IT specialist
9.59K subscribers
1.15K photos
495 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
3. Straightforward Intermediate CDrom.rar
42.4 MB
#learn_english_with_software

📚 “Straightforward Macmillan”ning darajalar bo‘yicha ajratilgan dasturlari bilan ingliz tilini o‘zlashtirib boramiz

Sizga taqdim etilayotgan “Straighforward Macmillan Intermediate” kursi dasturiy ta’minoti bilan har kuni kamida 1 soat vaqt ajratgan holda, ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlab borishingiz mumkin. Dastur diskda ko‘p joy egallamasligi bilan ham o‘ziga xosdir, ishlashi uchun ham kompyuterning apparat ta’minotiga yuqori talablar belgilamaydi.

👉🏻 Batafsil...

Dasturning keyingi darajasini kanalda bo‘lishishimiz uchun esa ushbu postimiz ostida kamida 5️⃣0️⃣ta belgisiga bosgan holda, o‘z ovozingizni qoldirishingizni kutib qolamiz. 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
1👍1
#security #tarmoq #android

📲 NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash

NetCut
– lokal Wi-Fi tarmog‘ini avtomatik skanerlash va unga ulangan qurilmalar haqida ma’lumot olish imkoniyatini beradi. NetCut IP manzillar, xost nomlari, kompyuterlarning fizik manzillari, tarmoq kartalari o‘rtasida o‘tish va hokazolar haqidagi ma’lumotni ko‘rish imkoniyatini beradi. Dastur qurilmaning MAC-manzilini o‘zgartirish, tarmoqqa ulangan router, svitch yoki portativ qurilma haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

NetCut foydalanish uchun qulay va tushunarli interfeysga ega.

Asosiy xususiyatlari:

- Tarmoqni skanerlash va ulangan qurilmalar haqidagi ma’lumotlarni olish
- MAC-manzilni o‘zgartirish imkoniyati (pullik versiyasida)
- Ulangan qurilmalar haqidagi axborotni aks ettirish

Aslida, bu tor doiralarda :) yaxshi ma’lum bo‘lgan WiFi Kill nomli dasturning analogi hisoblanadi. Undan farqli o‘laroq ushbu dastur androidning 5-versiyasida uzilishlarsiz ishlaydi va bir nechta qiziqarli xususiyatlarga ega. Ikki xil versiyada – bepul va PRO’larda mavjud. PRO versiyasida muhim funksional blokdan chiqarilgan (xususan, o‘z MAC-manzilingizni berkitish imkoniyati mavjud) va reklama yo‘q.

📥 Yuklab olish: Google Play

📝 Manba: @XAKEPCTBO_CHANNEL

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
​​#ict_news #smartfon

📱Sotuvda bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar reytingi e’lon qilindi

Business Insider nashri ayni vaqtda sotuvda bo‘lgan eng yaxshi 20 ta smartfondan iborat reytingni tuzdi.

Reytingning eng yuqori pog‘onasini OnePlus 6T smartfoni egalladi. Ta’kidlanishicha, ushbu gadjet simsiz quvvatlagich yoki suv o‘tkazmaslik kabi eng zamonaviy opsiyalar to‘plamiga ega bo‘lmasa-da, narxi va funksiyalari hisobiga 1-o‘rinni munosib egallagan.

2-o‘ringa Samsung Galaxy S10e loyiq topildi. Ushbu qurilma “ajoyib” ekran, a’lo darajadagi kamera hamda hamyonbop narxga ega.

3-o‘rinni iPhone XR, 4- va 5-o‘rinlarni Samsung’ning Galaxy S10 Plus va S10 modellari egallagan.

Shuningdek, yuqori o‘ntalikka Google Pixel 3 va Pixel 3 XL, Samsung Galaxy Note 9, iPhone XS va iPhone XS Max, Samsung Galaxy S9 Plus va iPhone X kiritilgan.

