#bilasizmi #hardware
86% inson kompyuter fleshkalarini birinchi harakatda teskari ulashadi 🤔
Sizchi, buni qanday amalga oshirasiz?
👨🏻💻@itspecuz

Anonymous Quiz
51%
157000
27%
157,4
16%
0,00157
6%
19,7
👍1
#ict_news #smartfon #android
Smartfonlar quvvatlagichlarining xavfli jihati ochildi 🔋🔌
Hademay “Xiaomi” 100 vattli tezkor quvvatlagichga ega smartfonini taqdim etadi, kuni kecha esa “Realme” xuddi shunday smartfoni (faqat uniki 125 Vt) bilan tanishtirgandi. Shunday yangiliklar chiqayotgan bir pallada kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi “Tencent Security Xuanwu Lab” kompaniyasi smartfonlar quvvatlagichlarining xavfli jihati ko‘rsatilgan dalilni ilgari surmoqda.
Kiberxavfsizlikning akkumulyatorga nima aloqasi bor? 🤔
Kompaniya mutaxassislari hisobotida keltirilishicha, xakerlar mabodo “BadPower” (shartli nom) hujumini uyushtirsa yuz millionlab qurilmalar xavf ostida qoladi. Ekspertlar 35 xil quvvatlagich adapteri, tashqi akkumulyatorlar va boshqa turdosh qurilmalarni sinab ko‘rishdi. Ularning 18 tasi xavfsizlik talablariga javob bermadi. Bulardagi zaiflik orqali xakerlar smartfon, planshet yoki noutbuklarga ortiqcha tokni yo‘naltira oladilar. Bu hatto qurilmaning yonib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Eng yomoni, “BadPower”ni masofadan uyushtirish mumkinligi. Bunda qurilmada tezkor quvvatlashning qaysi texnologiyasi qo‘llanayotganining ahamiyati ham qolmaydi. Hamma gap USB-port orqali quvvatlagich adapteri mikrokodini o‘zgartirib qo‘yish imkoniyatining mavjudligida. Shu boisdan ham mutaxassislar o‘z smartfoningiz, planshetingiz yoki noutbugingiz quvvatlagichlarini begonalarga bermaslikni tavsiya qilishmoqda.
📝Manba: Xabar.uz

#test #rasm_bilan_ishlash
Adobe Photoshop dasturida “Линейка” vositasi qaysi klavishlar birikmasi yordamida faollashtiriladi/o‘chirib qo‘yiladi?
Adobe Photoshop dasturida “Линейка” vositasi qaysi klavishlar birikmasi yordamida faollashtiriladi/o‘chirib qo‘yiladi?
Anonymous Quiz
43%
CTRL + SHIFT + R
23%
ALT + R
27%
CTRL + R
8%
SHIFT + R
#ict_news #internet
Google Chrome foydali funksiya bilan boyidi 🆕
Giperhavola orqali veb-sahifa manzilini jo‘natish – biror saytdagi ma’lumotni ulashishning oddiy va ommabop usulidir. Lekin matndan aynan kerakli parchani topish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Chrome brauzeri uchun Google tomonidan taqdim etilgan yangi kengaytma esa biror saytdagi aynan kerakli parchani topishni osonlashtiradi. Link to Text Fragment deb nomlanuvchi ushbu dasturiy ta’minot istalgan veb-sahifadagi matnning faqat kerakli qismiga eltuvchi havolani tezda tayyorlab beradi.
Link to Text Fragment kengaytmasini brauzeringizga mana bu havola o‘rnatib olgach, biror matndagi kerakli parchaning havolasini birovga jo‘natish osonlashadi. O‘sha parchani belgilab olib, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosasiz va ochilgan kontekst menyusidan “Belgilangan matnga eltuvchi havolani nusxalab olish” (“Копировать ссылку на выделенный текст”) bandini bosasiz. Keyin havolani birovga jo‘natsangiz yoki ijtimoiy tarmoqlarda ulashsangiz, boshqalar u orqali kirganlarida matnning aynan o‘sha qismi brauzerda sariq rangda ajratib ko‘rsatiladi.
Ushbu foydali funksiya Windows hamda Android uchun taqdim etilgan Chrome brauzerining 80 va undan keyingi versiyalarida ishlaydi. Undan bahramand bo‘lish uchun brauzeringizning yangilanganligini tekshirib ko‘ring.
🎞 Batafsilroq ushbu videoda keltirilgan:
https://youtu.be/Y5DmGqnzvBI
📝Manba: @terabaytuz

