mumkin.

Buning uchun menyu satrining Вид varaqa (вкладка)siga o‘tib, Показать bo‘limidagi Область навигации bandini faollashtirish lozim.

Endi chap tomonda yuzaga keluvchi panelda sarlavhalar menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida tanlangan uslubiga muvofiq tarzda (Заголовок 1, Заголовок 2 va hkz.) ko‘rinib turadi.

🔽 O‘QING:
Word'da bir necha soniyada mundarija yaratish (1-usul)
Mundarija yaratish (2-usul)

📌 P.S.: Kerakli sahifalar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun ushbu panelning o‘zida Страницы bo‘limiga ham o‘tish mumkin.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from IT specialist
#smartfon #android

🗜 RAR — mashhur WinRAR arxivatorining mobil versiyasi. Android 2.0+. Premium-versiya

📎
RAR Premium v6.02 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #smartfon #IT_humor

Sizdachi, ishlatayotgan smartfoningiz qaysi brendga tegishli? 😉

📝 Manba: @UnchaMuncha

ℹ️ Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
1
#ict_news #internet

🔄 Facebook o‘z nomini o‘zgartirishi kutilmoqda

Facebook kelasi haftada kompaniya nomini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Shu tarzda uning bosh direktori Mark Sukerberg “meta-universe”ni yaratishga o‘z e’tiborini qaratmoqchi. Bu haqda Verge portali ma’lum qildi.

Sukerberg 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Connect konferensiyasida bo‘lajak imidj o‘zgarishi haqida gapirishni rejalashtirmoqda.

“Rebrending Facebook ilovasini Instagram, WhatsApp, Oculus va boshqalar kabi guruhlarni boshqaradigan bosh kompaniyaning ko‘plab mahsulotlaridan biri sifatida belgilashi mumkin. Facebook vakili bu voqeaga izoh berishdan bosh tortdi”, — deb yozadi gazeta.

Facebook'da 10 mingdan ziyod xodimlari bor, ular AR ko‘zoynagi kabi iste’mol uskunalarini yaratadilar. Sukerbergning fikricha, bu kabi ko‘zoynaklar oxir-oqibat smartfonlar kabi hamma joyda ishlatiladi.

Iyul oyida u The Verge nashriga bergan intervyusida, kelgusi bir necha yil mobaynida “bizni odamlar birinchi navbatda ijtimoiy media kompaniyasi sifatida qabul qilishdan “meta-universe” kompaniyasiga o‘tamiz”, deb aytgandi.

Rebrending, shuningdek, Sukerbergning Facebook ijtimoiy tarmog‘ining bugungi kundagi ijtimoiy platformasi qanday ishlashiga e’tibor qaratgan futuristik ishini yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi mumkin.

O‘tgan yozda Sukerberg “meta-universe” uchun maxsus guruh tuzdi. Yaqinda Facebook Yevropadagi “meta-universe”da ishlash uchun yana 10 ming xodimni yollash rejasini e’lon qildi.

““Meta-universe” diqqat markazida bo‘ladi va menimcha, bu mobil Internetdan keyin Internet qanday rivojlanayotgani haqidagi keyingi fikr-mulohazalarning muhim qismi bo‘ladi. Va menimcha, bu biz uchun kompaniyamizning ikki kara o‘sishiga keyingi katta bo‘lim bo‘ladi”, — deydi u.

📝 Manba: Xabar.uz

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #security

🔐 Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish

Google Chrome – dunyodagi eng mashhur brauzerlardan biri, shu tufayli ushbu dasturdagi qayd yozuvlariga buzib kirishlar ehtimoli ham yuqoridir.

O‘z fayllaringiz, elektron hamyonlaringiz va parollaringizni begona insonlardan himoyalash uchun brauzerga qo‘shimcha himoyani o‘rnatishingiz mumkin.

LockPW — foydalanuvchiga brauzerga kirishda parol kiritish talabini o‘rnatishga imkon beruvchi kengaytmadir. Bunday yechim statsionar kompyuter yoki noutbukning himoyasini ta’minlash uchun mos keladi. Brauzerni bloklash uchun CTRL + SHIFT + L klavishlari birikmasidan foydalanish yetarlidir.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1