#operatsion_tizim
Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (1-qism) 🛠
Tizimning turli yordamchi va amaliy dasturlarini tezkor tarzda ishga tushirish uchun xizmat qiluvchi Выполнить oynasini biz WIN + R klavishlari birikmasi yordamida ekranga chaqiramiz.
📝 O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?
Masalan, Редактор реестра (Reyestr muharriri)ni ishga tushirish uchun biz regedit, Сведения о системе (Tizim haqida ma’lumotlar)ni ishga tushirish uchun esa – msinfo32 buyrug‘idan foydalanamiz.
Jami 3 qismdan iborat postlarimiz orqali Выполнить oynasi uchun asosiy buyruqlar ro‘yxati bilan yaqindan tanishamiz.
1️⃣. Tizim yordamchi dasturlari va u bilan birga keluvchi ba’zi dasturlarni ishga tushirish uchun buyruqlar:
❗️
• msconfig.exe – buyrug‘i yordamida biz har tomonlama foydali bo‘lgan Конфигурация системы oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oyna yordamida biz: turli parametrlar bilan xavfsiz rejim (Безопасный режим)ni faollashtirishimiz yoki Windows 10'ning odatiy yuklanishini amalga oshirishimiz; yuklanishdan keraksiz operatsion tizimlarni olib tashlashimiz; Сервис varaqa (вкладка)sida tizim bilan birga keluvchi diagnostika dasturlarini ishga tushirishimiz mumkin.
• control.exe – buyrug‘i Windows'ning Панель управления oynasini ekranga chaqiradi.
• msinfo32.exe – buyrug‘i yordamida biz Сведения о системе oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oynada kompyuteringizning apparat va dasturiy komponentlari haqida: asosiy plataning modeli, MAC-manzil, operativ (tezkor) xotira hajmi, protsessor yadrolari soni, Windows 10'ning versiyasi va razryadi (arxitekturasi) kabi ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
• cleanmgr.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Очистка диска Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi. Ushbu dastur keraksiz vaqtinchalik fayllar, Очистить системные файлы tugmasi bosilganida esa — hajmi ba’zida gigabaytlardan ham oshuvchi, qo‘llanilmayotgan tizim fayllarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan.
• mstsc.exe – Подключение к удаленному рабочему столу oynasini ekranga chaqiradi.
• sdclt.exe – buyrug‘i tizimni tiklash diskini yaratish, fayllarning tarixini sozlash, tizimning rezerv nusxasini yaratish imkonini beruvchi Windows 10'ni rezerv nusxalash va tiklash parametrlari oynasini ishga tushiradi.
• mmc.exe – Консоль управления (MMC) oynasini ishga tushiradi — bu, birinchi navbatda tizim administratorlari uchun tizimning apparat va dasturiy komponentlari holatini boshqarish va monitoring qilishga mo‘ljallangan Microsoft'ga va boshqa ishlab chiqaruvchilarga tegishli ulanadigan platformalar bilan ishlash uchun vositadir.
• resmon.exe – buyrug‘i tizim resurslarining samaradorligi va iste’molini tahlil qilish uchun qulay bo‘lishi mumkin bo‘lgan, tizim bilan birga keluvchi Монитор ресурсов yordamchi dasturini ekranga chaqirish uchun xizmat qiladi.
🔽 Ushbu postning 2-qismi | 3-qismi
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (1-qism) 🛠
Tizimning turli yordamchi va amaliy dasturlarini tezkor tarzda ishga tushirish uchun xizmat qiluvchi Выполнить oynasini biz WIN + R klavishlari birikmasi yordamida ekranga chaqiramiz.
📝 O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?
Masalan, Редактор реестра (Reyestr muharriri)ni ishga tushirish uchun biz regedit, Сведения о системе (Tizim haqida ma’lumotlar)ni ishga tushirish uchun esa – msinfo32 buyrug‘idan foydalanamiz.
Jami 3 qismdan iborat postlarimiz orqali Выполнить oynasi uchun asosiy buyruqlar ro‘yxati bilan yaqindan tanishamiz.
1️⃣. Tizim yordamchi dasturlari va u bilan birga keluvchi ba’zi dasturlarni ishga tushirish uchun buyruqlar:
❗️
Ushbu buyruqlarni .exe qo‘shimchasisiz ham kiritishingiz mumkin.
• explorer.exe – bir qarashda ushbu buyruq foydalidek tuyulmaydi: u shunchaki Проводник oynasini ekranga chaqiradi, lekin bu muammosiz ishlayotgan tizim uchun shunday. Aytaylik, siz tizimni ishga tushirayotib, “qora ekran” va “sichqoncha ko‘rsatkichi” holatiga duch kelib qolsangiz, ushbu buyruq boshqacha tarzda ishlash ehtimolligi bor: u ishchi stoli, vazifalar paneli va Windows'ning odatiy boshqa elementlarini ishga tushiradi (bu payt CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasi yordamida Диспетчер задач oynasi ishga tushiriladi va unda Файл -> Новая задача (Выполнить...) bandlari orqali Выполнить oynasi chaqiriladi).• msconfig.exe – buyrug‘i yordamida biz har tomonlama foydali bo‘lgan Конфигурация системы oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oyna yordamida biz: turli parametrlar bilan xavfsiz rejim (Безопасный режим)ni faollashtirishimiz yoki Windows 10'ning odatiy yuklanishini amalga oshirishimiz; yuklanishdan keraksiz operatsion tizimlarni olib tashlashimiz; Сервис varaqa (вкладка)sida tizim bilan birga keluvchi diagnostika dasturlarini ishga tushirishimiz mumkin.
• control.exe – buyrug‘i Windows'ning Панель управления oynasini ekranga chaqiradi.
• msinfo32.exe – buyrug‘i yordamida biz Сведения о системе oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oynada kompyuteringizning apparat va dasturiy komponentlari haqida: asosiy plataning modeli, MAC-manzil, operativ (tezkor) xotira hajmi, protsessor yadrolari soni, Windows 10'ning versiyasi va razryadi (arxitekturasi) kabi ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
• cleanmgr.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Очистка диска Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi. Ushbu dastur keraksiz vaqtinchalik fayllar, Очистить системные файлы tugmasi bosilganida esa — hajmi ba’zida gigabaytlardan ham oshuvchi, qo‘llanilmayotgan tizim fayllarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan.
• mstsc.exe – Подключение к удаленному рабочему столу oynasini ekranga chaqiradi.
• sdclt.exe – buyrug‘i tizimni tiklash diskini yaratish, fayllarning tarixini sozlash, tizimning rezerv nusxasini yaratish imkonini beruvchi Windows 10'ni rezerv nusxalash va tiklash parametrlari oynasini ishga tushiradi.
• mmc.exe – Консоль управления (MMC) oynasini ishga tushiradi — bu, birinchi navbatda tizim administratorlari uchun tizimning apparat va dasturiy komponentlari holatini boshqarish va monitoring qilishga mo‘ljallangan Microsoft'ga va boshqa ishlab chiqaruvchilarga tegishli ulanadigan platformalar bilan ishlash uchun vositadir.
• resmon.exe – buyrug‘i tizim resurslarining samaradorligi va iste’molini tahlil qilish uchun qulay bo‘lishi mumkin bo‘lgan, tizim bilan birga keluvchi Монитор ресурсов yordamchi dasturini ekranga chaqirish uchun xizmat qiladi.
🔽 Ushbu postning 2-qismi | 3-qismi
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍3
#bilasizmi
👩⚕️👩🏫 2021-yilda eng talab yuqori bo‘lgan kasblar ro‘yxati:
• Turli sohalar bo‘yicha tahlilchilar;
• Muhandislar va arxitektorlar;
• Savdo bo‘yicha mutaxassislar;
• Tibbiyot mutaxassislari;
• Korxonalarni boshqarish bo‘yicha maslahatchilar;
• Dasturchilar va ishlab chiqaruvchilar;
• Sanoat dizaynerlari;
• O‘qituvchilar, murabbiylar, repetitorlar, trenerlar.
📌 P.S.:

Xo‘sh, sizning kelajakda egallamoqchi bo‘lgan sohangiz shularning orasida bormi?
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija#ict_news #internet #security
Adobe Flash rasmiy ravishda “iste’foga chiqdi”. Kompaniya xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar bois 1996 yilda chiqqan plaginini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi.
Adobe plagin uchun ortiq yangilanishlar taklif qilmaydi va insonlarni uni o‘chirib tashlashga chorlamoqda. Shuningdek Flash o‘yinlar va videolarni qo‘llab-quvvatlashni 12-yanvardan boshlab to‘xtatadi.
📌 P.S.: 24 yil bizga hamrohlik qilib kelgan brauzerlarga qo‘shimcha sifatida ishlatilgan ushbu ajoyib plagin bilan xayrlashamiz 😢 va Adobe kompaniyasidan yaxshi yangiliklarni kutib qolamiz! ✊🏻
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

#smartfon #android #internet
📚 Maktab darsliklari endi onlayn formatda!
Ilovada siz uchun 1-sinfdan 11-sinfgacha, ya’ni barcha sinflar uchun darsliklar o‘rin olgan bo‘lib, o‘zingizga kerakli kitobni o‘zbekcha va ruscha formatlarda topishingiz mumkin.
📋 Ilovaning afzalliklari:
🔅Yangi darsliklar;
🔅Barcha sinflar uchun kerakli kitoblar;
🔅Barcha kitoblar sizga kerakli tillarda;
🔅Kerakli kitobni yuklab olish va istalgan vaqtda va istalgan sharoitda o‘qish imkoniyati;
🔅Qulay va samarali yengil ilova;
🔅Kitoblarni ulashish imkoniyati.
✅
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobiler.maktabdarsliklari
⌨️ Ilovani ishlab chiqargan: @uzmobiler
• “Ismlar ma’nosi”
• “Latifa.uz”
• “Full Qr Code Scanner and Generator”
• “Maqollar.uz” mobil ilovalari
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
📚 Maktab darsliklari endi onlayn formatda!
Ilovada siz uchun 1-sinfdan 11-sinfgacha, ya’ni barcha sinflar uchun darsliklar o‘rin olgan bo‘lib, o‘zingizga kerakli kitobni o‘zbekcha va ruscha formatlarda topishingiz mumkin.
📋 Ilovaning afzalliklari:
🔅Yangi darsliklar;
🔅Barcha sinflar uchun kerakli kitoblar;
🔅Barcha kitoblar sizga kerakli tillarda;
🔅Kerakli kitobni yuklab olish va istalgan vaqtda va istalgan sharoitda o‘qish imkoniyati;
🔅Qulay va samarali yengil ilova;
🔅Kitoblarni ulashish imkoniyati.
✅
Ilovani yuklab oling va yaqinlaringizga ham ulashing!
📥 Ilovani yuklab olish uchun havola:👇🏻https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobiler.maktabdarsliklari
⌨️ Ilovani ishlab chiqargan: @uzmobiler
• “Ismlar ma’nosi”
• “Latifa.uz”
• “Full Qr Code Scanner and Generator”
• “Maqollar.uz” mobil ilovalari
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (2-qism) 🛠
🔼 Ushbu postning 1-qismi
• regedit.exe – juda ko‘p marotaba esga olinuvchi buyruq, Редактор реестра oynasini ishga tushiradi, u tizimning “juda nozik”, foydalanuvchidan o‘ta ehtiyotkorlikni talab etuvchi sozlamalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uni boshqarishni yaxshi tushunib olish orqali tizimni o‘zingiz uchun qulay holda sozlash va uning ishlash tezligini ancha oshirishingiz mumkin.
• perfmon.exe – tizim samaradorligini kuzatish vositalarini o‘z ichiga oluvchi Системный монитор yordamchi dasturini ishga tushiradi. Shuningdek u, tizim barqarorligi monitorini o‘z ichiga oladi.
• mrt.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Средство удаления вредоносных программ Microsoft Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi, uning tizimda mavjudligini ko‘pchilik bilmasligi ham mumkin (Защитник Windows bilan adashtirmang). U har oy yangilanadi va kompyuterga tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni tekshirish uchun birlamchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.
• winver.exe — o‘rnatilgan Windows'ning versiyasi, nashri va yig‘ilishi (сборка) haqida ma’lumot beruvchi oynani ekranga chaqiradi.
• calc.exe — tizim bilan birga keluvchi Калькулятор dasturini ishga tushiradi.
• charmap.exe — foydalanuvchiga klaviaturada uchramaydigan, qo‘shimcha belgi (simvol)lardan foydalanish imkonini beruvchi Таблица символов yordamchi dasturini ishga tushiradi.
• osk.exe — sichqoncha yordamida boshqariluvchi ekran klaviaturasini ishga tushiradi.
• taskmgr.exe — Windows'da ishlab turgan jarayonlar, xizmatlar, avtoyuklanishda turgan dasturlar, protsessor, operativ xotira, disklar, tarmoqning ishlash ko‘rsatkichini o‘zida aks ettiruvchi oynasi ishga tushiradi.
• dxdiag.exe — tizim, kompyuterning grafik va ovoz komponentlari parametrlari va imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi, DirectX diagnostika uchun yordamchi dasturini ishga tushiradi.
• shutdown.exe — kompyuterni o‘chirish, qayta yuklash va boshqa vazifalar uchun buyruq, masalan, shutdown /o /r /t 0 buyrug‘i kompyuterni tiklash muhitida qayta yuklash uchun xizmat qiladi.
2️⃣. Boshqaruv paneli (Панель управления) va boshqaruv konsoli (Консоль управления)larga tegishli elementlarini ishga tushirish buyruqlari:
• compmgmt.msc — buyrug‘i kompyuterni boshqarish elementlari (tizim yordamchi dasturlari)ni taqdim etuvchi oynani ochadi. Ularning barchasini alohida ochish ham mumkin, albatta, biroq kimgadir aynan shunday interfeys ma’qul kelishi mumkin.
• devmgmt.msc — Kompyuterga ichki va tashqi ulangan qurilmalar dispetcheri (Диспетчер устройств).
• diskmgmt.msc — Windows disklarini boshqarish (Управление дисками). (Qattiq) diskni bo‘lim (раздел)larga bo‘lish va disklar bilan ishlashdagi boshqa maqsadlar uchun qo‘llanishi mumkin.
• eventvwr.msc — Windows hodisalarini kuzatish (Просмотр событий). Nosozliklar yuz berganda tizimning xatti-harakatlarini tahlil qilish, xatoliklar sabablarini aniqlashga imkon beradi.
• services.msc — buyrug‘i Xizmatlar (Службы) oynasini ishga tushiradi, u orqali Windows'dagi ishlab turgan xizmatlarning joriy holatini ko‘rish, ularni ishga tushirish yoki to‘xtatish, ishga tushirish turini o‘zgartirish mumkin.
🔽 Ushbu postning 3-qismi
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

#bilasizmi #mulohaza_uchun #operatsion_tizim #software #smartfon #android #iOS
O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati 📖
📌 1. Timetable (Android uchun)
📌 2. Evernote (iOS, Windows Phone va Android uchun)
📌 3. FBReader (Windows, Android va boshq.)
📌 4. MyScript Calculator (Android va iOS uchun)
📌 5. Duolingo (Android va iOS uchun)
📌 6. Wikipedia Mobile (Android, Windows Phone, iOS uchun)
📌 7. Words (Android va iOS uchun)
📥 Ilovalarni App Store va Play Market'lardan izlab ko‘ring va yuklab oling 😉
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

#mulohaza_uchun
UMRGA MUNOSIB BO‘LISHGA INTILAMIZ! 📈
Hammaga yashash uchun har kuni 24 soat beriladi. Hayot mana shu – bizga berilgan lahzalar sarhisobi. To‘g‘ri, u qisqa. Ammo qadriga yetib, o‘tkinchi hayotning mohiyatini tushunib oqilona yashalsa, bu – bir marta huzurlanib yashash uchun yetarli fursat. Garchi hayot yillar bilan o‘lchansa ham, biz umr deganda baxtli daqiqalar, go‘zal xotiralarni eslaymiz.
Aytishadi-ku, bir kunlik umrda ham bir asrlik hayot kechirsa bo‘ladi. Buning uchun umrga munosib bo‘lish kerak. Nazarimda, buning uchun quyidagi amallarga odatlanmoqlik maqsadga muvofiq.
– 24 soatni faqat o‘zingizga sarflamang. “Bir kunda bir soat do‘st uchun yasha...” ohangi qulog‘imizga chalingach, uning naqadar to‘g‘ri chorlov ekanini tan olamiz. Boshqalar uchun qayg‘urish, boshqalarga dalda bo‘lish va boshqalar bilan fikrlashishni kanda qilmang. Hayotingizda ma’no yo‘qligini sezgan kuningiz atrofingizga boqing va odamlarga yordam qo‘lini cho‘zing. Bu yaxshiligingiz yashashingiz uchun sabab bo‘ladi.
– Hayot siz uchun nimani anglatishini aniqlang. O‘zingizni hayotdagi so‘nggi yillaringizni yashayotgandek tasavvur qiling. Bu – hayot! Va siz o‘sha mahalda o‘tgan umringizni qanday tasavvur qilib, nima deb izohlagan bo‘lar edingiz? Hayot – go‘zallik, muhabbat, jo‘shqinlik, yaratuvchanlik va qiziquvchanlik mujassam bo‘lgan muqaddas ibodatxonadir. Ibodat esa ezgu amal va ezgu fikrni anglatadi.
– Kelajakda yashashni bas qiling. “Bir kuni”, “vaqtim yoki imkonim bo‘lganida” degan rejalar ko‘payib ketsa, bir zumga to‘xtang va o‘zingizdan “nimaga hozir yoki bugun emas?” deb so‘rang. Hayot afsuslar bilan uyg‘onish uchun qisqalik qilishini his eting. Har kuni sizga tirikligingizni eslatadigan biror ish qiling.
– Ko‘proq baxtiyor va samimiy odamlar davrasida bo‘ling. Ular hayotni boshqalarga qaraganda yaxshiroq his qilganlari uchun ham uni yorqinroq ko‘radilar. Siz ham ulardan ijobiylikni o‘rganing. Unutmang: yo‘qotilgan vaqt – biz yashay olmagan daqiqalardir.
– Dardga matonatli bo‘ling. Og‘riq va qayg‘ular umrimizning kunlarini o‘g‘irlaydi. Hayot sizga limon otganida, siz undan limonad sharbatini tayyorlang. Aytishadi-ku, sinovlarga seni kuchsiz qilishlariga yo‘l qo‘yma. Aks holda hammasini yana boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi.
– Shuuringizga diqqat qiling. Shunda undagi istaklar so‘zga aylanadi. So‘zlaringizga diqqat qiling – ular harakatga aylanishadi. Harakatga ergashing – u odatga aylanadi. Odatlarga diqqat qiling, shunda fazilat shakllanadi. Fazilat esa sizning taqdiringizdir.
– Odamlarni kechiring va ularni seving. Inson – tirik mavjudotlar orasida kuchli quvvat manbaiga ega jonzot. Bu quvvatni u ma’naviy ildizlardan oladi. Buning uchun esa shoshib chiqarilgan xato xulosalarni rad qilish. Kimnidir yomon ko‘rish, kimdandir nafratlanish – bular bizni oxir-oqibat dushmanidan qo‘rqqan, himoyaga muhtoj odamga aylantirib qo‘yadi. Himoya esa yashash emas, yashashdan qochish degani.
– O‘z-o‘zingizga hayot sabog‘ini berishga odatlaning. Yashash – muntazam qilingan xatolar xulosasi. Modomiki, xulosa yo‘q ekan, yashab ham bo‘lmaydi. Boshi devorga tegib ham saboq chiqarmayotgan odam esa chindan-da qashshoq va baxtsizlikka munosib.
– Tavakkal qilishga odatlaning. Bu o‘zini hayotning eng yaxshisiga munosib ko‘rish degani. Hayot ishora va belgilar yordamida bizga doimo “Kel, ichkariroq kir!” deydi. Ammo ko‘pincha biz uning suratini olamiz-da, so‘ng qo‘rqib orqaga tisarilamiz.
– Har daqiqa aziz insonlarni qadrlang va himoya qiling. Hayot, bu faqat ish degani emas. Shunday ekan, oila, ota-ona, do‘stlaringiz uchun ham yashang. Ayniqsa, ota-onani aziz bilib, xizmatlarini qiling. Shekspir aytganidek, ota-onaning ovozi – Yaratganning ovozi. Farzand uchun ular jannat yo‘lboshlovchilaridir. Muvaffaqiyatli insonlarning eng katta yutuqlari – oqil va oqila ota-ona bilan siylanishlaridir.
📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz” kitobi

#smartfon #android
🔍 Duplicate Files Fixer — ushbu ilova xotirada qo‘shimcha makon hosil qilish uchun qaytariluvchi (dublikat) fayllarni izlab topadi va o‘chiradi. Android 4.1+.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🔍 Duplicate Files Fixer — ushbu ilova xotirada qo‘shimcha makon hosil qilish uchun qaytariluvchi (dublikat) fayllarni izlab topadi va o‘chiradi. Android 4.1+.
Pro-versiya.
📎 Duplicate Files Fixer v4.5.1.29 mobil ilovasini yuklab olish.📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor
Ta’tildan qaytib, E-mail'dagi kiruvchi xabarlar papkasini ochganingda... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Ta’tildan qaytib, E-mail'dagi kiruvchi xabarlar papkasini ochganingda... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (3-qism) 🛠
🔼 Ushbu postning 1-qismi | 2-qismi
• gpedit.msc — lokal guruh siyosati (Групповая политика) muharriri. Windows 10 Home (Домашняя)da mavjud emas.
• ncpa.cpl — Windows'dagi tarmoq ulanishlari ro‘yxati, ushbu vosita yordamida ularning holatini kuzatish va sozlash mumkin.
• appwiz.cpl — buyrug‘i dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish (Программы и компоненты) interfeysini ekranga chaqirish.
• lusrmgr.msc — lokal foydalanuvchilar va guruhlar (Локальные пользователи и группы)ni boshqarish.
• powercfg.cpl — noutbuk yoki ShK elektr ta’minoti (Электропитание) parametrlarini sozlash oynasiga murojaat etish.
• firewall.cpl — Windows brandmauer (tarmoqlararo ekran, Firewall)i parametrlari.
• sysdm.cpl — virtual xotira fayli (файл подкачки), tizimni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan tiklanish nuqtalari (точки восстановления), tizimning tezkor ishlash parametrlari (параметры быстродействия), o‘zgaruvchi muhitlarni sozlash uchun mo‘ljallangan Параметры системы oynasini ekranga chaqirish.
• mmsys.cpl — Windows'ning yozib olish va ijro etish qurilmalari holatini kuzatish oynasi (Звуки).
• taskschd.msc — Windows 10'dagi vazifalarni rejalashtirish (планировщик заданий) oynasini ishga tushirish.
3️⃣. Windows 10'ning tizimli papkalarini tezkor ochish uchun buyruqlar:
❗️
• “
• “
• “
• “
• “
• “
• “
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar (3-qism) 🛠
🔼 Ushbu postning 1-qismi | 2-qismi
• gpedit.msc — lokal guruh siyosati (Групповая политика) muharriri. Windows 10 Home (Домашняя)da mavjud emas.
• ncpa.cpl — Windows'dagi tarmoq ulanishlari ro‘yxati, ushbu vosita yordamida ularning holatini kuzatish va sozlash mumkin.
• appwiz.cpl — buyrug‘i dasturlarni o‘rnatish va o‘chirish (Программы и компоненты) interfeysini ekranga chaqirish.
• lusrmgr.msc — lokal foydalanuvchilar va guruhlar (Локальные пользователи и группы)ni boshqarish.
• powercfg.cpl — noutbuk yoki ShK elektr ta’minoti (Электропитание) parametrlarini sozlash oynasiga murojaat etish.
• firewall.cpl — Windows brandmauer (tarmoqlararo ekran, Firewall)i parametrlari.
• sysdm.cpl — virtual xotira fayli (файл подкачки), tizimni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan tiklanish nuqtalari (точки восстановления), tizimning tezkor ishlash parametrlari (параметры быстродействия), o‘zgaruvchi muhitlarni sozlash uchun mo‘ljallangan Параметры системы oynasini ekranga chaqirish.
• mmsys.cpl — Windows'ning yozib olish va ijro etish qurilmalari holatini kuzatish oynasi (Звуки).
• taskschd.msc — Windows 10'dagi vazifalarni rejalashtirish (планировщик заданий) oynasini ishga tushirish.
3️⃣. Windows 10'ning tizimli papkalarini tezkor ochish uchun buyruqlar:
❗️
Ushbu buyruqlar qo‘shtirnoqlarsiz kiritiladi.
• “\” — bevosita (C:) diskiga o‘tish.• “
.” — Joriy foydalanuvchining papkasini ochish (C:\Users\Foydalanuvchi_nomi).• “
..” — “Foydalanuvchilar” (“Пользователи”, “Users”) papkasini ochish.• “
%temp%” — Vaqtinchalik fayllar papkasi (Temp)ni ochish.• “
%appdata%” — Joriy foydalanuvchining AppData\Roaming papkasini ochish.• “
%localappdata%” — Joriy foydalanuvchining AppData\Local papkasini ochish.• “
%systemroot%” — C:\Windows papkasini ochish.• “
%programdata%” — C:\ProgramData papkasini ochish.ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#bilasizmi #maslahat #mulohaza_uchun
✨Maqsadga erishish uchun 7 muhim qadam
1. Maqsadlaringizni umumiy qilib bir joyga yozing.
2. Muhimligi bo‘yicha faqat bir maqsadni o‘zingiz uchun tanlang.
3. Maqsadni aniq qadamlarga bo‘lib chiqing.
4. Maqsadga erishish uchun vaqt jadvalini belgilang.
5. Qadamlaringizni rejalashtiring.
6. Boshqa maqsadlarga chalg‘imang.
7. Keyingi maqsadni amalga oshirishga kirishing.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
✨Maqsadga erishish uchun 7 muhim qadam
1. Maqsadlaringizni umumiy qilib bir joyga yozing.
2. Muhimligi bo‘yicha faqat bir maqsadni o‘zingiz uchun tanlang.
3. Maqsadni aniq qadamlarga bo‘lib chiqing.
4. Maqsadga erishish uchun vaqt jadvalini belgilang.
5. Qadamlaringizni rejalashtiring.
6. Boshqa maqsadlarga chalg‘imang.
7. Keyingi maqsadni amalga oshirishga kirishing.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #grafika #IT_humor
👩🏻🦱 Onam: O‘g‘limiz dizayner bo‘ladi.
👨🏻 Otam: Yo‘q, u dasturchi bo‘ladi.
Qo‘shni xonada esa men: 🙄
📌 P.S.: Xullas six ham kabob ham kuymasin deb, tinchgina Web-dizayn sohasini tanlayqoldim! 😁
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari

#operatsion_tizim #software
🗂 Total Commander - barcha zamonlarning eng mashhur fayl menejeri, u foydalanuvchilarga qattiq disklardagi har qanday fayllarga oson murojaat etish, ko‘plab miqdordagi amallarni bajarish, arxivlar, multimedia ma’lumotlari bilan ishlash va shu kabi ko‘plab eng zaruriy imkoniyatlarni taqdim etadi.
USHBU VERSIYA HAQIDA
🆚 Versiya: v10.0
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi
📎 Total Commander v10.0 dasturini yuklab olish.
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Barcha kompyuterda bo‘lishi shart bo‘lgan 8 dastur
• Total Commander dasturi bilan to‘liq tanishamiz!
• Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Shaxsiy fayllarni yashiramiz!
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🗂 Total Commander - barcha zamonlarning eng mashhur fayl menejeri, u foydalanuvchilarga qattiq disklardagi har qanday fayllarga oson murojaat etish, ko‘plab miqdordagi amallarni bajarish, arxivlar, multimedia ma’lumotlari bilan ishlash va shu kabi ko‘plab eng zaruriy imkoniyatlarni taqdim etadi.
USHBU VERSIYA HAQIDA
🆚 Versiya: v10.0
🖥 OT: Windows
📀 Razryadlik: x86/x64
🇷🇺 Interfeys tili: Ruscha
🔑 Davolash: Talab etilmaydi
📎 Total Commander v10.0 dasturini yuklab olish.
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Barcha kompyuterda bo‘lishi shart bo‘lgan 8 dastur
• Total Commander dasturi bilan to‘liq tanishamiz!
• Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Shaxsiy fayllarni yashiramiz!
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#operatsion_tizim
Faol oynadan tashqari qolgan barchasini vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish ⬇️
Agar sizda ko‘plab oynalar ochilgan bo‘lib, tanlangan oynadan tashqari qolgan barchasini pastga tushirish zarurati yuzaga kelsa, buning uchun maxsus silkitish (встряска) amalini qo‘llashingiz mumkin.
Sichqoncha yordamida kerakli oynaning sarlavha satri ustiga bosib, ushlab turgan holda, uni chapga-o‘ngga silkiting. Bu orqali siz tanlanganidan tashqari qolgan barcha oynalarni ekrandan pastga tushirasiz.
Agar tanlangan oyna yana bir bor silkitilsa, unda pastga tushgan oynalarning barchasi yana o‘z joyiga qaytariladi.
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

#mulohaza_uchun #software #IT_humor
Dastur yuzaga kelib turgan xatoliklarga qaramay ishlashda davom etib turgan payti, uning dasturchilar tomonidan to‘g‘rilanishi taxminan mana shunday ko‘rinishda bo‘lsa kerak... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Dastur yuzaga kelib turgan xatoliklarga qaramay ishlashda davom etib turgan payti, uning dasturchilar tomonidan to‘g‘rilanishi taxminan mana shunday ko‘rinishda bo‘lsa kerak... 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
🛡 Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Aytaylik, siz boshqa operatsion tizimni o‘rnatishga qaror qildingiz, vaholanki yuklanish prioritetlari to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa-da, biroq tizim yuklanuvchi fleshkani ko‘rmayapti deylik. Bunday holatda sizga Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish talab etiladi.
U kompyuter ishga tushirilgan paytda avtorizatsiyadan o‘tmagan operatsion tizim va dasturiy ta’minotlarning ishga tushirilishiga to‘sqinlik qilish funksiyasini ta’minlaydi.
Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish uchun, avvalambor, kompyuteringizning UEFI (BIOS) sozlamalariga kirishingiz lozim. Buning uchun odatda ShK ishga tushirilishi bilan
Ushbu postimizda turli ishlab chiqaruvchilarga tegishli asosiy plata (материнская плата)larda ushbu funksiyani o‘chirib qo‘yishga misollarni keltirib o‘tamiz.
👉🏻 Batafsil…
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
• Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
• Dastur o‘rnatish san’ati
• Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
• Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
• Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
• Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🛡 Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Aytaylik, siz boshqa operatsion tizimni o‘rnatishga qaror qildingiz, vaholanki yuklanish prioritetlari to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa-da, biroq tizim yuklanuvchi fleshkani ko‘rmayapti deylik. Bunday holatda sizga Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish talab etiladi.
U kompyuter ishga tushirilgan paytda avtorizatsiyadan o‘tmagan operatsion tizim va dasturiy ta’minotlarning ishga tushirilishiga to‘sqinlik qilish funksiyasini ta’minlaydi.
Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish uchun, avvalambor, kompyuteringizning UEFI (BIOS) sozlamalariga kirishingiz lozim. Buning uchun odatda ShK ishga tushirilishi bilan
DEL yoki F2 klavishlaridan birini bosish talab etiladi.Ushbu postimizda turli ishlab chiqaruvchilarga tegishli asosiy plata (материнская плата)larda ushbu funksiyani o‘chirib qo‘yishga misollarni keltirib o‘tamiz.