11-20-o‘rinlarni iPhone 8 Plus, Samsung Galaxy S9, Huawei Mate 20 Pro, iPhone 8, Razer Phone 2, LG V40, Apple iPhone 7 va 7 Plus, Moto G7, LG G8 va BlackBerry Key2 modellari egallagan.

📝 Manba: @kunuzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Olimlar zarba berganda elektr ishlab chiqarish va to‘plash imkoniga ega futbol to‘pini yaratishdi. Uni kambag‘al mamlakatlarda sotish rejalashtirilmoqda. Ushbu to‘p bilan shunchaki 15 daqiqa o‘ynash orqali telefonni zaryadlab olishingiz mumkin.

📝 Manba: @Logika

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#internet #maslahat

Saytning yuklanishini reklama bilan va uningsiz sinab ko‘rish 🔄

Opera brauzeri tarkibida saytning yuklanish tezligini reklama bilan va uningsiz solishtirib ko‘rish imkoniyatini beruvchi reklama bloklagichi mavjud.

Tekshiruvni ishga tushirish uchun quyidagi variantlardan birini bajarib ko‘ring:

1️⃣. Qiziqtirayotgan saytga o‘tib ko‘ring.
2️⃣. “Блокировка рекламы” belgisining ustiga bosing.
3️⃣. Oynaning pastki qismida “Тест скорости загрузки: с рекламой и без”ga bosing.

1️⃣. Brauzer URL’iga “opera://speedtest/”ni kiriting.
2️⃣. Kiritish maydonida qiziqtirayotgan saytning manzilini ko‘rsatib o‘ting.
3️⃣. “Проверить”ga bosing.

Tekshiruv natijasi esa reklama bilan va uningsiz quyidagi ko‘rinishdagi sahifalarni solishtirish bo‘ladi:

— Berkitilgan reklama bloklarini aks ettiruvchi ikki skrinshotlardan iborat slayderlar;
— Saytning yuklanish tezligi;
— Yuklanish tezligining foizdagi nisbati.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#security

🛡 Kanalimizdagi #security rukni ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (1):

Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!
Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...
Smartfon batareyasiga xakerlar hujum qilishi mumkinmi?
Eng sodda login va parol haqida qiyosiy hazil
Korxonalar uchun eng xavfli mobil dasturlar ma’lum qilindi
Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish - xakerdan maslahatlar
Murakkab parolni o‘ylab topish va uni unutmaslikning eng oddiy usuli
Xakerlar kompyuterni faks orqali buzishdi
Brauzerlarda parolni saqlamaslik uchun 3 sabab
Windows’ning yangilanishi fayllaringizni o‘chirishi mumkin
Smartfon uchun antivirus kerakmi?
Windows parolini tiklashning oddiy usuli
O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash
Internet-trafik va smartfon quvvatini “yeb tashlaydigan” virus topildi
Chrome xavfli ekan, Google uni tezda yangilashingizni tavsiya etyapti!
Internet parolsiz kelajakka katta qadam qoʻydi
Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
Windows’dagi barcha viruslarni daf qiluvchi bepul dastur
Google Chrome endi parolingiz o‘g‘irlanganligini tekshirib beradi
Fransuz yoqilg‘i quyish shahobchalari zavod tomonidan o‘rnatilgan parol tufayli buzilgan
NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash
Nod32 antivirusi bazasini oflayn yangilash
ID, UID nima? Identifikatorlar haqida batafsil
Identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya - farqi nimada?
LastPass parollar generatori
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...
Ovoz aniqlash tizimi eng zo‘r vositadir (hazil post)
HTTP va HTTPS (farqi nimada?)
2019 yilning eng yomon parollari reytingi: qarang-chi, unda sizniki yo‘qmikan?
Microsoft Windows 7’ni antivirus himoyasisiz qoldiradi
Hujjatni parol bilan himoyalash
Hujjatga o‘zgartirish kiritishni cheklash
Papkaga parol qanday o‘rnatiladi?
Bloger Eldor Asanov Telegram akkauntini buzib kirishga urinish bo‘lganini aytmoqda.
Onlayn Antivirus
Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi
Messenjerlarda firibgarlik sxemalari orqali odamlarni aldash holatlari kuzatilmoqda
Diqqat, Telegram’da virus tarqalmoqda
Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish
Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz
Windows ishchi stoli (Рабочий стол)da ilovalar yorliqlarini qanday berkitish mumkin?
“Kontakt qo‘shing va yutuqlardan biriga ega bo‘ling” internet o‘g‘irligi fosh etildi
Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
Android-qurilmalarda xavfli bo‘shliq aniqlandi
Telegram'da suhbatdoshlarni telefon raqamisiz kontaktga qo‘shish imkoniyati mavjud
Surxondaryo viloyati hokimligi hamda ayrim tuman hokimliklarining saytlariga uyushtirilgan kiberhujumlar yuzasidan
WhatsApp'dagi yangilik va Telegram messenjeriga migratsiya
Smartfondagi ilovalarga parol o‘rnatish
iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin?
Josuslikdan himoyalanamiz: Android'dagi ilovalarga kameradan foydalanishni taqiqlash
Tarixdagi eng yirik xakerlik hujumi nima uchun amalga oshirilganini bilasizmi?
Yuzimizni solishtirish orqali izlash funksiyasiga qarshi tanib bo‘lmaydigan qilamiz
Android'da ilovalarga internetdan foydalanishni cheklash (batareya va trafikni tejaymiz)
Virusga duch kelish ehtimolini qanday bartaraf etish mumkin?
Telegram'da akkauntni himoyalash: 2 asosiy usul