#maslahat #bilasizmi #hardware
LCD-televizor va monitor ekranidagi dog‘larni oson ketkazishning eng arzon usuli 🖥
Uyingiz yoki ishxonangizdagi televizorning ekranini va kompyuteringizning monitorini tozalashda odatdagi tozalovchi vositalarni umuman ishlatmaslik kerak. Xususan, suyuq kristalli ekranlarga ularning tarkibidagi ammiak moddasi zarar yetkazadi.
Ekrandagi changni yoki barmoq izini shunchaki yumshoq quruq latta bilan ham tozalasa bo‘ladi, ammo jiddiy dog‘lar bo‘lsa-chi? Buning uchun mutaxassislar maxsus qo‘lbola aralashma tayyorlashni tavsiya etishadi. Uning yordamida hatto markerda chizilgan izlarni ham ketkazsa bo‘ladi, eng asosiysi – u juda arzonga tushadi.
Ushbu “mo‘jizaviy” aralashmani tayyorlash uchun bizga oddiy distillangan suv hamda izopropil spirti (izopropanol) kerak bo‘ladi. Bunday spirtni dorixonalar yoki xo‘jalik mollari do‘konlaridan topish mumkin.
❗️DIQQAT! Izopropanol o‘rniga boshqa (etil spirti, aseton, toluol, etil kislota, ammiak yoki metilxlorid kabi) moddalarni qo‘llab bo‘lmaydi. Shuningdek, oyna yuvish vositalarini ham ishlatmaganingiz ma’qul – ularning tarkibida ammiak bo‘ladi.
Demak, distillangan suv va izopropanolni teng miqdorda aralashtirib olamiz. Keyin mayin (lekin paxmoq bo‘lmagan) matodan qilingan toza lattani unga bo‘ktirib olib, siqib tashlaymiz. Shunday ho‘l latta bilan LCD-ekranlarni qattiq bosmasdan, yengil harakatlar yordamida artsa bo‘ladi. Ushbu aralashma displeyni yarqiratishi bilan birga, unga zarar yetkazmaydi ham.
‼️YODDA TUTING! Mazkur aralashma bilan artishdan avval televizor yoki monitorni elektr tarmog‘idan uzish, agar qizib turgan bo‘lsa, sovigunicha kutish kerak bo‘ladi. So‘ng esa dastlab oddiy quruq latta yordamida uning changini olamiz, keyin esa aralashmaga bo‘ktirib, siqib olingan latta bilan artamiz. Tozalash ishlarini tugatgach, ekranning o‘zi qurishini kutamiz va butkul quriganidan keyingina yoqamiz.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Dasturlash bilan shug‘ullanishga endigina kirishgan paytingiz ustozingizning harakatlariga razm solganingizda…

#security #operatsion_tizim #software
Papkaga parol qanday o‘rnatiladi?🔐
Encrypto - kompyuterdagi fayl yoki papkalarga parol o‘rnatishga yordam beruvchi bepul dastur.
Dasturni yuklab oling va o‘rnating. So‘ngra fayl yoki papkalarga parol o‘rnatish uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:
1️⃣. Dasturni ishga tushiring.
2️⃣. Uning oynasiga fayl yoki papkalarni olib o‘tkazing (drag’n’drop), dastur oynasidagi tugmalardan biri ustiga bosing yoki fayllarni belgilagan holda, ulardan biri ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Encrypt with Encrypto”ni tanlang.
3️⃣. “Password” maydonida parolni, “Hint” maydonida esa, xohishga ko‘ra parol uchun eslatmani ko‘rsating.
4️⃣. “Save As…”ni bosib, shifrlangan faylni saqlash uchun joyni ko‘rsating.
Faylni deshifrlash uchun uni Encrypto dasturi o‘rnatilgan kompyuterda oching, parolni kiriting va deshifrlangan (asl ko‘rinishdagi, shifrsiz) fayllarni saqlash uchun joyni tanlang.
👇🏻O‘QING:
- Kanalimizdagi #security rukni ostida joylashtirilgan postlar
- Windows’da papkaga parol o‘rnatish haqida

#internet #security
Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin? 🔓🤔
Agar siz boshqa brauzer yoki qurilma yordamida saytga kirish paytida parolni unutib qo‘ygan bo‘lsangiz, biroq Chrome’ga uni saqlash uchun ruxsat bergan bo‘lsangiz, uni osonlikcha shaxsiy kompyuter orqali ko‘rishingiz mumkin:
1️⃣. Chrome’ni ishga tushiring.
2️⃣. Oynaning yuqori o‘ng burchagida uch vertikal nuqta ustiga bosing va ochilgan menyuda “Настройки”ni tanlang.
3️⃣. “Автозаполнение” bo‘limiga qadar pastga qarab tushing va “Пароли” ustiga bosing.
4️⃣. Keyingi bosqichda “Сохраненные пароли”ni ko‘rasiz. U yerga kiring va kerakli veb-saytni izlang.
5️⃣. Parolni ko‘rsatishdan oldin sizdan qayd yozuvingizni tasdiqlash so‘raladi. Tasdiqlang va “OK”ni bosing.
6️⃣. “Ko‘zcha” ustiga bosing va parollarni ko‘ring.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

