IT specialist
9.7K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#ict_news #operatsion_tizim

🆕 Windows 11 chiqishiga ishora: “Microsoft” ramziy post qoldirdi

“Microsoft” kompaniyasi 24-iyunga mo‘ljallangan tadbirini tizer qilishni oxirgi haftalarda avjiga chiqardi: qiziqroq narsa taqdim etadiganga o‘xshaydi. “Twitter”da qoldirgan oxirgi posti bilan shunga ishora qilayotgandek.

🎞👇🏻 Kompaniya o‘z akkauntida miyaga dam berish zarurligini uqtirgan va ushbu post ostidagi video faylni ilova qilgan.

Videodan “11” raqamini o‘qish va uqish mumkin. Yangi amaliy tizim haqida gap-so‘z yo‘q, ammo bu bo‘lg‘usi Windows 11 tizeri emasmikan? Chunki “Microsoft” ilgari ham bunaqa “syurprizlar”ni ko‘p qilgan.

Kompaniya rahbari Satya Nadella yaqindagina Microsoft Windows'ning yaqin o‘n yillikdagi eng muhim yangilanishini tayyorlayotgani haqida so‘z ochgandi.

📝 Manba: Xabar.uz

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Khan Academy Oʻzbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, doʻstlar!

Oʻylaymizki, hammangiz yangi haftani ajoyib kayfiyatda boshlab oldingiz. Ana endi, o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan videoqo‘llanmani qarshi oling!

Shuni eslatib oʻtamizki, siz Khan Academy Oʻzbek videodarslarini Telegramʼdan chiqmasdan ham tomosha qilishingiz mumkin.

Kurslar roʻyxati va kanallarga havolalar → @kau_kurslar

Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
#rasm_bilan_ishlash

🖼 PDF-fayllaridan rasmlarni ajratib olishni o‘rganamiz

Agar siz PDF-fayllariga joylashtirilgan rasmlardan boshqa biror joyda foydalanmoqchi bo‘lsangiz, u holda ularni ajratib olishingiz va papkaga saqlashingiz mumkin. Buni Adobe Photoshop dasturi yordamida qanday amalga oshirish xususida to‘xtalib o‘tamiz:

1. Photoshop'da "Файл -> Открыть" bandlari bo‘ylab o‘ting.
2. Rasmlari ajratib olinishi lozim bo‘lgan PDF-fayliga murojaat eting.
3. Photoshop'ning "Импорт PDF" oynasi ochiladi.
4. Ushbu oynaning yuqorisida "Изображения" rejimini tanlang.
5. Photoshop PDF-fayli tarkibidagi barcha rasmlarni ko‘rsatadi.
6. Ajratib olinishi lozim bo‘lgan rasm ustiga bosing.
7. Bir nechta rasmlarni tanlash uchun SHIFT klavishidan foydalaning.
8. Photoshop har bir rasmni yangi varaqa (вкладка)da ochadi.
9. Ushbu rasmlarning barchasini kompyuteringizdagi papkaga saqlash uchun "Файл -> Закрыть все" bandlari bo‘ylab o‘ting.
10. Photoshop rasmlardagi o‘zgarishlarni saqlashni istaysizmi, deb sizdan so‘raydi.
11. Ushbu oynada "Применить ко всем" opsiyasini faollashtirib, "Сохранить" tugmasi ustiga bosing.

Tayyor. Keyingiz qadamda har bir rasm uchun nom va formatni ko‘rsatish uchun standart oyna paydo bo‘ladi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #learn_english_with_software

🇬🇧 IELTS Test – ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha IELTS imtihonini topshirishga tayyorgarlik ko‘rib borish uchun ajoyib vosita. Eng ko‘p yuzaga keluvchi savollarga javob va foydali materiallarning boy katalogini o‘z ichiga olgan. Premium-versiya

📎
IELTS Test v3.1.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📌 P.S.: Ingliz tili bo‘yicha bilimingiz darajasini qanday baholaysiz? Buni aniqlashda sizga "English Level Checker" mobil ilovasi yordam berishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da berkitilgan administrator qayd yozuvini faollashtirish 👤

Windows 10'ni o‘rnatayotgan vaqtingizda tizim sizdan foydalanuvchining qayd yozuvini, aniqroq qilib aytganda esa, lokal administratorni yaratish va sozlashni talab etadi. Biroq siz yaratgan qayd yozuvi tizimda yagona emas. Tizimning o‘rnatilish jarayonida, sirli rejimda yuqoriroq vakolatlarga ega yana bir administrator qayd yozuvi avtomatik ravishda yaratiladi.