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 2-qismi.

💡Maqolalar ro‘yxatini ushbu sohaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashishni ham unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​#telegramda_kanal_yuritish

🗣 Telegram tarmog‘ida kanal yurituvchi va yuritishni rejalashtirayotgan ma’murlar uchun foydali maqolalar:

1️⃣. 📣 Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?

2️⃣. 📢 Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar. 🤖

3️⃣. 🗞 Telegraph nima? Undan qanday foydalaniladi?

Maqolalarni o‘qib, keltirilgan maslahatlardan amalda foydalanishni tavsiya etamiz. 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#operatsion_tizim #maslahat

💻 Jarayonlarni boshqarish uchun foydali dasturlar

Ctrl+Alt+Delete
klavishlar kombinatsiyasi orqali ishga tushiriluvchi vazifalar dispetcheri kompyuterda ishga tushirilgan jarayonlar, ular iste’mol qilayotgan xotirani ko‘rsatish bilan birga, ularni boshqarish imkonini beradi.

An’anaviy dispetcherdan foydalanish har doim ham qulay emas, shuning uchun sizlarga jarayonlarni nazorat qilishning qo‘shimcha vositalari bilan tanishishni tavsiya etamiz.

Process Explorer. Odatda an’anaviy dispetcher o‘rnida ishlatiladi, chunki u vazifalarni yaxshiroq guruhlaydi. Yangi, muammoli va xavfli jarayonlar har xil ranglarda ajratib ko‘rsatiladi.

📥 Yuklab olish: Process Explorer

AnVir Task Manager. Ushbu dastur ham jarayonlarni qulay namoyish etadi va ulardagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni baholaydi. Bundan tashqari u dasturni ishlab chiqqan dasturchi va u nima uchun mo‘ljallanganligini bilish imkonini beradi.

📥 Yuklab olish: AnVir Task Manager

Task Counter. Ushbu dastur jarayonlarni chiroyli shaklda namoyish etadi. Filtrlardan foydalanib, faqat qiziqtirayotgan jarayonlar tipini aks ettirish mumkin. Ma’lum hodisalarda vazifalarni ishga tushirish va o‘chirishni sozlab qo‘yish mumkin.

📥 Yuklab olish: Task Counter

🆓 Barcha dasturlar bepul va ko‘p joy talab etmaydi, shuning uchun ular har doim qo‘l ostingizda bo‘lishi tavsiya etiladi.

