IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android

🎧 Android'dagi quloqchinlarning tovush sifatini yaxshilaymiz

Bunda bizga Wavelet ilovasi yordamga keladi. U quloqchinlardagi audioning eshittirilishini mustaqil ravishda sozlaydi. Barchasi 2300 modeldagi — simli va simsiz quloqchinlar uchun mo‘ljallangan shablonlarda ishlaydi.

Taqiqlangan sehrni qo‘llash tartibi:

1️⃣. Ilovani yuklab olamiz va o‘rnatamiz.
2️⃣. Quloqchinlarni ulaymiz va ilovani ishga tushiramiz.
3️⃣. Yuqori o‘ng burchakdagi vertikal uch nuqta ustiga bosamiz va “Legacy-режим” bandini tanlaymiz.
4️⃣. “Эквализация” bo‘limida “Автоматическая эквализация” bandini faollashtiramiz va modelni ko‘rsatish maqsadida undagi gorizontal uch nuqta ustiga bosamiz.
5️⃣. O‘z modelimizni kiritamiz (agar u bo‘lmasa, mavjudlarini tanlab ko‘rishingiz yoki “Графический эквалайзер” bandi orqali mustaqil ravishda tajriba qilib ko‘rishingiz mumkin), so‘ngra qo‘shiqni ishga tushirib, o‘chirilgan bo‘lsa “Автоматическая эквализация” bandini faollashtiramiz.

Tayyor! Tovush qanday o‘zgarganini his etasiz. Ilovaning “Эффекты” bo‘limida qo‘shimcha sozlamalarni sinab ko‘rishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet

🚫 YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz

YouTube'da videolarni tomosha qilishda qariyb har bir rolikda reklama uchraydi. Bu ushbu xizmatning o‘zi taqdim etuvchi reklama videosi yoki uzoqroq vaqt talab etuvchi alohida reklama integratsiyasi bo‘lishi mumkin. Reklamani bloklash uchun Google Chrome uchun mo‘ljallangan kengaytmalardan birini qo‘llashni tavsiya etamiz.

1️⃣. YouTube uchun AdBlock – kengaytma kontentni filtrlaydi, butun reklamani, shuningdek bannerlar va sizib chiquvchi oynalarni bloklaydi. Reklama integratsiyalarini o‘tkazib yuborish, YouTube pleyeridan foydalanuvchi saytlardagi reklamani bloklash imkonini beradi.

2️⃣. SponsorBlock for YouTube – asosan videodagi homiylik integratsiyalari, shuningdek zastavkalar va obuna bo‘lishga chorlovlarni o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan. Kengaytma videodagi homiylikni aniqlash uchun foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar bazasidan foydalanadi.

3️⃣. uBlock Origin – reklamani bloklashni o‘z ichiga oluvchi, kontentni filtrlash uchun mo‘ljallangan kross-platformali brauzerlar uchun kengaytma. Foydalanuvchiga reklamani bloklash uchun o‘z qoidalarini yaratish imkonini beradi.

Ushbu postimizda kengaytmaning qo‘shimcha imkoniyati haqida so‘z yuritilgan: Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #internet #software

📥 µTorrent Pro – tezkor, qulay, bepul va ixcham torrent-mijoz. µTorrent mijozi hozirgi kunda BitTorrent tarmog‘i bilan ishlash uchun eng yaxshi funksional yechimlardan biri sanaladi. Dastur o‘zining kichik hajmi bilan optimal funksionallikni o‘zida mujassamlashtiradi.

🆚 Versiya: v3.5.5.46036
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 µTorrent Pro v3.5.5.46036 dasturini yuklab olish.

ℹ️ Ushbu rukn ostida joylashtirilgan boshqa postlar bilan ham tanishishingiz mumkin:
Torrent nima? Torrent bilan ishlash (video)
µTorrent dasturidan reklamani olib tashlashni 3 usuli (video)
µTorrent dasturi haqida
μTorrent Pro v6.5.7 mobil ilovasi
IDM Plus v12.1 mobil ilovasi
Torrent yuklamalar haqida
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #it_humor

🎞 Dasturlash kanallari, vlogerlar va ular ulashayotgan video darslar uchun tashakkur!