Administratorning berkitilgan qayd yozuvi drayverlar, imzolanmagan dasturlarni o‘rnatish, shuningdek foydalanuvchidan yuqori huquqlarni talab etuvchi sozlamalarni amalga oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, unga faqatgina zaruriy holatlarda murojaat etish, barcha harakatlar amalga oshirilganidan so‘ng esa albatta o‘chirib qo‘yish, ya’ni faolsizlantirish tavsiya etiladi.

Uni faol holatga keltirish uchun WIN + R birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga lusrmgr.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali Локальные пользователи и группы vositasini ekranga chaqiring. Пользователи bo‘limini yoying, oynaning o‘ng tomonida Администратор qayd yozuvini toping va ustiga ikki marta bosing, ochilgan oynada Отключить учётную запись bandi qarshisidan qushcha belgisini olib tashlang va kiritilgan o‘zgartirishni saqlang,

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#maslahat #mulohaza_uchun

Miya uchun eng zararli mahsulotlar sanab oʻtildi 🧠🚫

Alsgeymer kasalligining kelib chiqishi koʻp hollarda odamning isteʼmol qilayotgan taom hamda yeguliklariga bogʻliq boʻladi. Koʻp sonli tadqiqotlarning koʻrsatishicha, taomnomadan ayrim mahsulotlarni chiqarib tashlash orqali demensiya xavfini kamaytirish mumkin.

Eng avvalo, kundalik taomnomadan bir necha bosqichda ishlov berilgan mahsulotlarni chiqarib tashlash kerak. Bunday mahsulotlar qatorida turli pishiriqlar, shirinlik va gazli ichimliklarni tilga olish mumkin. Ushbu mahsulotlar miyada yalligʻlanish jarayonini keltirib chiqaradi va neytronlarni zararlaydi. Buyuk Britaniyaning Bata universiteti mutaxassislari tarkibida koʻp miqdorda shakar boʻlgan mahsulotlar qon tomirlarining torayishiga sabab boʻlishini aniqlaganlar.

Taqiqlangan mahsulotlar roʻyxatida achchiq, yogʻli ovqatlar va fastfud ham bor. Ushbu mahsulotlar tarkibida transyogʻlar mavjud boʻlib, ular miyaning ishlash qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari
Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot
Kuniga yangi narsa o‘rganish miyani sog‘lomlashtirib, aqlliroq qiladi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Qo‘shtirnoqlarning avtomatik almashtirilishini qanday bekor qilish mumkin? 🤔

Word qoida bo‘yicha "tekis" qo‘shtirnoqlarni «juftlari» bilan almashtiradi, biroq ba’zi holatlarda bu ishimizni ancha murakkablashtirishi mumkin.

Qo‘shtirnoqlarning avtomatik almashtirilishini bekor qilish uchun quyidagi qadamlarni bajarish talab etiladi:

— 1-qadam
Menyu satrida Файл → Параметры → Правописание bo‘limiga o‘ting.

— 2-qadam
Параметры автозамены
bo‘limida Автозамена при вводе varaqa (вкладка)siga o‘ting va "прямые" кавычки «парными» bandi qarshisidan qushcha belgisini olib tashlang, tayyor.