#telegram
🆕 2.2 versiyasiga kiritilgan yangiliklar
Ilovaning yangi funksiyalari:
• Uchtagacha turli akkauntlarni ulash va ular o‘rtasida tezkor o‘tish mumkin.
• Fayllar o‘lchami uchun yangi limit 2 Gb’ga qadar ko‘paytirilgan.
• Keyinga qoldirilgan xabarlarni tahrirlash mumkin.
• “Настройки чатов” bo‘limida tizim sozlamalariga mos tarzda ilova mavzusini tungi rejimga avtomatik o‘zgartirishni faollashtirish mumkin.
• Windows va Linux uchun oynaning tizim ramkasini faollashtirish imkoniyati qo‘shilgan.
📝Batafsil: https://telegram.org/blog/profile-videos-people-nearby-and-more/ru
👨🏻💻@itspecuz
🆕 2.2 versiyasiga kiritilgan yangiliklar
Telegram Desktop’ingizni yangilashga ulgurdingizmi?Ilovaning yangi funksiyalari:
• Uchtagacha turli akkauntlarni ulash va ular o‘rtasida tezkor o‘tish mumkin.
• Fayllar o‘lchami uchun yangi limit 2 Gb’ga qadar ko‘paytirilgan.
• Keyinga qoldirilgan xabarlarni tahrirlash mumkin.
• “Настройки чатов” bo‘limida tizim sozlamalariga mos tarzda ilova mavzusini tungi rejimga avtomatik o‘zgartirishni faollashtirish mumkin.
• Windows va Linux uchun oynaning tizim ramkasini faollashtirish imkoniyati qo‘shilgan.
📝Batafsil: https://telegram.org/blog/profile-videos-people-nearby-and-more/ru
👨🏻💻@itspecuz
#bilasizmi #operatsion_tizim #internet
ShK’da onlayn GIF-faylni qanday yaratish mumkin? 🎞🤔
giphy.com/create/gifmaker - ushbu saytda siz video havolasidan yoki ShK’dan yuklab olingan videofayldan har qanday GIF-faylni yaratishingiz mumkin.
1️⃣. Saytda ro‘yxatdan o‘ting.
2️⃣. Videoga havolani nusxalang va tegishla maydonga joylang.
3️⃣. “Seconds” yonida GIF-fayl davomiyligini aniqlang.
4️⃣. Videoning istalgan qismini tanlang “Duration” va “Continue to Decorate”ni bosing.
5️⃣. GIF-faylga ixtiyoriy ravishda o‘zingizning matn, filtr yoki stikeringizni qo‘shing.
6️⃣. Keyin “Continue to Upload”, so‘ngra “Upload to Giphy”ni bosing.
7️⃣. Tayyor. “Copy link”ni bosing va do‘stlaringizga ulashing.

POWER POINT BO'YICHA DARSLAR
PowerPoint 1-dars. Dastur bilan to'liq tanishish
PowerPoint kursi 2-dars "Буфер обмена" va "слайды" panellari
PowerPoint kursi 3-dars 'Шрифты' paneli
PowerPoint kursi 4-dars Slaydlar aro o'tish xillari Perexodlar
PowerPoint kursi 5-dars Slayd fonga musiqa qo'yish
PowerPoint kursi 6-dars Slayd uchun Idea yoki Chiroyli g'oya
PowerPoint kursi 7-dars Slaydga kitobdan rasm qo'yish
PowerPoint kursi 8-dars Slayd hajmini kichraytirish
PowerPoint kursi 9-dars Slayddagi obektlarga animatsiya qo'yish
PowerPoint kursi 10-dars Slaydda ovoz joylashtirish
PowerPoint kursi 11-dars Slaydga tanlash animatsiyasini qo'yish
PowerPoint dasturida tayyorlangan har bir sahifa rangini o'zgartirish, unga rasmlar va effektlar qo'shish
PowerPoint dasturida ishlash jarayonida ovozli (audio) fayllar bilan ishlash
Power point dasturida slayd razmerini o‘zgartirish
Power Point dasturida rasmlarni, matn hamda video ma'lumotlarni bir xil tekislikda joylashtirish
PowerPoint dasturiga parol o'rnatish. Ya'ni faylni himoyalash!
Power Point dasturida har bir slaydni raqamlab chiqish
Power Point dasturida tayyorlangan slaydlarni avtomatik raqamlash
PowerPoint dasturida shriftlar bilan ishlashni o'rganamiz!
PowerPointda giperhavolalar bilan ishlash (1-qism)
PowerPointda giperhavolalar bilan ishlash (2-qism)
Microsoft Office paketining PowerPoint dasturi bo'yicha test dasturi
Power Point dasturida ishlash bo'yicha darslarni davom ettiramiz. O'rganishda davom eting!
EXCEL bo'yicha darslar uchun shu yerga kiring
👉 @informatika

