This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #grafika #texnologiya
🏎 Mashina tomonidan amalga oshirilayotgan driftning 3D animatsiyasi.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

#bilasizmi #telegram
🎞 Videoni istalgan formatda yuborish uchun uni Telegram'ga o‘rnatilgan muharrir yordamida kesishingiz va istalgan tomonga aylantirishingiz mumkin.
✅ Ushbu mavzu doirasidagi boshqa postlarimiz:
• Telegram’da bir telefon raqamidagi ma’lumotlarni boshqasiga o‘tkazish
• Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish
• Audio yoki videoxabarning yuborilishini qanday rejalashtirish mumkin?
• Telegram'da qabul qilingan rasmlarni dastlab galereyaga saqlash zaruratisiz tahrirlash va qayta yuborish imkoniyati mavjud
• Bir nechta musiqa treklarini chatga yoki “Избранное” papkasiga yuborishda, ularni tinglash qulay bo‘lishi uchun bitta pleylistga guruhlang
• Telegram’ingizda screenshot olib bo‘lmayaptimi?
• Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati
• Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash
• Rasm yoki videoni yuborishdan oldin tezda optimallashtirish
• Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?
• Telegram'da xabarlardagi matnlarning formatini o‘zgartirish
• Telegram’ning rasmiy mobil ilovasida guruhdagi foydalanuvchining rasmini to‘liq o‘lchamida ko‘rish uchun chatdagi kichik rasmining ustiga bosib, biroz ushlab turing
• Telegram’da animatsion stikerlarning siklik harakatlanib turishini o‘chirib qo‘yish imkoniyati bor
• Telegram’da individual tarzda avtomatik yuklanuvchi media fayllar o‘lchamini sozlash mumkin
• Telegram'ning kompyuterlar uchun mo‘ljallangan "Telegram Desktop" ilovasida emodzilarning to‘rt to‘plamidan birini tanlash mumkin
• Agar siz chatlar, kanallar va guruhlar ro‘yxatidagi xabarlarda ko‘proq ma’lumotni ko‘rishni istasangiz, unda ikki satrli ko‘rish rejimidan uch satrlisiga o‘tib olsangiz bo‘ladi
• Chat, guruh yoki kanalga rasm ostida matn ko‘rinishida yuborilgan xabardagi rasmni o‘zgartirish
• Siz profilingiz uchun ilgari qo‘llagan har qanday rasm yoki videotasvirni qayta qo‘llashingiz mumkin
• Telegram’dagi shaxsiy yozishmalarda xabarlarni 48 soat mobaynida tahrirlash imkoniyati mavjud
• Telegram’da videoning o‘ng yoki chap chetiga ikki marta bosilsa, videorolik 10 soniyaga oldinga/orqaga o‘tkaziladi
• Rasmni Telegram'dan chiqmagan holda yaxshilaymiz
• Telegram Desktop video va fotoni ko‘rsatmagan taqdirda nima qilish lozim?
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postimiz bilan tanishing.

#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Sun’iy intellekt haqidagi tasavvurlar va asl haqiqat... 🙄

#smartfon #android #internet #security
🛡 NetGuard – Wi-Fi/mobil internetdan birini tanlagan holda ma’lum bir ilova(lar)ga internetdan foydalanishni cheklash uchun xizmat qiluvchi mobil ilova. Android 5.1+.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🛡 NetGuard – Wi-Fi/mobil internetdan birini tanlagan holda ma’lum bir ilova(lar)ga internetdan foydalanishni cheklash uchun xizmat qiluvchi mobil ilova. Android 5.1+.
To‘liq versiya.
📎 NetGuard v2.291 mobil ilovasini yuklab olish.📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #software
Windows uchun Fences dasturi 🗂
🖥 Qo‘llab-quvvatlanuvchi OT: Windows 10, 8, 7, Vista
📀 Razryadlik: x86/x64
🏳️ Interfeys tili: ingliz/rus
🗓 So‘nggi yangilanish: 2019
🔑 Davolash: Arxiv tarkibida Patch-fayl mavjud
🏢 Ishlab chiqaruvchi: Stardock Corporation
🌐 Rasmiy veb-sayt: https://www.stardock.com/products/fences/
Dastur haqida
Fences (Fensis) – Ishchi stoli (Рабочий стол)dagi belgi (иконка)larni, ularning kategoriyalari (papkalar, fayllar, dasturlar, havolalar va boshq.) bo‘yicha guruhlash uchun xizmat qiluvchi yordamchi dastur. Dastur avtomatik ravishda Ishchi stolining tarkibini bloklarga ajratgan holda tartibga soladi, bunda bloklarning har birining tashqi ko‘rinishini sozlash, ya’ni qayta nomlash, shakli va o‘lchamini o‘zgartirish, bloklarga belgilarni qo‘shish, ularning shaffofligini o‘zgartirish, shuningdek qo‘llanilmayotgan belgilarni berkitish mumkin.
Bundan tashqari, Fences yordamida skrinshotlar olish va ekranning masshtabini o‘zgartirish mumkin. Xohishga ko‘ra ushbu yordamchi dasturni – Ishchi stolidagi barcha fayl va papkalar belgilangan qoidalarga ko‘ra avtomatik ravishda guruhlanadigan qilib sozlash mumkin.
Stardock Fences dasturining imkoniyatlari
Ishchi stolidagi belgilarni tartibga solish uchun Fences bir nechta funksiyalarni taklif etadi:
🔹“Bloklarni” yaratish – bu o‘z kategoriyasiga (papkalar papkalar bilan, dasturlar dasturlar bilan, fayllar fayllar bilan) mos tarzda belgilarni o‘z ichiga oluvchi Ishchi stolidagi qoraytirilgan sohalardir. Foydalanuvchi bloklarning o‘lchami, nomini o‘zgartirishi va hattoki ularni siljitishi, shuningdek o‘z kategoriyalarini yaratishi mumkin;
🔸Barcha belgilarni tezkor berkitish imkoniyati – ekranning bo‘sh qismiga sichq. chap tugmasini ikki marta bosish orqali ularni berkitish va qayta ko‘rsatish mumkin;
🔹Ikki guruhlash rejimi: avtomatik va qo‘lda guruhlash. Foydalanuvchiga tanlash uchun ishchi stoli elementlarini joylashtirishning 8 uslubi taqdim etiladi. Qo‘lda guruhlash rejimida foydalanuvchi bloklarning joylashuvi va shaklini o‘z xohishiga ko‘ra sozlashi mumkin;
🔸Fences'ni Windows'ning Проводник'iga integratsiyasi – bu orqali tizim resurslari tejaladi va dastur bilan ishlash soddalashadi;
🔹Bloklarni papkalarga biriktirilishi – ushbu holatda blokda qattiq diskdagi papkaning tarkibi ko‘rinib turadi.
Ishchi stolida mavzulashtirilgan bloklardan iborat bir nechta profillarni yaratish va ular o‘rtasida o‘tish qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu funksiya yordamida, masalan, bloklarni nima uchun belgilanganligiga qarab ajratish mumkin. Shunchaki qulaylik uchun o‘rnatilgan o‘yinlar, audio va video dasturlardan iborat modullarni, multimediali tarkibga ega papkalarni, doimiy qo‘llaniluvchi amaliy DT va ishlash uchun zaruriy fayllarning alohida joylashishini sozlab olish mumkin.
Davolash va rusifikatsiya qilish amaliyoti
Fences ishchi stolidagi tartibsizlikka chek qo‘yishda yordam beradi. Dastur pullik hisoblanadi, so‘nggi versiyasi 3.05 indeksida ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2017 yili – ingliz tilida taqdim etilgan.
Uni “davolash” uchun, u o‘rnatilganidan so‘ng barcha oynalarni yopish va yordamchi dasturni ishga tushirmay turib, patchni dastur o‘rnatilgan papkaga nusxalab o‘tkazish lozim. Shundan keyin ushbu fayl administrator nomidan ishga tushiriladi va “Patch” tugmasi bosiladi. Keyingi qadamda kompyuter qayta yuklash, dasturning Tarmoqqa chiqishini cheklash talab etiladi va ro‘yxatdan o‘tgan versiyadan zavq bilan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Rus tilini qo‘llab-quvvatlanishi Stardock Fences Pro 1.01.143 (2011)'da joriy etilgan. Davolash amaliyoti murakkab emas – buning uchun dastur o‘rnatilganidan so‘ng shunchaki arxivdagi ishga tushiruvchi faylni dastur o‘rnatilgan papkaga nusxalab o‘tkazish va faylning o‘rniga-o‘rin yozilishiga ruxsat berish talab etiladi.
📎 Kompyuter uchun Fences dasturini yuklab olish.
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

#test #internet
Qaysi klavishlar birikmasi yordamida brauzerlarda yopilgan sahifani qayta tiklash mumkin?

Anonymous Quiz
6%
PAUSE
15%
ESC + PAUSE
42%
CTRL + SHIFT + T
37%
CTRL + BACKSPACE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Men: Dastur kodidagi ushbu xatolikni yarim soat ichida to‘g‘rilab bera olaman! 😎
Yarim soatdan keyin men: 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Men: Dastur kodidagi ushbu xatolikni yarim soat ichida to‘g‘rilab bera olaman! 😎
Yarim soatdan keyin men: 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #smartfon #internet
Kesh nima? 🤔
Uyali telefonlar va tarmoqlarda “kesh” (ing. cache) atamasi, odatda, telefon yoki tarmoqdagi yaqin kelajakda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning nusxalarini saqlaydigan xotira maydonini anglatadi. Bu bilan veb-sahifalar va ilovalarga tezroq kirish mumkin bo‘ladi.
Masalan, telefoningizda veb-sahifaga kirganingizda, uning nusxasi telefonning kesh xotirasida saqlanishi mumkin. Agar o‘sha sahifa qayta so‘ralsa, sahifaning internetdan qayta yuklab olinishini kutish o‘rniga, sahifa darhol keshdan ko‘rsatilishi mumkin.
Shunday qilib, elektron keshdagi ma’lumot tezkor kirish uchun axborotning ikkilamchi nusxasi hisoblanadi.
☝🏻Telefon sozlamalaridagi ilovalar bo‘limiga o‘tib, har bir dastur xotiradan kesh uchun qancha joy egallab turganligini bilish va uni tozalab turish mumkin. Keshni butun telefon bo‘ylab tahlil qilib tozalash uchun CCleaner mobil ilovasidan foydalanish tavsiya etiladi.
📝 Mirzoxidbek @terabaytuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Saytlar to‘g‘ri ochilmasligi: sababi va bartaraf etish yo‘llari
• Telefon nega qotadi?
• Telegram ilovasida keshni SD-kartaga o‘tkazish imkoniyati yuzaga keldi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism| 5-qism | 6-qism

#mulohaza_uchun
IJOBIYLIK – MUVAFFAQIYATNING YAGONA SIRI 🙃
Muvaffaqiyat qozonish juda oson. Yuqori natijalarga erishayotgan insonlar o‘z imkoniyatlariga ishonadilar. Ularning yagona ustunligi – shu.
Har insonda o‘ziga xos tabiat shakllangan bo‘ladi. Inson xulqida ijobiy yoki salbiy jihatlar ustun bo‘ladi. Ijobiy fazilatlilar beligacha qum to‘ldirilgan qopni “yarim bo‘sh” ko‘radi. Shu tabiatiga ko‘ra, uning atrofida o‘z muhiti vujudga keladi. Uning omadli yoki omadsizligi xuddi shu muhitga bog‘liq.
Buyuk insonlar omadining bosh sababi – ularning fe’l-atvorida ishonch va ijobiy hislarning ustunligidir. Ijobiylik – buyuklarning eng buyuk fazilati, desak xato bo‘lmaydi.
Har bir oilada o‘ziga xos an’ana bor. Har bir jamiyatning o‘ziga tegishli bo‘lgan urf-odatlari mavjud. Qaysidir davlatga xos siyosiy yoki ijtimoiy an’analar, shu millatning xususiyatlari hamda fazilatlari negizida shakllanadi. Mamlakatdagi bu umumiy tabiat uning kelajagini belgilaydi.
Bugungi zamon va o‘tmish davrlarning muhitida o‘ziga xos fazilat va ziddiyatlar borligi aniq. Ruhshunos Martin Seligmanning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, XX asrning so‘nggi 30 yilida ruhshunoslikka ixtisoslashgan jurnallardagi salbiy kayfiyat aks etgan maqolalar hajmi 46 ming hamda ijobiy ruhdagi ishlar hajmi bor yo‘g‘i 400 sahifa ekan.
“Har narsani yaxshilikka yo‘y”, “Hammasi yaxshillikka”, “Taskin olish uchun hikmat izla” kabi qadimiy naqllar baxtli yashash sirlaridan biri. Uni ijobiy ruhdagi kishilar yaratgan. Ijobiy fazilatlilar olamni, undagi har bir narsani odamzodga xayrixoh deb bilishadi. Har bir voqeani xosiyatli hisoblashadi. Biz yoshlikni ilm uchun sarflaymiz. Oqibatda yaxshi turmush tarzidan tortib, jamiyatda o‘zimizga yarasha hurmatga ham erishamiz. Ijobiy tabiatli kishilar hayot ularni yig‘lashga majbur qilganda ham bunda bir xosiyat ko‘ra oladilar.
Hindistonning Maharashtra shtati sharqida joylashgan so‘lim Mahabaleshvar vohasi bo‘ylab yo‘l boshlovchi hamrohligida sayohat qilar ekanmiz, bir necha chaqirimlik sayr barchani holdan toydirdi. Yo‘l boshlovchi va’da qilganidek, so‘nggi manzil sharshara edi. Sharsharaga yetganimizda tabiatning bu qadar go‘zalligidan lol qoldik. Kun issig‘ida holsizlanib, sharshara quyilayotgan anhor bo‘yidagi bahaybat daraxtning tanga orom bag‘ishlovchi soyasida cho‘zildik. Uzoq sayohatdan keyin bu rohatni ta’riflashga til ojiz edi.
“Namuncha issiq bo‘lmasa, yo Xudo!”, dedi sayyohlardan biri juda norozi ohangda. Umri oftob ostida o‘tgan, zuvalasi shu issiqda pishgan yo‘lboshchi bu nolishdan so‘ng jilmaydi: “Agar issiq bo‘lmaganida, siz hozir bu soyada lazzatlanish qanchalik yoqimli ekanini tassavur qila olmas edingiz”, dedi ajin to‘la peshonasini silab. “Sher va yirtqichlarni yaratgani uchun Xudodan nolima. Ularga qanot bermagani uchun shukr qil, degan maqol bor bizda”, qo‘shimcha qildi u.
Bu dunyo biz uchun barcha qulayliklari bilan yaratilgan. Hayotning har bir lahzasida baxt bor. Faqatgina uni his qilish uchun istak zarur.
Misol uchun, deraza oynasidan yomg‘irni tomosha qilish, yaqin do‘stingizdan xabar olish, farzandingizga yangi nimadir o‘rgatib, jajji qalbni to‘g‘ri tarbiyalash, uzoq vaqtdan keyin ota-onangiz bilan ko‘rishish, mazmunli suhbat, ilk marotaba sevib qolish, tun yarmida shirin uyqudan uyg‘onib, tonggacha hali borligidan quvonish, kimdandir o‘zingiz haqida yaxshi ta’rif eshitish, sevgilingiz yoki turmush o‘rtog‘ingiz mehribonligidan lazzatlanish, qiziqarli film ko‘rish, mehr bilan dasturxon tuzash yoki ovqat pishirish, quyosh chiqayotganini tomosha qilib ruhlanish, yangi do‘stlar orttirish, qadrdonlar bilan choyxonada o‘tirish, qo‘shnilar bilan hangoma qilish ...
Bu ro‘yxatni hali uzoq davom ettirish mumkin. Imkoniyat bor ekan, hayotdan zavqlanish kerak. Shunda omad sizdan uzoqlashmaydi.
📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi
“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”
📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

#bilasizmi #ict_news #internet
🌐 Janubiy Koreya barcha avtobuslarida bepul internet taqdim qilingan birinchi mamlakatga aylandi
Janubiy Koreya barcha avtobuslarida bepul Wi-Fi internet taqdim qilingan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.
Tegishli dasturning amalga oshirilishi yakunlanishiga bag‘ishlangan kichik tantanali marosim Seul markazida yo‘lovchi avtobuslaridan birida bo‘lib o‘tdi. Avtobusda Janubiy Koreyaning fan, texnologiyalar va telekommunikatsiyalar vaziri Chxve Gi Yon va hukmron “Toburo” demokratik partiyasidan ikki deputat bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi barcha shahar avtobuslarini bepul internet bilan jihozlash dasturi 2018 yilda boshlangan va 2020 yil 14 dekabrda to‘liq yakunlandi. Endilikda mamlakatning barcha avtobuslarida yo‘lovchilar bepul internetdan foydalana oladilar. Ta’kidlanishicha, Janubiy Koreya barcha yo‘nalishli avtobuslarda ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada 35 ming 6ta yo‘nalishli avtobus harakatlanadi. 29 mingdan ko‘proq avtobusni bepul internet taqdim qilish uchun qurilmalar bilan jihozlashni markaziy hukumat, 5 ming 906tasini ta’minlashni esa mahalliy hokimiyat idoralari o‘z zimmasiga olgan.
Dasturning dastlabki natijalari ham ma’lum qilindi: o‘rtacha har oy har bir avtobusda 1228 kishi bepul internetdan foydalangan, axborot almashish hajmi esa bir avtobusga oyiga 55,3 Gb'ni tashkil qilgan.
Janubiy Koreya fan vazirligi vakilining ta’kidlashicha, keyingi 3 yil ichida avtobuslarda bepul internetdan foydalanishdan olinadigan iqtisodiy samara 220 mlrd vonni (200 mln dollar) tashkil qilishi kerak.
📝 Manba: @kunuzofficial

#mulohaza_uchun #grafika #IT_humor
Devorda yugurish imkoniyatiga buyurtma berganmidingiz? Marhamat! 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Devorda yugurish imkoniyatiga buyurtma berganmidingiz? Marhamat! 🙄
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security #maslahat
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturiga oid tavsiyalar 📋
Operatsion tizimni imkon qadar qayta o‘rnatib, unga kerakli bo‘lgan barcha drayver va dasturiy ta’minotlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan keyin, fayllar bilan ishlashdan oldin, kompyuteringizni boshidan antivirus himoyasi ostiga olish (bu borada Kaspersky Lab yoki Eset Nod 32 antiviruslarining bir yillik litsenziyasini xarid qilgan holda foydalanish maqsadga muvofiq) va fleshkalarni faqat Total Commander dasturi yordamida ochgan holda foydalanish tavsiya etiladi.
Oddiy foydalanuvchilar shunchaki Total Commander dasturining qadriga yetishmaydi. Virus tufayli berkinib qolgan fayl va papkalarni Windows'dagi Проводник dasturi ko‘p holatlarda ko‘rsatib bera olmaydi, Total Commander esa doim ushbu ma’lumotlarni (agar ular chindan ham fleshkada va berkitilgan holatga o‘tib qolgan bo‘lsa) doim ko‘rsatib kelgan.
Total Commander'da berkinib qolgan fayllarni ko‘rsatish uchun tartib: Yuqoridagi menyuda satridagi Вид → Расширенные настройки (birinchi turadi) → Показывать скрытые и системные файлы: вкл/выкл (ro‘yxatda pastdan beshinchi, sariq undovchali belgisi bor).
O‘zi Windows operatsion tizimining 8, 8.1, 10 va 11-versiyalarida fleshkani kompyuterga ulaganingizda, fleshka tarkibidagi ma’lumotlarning Проводник (Мой компьютер yoki Этот компьютер oynasi)da umuman ochilmaydigan qilib sozlab qo‘yganingiz ma’qul, barcha viruslar va zararkunanda dasturlar Windows'ning mana shu qoida bo‘yicha o‘rnatilgan sozlamasi tufayli kompyuterning operativ xotirasiga “yopishib oladi”.
Fleshka Проводник dasturida avtomatik ravishda ochilib ketmasligi uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi: Панель управления (WIN+R → control → ENTER) → Просмотр (oynaning yuqori o‘ng burchagida joylashgan Категория → Мелкие значки'ga o‘zgartiriladi) → Автозапуск → Съемный носитель (ro‘yxatida Не выполнять никаких действий tanlanadi) → Сохранить tugmasini bosgan holda kiritilgan o‘zgartirish saqlanadi (bu muhim, saqlash yodingizdan ko‘tarilmasin).
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Shaxsiy fayllarni yashiramiz!
• Barcha kompyuterda bo‘lishi shart bo‘lgan 8 dastur
• Total Commander dasturi bilan to‘liq tanishamiz!
• Total Commander kompyuter dasturi
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👍3
#ict_news #telegram #mulohaza_uchun
“Telegram” va “VKontakte” “qora ro‘yxat”ga kiritildi 🕵🏻♂️
Yevrokomissiya qaroqchilikka sharoit yaratib, ortidan daromad olishi mumkin bo‘lgan resurslarning yangi ro‘yxatini e’lon qildi. RBK yozishicha, ushbu ro‘yxatga ilk marotaba “Telegram” messenjeri hamda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i kiritildi.