Ushbu bo‘limda siz shuningdek boshqa o‘xshash funksiyalarni faollashtirishingiz/o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #it_humor

Tekin kofega nima deysiz, buning uchun ushbu kodning yechimini baristaga aytish kifoya... 🙄

@itspecuz | Mundarija
#rasm_bilan_ishlash #internet

🎨 Qo‘li “qiyshiqlar” uchun ideal chizmalar hosil qilish bo‘yicha layfxak

Agar rasm chizishga unchalik uquvingiz bo‘lmasa – bundan fojia yasashga shoshilmang. Google'da siz uchun maxsus sehrli — Autodraw xizmati mavjud. U siz tomondan taxminiy chizilgan rasmlar asosida ko‘rinishi barcha uchun tushunarli bo‘lgan chizmalarni hosil qilib beradi.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. https://www.autodraw.com/ saytiga murojaat eting.
2️⃣. Kerakli bo‘lgan obyektni chizishni boshlang. Xizmat yuqorida taklif etayotgan variantlarni kuzatib boring — bu aynan siz ko‘zlagan natija bo‘lishi mumkin.
3️⃣. Agar AutoDraw to‘g‘ri aniqlasa — sizdan chizmani tanlash qoladi! Tayyor: taxminiy chizilgan narsa o‘rnida chiroyli chizilgan chizma hosil bo‘ldi.
4️⃣. Chizma tayyor bo‘lgani zahoti, menyu belgisi (uch gorizontal chiziq) ustiga bosing va “Download” bandini tanlang.

Endi sizda katta rasmlarni yaratish imkoniyati bor: mavjud rasmlar ustidan chizish, ko‘chirib o‘tkazish, kesish, ranglar qo‘shish va hokazo. Foydalanib ko‘ring, bu juda qulay vosita! 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #game

🛳 Sea Battle 2 (Морской Бой 2) — ko‘pchilikning bolalikdagi sevimli stol o‘yinini yangi imkoniyatlar va kengaytirilgan arsenal bilan qarshi oling. Ko‘plab miqdorda pullar

📎
Sea Battle 2 v3.4.5 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Angry Birds mobil o‘yini
Crossy Road mobil o‘yini
Subway Surfers mobil o‘yini
O‘yin haqida IT-hazil
Tap Tap Dash mobil o‘yini
Numpuz mobil o‘yini
Quick Brain mobil o‘yini
Geometry Dash mobil o‘yini
Plants vs. Zombies mobil o‘yini
Bridge Constructor mobil o‘yini
PC Creator PRO mobil o‘yini
Hill Climb Racing mobil o‘yini
Among Us mobil o‘yini
Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #internet

🎞 Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar

Bolalar uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirishning eng samarali usuli bu ko‘rib o‘rganishdir. Bugun tomosha qilib o‘rganish uchun YouTube eng qulay makonga aylandi.

“Respublika ta’lim markazi” tomonidan tavsiya etiladigan YouTube kanallar ta’lim, san’at, fan, texnika hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab olgan. Ular ingliz tilida bo‘lganligi tufayli ham til o‘rganish jarayonida asqotadi, ham yangi bilimlarni o‘zlashtirishda foydali bo‘ladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Ota-onalar uchun bolalar mavzusida kanalimizga joylashtirilgan postlarimiz ro‘yxati:
Otangni yaxshi ko‘rasanmi yoki onangni...
Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova!
Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
Bolangiz uchun smartfon tanlay olasizmi?
Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
“Ismlar ma’nosi” mobil ilovasi
“Kids video” mobil ilovasi haqida
IT Park saytda yangi IT-taʼlim boʻlimini yaratdi!
Parkentlik dasturchilar oilasi: bolalar Android'ni oʻrganmoqda, ota va ona oflayn platforma yaratmoqchi
Sizda ham dasturlashni o‘rganish haqida o‘ylash vaqti keldi, degan xayol yuzaga kelmayabdimi?
“Dasturchilikni o’rganish uchun matematikani bilish kerak. Men esa tarixchi, biolog, sartarosh yoki jurnalist bo’lsam”, degan gaplar bilan tushkunlikka tushmang
Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi?
Google Play’da ota-ona nazorati (родительский контроль)ni o‘rnatish
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #excel

🧾 Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli

Afsuski, Excel'dan jadvalni belgilagan holda oddiy tarzda nusxalab, Word'ga joylashtirishning qator kamchiliklari mavjud.
Eng ko‘zga tashlanadiganlari: jadval sahifa chegarasidan tashqariga chiqib ketishi va undagi formatning (shrift, interval) joriy hujjatda qo‘llanilgan formatdan farqlanishidir.