#mulohaza_uchun
Yil yakunida chiqishi rejalashtirilgan emojilar. Ichidan biri juda foydali bo‘ladi ko‘pchilikka, qaysi biri ekanini bildingiz-a?
📝Manba: Texno olam HD

#excel
⌨️ Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar:️
•

F9 — butun ishchi kitobidagi formulalarni qayta hisoblash;•
SHIFT + F9 — faol listdagi formulalarni qayta hisoblash;•
F4 — havola turlari bo‘ylab o‘tish;•
SHIFT + F3 — funksiyani qo‘llash oynasini chaqirish;•
CTRL + ~ — formula va uning natijasini ko‘rsatish o‘rtasida o‘tish;•
ALT + = — avtosumma formulasini qo‘llash.👨🏻💻@itspecuz
#internet
Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma 🧹
Ko‘pgina zamonaviy brauzerlar foydalanuvchilarga cookie-fayllarni qabul qilish yoki qilmaslikni tanlashga imkon beradi. Ammo shuni yodda tutish lozimki, ularni o‘chirib qo‘yish ba’zi saytlar bilan ishlashni imkonsiz qiladi.
Cookie-fayllarida saytlar tomonidan yaratilgan foydalanuvchi ma’lumotlari saqlanadi. Amaliyotda odatda sozlamalar, autentifikatsiya va shu singari vazifalarni saqlash uchun qo‘llaniladi. Ushbu ma’lumotlar ko‘pincha yaxshi himoyalanmagan bo‘lib, yovuz niyatli shaxslar ularni osonlikcha tutib olishlari mumkin.
“Cookie AutoDelete” kengaytmasi foydalanuvchi xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus yaratilgan. Asosiy imkoniyatlari:
1️⃣. Cookie-fayllarini avtomatik o‘chirish.
2️⃣. Oq / qora domen ro‘yxatlarining qo‘llab-quvvatlanishi.
3️⃣. Qo‘lda tozalash rejimi.
4️⃣. Muayyan saytdagi cookie-fayllari miqdorini ko‘rish.
📎 Kengaytma uchun havolalar: Firefox | Chrome
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

🌙 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!
Kelayotgan Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 🕋
Bu kunlarga yetib kela olmagan iymon ahllarini Robbim o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin!
Duolar ijobat bo‘ladigan kunlarda Ollohim qalblarimizdagi ezgu niyatlarimizni o‘zi ro‘yobga chiqarsin!
O‘ylaganimizdan ko‘ra ham afzal maqomlarga erishtirsin!
Millatimizga ofiyat va taraqqiyot, xalqimizga baxt va saodat, peshvolarimizga haq va adolat, avomga insof va itoat, dinimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishda barchamizga hikmat va shijoat bersin!
Ollohim - ilm talabida yurganlarga foydali ilm;
- befarzandlarga solih va soliha farzandlar;
- bemorlarga shifo;
- qarzdorlarga kushoyish;
- g‘ariblarga nusrat;
- mazlumlarga najot;
- musofirlarga omonlik;
- safardagilarga g‘animatlar;
- ummat orasiga ittifoqlik;
- dushman jamoalariga tafriqa, qalblariga ixtilof;
- olimlarimizga haybat;
- omilarimiz uchun olimlarga itoat;
- farzandlarimizga ilm, odob va ummat xizmati;
- ayollarimizga hayo va iffat;
- ota-onalarimizga uzun va saodatli umr, vafot etganlariga rahmat va mag‘firat ato etsin!
Robbim niyatlarimizga ixlos, duolarimizga ijobat, qalblarimizga samimiyat, aqllarimizga rushd, oqibatimizga shahodat nasib etsin!
Omin! Omin! Omin, yo Robbal-olamiyn!
P.S.: Ushbu tabrik uchun bizga rasmni ulashgan obunachimiz Oqilbek Ochilovga alohida tashakkur bildirgan holda, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
💐 Hurmat va ehtirom ila,
© IT specialist kanali ma’muriyati