📝 Manba: @XAKEPCTBO_CHANNEL

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#smartfon #maslahat

📱Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas? 🔋

Smartfonni 100 foiz quvvatlash — akkumulyator uchun zararli. Bu haqda “Mail.ru Hi-Tech” rahbari Dmitriy Ryabinin ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, bu yerda muammo qurilma to‘liq quvvat olib bo‘lganidan so‘ng elektr tokidan vaqtida uzib qo‘yilmasligidir.

— Smartfon quvvat olib bo‘lganidan keyin ham elektr tokida qolsa, akkumulyatori kuchini 100 foizda saqlab qolish uchun to‘yinishda davom etadi, ya’ni tarmoqdagi kuchlanish oqibatida qizib boraveradi, — dedi Ryabinin.

Ekspert smartfon ekranida quvvat 90 foizga yaqinlashgani haqida xabar paydo bo‘lganidan keyin quvvatlash moslamasini tokdan uzib qo‘yishni tavsiya qildi.

Yana qo‘shimcha qilinishicha, akkumulyatorni “o‘tirib qolgunicha” ishlatib, keyin o‘chiq smartfonni tokka ulash ham akkumulyator umrini qisqartiradi.

📝 Manba: @xabaruzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

Oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarni onlayn topshiramiz! 📑

Hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 1 maydan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga hujjat topishirish jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan.

Endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni o‘z yashash joyingizdan uzoqlashmasdan — Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki uyingizdan chiqmasdan — my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratildi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#android #maslahat

Android’da xotirani bo‘shatishning 3 oddiy usuli 📲🧹

1️⃣. WhatsApp va boshqa messenjerlar xotirasini bo‘shating

WhatsApp sizga yuborilayotgan barcha media fayllarni qurilma xotirasiga saqlaydi. Bunday fayllarni tozalash orqali keraklicha makon hosil qilish mumkin.

Fayl menejeri bo‘lmagan taqdirdagi ko‘rsatma:
1. “Галерея”ni oching
2. “WhatsApp images” bo‘limiga o‘ting
3. Keraksiz rasmlarni o‘chiring

Fayl menejeri bo‘lgan taqdirdagi ko‘rsatma:
1. Fayl menejerini oching, masalan ES Проводник
2. “WhatsApp Images” katalogiga o‘ting
3. “Sent” papkasini oching va uni fayllardan tozalang

2️⃣. Ichki xotirani rasm va videolardan bo‘shating

Media fayllar qurilma xotirasidan ko‘p joy egallaydi. Bu ularni ichki xotirada saqlash muammo tug‘dirishi mumkinligini anglatadi. Bunday muammolarni chetlab o‘tish uchun rasmlarni bulutli saqlash xizmatlaridan foydalaning. Bunday xizmatlardan biri – Google.Фото

Joyni tejash uchun fayllarni avtomatik bulutga uzatishni sozlab qo‘ying.

3️⃣. Download papkasini muntazam ravishda axlatlardan tozalang

Yuklab olingan rasm, audio, o‘yinlar, hujjatlar va fayllar - bularning barchasi qurilma xotirasini to‘ldirib turadi va qurilmada keraksiz yuk bo‘lib yotishi mumkin. Umumiy tozalash ishlaring o‘tkazing va joy bo‘shating.

1. “Настройки”ga o‘ting
2. “Память”ni oching
3. “Занято” bandini tanlang va “Загрузки”ga o‘ting

❗️Izoh: Bandlarning nomi farq qilishi mumkin

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

Prezident “Huawei” kompaniyasining Innovatsiyalar markazida bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida 25 aprel kuni “Huawei” kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurdi.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#iPhone #iOS #smartfon

iPhone’da so‘nggi terilgan raqamni tezkor qayta terish - sirli funksiya📱

👤 An’anaviy Телефон ilovasida so‘nggi terilgan kontaktga tezkor qayta chiqish imkoniyatini beruvchi sirli funksiya mavjud.

📲 Buning uchun shunchaki chaqiruv tugmasiga ikki marta bosish talab etiladi va iPhone chaqiruvdagi bo‘lgan so‘nggi raqamga darhol qo‘ng‘iroq qilishni boshlaydi. Sinab ko‘ring - bu juda qulay, asosiysi tez.