ℹ️ IT-sohasi atrofidagi dastur va texnologiyalardan foydalanish hamda tizimli va veb-dasturlashni mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiluvchi manbalar:
Bepul video darslarni ulashuvchi maxsus bot
Python dasturlash tili bo‘yicha
Full-Stack (ya'ni veb)-dasturlash bo‘yicha

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #smartfon

Faol smartfon foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, ularning 70%'idan ortiq o‘z qurilmalarini ovozsiz rejimga o‘tkazishni afzal deb bilisharkan.

📌 P.S.: Telefonlar endi-endi ommalasha boshlagan paytlari eslang, Nokia 6233 yoki boshqa shu kabi ovozi baland chiquvchi telefonni xarid qilib, "baqiruvchi" taronani tanlab, maqtanib yurardik, mana, smartfon uchun ringtonlar ham sekin-asta tarixda qolmoqda, smart soat va brasletlardagi vibratsiyali bildirishnomalar ham bunga bir sabab, albatta...

ℹ️
Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #excel #powerpoint

MS Office dasturlarida yangi hujjatni tezkor yaratamiz 📄

Aytaylik, o‘zingiz uchun notanish bo‘lgan biror kompyuter (yoki o‘z shaxsiy kompyuteringiz) qarshisiga ish yuzasidan o‘tirdingiz va unda Word, Excel yoki PowerPoint dasturidan birini ishga tushirishingiz lozim, biroq siz bu kompyuterda dasturni ishga tushiruvchi yorliq aynan qayerda joylashganini bilmaysiz va uni izlashingiz kerak.

Bunday vaziyatda kompyuter ishga tushgani zahoti ishchi stolining o‘zidan boshqa hech qayerga chalg‘imasdan, WIN + R klavishlarini bosish va ochilgan “Выполнить” oynasiga mos ravishda winword | excel | powerpnt buyruqlaridan keraklisini kiritib, ENTER'ni bosish maqsadga muvofiqdir.

Natijada siz bir zumda kerakli dasturlardan birini ishga tushirasiz va yangi hujjat bilan ishingizni boshlaysiz. Ushbu tryuk MS Windows operatsion tizimi va Office paketining istalgan versiyasida ishlaydi.

❗️Agar MS Office paketi yoki uning tarkibidagi siz so‘rov berayotgan dasturlardan biri o‘rnatilgan bo‘lmasa, u holda shunchaki xatolik oynasiga duch kelasiz va bu orqali o‘zingiz uchun dastur kompyuterda bor-yo‘qligi haqida tezkor xulosa chiqarasiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
Slayddagi ro‘yxatlarning to‘g‘ri va teskari yuzaga kelish animatsiyasini qo‘llash
Namoyish vaqtida kiritilgan qaydlarni saqlash

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #maslahat

Telegram’da mana shu niklarni aslo ishlata ko‘rmang! 🚫

Ma’lum bo‘lishicha, Telegram ma’muriyati o‘z profiliga “Избранное” va “Saved Messages” kabi nikneymlar qo‘yib olganlarni bloklay boshlagan. Bu so‘zlar aslida mazkur messenjerda har bir foydalanuvchiga taqdim etilgan “Tanlanganlar” funksiyasining, ya’ni – “o‘z-o‘zi bilan suhbat” chatining nomi ekanligini bilasiz.

O‘QING:
Barcha Telegram limitlari bir joyda
Telegram’da “Избранное” menyusining imkoniyatlari
Telegram’ning “Saqlangan xabarlar” (Избранное) bo‘limidan foydalanishda e’tiborli bo‘ling

Bu haqda xabar bergan “Медуза” nashri muxlislaridan biri tajriba tarzida o‘z profilini shunaqa nomlab ko‘rgan. Oradan bir necha daqiqa o‘tiboq uning akkauntini Telegram bloklab tashlagan.

“Akkauntim yo‘qolib qoldi, endi unga kirib bo‘lmayapti – “telefon raqami bloklangan” degan xabar chiqib qolyapti. Uni blokdan chiqarish usullari va imkoniyati haqida ma’lumot ham berilmagan”, deydi foydalanuvchi.

“Медуза” tahririyati Telegram qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanib, messenjer shunaqa nomli akkauntlarni bloklashi haqida so‘raganida, aniq javob berishmagan. Lekin ular, o‘z profilini “Избранное” yoki “Saved Messages” shaklida o‘zgartirib ko‘rmagan ma’qul ekanligini aytib ogohlantirishgan.

Aftidan, bunday akkauntlarni bloklash joriy oyning boshida Telegram messenjerida paydo bo‘lgan firibgarlik bilan bog‘liq. Uning sxemasi bunaqa bo‘lgan: firibgarlar turli kishilarga “Saved Messages” nomli akkauntdan yozib, darrov o‘chirib yuborishadi. Keyin o‘sha foydalanuvchi biror ma’lumotni “Tanlanganlar”ga yuborib saqlab qo‘ymoqchi bo‘lganida, ro‘yxatda o‘sha “Saved Messages” ham ko‘rinadi. Bilmasdan unga shaxsiy ma’lumotlarni, biror maxfiy faylni yuborib qo‘yish hech gapmas.

Biz ham foydalanuvchilarimizga o‘z profilni bunaqa nomlab ko‘rmaslikni tavsiya etamiz.

📝DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

🔄 Windows 10'da video drayverini qayta ishga tushirish (перезапуск)

Agar video drayver versiyasi nomuqobil bo‘lsa, vaqti-vaqti bilan uning ishida uzilishlar bo‘lib turishi mumkin. Siz drayverni ish jarayonining o‘zida, operatsion tizimni qayta yuklab o‘tirmasdan qayta ishga tushirishingiz mumkin.

Bunday maqsadlar uchun Windows 10'da grafik kartani foydalanuvchining faol seansini yakunlamasdan qayta ishga tushirish imkonini beruvchi klavishlar kombinatsiyasi ko‘zda tutilgan. Ushbu usulni NVIDIA, AMD va Intel drayverlari qo‘llab-quvvatlaydi.

Video drayverni qayta ishga tushirish uchun WIN + CTRL + SHIFT + B klavishlari birikmasini bosing. ⌨️

Ekran bir onga qorayadi, ovozli signalni eshitasiz, shundan keyin tasvir yana paydo bo‘ladi. Ushbu jarayon to‘liq xavfsiz bo‘lib, tizimda ishlab turgan dasturlarga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Drayverlarni qo‘shimcha dastur va vositalarsiz yangilashga urinamiz
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Toza Windows 10'ni o‘rnatish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #operatsion_tizim

🆕 Windows 11 chiqishiga ishora: “Microsoft” ramziy post qoldirdi

“Microsoft” kompaniyasi 24-iyunga mo‘ljallangan tadbirini tizer qilishni oxirgi haftalarda avjiga chiqardi: qiziqroq narsa taqdim etadiganga o‘xshaydi. “Twitter”da qoldirgan oxirgi posti bilan shunga ishora qilayotgandek.

🎞👇🏻 Kompaniya o‘z akkauntida miyaga dam berish zarurligini uqtirgan va ushbu post ostidagi video faylni ilova qilgan.

Videodan “11” raqamini o‘qish va uqish mumkin. Yangi amaliy tizim haqida gap-so‘z yo‘q, ammo bu bo‘lg‘usi Windows 11 tizeri emasmikan? Chunki “Microsoft” ilgari ham bunaqa “syurprizlar”ni ko‘p qilgan.

Kompaniya rahbari Satya Nadella yaqindagina Microsoft Windows'ning yaqin o‘n yillikdagi eng muhim yangilanishini tayyorlayotgani haqida so‘z ochgandi.

📝 Manba: Xabar.uz

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Khan Academy Oʻzbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, doʻstlar!

Oʻylaymizki, hammangiz yangi haftani ajoyib kayfiyatda boshlab oldingiz. Ana endi, o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan videoqo‘llanmani qarshi oling!

Shuni eslatib oʻtamizki, siz Khan Academy Oʻzbek videodarslarini Telegramʼdan chiqmasdan ham tomosha qilishingiz mumkin.

Kurslar roʻyxati va kanallarga havolalar → @kau_kurslar

Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
———————————
YouTube | Sayt | Instagram | Facebook
#rasm_bilan_ishlash

🖼 PDF-fayllaridan rasmlarni ajratib olishni o‘rganamiz

Agar siz PDF-fayllariga joylashtirilgan rasmlardan boshqa biror joyda foydalanmoqchi bo‘lsangiz, u holda ularni ajratib olishingiz va papkaga saqlashingiz mumkin. Buni Adobe Photoshop dasturi yordamida qanday amalga oshirish xususida to‘xtalib o‘tamiz:

1. Photoshop'da "Файл -> Открыть" bandlari bo‘ylab o‘ting.
2. Rasmlari ajratib olinishi lozim bo‘lgan PDF-fayliga murojaat eting.
3. Photoshop'ning "Импорт PDF" oynasi ochiladi.
4. Ushbu oynaning yuqorisida "Изображения" rejimini tanlang.
5. Photoshop PDF-fayli tarkibidagi barcha rasmlarni ko‘rsatadi.
6. Ajratib olinishi lozim bo‘lgan rasm ustiga bosing.
7. Bir nechta rasmlarni tanlash uchun SHIFT klavishidan foydalaning.
8. Photoshop har bir rasmni yangi varaqa (вкладка)da ochadi.
9. Ushbu rasmlarning barchasini kompyuteringizdagi papkaga saqlash uchun "Файл -> Закрыть все" bandlari bo‘ylab o‘ting.
10. Photoshop rasmlardagi o‘zgarishlarni saqlashni istaysizmi, deb sizdan so‘raydi.
11. Ushbu oynada "Применить ко всем" opsiyasini faollashtirib, "Сохранить" tugmasi ustiga bosing.

Tayyor. Keyingiz qadamda har bir rasm uchun nom va formatni ko‘rsatish uchun standart oyna paydo bo‘ladi.

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #learn_english_with_software

🇬🇧 IELTS Test – ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha IELTS imtihonini topshirishga tayyorgarlik ko‘rib borish uchun ajoyib vosita. Eng ko‘p yuzaga keluvchi savollarga javob va foydali materiallarning boy katalogini o‘z ichiga olgan. Premium-versiya

📎
IELTS Test v3.1.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📌 P.S.: Ingliz tili bo‘yicha bilimingiz darajasini qanday baholaysiz? Buni aniqlashda sizga "English Level Checker" mobil ilovasi yordam berishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10'da berkitilgan administrator qayd yozuvini faollashtirish 👤

Windows 10'ni o‘rnatayotgan vaqtingizda tizim sizdan foydalanuvchining qayd yozuvini, aniqroq qilib aytganda esa, lokal administratorni yaratish va sozlashni talab etadi. Biroq siz yaratgan qayd yozuvi tizimda yagona emas. Tizimning o‘rnatilish jarayonida, sirli rejimda yuqoriroq vakolatlarga ega yana bir administrator qayd yozuvi avtomatik ravishda yaratiladi.

Administratorning berkitilgan qayd yozuvi drayverlar, imzolanmagan dasturlarni o‘rnatish, shuningdek foydalanuvchidan yuqori huquqlarni talab etuvchi sozlamalarni amalga oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, unga faqatgina zaruriy holatlarda murojaat etish, barcha harakatlar amalga oshirilganidan so‘ng esa albatta o‘chirib qo‘yish, ya’ni faolsizlantirish tavsiya etiladi.

Uni faol holatga keltirish uchun WIN + R birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga lusrmgr.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali Локальные пользователи и группы vositasini ekranga chaqiring. Пользователи bo‘limini yoying, oynaning o‘ng tomonida Администратор qayd yozuvini toping va ustiga ikki marta bosing, ochilgan oynada Отключить учётную запись bandi qarshisidan qushcha belgisini olib tashlang va kiritilgan o‘zgartirishni saqlang,

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#maslahat #mulohaza_uchun

Miya uchun eng zararli mahsulotlar sanab oʻtildi 🧠🚫

Alsgeymer kasalligining kelib chiqishi koʻp hollarda odamning isteʼmol qilayotgan taom hamda yeguliklariga bogʻliq boʻladi. Koʻp sonli tadqiqotlarning koʻrsatishicha, taomnomadan ayrim mahsulotlarni chiqarib tashlash orqali demensiya xavfini kamaytirish mumkin.

Eng avvalo, kundalik taomnomadan bir necha bosqichda ishlov berilgan mahsulotlarni chiqarib tashlash kerak. Bunday mahsulotlar qatorida turli pishiriqlar, shirinlik va gazli ichimliklarni tilga olish mumkin. Ushbu mahsulotlar miyada yalligʻlanish jarayonini keltirib chiqaradi va neytronlarni zararlaydi. Buyuk Britaniyaning Bata universiteti mutaxassislari tarkibida koʻp miqdorda shakar boʻlgan mahsulotlar qon tomirlarining torayishiga sabab boʻlishini aniqlaganlar.

Taqiqlangan mahsulotlar roʻyxatida achchiq, yogʻli ovqatlar va fastfud ham bor. Ushbu mahsulotlar tarkibida transyogʻlar mavjud boʻlib, ular miyaning ishlash qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari
Xotirani yaxshilashga yordam beruvchi TOP-5 mahsulot
Kuniga yangi narsa o‘rganish miyani sog‘lomlashtirib, aqlliroq qiladi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Qo‘shtirnoqlarning avtomatik almashtirilishini qanday bekor qilish mumkin? 🤔

Word qoida bo‘yicha "tekis" qo‘shtirnoqlarni «juftlari» bilan almashtiradi, biroq ba’zi holatlarda bu ishimizni ancha murakkablashtirishi mumkin.

Qo‘shtirnoqlarning avtomatik almashtirilishini bekor qilish uchun quyidagi qadamlarni bajarish talab etiladi:

— 1-qadam
Menyu satrida Файл → Параметры → Правописание bo‘limiga o‘ting.

— 2-qadam
Параметры автозамены
bo‘limida Автозамена при вводе varaqa (вкладка)siga o‘ting va "прямые" кавычки «парными» bandi qarshisidan qushcha belgisini olib tashlang, tayyor.

Ushbu bo‘limda siz shuningdek boshqa o‘xshash funksiyalarni faollashtirishingiz/o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #dasturlash #it_humor

Tekin kofega nima deysiz, buning uchun ushbu kodning yechimini baristaga aytish kifoya... 🙄

@itspecuz | Mundarija
#rasm_bilan_ishlash #internet

🎨 Qo‘li “qiyshiqlar” uchun ideal chizmalar hosil qilish bo‘yicha layfxak

Agar rasm chizishga unchalik uquvingiz bo‘lmasa – bundan fojia yasashga shoshilmang. Google'da siz uchun maxsus sehrli — Autodraw xizmati mavjud. U siz tomondan taxminiy chizilgan rasmlar asosida ko‘rinishi barcha uchun tushunarli bo‘lgan chizmalarni hosil qilib beradi.

Undan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. https://www.autodraw.com/ saytiga murojaat eting.
2️⃣. Kerakli bo‘lgan obyektni chizishni boshlang. Xizmat yuqorida taklif etayotgan variantlarni kuzatib boring — bu aynan siz ko‘zlagan natija bo‘lishi mumkin.
3️⃣. Agar AutoDraw to‘g‘ri aniqlasa — sizdan chizmani tanlash qoladi! Tayyor: taxminiy chizilgan narsa o‘rnida chiroyli chizilgan chizma hosil bo‘ldi.
4️⃣. Chizma tayyor bo‘lgani zahoti, menyu belgisi (uch gorizontal chiziq) ustiga bosing va “Download” bandini tanlang.

Endi sizda katta rasmlarni yaratish imkoniyati bor: mavjud rasmlar ustidan chizish, ko‘chirib o‘tkazish, kesish, ranglar qo‘shish va hokazo. Foydalanib ko‘ring, bu juda qulay vosita! 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #game

🛳 Sea Battle 2 (Морской Бой 2) — ko‘pchilikning bolalikdagi sevimli stol o‘yinini yangi imkoniyatlar va kengaytirilgan arsenal bilan qarshi oling. Ko‘plab miqdorda pullar

📎
Sea Battle 2 v3.4.5 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Angry Birds mobil o‘yini
Crossy Road mobil o‘yini
Subway Surfers mobil o‘yini
O‘yin haqida IT-hazil
Tap Tap Dash mobil o‘yini
Numpuz mobil o‘yini
Quick Brain mobil o‘yini
Geometry Dash mobil o‘yini
Plants vs. Zombies mobil o‘yini
Bridge Constructor mobil o‘yini
PC Creator PRO mobil o‘yini
Hill Climb Racing mobil o‘yini
Among Us mobil o‘yini
Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #internet

🎞 Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar

Bolalar uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirishning eng samarali usuli bu ko‘rib o‘rganishdir. Bugun tomosha qilib o‘rganish uchun YouTube eng qulay makonga aylandi.

“Respublika ta’lim markazi” tomonidan tavsiya etiladigan YouTube kanallar ta’lim, san’at, fan, texnika hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab olgan. Ular ingliz tilida bo‘lganligi tufayli ham til o‘rganish jarayonida asqotadi, ham yangi bilimlarni o‘zlashtirishda foydali bo‘ladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Ota-onalar uchun bolalar mavzusida kanalimizga joylashtirilgan postlarimiz ro‘yxati:
Otangni yaxshi ko‘rasanmi yoki onangni...
Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova!
Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
Bolangiz uchun smartfon tanlay olasizmi?
Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
“Ismlar ma’nosi” mobil ilovasi
“Kids video” mobil ilovasi haqida
IT Park saytda yangi IT-taʼlim boʻlimini yaratdi!
Parkentlik dasturchilar oilasi: bolalar Android'ni oʻrganmoqda, ota va ona oflayn platforma yaratmoqchi
Sizda ham dasturlashni o‘rganish haqida o‘ylash vaqti keldi, degan xayol yuzaga kelmayabdimi?
“Dasturchilikni o’rganish uchun matematikani bilish kerak. Men esa tarixchi, biolog, sartarosh yoki jurnalist bo’lsam”, degan gaplar bilan tushkunlikka tushmang
Televizorni yaqindan tomosha qilish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazadimi?
Google Play’da ota-ona nazorati (родительский контроль)ni o‘rnatish
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #excel

🧾 Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli

Afsuski, Excel'dan jadvalni belgilagan holda oddiy tarzda nusxalab, Word'ga joylashtirishning qator kamchiliklari mavjud.
Eng ko‘zga tashlanadiganlari: jadval sahifa chegarasidan tashqariga chiqib ketishi va undagi formatning (shrift, interval) joriy hujjatda qo‘llanilgan formatdan farqlanishidir.

Ushbu usul shu kabi jadvallarni grafik obyekt sifatida joylashtirish imkonini beradi, bu esa ba’zi afzalliklarni taqdim etadi:

— 1-qadam
Menyu satrining Вставка varaqa (вкладка)sidan Объект buyrug‘ini tanlang.

— 2-qadam
Ochilgan oynada Создание из файла varaqa (вкладка)siga o‘ting.
Shundan so‘ng Обзор tugmasiga bosish orqali qattiq diskdagi Excel faylingizni izlab toping va joriy Word hujjatiga joylashtiring.

— 3-qadam
OK
'ni bosing.
Tayyor, kerakli jadval rasm ko‘rinishida joylashtiriladi. Endi uning ustiga bosib, o‘lchamlarini boshqarishingiz, sahifa bo‘ylab siljitishingiz va shu kabi boshqa amallarni bajarishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software

🎧 AIMP (Artem Izmaylov Media Player) – CD-Ripper, Tag Editor, Audio-player, audio konverter, audio va ma’lumotli disklarni yozish va boshqa ko‘plab qo‘shimcha modullarni o‘z ichiga oluvchi mashhur pleyer. Qo‘shimcha kodeklar yordamisiz WAV, MP3, MP2, MP1, OGG, WMA, UMX kabi ko‘plab audio formatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Yoqimli, ko‘p tilli interfeys va skinlarga ega.

DASTUR HAQIDA:
🆚 Versiya: v4.70.2251
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: talab etilmaydi

📎 AIMP v5.02 Build 2365 Final dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
AIMP audio pleyeri qaynoq klavishlari
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija