IT specialist
9.6K subscribers
1.15K photos
495 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#ict_news #it_darslar

Coursera xalqaro platformasida bepul onlayn kurslar 🆓🔖

IT Park hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yetakchi onlayn taʼlim platformalaridan biri boʻlgan Coursera bilan hamkorlikda aksiya tashkil qildilar. Aksiyada barcha xohlovchilar, ayniqsa ishsiz qolganlar 2020-yilning 14-iyulidan 31-dekabriga qadar barcha kurslarda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Coursera – bu xalqaro onlayn taʼlim platformasi boʻlib, unda dunyoning eng yaxshi universitetlarida va kompaniyalarida faoliyat yurituvchi eng kuchli oʻqituvchilar jam boʻlgan.

Ushbu portalda 64 mln.dan ziyoda foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtgan, 4 500 dan ortiq kurslar, 450 mutaxassislik, 20 ta daraja mavjud.

Bugungi kunga qadar (06.08.2020) 5100 ariza qabul qilindi va 140 foydalanuvchi oʻz sertifikatiga ega boʻlib ulgurdi.

https://clck.ru/PeZoK(UZ) https://clck.ru/PeZmh(RU) havolalari orqali ariza qoldirgan holda 30-sentyabrga qadar roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Ko‘rsatma:

Roʻyxatdan oʻtish jarayonidan soʻng, siz 3 kun ichida arizada qoldirilgan E-mail'ingiz orqali taklifnoma havolasiga ega boʻlasiz. Har bir roʻyxatdan oʻtuvchi 31-dekabrga qadar ushbu portaldagi istalgan kursda bepul oʻqishi mumkin boʻladi. 2020-yilda aksiya muddati oʻz yakuniga yetadi.

📝 Manba: IT-park.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
android-on-windows-10.gif
16.4 MB
#operatsion_tizim #android #smartfon

💥 Microsoft yangi funksiyani taqdim qildi - endi Samsung smartfonlarini Windows operatsion tizimida ishlatish mumkin! 💻📱

ℹ️ Microsoft kompaniyasi Windows 10 foydalanuvchisiga Android dasturlarini toʻgʻridan-toʻgʻri Windows 10'da ishga tushirishga imkon beradigan yangi xususiyatni e'lon qildi.

Ushbu funksiya faqat tanlangan Samsung Galaxy qurilmalarida qoʻllab-quvvatlanadi va Windows 10'ga mos keladigan qurilmalarga ilovalarni uzatish imkonini beradi.

Ushbu xususiyatdan foydalanish uchun Samsung Galaxy foydalanuvchilari birinchi navbatda Smartfon ilovasi yordamida oʻz qurilmalarini Windows 10 bilan bogʻlashlari kerak.

Bu amalga oshirilgandan soʻng, ular "Windows'ga bogʻlanish" tugmachasini tanlashlari mumkin va mavjud ilovalar roʻyxati quyida koʻrsatilgandek Windows 10'da koʻrsatiladi.

Qaysi Samsung qurilmalari qoʻllab-quvvatlanishini batafsil bilib oling: https://support.microsoft.com/en-us/help/4551890/supported-devices-for-your-phone-experiences

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#telegram #internet

Telegram’da “Избранное” menyusining imkoniyatlari 📥

Qisqa qilib aytganda "Избранное" menyusi Sizni qiziqtirgan ma’lumotlarni bir joyda saqlash imkoniyatidir.

Sizga tanishmi?

Nimadir sabab bo‘lib kerakli ma’lumotlaringiz o‘chib ketdi. Android tizimida berilgan imkoniyatlardan foydalanishni (masalan Google Disk, Samsung Cloud) ko‘pchiligimiz bilmaymiz, erinamiz yoki parolni eslay olmaymiz.

Garchi Telegram’da “Избранное” menyusi asosan messenjerdan olingan ma’lumotlarni saqlash uchun yaratilgan bo‘lsa-da, Biz bu menyudan to‘liq shaxsiy xotira (“Облачное хранилище”, Telegramdagi biz uchun masofaviy serverda ajratilgan bulutli xotira makoni) sifatida foydalansak bo‘ladi.

Aynan Telegram’dan shu maqsadda foydalanishning bir necha afzalliklari:

- Ma’lumotlar har doim qo‘l ostida, faqat Internet bo‘lsa bo‘ldi. Hattoki dasturning o‘zi ham shart emas (eslatma, Web-versiya);
- Login, parolni umuman eslab qolish shart emas. Ishlab turgan telefon raqaminigizning o‘zi yetarli;
- Xotira hajmi chegaralanmagan va bepul, faqat fayl hajmi 2 Gb;
- Fayllar kerakli tartibda joylashadi (video, fayl, audiofayl, havolalar, ovozli xabarlar).

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

👨🏻‍💻@itspecuz
🌭2🤔1
#mulohaza_uchun

Kasb tanlashda nimalarga e'tibor qaratish kerak? 🤔

Kasb tanlash – har bir inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri. Kasb – nafaqat daromad topish manbai, balki umrning asosiy qismi sarflanadigan faoliyat hamdir.

Psixologlar bunday mas’uliyatli qaror qabul qilishda faqatgina atrofdagilarning tavsiyasiga tayanish emas, tahlilning boshqa muqobil variantlarini ham qo‘llashni taklif qilishadi.

Kasbga yo‘naltirish psixologiyasi bo‘yicha mutaxassis Azizxon Bahodirov bu boradagi tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Psixologik testlar

O‘zingizda qaysi kasbga moyillik va qiziqish yuqori ekanini psixologik testlar orqali birlamchi bosqichda aniqlab olishingiz mumkin. Faqatgina bunda onlayn platformalarda duch kelgan testga emas, soha mutaxassislari ishlab chiqqan professional testlarga tayanish kerak.

Shuni esda tutish kerakki, test natijalariga “hukm” deb qarash kerak emas. Ular faqatgina moyillik yo‘nalishini belgilab beradi.

Bilimlaringizni kengaytiring

Turli kasbiy yo‘nalishlar, istiqbolli soha va mutaxassisliklar to‘g‘risida bilimlarni mustahkamlash kerak.

Har yili o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha kitoblar nashr qilib boriladi. Ularda hattoki maktab o‘quvchilariga tanish bo‘lmagan kasblar bilan ham tanishish mumkin. Ehtimol, ulardan biri sizning tanlovingiz bo‘lishi mumkin.

Kasblar bilan yaxshiroq tanishib chiqing

Maktabni bitirish arafasida o‘spirin ko‘pincha kasblar haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladi. Ular tanlagan kasblarining faqat ijobiy yoki aksincha salbiy jihatlarini ko‘rishadi. Bunda ota-onalar farzandlariga ko‘p narsalarni aniqlashtirishda yordam berishlari kerak.

9-sinfdan boshlab asta-sekin o‘zingiz tanlagan yo‘nalish bilan tanishish maqsadida institut va universitetlardagi “Ochiq eshiklar” kunlarida ishtirok etish maqsadga muvofiq.

Istaklarni tizimlashtiring

Qog‘oz oling. O‘zingizni qiziqtirayotgan kasblarni vertikal ravishda va tanlanajak kasbdan nimani istashingizni gorizontal ravishda joylashtirib chiqing. Jadvalni iloji boricha batafsil to‘ldirish kerak. Tanlangan kasb sohasi va kishi undan nimalarni kutayotgani bir-biriga mos kelsa, “+”, mos bo‘lmasa “-” ishoralarini qo‘yishingiz lozim. Bu o‘z istaklarini aniqlashtirishga yordam beradi va shu istakka mos kasb haqidagi tasavvurni aniqlashtiradi.

Amaliyot

Qaysi kasbni tanlash haqida bir qarorga keldingiz, deylik. Endi o‘zingizni shu yo‘nalishda sinab ko‘rish kerak. Buning uchun turli o‘quv-guruhlari bo‘lgan ko‘plab ixtisoslashgan maktablar va kurslar mavjud bo‘lib, ular transport vositalari mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha o‘zingizni sinab ko‘rish imkoniyatini beradi.

Zaxira aerodromi

Asosiy tanlovdan tashqari, qo‘shimcha ravishda e’tiborga olinuvchi “zaxira” tanlov ham bo‘lishi kerak. Chunki hayotni oldindan prognozlashtirib bo‘lmaydi, unda har qanday holat ro‘y berishi mumkin.

Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga kira olmay qolgan taqdirda tushkunlikka tushmaslik, boshqa optimal variantlarni ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.

Qaror faqat mustaqil qabul qilinadi

Ota-ona tomonidan beriladigan maslahatlar foydali, lekin ular yakuniy qaror bo‘lmasligi, yordamchi ta’sirga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Yoki ona/ota o‘z yoshligida egallay olmagan, armon bo‘lib qolgan kasbga farzandini yo‘naltirishi ham noto‘g‘ri. Farzand – alohida shaxs va uning o‘z istaklari bor. Bu istaklar avvalroq armon bo‘lgan xohishlar uchun qurbon bo‘lmasligi kerak.

Oilaviy an’analarni davom ettirish majburiy emas

Farzand onasi yoki otasining kasbini davom ettirmoqchi bo‘lsa, bu juda yaxshi. Lekin bunga uni majburlash noto‘g‘ri. Otaning shu kasbda o‘z baxti va muvaffaqiyatini topgani o‘g‘ilda ham xuddi shu ssenariy takrorlanadi degani emas.

Inson yoqtirmagan ishi bilan butun hayoti davomida shug‘ullansa, o‘zini baxtsiz his qiladi.
Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak:

– Sizni yaqindan biluvchi insonlar – oila a’zolaringiz, do‘stlaringiz bilan maslahatlashgan holda, o‘zingizga qaysi kasb ko‘proq mos kelishi haqida so‘rab olishingiz mumkin.

– Ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi. Maxsus manbalar (adabiyotlar, onlayn platformalar) talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar beradi.

– Istaklaringiz va hayotdagi maqsadlaringizdan kelib chiqing.

– To‘plagan ma’lumotlaringizni chuqur tahlil qiling. “Hayotda menga nima kerak?” degan savolga javob berishga harakat qiling.

– Imkoniyat bo‘lsa, kasb tanlash bo‘yicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.

📝 Manba: @kunuzofficial

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat #smartfon

Suvga cho‘kkan smartfonni qanday qutqarish mumkin? 💦📱

Smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi: qayerda bo‘lsak — doim yonimizda. Ishimiz ham shu bilan, ermagimiz ham shu. Smartfonning buzilib qolishi-ku, “kun kayfiyati”ni belgilab beradi... Buzilish sabablari esa ko‘p, masalan, ko‘plab elektron qurilmalar kabi smartfon ham suv bilan chiqishmaydi.

Mabodo suvga cho‘kkan smartfon hayot alomatlarini ko‘rsatmayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak? “RIA Novosti”ning ushbu savoliga “Raqamli platformalar” notijoriy tashkilotining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Aleksandra Gavrilova javob berdi.

“Agarda telefoningiz suvga cho‘kkan bo‘lsa, oqibatlarini yumshatishning bir nechta yo‘li bor. Birinchidan, zamonaviy telefonlarining aksariyati suv o‘tkazmaydi, suvga tushib ketgan qurilma darhol olingan bo‘lsa, omadingiz chopib, unga hech narsa qilmasligi ham mumkin. Biroq, har ehtimolga qarshi, unga bir kun dam berib, ertasiga ishlatganingiz ma’qul”, — dedi mutaxassis.

Agarda telefon suv o‘tkazuvchan va ishlamayotgan bo‘lsa, uni yoqish, tugmalarini bosish, silkitishga urinmang. “Aks holda tizim platasi va alohida qismlariga shikast yetkazib qo‘yish hech gapmas. Telefondagi ayrim qismlarni almashtirib bo‘lmaydi, ustabuzarmonlik oqibatida smartfoningizdan ayrilib qolishingiz mumkin”, — ogohlantiradi Gavrilova.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, smartfonni mustaqil quritishga urinish ayrim detallarning ishdan chiqishiga ham olib keladi. Eng oddiy ustaxonada ham smartfonni ochib, quritib, ishlatib bera olishadi, unaqa qimmat ham emas. Smartfon suvga tushib ketib ishlamay qoldimi, darhol ustaga ko‘rsating, shunda smartfonga qimmat ehtiyot qism sotib olish yoki uni butunlay yangisiga almashtirishga to‘g‘ri kelmaydi.

📝 Manba: Xabar.uz

📌 P.S.: Xo‘sh, sizda ham smartfon bilan bog‘liq shunday hodisa yuz berganmi?

👨🏻‍💻@itspecuz
👍3😱1
#maslahat #telegram

Hurmatli kanalimiz obunachilari, IT sohasi muxlislari! 👋🏻

Hozirda ko‘pchiligimiz ko‘p kanal va guruhlarga obuna bo‘lganligimiz bois, biz uchun asosiy hisoblangan guruh va kanallardan keluvchi xabarlarni birinchi navbatda ko‘rish maqsadida, qolgan kanal va guruhlardagi Bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yamiz.

Shu tufayli yangi kanalga obuna bo‘lgan paytimizda, qoida bo‘yicha ko‘pincha unda Bildirishnomalar o‘chirilgan holatda bo‘ladi. Agar IT specialist (@itspecuz) kanali siz uchun qiziq bo‘lsa va unda joylashtirib borilayotgan postlar bilan o‘z vaqtida tanishib borishni ixtiyor etsangiz, unda sizdan kanal Bildirishnomalarini yoqib qo‘yishingizni iltimos qilgan bo‘lardik.

Buning uchun kanal ostida joylashgan ikki tugmadan birinchisiga ahamiyat berishingiz lozim. Agar u “ВКЛ. ЗВУК” (“SUKUTDAN CHIQARISH”) holatida bo‘lsa, demak kanal Bildirishnomalari o‘chgan holatda bo‘ladi. Bildirishnomalarni qabul qilishni faollashtirish uchun shu tugma ustiga bosing va u “УБРАТЬ ЗВУК” (“SUKUT QILISH”) holatiga (post ostida 👇🏻 biriktirilgan rasmdagi kabi ko‘rinishga) o‘tadi.

Kanalda shu kunga qadar juda ko‘p sonli postlar joylashtirilgan, shunchaki ular biroz yuqoriroqda, e’tiboringizdan chetga qolgan bo‘lishi mumkin. Kanalda joylashtirib borilayotgan postlar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun postlarining yuqori qismida joylashtirib kelinayotgan: #maslahat, #telegram, #test, #word, #excel va boshq. kabi heshteglardan oqilona foydalanib borishni tavsiya etamiz.

📌 P.S.: Kanalga obuna bo‘lib, ko‘pchilikda yuzaga kelayotgan: "IT o‘zi nima?" savoliga javob ushbu postimizda keltirilgan.

Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun Sizdan minnatdormiz!

© IT specialist kanali ma’muriyati
👍13🔥1😁1🤔1
#telegram

Telegram’ning “Saqlangan xabarlar” (Избранное) bo‘limidan foydalanishda e’tiborli bo‘ling. 📥

Shu nom bilan nomlangan biror akkaunt sizni chalg‘itishi mumkin, ya’ni shaxsiy ma’lumotingizni “Saqlangan xabarlar” o‘rniga boshqa birovga jo‘natib yuborish ehtimoli mavjud.

1️⃣. Firibgar o‘z akkauntini “Saqlangan xabarlar” deb nomlaydi.

2️⃣. Avatariga “Saqlangan xabarlar” rasmini o‘rnatadi.

3️⃣. Jabrlanuvchiga xabar jo‘natib, darrov o‘chiradi (yozishmalarning eng tepasida qolish uchun).

4️⃣. Qalbaki yaratilgan bo‘limga biror ma’lumot saqlanishini kutadi.

📍Yechimi: chatlarda suhbatdoshning oxirgi faol bo‘lgan vaqti yozilsa, “Saqlangan xabarlar” bo‘limida bu yozuv yo‘q. Tezda farqlab olish uchun ushbu bo‘limdagi biror xabarni yuqori qismiga qadab qo‘ying.

👉🏻 O‘QING: Telegram’da “Избранное” menyusining imkoniyatlari

“Saqlangan xabarlar” (Избранное) deb nomlangan akkauntlar Telegram tomonidan o‘chirilmoqda 🚫

Yuqoriroqda ma’lumot berilgan usul bilan boshqa foydalanuvchilarni aldashga uringanlarga Telegram chora ko‘rishni boshladi.

Agarda, akkaunt “Saqlangan xabarlar” (Избранное) deb qayta nomlansa yoki yangidan yaratilsa profil o‘chiriladi.