Ushbu usul shu kabi jadvallarni grafik obyekt sifatida joylashtirish imkonini beradi, bu esa ba’zi afzalliklarni taqdim etadi:

— 1-qadam
Menyu satrining Вставка varaqa (вкладка)sidan Объект buyrug‘ini tanlang.

— 2-qadam
Ochilgan oynada Создание из файла varaqa (вкладка)siga o‘ting.
Shundan so‘ng Обзор tugmasiga bosish orqali qattiq diskdagi Excel faylingizni izlab toping va joriy Word hujjatiga joylashtiring.

— 3-qadam
OK
'ni bosing.
Tayyor, kerakli jadval rasm ko‘rinishida joylashtiriladi. Endi uning ustiga bosib, o‘lchamlarini boshqarishingiz, sahifa bo‘ylab siljitishingiz va shu kabi boshqa amallarni bajarishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

🎧 AIMP (Artem Izmaylov Media Player) – CD-Ripper, Tag Editor, Audio-player, audio konverter, audio va ma’lumotli disklarni yozish va boshqa ko‘plab qo‘shimcha modullarni o‘z ichiga oluvchi mashhur pleyer. Qo‘shimcha kodeklar yordamisiz WAV, MP3, MP2, MP1, OGG, WMA, UMX kabi ko‘plab audio formatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Yoqimli, ko‘p tilli interfeys va skinlarga ega.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v4.70.2251
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 AIMP v5.02 Build 2365 Final dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
AIMP audio pleyeri qaynoq klavishlari
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Kerakli dasturlarni operatsion tizim bilan birga yuklanadigan qilamiz (Автозагрузка) 🖥

Ko‘plab dasturlarning sozlamalarida, o‘zini Windows'ning starti payti ishga tushirilishini sozlash xususiyati mavjud. Biroq bu imkoniyat ko‘zda tutilmagan dasturlar ham yo‘q emas, albatta. Operatsion tizim vositalari yordamida biz istalgan dasturni avtomatik yuklanish (Автозагрузка)ga qo‘shishimiz mumkin.

Buning uchun WIN + R yordamida Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga shell:startup buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosing. Tizim Автозагрузка papkasi oynasini ishga tushiradi, unga kerakli dasturning yorlig‘ini nusxalab o‘tkazish kerak bo‘ladi.

Dasturni ishga tushiruvchi *.EXE faylning yorlig‘ini tezkor tarzda yaratish uchun uni Автозагрузка papkasiga ALT klavishini bosib turgan holda olib o‘tkazing.

📌 P.S.: Avtomatik yuklanuvchi dasturlarning ko‘payib ketishi, parametrlari kuchsizroq bo‘lgan kompyuterlarning ishlashini sekinlashtirishini unutmang, bunday holatlarda ishga tushirilishi muhim bo‘lmagan dasturlarni qanday qilib Автозагрузка'dan olib tashlash haqida post ostidagi havola bo‘ylab o‘tib tanishishingiz mumkin.👇🏻

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
"Aвтозагрузка" nima? "Aвтозагрузка"ga dastur qo'shish yoki olib tashlash (+ video)
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #mulohaza_uchun

KOMFORT ZONASI 🌴

Komfort zonasi (qulaylik hududi) – bu ajoyib, tinch va osoyishta joy. Faqat bitta narsa - u yerda hech narsa o‘smaydi.

Ko‘proq narsalarga erishish uchun komfort zonasidan tashqariga chiqish lozim.

Biz yashayotgan dunyo dahshatli va oldindan aytib bo‘lmasdir. Barqarorlikka erishgan kishi, uni yo‘qotishdan qo‘rqadi. Shu sababli, odamlar imkon qadar uzoq vaqt davomida o‘zlarining xavfsiz joylarida qolishga qaror qilishadi.

Biroq, yangi narsalarni uchratishdan qo‘rqish, oldinga siljishimizga to‘sqinlik qiladi.

Bir joyda to‘xtab siz o‘sishdan, oldinga siljishdan to‘xtaysiz. Stress yo‘q, lekin o‘zgarishlar ham yo‘q.

Ko‘p narsalarga erishgan odamlar chegaralarni surib qo‘yishni yaxshi ko‘radilar va shaxs sifatida rivojlanish uchun qancha chegaralarni bosib o‘tish mumkinligini bilishadi.

Siz ham shuning uchun o‘zingizga jasorat topishingiz va oldinga bir qadam tashlashingiz kerak. Ha, qo‘rqinchli bo‘ladi, qulay ham emas. Faqatgina, ilk qadamni bosmaguningizcha.

O‘zgarish vaqt va kuch talab qiladi. Ammo, ular bunga arziydi.

KOMFORT ZONASIDAN NEGA CHIQISH KERAK?

Bilamizki, hozir texnika, texnologiya asri. Aynan shu asrda komfort zonasida qolish yana ham xavfli bo‘lib qolmoqda. Masalan, yaqin o‘n yillikda ba’zi sohalarni robotlar egallashi kutilmoqda. Masalan, buxgalteriya sohasini aynan shunday istiqbol kutmoqda. Komfort zonasidagi buxgalter ishsiz qolishini xayoliga ham keltirmaydi. Komfort zonasidan tashqariga chiqqan buxgalter esa ham boshqa sohani o‘rganadi, ham o‘zini taraqqiy ettiradi. Zamon talabiga qarab u ham ishini o‘zgartiradi. Bu bir kichik misol edi, bunga yana ko‘plab misollarni keltirish mumkin…

XULOSA

“Samolyotga yerda to‘xtash qulay ammo u parvoz uchun yaratilgan!”

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Yaqinlaringizga ham ulashing!

📝 Manba: @Norbekovmarkazi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#operatsion_tizim

Ko‘p murojaat etiluvchi dasturlarni ko‘rinib turadigan qilish 🖥

Windows 10'da ko‘p qo‘llaniluvchi dasturlar uchun biz ishchi stolida yorliqlar yaratamiz, ularni plitkalar ko‘rinishida "Пуск" menyusiga yoki belgi (иконка)lar ko‘rinishida vazifalar paneliga biriktiramiz. Bulardan tashqari biz ko‘p murojaat etiluvchi dasturlarni "Пуск" menyusida ko‘rinib turadigan qilishimiz mumkin.

Buning uchun WIN + I'ni bosgan holda Параметры oynasini oching va Персонализация - Пуск bo‘limiga o‘ting. O‘ng tomonda Показывать наиболее часто используемые приложения parametrini faollashtiring.

Agar ushbu parametr sizda faol bo‘lmasa, unda Параметры oynasida Конфиденциальность - Общие bo‘limiga o‘ting va Разрешить Windows отслеживать запуски приложений для улучшения меню "Пуск" и результатов поиска bandini faollashtiring.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Ha, ko‘pincha aynan shunday natija bo‘ladi... 🙄

@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

📐 eDrawings — mashhur SolidWorks kompaniyasidan CAD fayllarini 3D va 2D formatlarida tomosha qilish uchun oddiy va qulay mobil ilova. Android 7.0+. Pro-versiya.

📎
eDrawings Pro v9.3.2 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
AutoCAD mobil ilovasi
GnaCAD mobil ilovasi
Геометрия mobil ilovasi

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija
#smartfon #maslahat

🔋 Smartfonning quvvati kam qolganida asqotadigan 9 tavsiya

Ba’zida eng noqulay vaqtda telefonning quvvati kam qolganini ko‘ramiz. Ekranda 20% dan kam quvvat qolgani haqida xavotirli bildirishnoma paydo bo‘ladi, ammo biz haliyam telefonni ishlatishga muhtoj bo‘lamiz, deb yozadi Aniq.uz.

O‘QING: Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi? (+“jonli” video)

Ko‘pchilik smartfonni zudlik bilan o‘chirish va zarur paytda yoqishni maslahat beradi. Masalan, har 15 daqiqada kimdir qo‘ng‘iroq qilgani yoki yozgan-yozmaganini tekshirib ko‘rish mumkin. Ammo bu xato. O‘chirish va yoqish paytida ortiqcha energiya sarfi yuz beradi va natijada smartfon yanada tezroq quvvatsizlanadi.

Nima qilish kerak? 🤔

1️⃣. Ortiqcha funksiyalarni o‘chirib qo‘ying. Bular: GPS, Bluetooth, Wi-Fi yoki mobil aloqa, ekranni avtomatik teskari qilish funksiyasi, ikkinchi SIM-karta.

2️⃣. Telefonni energiya tejovchi rejimga o‘tkazing (sozlamalarda).

3️⃣. Ortiqcha dasturlarni yoping. Buning uchun bosh ekranga o‘ting va pastdagi kvadratcha ustiga bosing (smartfon modeliga qarab farqlanishi mumkin), keyin esa ishlatmayotgan dasturlaringizni faolsizlantiring.

4️⃣. Vidjetlarni o‘chiring. Hatto oddiy ob-havoni ko‘rsatuvchi vidjet ham batareya energiyasini iste’mol qiladi.

5️⃣. Ovoz va vibratsiyani o‘chiring. Kutilmagan qo‘ng‘iroq ortiqcha energiya sarfiga sabab bo‘lishi mumkin.

6️⃣. Yorqinlik darajasini pasaytiring.

7️⃣. Aloqa tipini 4G dan 3G ga, iloji bo‘lsa 2G'ga o‘zgartiring. Internet tezligi pasayadi, ammo bu messenjerlardan xabar olish uchun yetarlidir.

8️⃣. Muhim xabar yoki qo‘ng‘iroqni kutayotgan bo‘lsangiz, qurilmani aviarejimga o‘tkazing va vaqti-vaqti bilan chiqarib turing.

9️⃣. Kuchli temperaturadan qoching. Sovuqda smartfonni tanangizga yaqin tuting. Gadjetingizni juda issiq makonda qoldirmang.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?
Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas?
Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha
Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak
iPhone'dagi batareyaning so‘nggi foizlarini asraymiz
Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
Qaysi Android-ilovalar batareya quvvatini eng ko‘p sarflaydi?
Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!
Yaroqsiz batareykani nima qilish kerak?
Yaponlar o‘zi tiklanuvchi akkumulyator yaratishdi
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #internet #sport

10 ming qadamga pul to‘lash boshlandi deyishmoqda 🏃🏻‍♂️

Yugurish va yurishni ommalashtirish uchun rejalangan platforma ishga tushibdi. Xullas 1hls.uz saytiga kirasiz, iOS yoki Android uchun mobil ilovani yuklab olasiz. Tegishli ustunlarni to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tasiz.

O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan o‘tkaziladi. Qarabsizki 5600 so‘mning yarmidan ko‘pi “есть уже”, kambag‘allikdan chiqasiz. 😉

Platforma soat 00:00 dan 23:59 gacha hisoblaydi. Izohlarda kimlar ishga tushdi, hisoblayapti dedi, kimlardir “чота не работает” deyapti. Xullas o‘zingiz sinab ko‘ring. Menga yuborish shartmas. O‘sha yerda izoh qoldirsangiz bo‘ladi. Hududlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxslarga har oyda:
• tuman (shahar)da — 300 ming so‘m;
• viloyatlar va Toshkent shahrida — 500 ming so‘m;
• Respublika bo‘yicha — 1 million so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.

👉🏻 Mana shu yerdan boshlang

📝 Manba: @Zafarbek_Solijonov

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
RunKeeper mobil ilovasi
7 Minute Workout mobil ilovasi
Abs 21 mobil ilovasi
Fitify Workouts mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

🔎 Everything – Windows uchun qidiruv dvijogi hisoblanadi. Everything fayllar va/yoki papkalarni, ularning nomlari bo‘yicha bir zumda topish imkonini beradi. Dastur oynasidagi izlab topilgan natijalar uchun, odatda Windows Explorer (Проводник) kontekst menyusida murojaat etish mumkin bo‘lgan asosiy fayl amallarini qo‘llash mumkin. Everything ish jarayonida fayllar tarkibini indekslashni qo‘llamaydi, shuning uchun qidiruv bir zumda, real vaqt rejimida amalga oshadi.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v1.4.1.1009
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
O‘rnatish: Install + Portable
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 Everything v1.4.1.1009 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'da qidiruv indeksatsiyasini qanday o‘chirib qo‘yish mumkin?
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija