#excel
Ikki sana oralig‘ida qancha ishchi kunlari mavjudligini hisoblash 🗓
Xodimlar bo‘limi mutaxassislari, loyiha menejerlari va shunchaki rahbarlarda doimiy yuzaga keladigan masala – sanalar o‘rtasidagi ishchi kunlarini, dam olish kunlari va bayramlarni hisobga olgan holda hisoblashdir.
Buning uchun Excel'da ajoyib funksiya mavjud — ЧИСТРАБДНИ.
Ushbu funksiya atributlari quyidagicha:
— кон дата – (конечная дата) ishchi kunlarni hisoblash uchun yakuniy sana.
— [праздники] – majburiy bo‘lmagan atribut.
Agar so‘nggi atributdan foydalanmasangiz, formula shunchaki shanba va yakshanbalarsiz kunlar miqdorini hisoblab beradi.
Agar bayramlar va qo‘shimcha dam olish kunlarini biror yacheyka yoki yacheykalar diapazoniga havola ko‘rinishida ko‘rsatsangiz, u holda rasmiy va norasmiy dam olish kunlarini ham hisobga olish lozimligini ta’kidlab o‘tgan bo‘lasiz.
🎞 Batafsil ma’lumotni post ostiga biriktirilgan video orqali olishingiz mumkin👇🏻.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• КОНМЕСЯЦА funksiyasi
• РАЗНДАТ funksiyasi
• ЧИСТРАБДНИ.МЕЖД funksiyasi
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Oyning 1-kunini haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri kelishini aniqlash
• Microsoft Excelda joriy sana uchun hafta kunini aniqlash
• Matn va sanani qanday qilib biriktirib yozish mumkin?
• Excel'da tavallud topgan sanangiz bo‘yicha nimalarni aniqlash mumkin?
• Sananing elementlarini nusxalab Excelga o‘tkazganimizda yuzaga keladigan yana bir muammoning yechimi
• Excel bilan 10 tezkor tryuk
• Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Ikki sana oralig‘ida qancha ishchi kunlari mavjudligini hisoblash 🗓
Xodimlar bo‘limi mutaxassislari, loyiha menejerlari va shunchaki rahbarlarda doimiy yuzaga keladigan masala – sanalar o‘rtasidagi ishchi kunlarini, dam olish kunlari va bayramlarni hisobga olgan holda hisoblashdir.
Buning uchun Excel'da ajoyib funksiya mavjud — ЧИСТРАБДНИ.
Ushbu funksiya atributlari quyidagicha:
=ЧИСТРАБДНИ(нач_дата; кон_дата; [праздники])
— нач дата – (начальная дата) ishchi kunlar hisoblanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich sana;— кон дата – (конечная дата) ishchi kunlarni hisoblash uchun yakuniy sana.
— [праздники] – majburiy bo‘lmagan atribut.
Agar so‘nggi atributdan foydalanmasangiz, formula shunchaki shanba va yakshanbalarsiz kunlar miqdorini hisoblab beradi.
Agar bayramlar va qo‘shimcha dam olish kunlarini biror yacheyka yoki yacheykalar diapazoniga havola ko‘rinishida ko‘rsatsangiz, u holda rasmiy va norasmiy dam olish kunlarini ham hisobga olish lozimligini ta’kidlab o‘tgan bo‘lasiz.
🎞 Batafsil ma’lumotni post ostiga biriktirilgan video orqali olishingiz mumkin👇🏻.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• КОНМЕСЯЦА funksiyasi
• РАЗНДАТ funksiyasi
• ЧИСТРАБДНИ.МЕЖД funksiyasi
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Oyning 1-kunini haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri kelishini aniqlash
• Microsoft Excelda joriy sana uchun hafta kunini aniqlash
• Matn va sanani qanday qilib biriktirib yozish mumkin?
• Excel'da tavallud topgan sanangiz bo‘yicha nimalarni aniqlash mumkin?
• Sananing elementlarini nusxalab Excelga o‘tkazganimizda yuzaga keladigan yana bir muammoning yechimi
• Excel bilan 10 tezkor tryuk
• Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#telegram
Guruh chatlariga kanal nomidan kirish 🆕
Telegram'ning kelajakdagi yangilanishlaridan birida, kanal adminlarida guruhlarga kanal nomidan ulanish imkoniyati paydo bo'ladi, ushbu ma'lumotni tarjimalar platformasi moderatori tasdiqladi.
Ehtimol, kanal egalari o'zlarining shaxsiy kanallari nomidan postlarga sharhlar yozishlari ham mumkin.
Bu kanal adminining shaxsiy profilini nafaqat kanalga tegishli guruh, balki boshqa guruhlarda ham yashirishga yordam beradi.
Ushbu funksiyaning qachon paydo bo'lishi hozircha noma'lum.
📝 Manba: @tginfo
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

#surovnoma #hardware
⌨️ O‘zingiz uchun ishlatishga qaysi klaviatura turini ma’qul deb bilasiz?
💿 Tavsiya etiladi: СОЛО на клавиатуре dasturi
📝 Manba: @solonabiraem
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
⌨️ O‘zingiz uchun ishlatishga qaysi klaviatura turini ma’qul deb bilasiz?
💿 Tavsiya etiladi: СОЛО на клавиатуре dasturi
📝 Manba: @solonabiraem
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#powerpoint
Shriftlarni tezkor tarzda almashtiramiz! 🚀
Taqdimotni yaratish vaqtida ko‘pincha yuzaga keluvchi muammo — bu bir vaqtning o‘zida bir nechta slaydlarda ma’lum bir shriftni boshqasiga almashtirishdir.
Bunday holatda bizga menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sidagi Замена шрифтов buyrug‘i yordam berishi mumkin. Shriftlarni almashtirish oynachasida almashtirilishi kerak bo‘lgan shriftni tanlash va uni aynan qaysi shriftga almashtirishni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ushbu buyruqning asosiy afzalligi — almashtirish bir vaqtning o‘zida taqdimotning barcha slaydlarida amalga oshiriladi.
🎞 Batafsil ma’lumotni postga biriktirilgan video orqali olishingiz mumkin 👇🏻.
⚠️ Taqdimot tayyorlashda imkon qadar, bizda Microsoft Word dasturida foydalanish bo‘yicha urfga kirgan serifli – Times New Roman shriftidan foydalanmang, chunki uning uzoqroqdan turib o‘qilishi biroz mushkul.
Uning o‘rniga serifsiz – Calibri, Arial, Verdana, Tahoma shriftlaridan birini foydalanish uchun tanlashingiz mumkin, o‘zingiz uchun buni solishtirib, sinab ko‘rishingiz mumkin.
Shunda auditoriyaning ortidan turib taqdimotni kuzatuvchi tinglovchilarda matnni ilg‘ash borasida muammo yuzaga kelmaydi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• “Serif” va “Sans-serif” shriftlarining farqi
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

#maslahat
🙋🏻♂️🙋🏻♀️ Xayrli kun, kanalimizning aziz muxlis va muxlisalari!
Khan Academy Oʻzbek jamoasining ta’lim sohasida olib borayotgan mashaqqatli mehnatiga cheksiz hurmatimizni izhor etgan holda, sizning e’tiboringizga ular tomonidan yaratilgan videodarslarining bizning sohamizda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan Telegram-kanallari ro‘yxatini taqdim etmoqchimiz!
MATEMATIKA:
• Boshlangʻich matematika — @kau_boshlangich_matematika
• Arifmetika — @kau_arifmetika
• Geometriya asoslari — @kau_geometriya_asoslari
• Boshlangʻich algebra — @kau_boshlangich_algebra
• Algebra 1 — @kau_algebra1
• Geometriya — @kau_geometriya
• Algebra 2 — @kau_algebra2
• Trigonometriya — @kau_trigonometriya
• Matematik analiz asoslari — @kau_matanaliz_asoslari
• Differensial tenglamalar — @kau_differensial_tenglamalar
• Chiziqli algebra — @kau_chiziqli_algebra
ANIQ VA TABIIY FANLAR:
• Fizika — @kau_fizika
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI:
• Dasturlash — @kau_dasturlash
• Informatika — @kau_informatika
➕ Sohamizga oid bo‘lmagan (balki qaysidir ma’noda oid bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan) kanallarni esa @kau_kurslar kanaliga o‘tgan holda ko‘rishingiz, obuna bo‘lib kuzatib borishingiz mumkin.
Aziz do‘stlar, ushbu imkoniyatlarning barchasi yurtimiz yoshlariga o‘quv dargohlarida olayotgan bilimlariga qo‘shimcha ravishda, jahon standartlariga mos qo‘shimcha bilim bo‘lishi uchun taqdim etilmoqda, Khan Academy Oʻzbek jamoasining faoliyati yurishishi uchun qanchadan-qancha ko‘ngillilar yordam qo‘lini cho‘zmoqda.
Shunday ekan, sizlardan ham ushbu resurslar mavjudligini yaqinlaringizga yetkazishni, ushbu postni imkon qadar sifatli ta’limning qadriga yetuvchi insonlarga yetib borishida qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rab qolamiz! 🤝
Khan Academy Oʻzbek jamoasiga yana bir bor cheksiz hurmatimizni izhor etgan holda, jamoaga qo‘shilish imkoniyati bo‘lsa, bundan faqat va faqat xursand bo‘lishimizni bildirib qolamiz! 🤲
👨🏻💻@itspecuz
Reklama emas

Mualliflik huquqi bilan himoyalangan filmlar, qo‘shiqlar, multfilmlar, kitoblar va boshqa kontentlarni ulashuvchi kanallarni rasmda ko‘rsatilgan holat kutmoqda.
Telegram o‘z tarkibiga o‘g‘irlangan kontentni olgan deyarli barcha postlarni, hattoki ular reklama tarkibida berilayotgan bo‘lsa ham, avtomatik ravishda o‘chiradi.
Siz ham bundan ogoh bo‘ling va shunga ko‘ra ish tuting.
📝 Manba: @raskruti
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Mualliflik huquqi bilan himoyalangan filmlar, qo‘shiqlar, multfilmlar, kitoblar va boshqa kontentlarni ulashuvchi kanallarni rasmda ko‘rsatilgan holat kutmoqda.
Telegram o‘z tarkibiga o‘g‘irlangan kontentni olgan deyarli barcha postlarni, hattoki ular reklama tarkibida berilayotgan bo‘lsa ham, avtomatik ravishda o‘chiradi.
Siz ham bundan ogoh bo‘ling va shunga ko‘ra ish tuting.
📝 Manba: @raskruti
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #texnologiya
Mohir fotosuratchilar jamoasi aslida Photoshop uchun deyarli ish qoldirmaydi, ushbu harakatlar va effektlarning yakuniy rasmda aks etayotgan natijasi shunchaki tahsinga loyiq! 👏🏻
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

#operatsion_tizim #internet #software
📱💻 Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
Shunday saytlar borki, ulardan faqat kompyuter uchun mo‘ljallangan brauzerlarda to‘laqonli foydalanish mumkin, yana shundaylari ham mavjudki, saytning maxsus funksiyalari unga faqat mobil brauzer orqali murojaat etilsagina namoyon bo‘ladi.
Kompyuterda ishlash vaqtida sizda u yoki bu saytning mobil telefon yoki planshet ekranida qanday aks etishini, ushbu qurilmalarga murojaat etmagan holda sinab ko‘rish istagi paydo bo‘ldi deylik. Ushbu maqolamiz orqali buni qanday qilib Chrome, Mozilla, Opera va Microsoft Edge brauzerlarida amalga oshirish mumkinligi borasida to‘xtalib o‘tishga qaror qildik.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

#mulohaza_uchun #internet
Tabiat qo‘yniga dugonasi bilan chiqqan qiz gulzorda chiroyli rasmga tushgisi kelib qoladi:
— “Meni shunday rasmga olginki, gulzor ichiga qarab yugurib ketayotgan bo‘lishim, sochlarim esa ortimdan xilpirab turishi kerak.”
Natijada esa... 👇🎞
Virtual fanatizm nima? 🤔
Sizda hech savol yuzaga kelganmi, nega siz doim ijtimoiy tarmoqlarga kirib, u yerda muntazam ravishda postlar yoki o‘z rasmlaringizni qoldirasiz? Aslida esa barchasi juda oddiy — sizda, sizga e’tibor berishlari uchun bo‘lgan ishtiyoq kuchli.
Odatda ijtimoiy tarmoqdan faol foydalanuvchi bunday insonlarga real hayotda jonli suhbat, boshqa insonlar tomonidan elementar qo‘llab-quvvatlash yetishmaydi. Ko‘pincha ularning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi ham past bo‘ladi.
Ammo virtual reallik — bu umuman o‘zga olam, u yerda emotsional xarakterning namoyon etilishi juda past, suhbatni ham jonli suhbat bilan solishtirib bo‘lmaydi.
Doim yangi rasmni profildagi sahifaga yuklashga bo‘lgan ishtiyoq, bu borada mutaxassisga murojaat etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu oldi olinishi lozim bo‘lgan jiddiy qaramlikdir!
ℹ️ Internet rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Insonlarda filmlar orqali xakerlar borasida hosil bo‘lgan tasavvur va asl dasturchilar o‘rtasidagi farq... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Insonlarda filmlar orqali xakerlar borasida hosil bo‘lgan tasavvur va asl dasturchilar o‘rtasidagi farq... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #bilasizmi
Keyinga qoldirish odati (Prokrastinatsiya) ⏱
Ushbu tushuncha muhim va shoshilinch ishlarni doimiy ravishda keyinga qoldirishni, foydali vazifalarni arzimas, ammo yoqimlilari bilan almashtirishni anglatadi.
Prokrastinatsiyani mahsuldorlikning asosiy dushmani deb hisoblashadi, chunki u dedlayn muddatlarining buzilishi va vazifalarni samarasiz bajarilishiga olib keladi.
Masalan, siz o‘zingiz uchun besh daqiqalik tanaffus e’lon qilib, ijtimoiy tarmoqlardan xabar olishga qaror qildingiz va oxir-oqibat soatingizga qarab, allaqachon bir soat vaqt o‘tganini angladingiz.
Ushbu vaqt ichida siz o‘nlab postlarga layklar bosdingiz, lekin ishingiz uchun muhim bo‘lgan biznes-rejani tuzmadingiz. Ya’ni, 60 daqiqa mutlaqo mazmunsiz o‘tgan bo‘ladi...
ℹ️ Qo‘shimcha o‘qish tavsiya etiladi:
• Prokrastinatsiyani 5 daqiqada yengish usuli

👍1
#telegram
Agar siz xabarni qayta yuborish (пересылка) uchun adashib boshqa chatni tanlab qo‘ygan bo‘lsangiz, yuborishdan oldin o‘ng chetdagi ❌ belgisi ustiga bosing. Siz bu orqali nafaqat qayta yuborish (пересылка)ni bekor qilishingiz, balki boshqa chatni ham tanlashingiz mumkin.
Agar qayta yuborilayotgan xabar rasm va ostidagi matn ko‘rinishidagi post bo‘lsa, yozuvi ko‘rinmaydigan qilib, post muallifini ham yuqorida ko‘rinmaydigan qilib uchinchi tomonga yuborishingiz mumkin.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Agar siz xabarni qayta yuborish (пересылка) uchun adashib boshqa chatni tanlab qo‘ygan bo‘lsangiz, yuborishdan oldin o‘ng chetdagi ❌ belgisi ustiga bosing. Siz bu orqali nafaqat qayta yuborish (пересылка)ni bekor qilishingiz, balki boshqa chatni ham tanlashingiz mumkin.
Agar qayta yuborilayotgan xabar rasm va ostidagi matn ko‘rinishidagi post bo‘lsa, yozuvi ko‘rinmaydigan qilib, post muallifini ham yuqorida ko‘rinmaydigan qilib uchinchi tomonga yuborishingiz mumkin.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software
Dasturiy ta’minotni o‘rnatishda ortiqcha qushcha belgilarini avtomatik “olib tashlagich” 🛡💿
Agar siz shaxsiy kompyuterlarda dasturiy ta’minotlarni ko‘p o‘rnatsangiz yoki yangilasangiz, unda sizga asosiy dasturdan tashqari, o‘zi bilan birga kompyuteringizga, masalan, Amigo brauzerini zimdan "olib kelmoqchi" bo‘lgan o‘rnatgichlar ma’lum bo‘lsa kerak.
Unchecky — buning oldini olish uchun mo‘ljallangan dastur. Uni o‘rnating va ortiqcha checkbox'lar doim faolsizlantirilgan holatda bo‘ladi.
Unchecky oynasini ochish uchun, pastki o‘ng burchakda soat yonida joylashgan fondagi dasturlar orasidan uning belgisi ustiga bosing.
Ushbu oynada qaysi o‘rnatgichlarda qaysi qushcha belgilari olib tashlanganligini ko‘rish, istisnolar qo‘shish, bildirishnomalarni o‘chirish va hokazolarni amalga oshirish mumkin.
Postga biriktirilgan videoda uning “µTorrent” mijozi va boshqa dasturlarning o‘rnatilishi misolida qanday ishlashi ko‘rsatib o‘tilgan.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Dasturiy ta’minotni o‘rnatishda ortiqcha qushcha belgilarini avtomatik “olib tashlagich” 🛡💿
Agar siz shaxsiy kompyuterlarda dasturiy ta’minotlarni ko‘p o‘rnatsangiz yoki yangilasangiz, unda sizga asosiy dasturdan tashqari, o‘zi bilan birga kompyuteringizga, masalan, Amigo brauzerini zimdan "olib kelmoqchi" bo‘lgan o‘rnatgichlar ma’lum bo‘lsa kerak.
Unchecky — buning oldini olish uchun mo‘ljallangan dastur. Uni o‘rnating va ortiqcha checkbox'lar doim faolsizlantirilgan holatda bo‘ladi.
Unchecky oynasini ochish uchun, pastki o‘ng burchakda soat yonida joylashgan fondagi dasturlar orasidan uning belgisi ustiga bosing.
Ushbu oynada qaysi o‘rnatgichlarda qaysi qushcha belgilari olib tashlanganligini ko‘rish, istisnolar qo‘shish, bildirishnomalarni o‘chirish va hokazolarni amalga oshirish mumkin.
Postga biriktirilgan videoda uning “µTorrent” mijozi va boshqa dasturlarning o‘rnatilishi misolida qanday ishlashi ko‘rsatib o‘tilgan.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#operatsion_tizim
Windows 10'da muvofiqlik rejimi (Режим совместимости) 🖥
Windows'dagi muvofiqlik rejimi operatsion tizimning oldingi versiyalarida ishlagan dasturlarni ishga tushirish imkonini beradi. Agar eski dastur Windows 10'da ishlashdan bosh tortsa, unda tizim bilan birga keluvchi muvofiqlik rejimidan foydalanib, muammoni hal qilishga urinib ko‘rish mumkin.
Buning uchun dasturni ishga tushiruvchi fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va Свойства menyu bandini tanlang. Ochilgan muloqot oynasida Совместимость varaqa (вкладка)siga o‘ting.
Запустить программу в режиме совместимости bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating va ochiluvchi ro‘yxatdan operatsion tizimning kerakli versiyasini tanlang. Shu bilan birga Выполнять эту программу от имени администратора bandi qarshisiga ham qushcha belgisini o‘rnatish mumkin. Применить -> OK tugmalari bosilib, kiritilgan o‘zgartirishlar saqlanadi.
⚠️ Shuni yodda tutingki, ayrim sabablarga ko‘ra muvofiqlik rejimi qo‘llanilgan ba’zi dasturlar shunda ham to‘g‘ri ishlamasligi mumkin. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bu usul ko‘p holatlarda eski dasturlarni ishga tushirishda ko‘mak beradi.

#mulohaza_uchun
Omadli insonning 7 siri 🤫
1. Ozodlik siri – boshqalar siz haqingizda qanday fikrda ekanidan xavotir olmaslik;
2. Reallik siri – har qanday fikrni albatta moddiylashtirish/amalga oshirish mumkinligini bilish;
3. Go‘zallik siri – o‘z tanasini boricha qabul qilish va sevish;
4. Do‘stlik siri – o‘zi va o‘zgalarni ayblamaslik va tanqid qilmaslik;
5. Muhabbat siri – muhabbatni hadya etish va o‘z suyuklilarini o‘zgartirishga urinmaslik;
6. Boylik siri – avval biror nimani berish/taqdim etish va keyingina olishga intilish;
7. Baxt siri – kamroq o‘ylash, ko‘proq sevish va xursandchilik ulashish.

Animatsiya stikerlari tanlovining birinchi bosqichi ishtirokchilari taqdim etgan ishlar contest.com veb-saytiga joylashtirildi.
Stikerlarni tomosha qilib, ma’qul kelganlariga ovoz berish mumkin. Yodda tuting, foydalanuvchilar tomonidan qo‘yilgan baholar tanlov natijalariga ta’sir qilmaydi.
📋 Tanlovlar kanali.
📝 Manba: @vamtlgrm
✅ Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣ | 🔟 | 11 | 12 | 13 | 14
📋 Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

⬆️⬇️ (bundan oldingi postdagi rasm va savolga ahamiyat bering)
Anonymous Quiz
26%
Главная
25%
Вставка
28%
Данные
10%
Формулы
10%
Вид