Ro‘yxat bir qator huquq egalarining hisobotlari asosida shakllantiriladi. Xususan, “Telegram” foydalanuvchilari, ommaviy kanallardan ham foydalangan holda “kontentni noqonuniy ayirboshlash” (musiqa, kitoblar, filmlar, teledasturlar, yangilik va xabarlar kabilar) bilan shug‘ullanishyapti. Bundan tashqari, obunachilar qaroqchilik kontenti mavjud saytlarga havolalarni ham o‘zaro baham ko‘rishmoqda, deyiladi Yevrokomissiya xulosasida.
“VKontakte”ga ham deyarli shu yo‘sindagi ayblovlar qo‘yilgan.
Kutilmaganda o‘zlarini “qora ro‘yxat”da ko‘rgan “Telegram” hamda “VKontakte” vakillari e’tirozlarini bildirishni boshlashdi. Masalan, “Telegram” o‘z platformasida har qanday zararli kontentga toqat qilmasligini va ularni 24 soat davomida o‘chirib tashlayotganini ma’lum qilgan. “VKontakte” ham qaroqchilikka kurashdan chetda turmaganini, huquq egalarining har qancha e’tirozlari bo‘lsa, elektron shaklda qabul qilishini bildirgan.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👍1
#excel
Tasodifiy sonni generatsiya (hosil) qilish 🎰
Excel'ning o‘zidan uzoqlashmay turib har qanday tasodifiy sonni generatsiya qilish mumkin.
Buning uchun shunchaki
A = pastki chegara (masalan, 1)
B = yuqori chegara (masalan, 100)
Agar pastki chegaraning qiymati yuqori chegaraning qiymatidan katta bo‘lsa, u holda funksiya xatolik haqida xabar beradi.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Tasodifiy sonni generatsiya (hosil) qilish 🎰
Excel'ning o‘zidan uzoqlashmay turib har qanday tasodifiy sonni generatsiya qilish mumkin.
Buning uchun shunchaki
=СЛУЧМЕЖДУ(A;B) funksiyasidan foydalanish mumkin.A = pastki chegara (masalan, 1)
B = yuqori chegara (masalan, 100)
Agar pastki chegaraning qiymati yuqori chegaraning qiymatidan katta bo‘lsa, u holda funksiya xatolik haqida xabar beradi.
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram
Telegram allaqachon yaqinlashib kelayotgan yangi yilga o‘z tayyorgarligini boshlab yuborgan. Shu mavzu doirasidagi bir nechta emodzilarga ovozli ta'minot qo‘shildi: 🎉🎄 🎊.
Ovozini eshitib ko‘rish uchun emodzini alohida xabar ko‘rinishida yuboring va ustiga bosing.
✅ Kanalimizdagi bundan ilgari ulashilgan emodzilar haqidagi postlar bilan tanishing:
1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣ | 6️⃣ | 7️⃣ | 8️⃣ | 9️⃣ | 🔟 | 11

Trenerimiz: — Tilni tashuvchi inson bilan suhbatlashib turilsa, unda bu tilni juda tez o‘zlashtirish mumkin!
C++'ni o‘zlashtirayotgan men bu payt: 🙄

#mulohaza_uchun #dasturlash
❓Dasturchilar qancha daromad topadi?
Yuqoridagi Screenshot'larda O‘zbekiston bozoridagi dasturchilarga bo‘lgan talab bilan tanishishingiz mumkin. Agar ingliz tilini bilsangiz va bilimingiz yetarli bo‘lsa, xalqaro bozorda bundan bir necha barobar ko‘p maosh taklif qilinadi.
Xo‘sh, shuncha pul to‘lanadigan kasbni qanday egallash mumkin? Mustaqil o‘rgansa bo‘ladimi?
❗️Javob: Dasturlashni o‘rganish uchun sizda 2 ta yo‘l bor:
1️⃣. Ingliz va rus tillarini yaxshi o‘rganib, YouTube va shu kabi manbalardan mustaqil o‘rganish (2-3 yil);
2️⃣. Yoki ma’lum miqdorda investitsiya kiritib, qisqaroq muddatda yaxshi ustozlardan o‘rganish.
✅ Qaysi birini tanlash esa, o‘zingizga bog‘liq! 😉
ℹ️ IT-sohasi atrofidagi dastur va texnologiyalardan foydalanish hamda tizimli va veb-dasturlashni mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiluvchi manbalar:
• Bepul video darslarni ulashuvchi maxsus bot
• Python dasturlash tili bo‘yicha
• Full-Stack (ya'ni veb)-dasturlash bo‘yicha