Birov bilan “hazillashish” uchun ushbu usulni qo‘llash profilni to‘liq o‘chishiga (qayta tiklab bo‘lmaydi) ham olib kelishi mumkin.

Oldinroq, akkauntini “Telegram” nomi va avatarida samolyot rasmidan (rasmiy Telegram akkauntiga o‘xshatish) foydalanuvchilar abadiy spam taqiqini olishgan.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1🔥1😁1
#mulohaza_uchun #internet #operatsion_tizim #IT_humor

Foydalanuvchi (kompyuterga):
“Kompyuter, iltimos o‘chaqol endi.” 😫

Kompyuter (foydalanuvchiga):
“Ha, albatta!” 😊

Brauzerlar:
“Hoy, shoshma tentak! Biz axir ishlab turibmizku.” 😠

Kompyuter (brauzerlarga):
“Eee yigitlar, sizlar umuman hayolimdan ko‘tarilibsizlarku!” 😯😋🔫

📌 P.S.: Brauzerlar ham dasturlardir, rahmingiz kelsin...

👨🏻‍💻@itspecuz
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram animatsiyali emojilar to‘plamini to‘ldirdi. 🆕

Bu safar quyidagi kulgichlar qo‘shildi: 😈😺😸😹😼😽🙀😿😾😎☺️😊😴🍑

👨🏻‍💻@itspecuz
#android #smartfon

“Tap, Tap” mobil ilovasi 📱

Android 11 bilan bir qatorda, Google “Columbus” imo-ishoralari ustida ham ish olib bormoqda. Qurilmaning orqa paneliga ikki marta teginasiz (tapillatasiz) va ma’lum bir harakat sodir bo‘ladi.

Masalan, fonarchani yoqish, skrinshot olish, Google Assistant’ni chaqirish va boshqalar. Tajribali dasturchilar har doimgidek ushbu funksiyani ham qolgan qurilmalarga nisbatan qo‘llashning uddasidan chiqishdi.

Endi Android 7+ va ARM8’ga ega barcha foydalanuvchilar ushbu imo-ishoralardan foydalana oladilar:
1. “Tap, Tap”ni yuklab oling, o‘rnating va ishga tushiring.
2. “Accessibility Service is disabled” ustiga bosing.
3. Bu sizni maxsus imkoniyatlar oynasiga olib o‘tadi.
4. U yerdan “Tap, Tap”ni toping.
5. Bosing va faollashtiring.
6. Ilovaga qayting.
7. “Gesture”ga bosing.
8. “Device Model”ni tanlang.
9. O‘lchamlari o‘zingiznikiga yaqinroq bo‘lgan qurilmani tanlang.
Masalan, Xiaomi Redmi Note 5 uchun bu Google Pixel 3 XL.
10. “Actions”ga kiring.
11. Kerakli harakatlarni o‘rnating. Qolganlariga nisbatan eng yuqorida turgan harakat ikki marta teginganda amalga oshiriladi.
12. “Gates” bo‘limida qaysi holatlarda ikki marta teginish ish bermasligi lozimligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Masalan, agar “Display Off” faollashtirilsa, unda imo-ishoralar ekranning o‘chgan holatida ishlamaydi.
13. Sozlamalar shu yerda yakunlanadi, qurilmangizning orqa panelini ikki marta “tapillating”.

Bu qanday ishlaydi deysizmi? 🔩🤔
Akselerometr yordamida. Bu qurilmaning fizik joylashuvini kuzatib boruvchi mexanizmdir. Masalan, avtomobillarni boshqarishda smartfonni chapga-o‘ngga qimirlatishni talab etuvchi poyga o‘yinlarida qo‘llaniladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
#learn_english_with_software

🇬🇧 Aziz tilshunos do‘stlar, ingliz tili shinavandalari! 🇺🇸

Ingliz tilidan har kuni bir oz vaqt ajratgan holda, bilimingizni oshirib borishingiz uchun foydali dasturlarni bosqichlari bilan Sizlar uchun bo‘lishamiz:

📝 Foydalanuvchi yo‘riqnomasi

1️⃣ Straightforward Macmillan Beginner

2️⃣ Straightforward Macmillan Elementary

3️⃣ Straightforward Macmillan Pre-Intermediate

4️⃣ Straightforward Macmillan Intermediate

5️⃣ Straightforward Macmillan Upper-Intermediate

6️⃣ Straightforward Macmillan Advanced

7️⃣ Basic Grammar in Use, 3rd Edition

Marhamat, dasturlarni yuklab oling, ulardan foydalanish uchun arxivdan chiqarib oling, do‘stlaringizga ulashing va birgalikda mashq qilib boring! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#mulohaza_uchun

“Qo‘llarim yo‘q bo‘lgani bilan aqlim bor” — Doniyor tengdoshlariga motivatsiya bera oladi 💪🏻

U — talaba. Darslarga vaqtida qatnaydi, mashina haydashni biladi, pianino chaladi, futbol o‘ynaydi, kompyuter tuzatadi, o‘z ustaxonasi, o‘z tadbirkorligi bor. U tengdoshlaridan ham ko‘ra ko‘proq yutuqlarga erishgan. Yoshlar orzu qiladigan hamma-hamma narsasi bor — sevgan mashg‘uloti, sodiq o‘rtoqlari, mehribon ota-onasi, mashinasi... Uning yana bir faxrlanadigan narsasi — metindek irodasi bor.

U darsda ruchkani tishlab olib yozadi, tishlari bilan kompyuterni tuzatadigan uskunani ushlaydi, tuzatish ishlarida otvyorkani tishlari orasida ushlab, tili bilan harakatlantiradi. Oyoqlari bilan kompyuterni tuzatadi, oyoqlari bilan pianino chaladi, mashina haydaydi.

Uning hamma narsasi bor, faqat...

👨🏻‍💻@itspecuz
😢2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news #smartfon

Ucell uyali aloqa operatori:

Do‘stlar, sizlar bilan uzzoom.uz yangiliklar sayti tomonidan ishlab chiqilgan qiziqarli infografikani ulashamiz. Unda siz 2006-yilning oxiridan boshlab O‘zbekistondagi mobil operatorlar orasida abonentlar soni qanday o‘zgarganini ko‘rishingiz mumkin.

Albatta, biz mazkur tarixga daxldorligimizdan faxrlanamiz hamda ushbu bosib o‘tgan yo‘limizda hamroh bo‘lib kelayotgan har bir abonentga tashakkur izhor etamiz.

Batafsil: bit.ly/2Dk1QJY

📝 Manba: @ucell

👨🏻‍💻@itspecuz
telegram limits.png
618.8 KB
#bilasizmi #telegram

Barcha Telegram limitlari bir joyda 📏

Yuborilishi mumkin bo‘lgan faylning maksimal hajmi qancha? Xabarning uzunligichi? Nechta kanal yaratish mumkin? Botlarnichi? Guruhlarga nechta ishtirokchini qo‘shish mumkin? Shunga o‘xshash savollarga javoblar bir joyga to‘plangan va muntazam ravishda yangilanib boradi (rus tilida).

👉🏻 Batafsil: https://limits.tginfo.me

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Ikki yil muqaddam yozgan kodingni tasodifan topib olganingda…

👨🏻‍💻@itspecuz
#internet #maslahat

Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish 🚫

Agar barcha saytlar uchun bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yishni istasangiz, quyidagi ko‘rsatmadan foydalaning:

1️⃣. Chrome brauzerini ishga tushiring.
2️⃣. Oynaning o‘ng yuqori burchagida uch nuqta ko‘rinishidagi tugma ustiga bosing.
3️⃣. “Настройки”ga o‘ting.
4️⃣. “Конфиденциальность и безопасность” bo‘limida “Настройки сайта”ni tanlang.
5️⃣. “Уведомления” bo‘limiga o‘ting.
6️⃣. Endi “Сайты могут запрашивать разрешения на отправку уведомлений” opsiyasini o‘chirib qo‘ying.

Qoida bo‘yicha veb-saytlar, ilovalar va kengaytmalarning bildirishnomalari Chrome’da faqat sizning ruxsatingiz bilan paydo bo‘ladi. Ushbu sozlamani istalgan paytda o‘zgartirish mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #operatsion_tizim #internet #word

Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!

Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki Internet tarmog‘idagi yozishmalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O’ va G’ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ba’zida ko‘chadagi bannerlarda ham uchrab turadi, alam qiladigan tomoni esa buni tag‘in katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.

Aslida esa buning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.

1️⃣. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.

2️⃣. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli mavjud, buning uchun CTRL + ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.

Bundan oldin bunga unchalik ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida ushbu harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz degan umiddamiz.

P.S. 1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga Klavus mobil ilovasini yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉

2️⃣. Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida ham o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz. Dasturning imkoniyatlari sizga ma’qul keladi, degan umiddamiz!

3️⃣. Qo‘shimcha sifatida Sizga o‘zimizning Internet makonida taqdim etilib kelinayotgan quyidagi xizmatlarni tavsiya etamiz:
👉🏻 Matn.uz
👉🏻 Savodxon.uz

🔄 Ushbu maslahatimizni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

📌 Bu haqda sizning xabaringiz bormidi?

👨🏻‍💻@itspecuz
#word

📄 Kanalimizdagi Microsoft Word dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (1):

Satrlararo intervallarni o‘rnatish bo‘yicha tavsiya
Matnni chop etishda ko‘rinmaydigan qilib berkitish
Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida
Microsoft Office dasturlarida saqlamasdan yopilgan hujjatlarni tiklash haqida
Nostandart shriftni hujjatga biriktirish
Microsoft Word’da Автотекст funksiyasidan foydalanish
Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
Bir nechta Word hujjati fayllarini ochmasdan turib, ichidagi matnni boshqasiga almashtirish uchun makros
MS Word’da o‘zbek tilining lotin yoki kirill alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish
Microsoft Word dasturida tasodifiy matnni hosil qilgan holda u bilan ishlash
Microsoft Word dasturi ichida skrinshot hosil qilish
Microsoft Office’da endi gapirib turib matn terdirish mumkin!
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
Word'da bir necha soniyada mundarija yaratish
Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
MS Word’dagi hujjat hajmini kichraytirishning 3 usuli
MS Word’da sahifa raqamlarini hosil qilish bo‘yicha “sirli va qiziq” maslahat
MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
MS Word’da “ajralmas probel” belgisidan foydalanish
Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
Matn ostiga chizish bilan bog‘liq maslahatlar
Uzoq o‘qish vaqtida ko‘zlarni qanday tinchlantirish mumkin?
Hujjat mundarijasidan quyi darajali sarlavhani olib tashlash
Hujjatni parol bilan himoyalash
Hujjatga o‘zgartirish kiritishni cheklash
CTRL klavishi yordamisiz giperhavola bo‘yicha o‘tish
Tezroq ishlash uchun Автозамена’dan foydalaning!
Microsoft Word’da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
Sizga Word, PDF, Excel va PowerPoint'lar bitta ilovada bo‘lishi qulaymi?
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Fayllarni qoida bo‘yicha saqlash papkasini o‘zgartirish
Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
Chiziqchaning turlari
Telegram'da yoki Telegram-da?
Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
Muayyan bir matn bo‘lagi qatnashgan sahifani qanday qilib albomli ko‘rinishga keltirish mumkin?
Hujjatning zaxira nusxasini avtomatik yaratish
Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
Hujjat ustida qancha vaqt ish olib borilganini qanday aniqlash mumkin?
Matnni bir sahifaga qadar qisqartirish
Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi?
Dastlabki sahifa uchun kolontitulni o‘chirish
MS Word’da qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shriftni o‘zgartirish
Sonlarni kasrli ko‘rinishda kiritish
MS Word’da menyu tasmasi (лента)ni sozlash
Rasmni aylana ko‘rinishida qanday kesish mumkin?
Butun abzatsni belgilashning uch oddiy usuli
“Maxsus” almashinish buferi
Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
Bir hujjatni 2 oynada ochish
Hujjatga rasm joylashtirishning “iqtisodiy” usuli
Hujjatni avtosaqlash intervalini o‘zgartirish
Microsoft Word qorong‘i mavzuni qo‘llab-quvvatlashni boshlaydi
Sahifa ortiga rasm joylashtirish (Подложка)
Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
Sahifaning raqamlanishini hujjatning istalgan joyidan boshlash mumkinmi?
Word dasturi uchun o‘z qaynoq klavishlarimizni belgilashimiz mumkinmi?
Mundarija yaratish

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 2-qismi | 3-qismi.

🔠 Agar Microsoft Word bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Word) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.

💡Kanalimizda MS Word bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4