📝 Manba: @smartphonesecrets

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#security #maslahat

Nod32 antivirusi bazasini oflayn yangilash 🔄

Nod32 antivirusi bazasini oflayn tarzda yangilash borasida ko‘rsatma beruvchi ushbu 👆🏻 videoni ko‘rishni va har haftada bir marotaba bazangizni yangilab borishni tavsiya etamiz.

📝 Manba: @informatika

P.S. E‘tiborli joyi shundaki, Nod32 antivirusi bazasini bu tarzda yangilash uchun sizga maxsus login va parol kerak bo‘lmaydi. Login va parol sizga bazani onlayn tarzda yuklab olish uchun kerakdir. Bazalar va kalitlarni ushbu kanaldan yuklab olishingiz mumkin.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
google.com qidiruv tizimida "tanos" yoki "танос" so`zini yozing va natijalar orasida metal qo`lqop tasvirini bosing (odatda yuqorida yoki yuqori o`ng tarafda bo`ladi). Natijani kuzating!
​​#ict_news

Toshkentdagi Inha universitetida dastlabki kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi ✍🏻

Kecha, 28 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 2019 yildagi uchta kirish imtihonining birinchisi o‘tkazildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#bilasizmi

QR-kod yasashni bilasizmi? 🤔

O‘z QR-kodingizni qanday yasashni bilasizmi? Buning uchun mutlaqo bepul va ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydigan “QR Code Generator”dan foydalanishingiz mumkin.

Servis sizga 5️⃣ ta tayyor shablonni taklif etadi:

1️⃣. Oddiy matn.

2️⃣. URL-havola.

3️⃣. Aloqa uchun manzil (ism, E-mail, shahar, pochta indeksi va boshqalar).

4️⃣. Telefon raqami.

5️⃣. Xabar shabloni.

Sayt QR-kod o‘lchamlarini olish, tashqi chiziqlarni olib tashlash yoki qo‘shish, faylni o‘zingiz istagan formatda saqlash imkonini beradi. Foydalanish mumkin bo‘lgan formatlar: PNG, SVG va EPS.

📝 Manba: @xabaruzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram

Barcha Android-qurilmalar uchun Telegram X ilovasida yirik yangilanish! 🔄

Telegram dasturchilari messenjerning eksperimental talqini – Telegram X kliyenti uchun uzoq kutilgan yangilanishni chiqarishdi. 0.21.7.1151 raqamli ushbu apdeytni Android-qurilmalar egalari o‘rnatib olishlari mumkin.

Shunday qilib, Telegram X ilovasining 0.21.7.1151 versiyasida quyidagi yangi imkoniyatlar taqdim etilgan:

1. Bildirishnomalar 2.0 – ular noldan boshlab qaytadan yaratilgan bo‘lib, ishonchlilik yaxshilangan va faol foydalanuvchilar uchun takomillashtirilgan sozlamalarni o‘z ichiga oladi.

2. Multiakkaunt 2.0 – tizim resurslarini kam sarflagan holda cheksiz miqdorda akkauntlar qo‘shish mumkin.

3. Chatlarni ularning turiga qarab (maxfiy yozishmalar, guruhlar, kanallar, o‘qilmaganlar) saralash imkoni bor.

4. Maxfiy chatlarda istalgan xabarni barcha uchun o‘chirish mumkin (vaqti ham cheklanmagan – avval 48 soatgacha edi). Foydalanuvchilar nafaqat o‘zlarining, balki suhbatdoshlarining ham yozganlarini o‘chira oladilar.

5. Messenjerning o‘zida so‘rovlar joylash yo‘lga qo‘yilgan.

6. Oddiy guruhlarda va “Tanlanganlar” (“Избранные”)da biror xabarni tepaga biriktirib qo‘yish mumkin.

7. Messenjerning rasmiy tarjima platformasi – translations.telegram.org orqali yaratilgan lokalizatsiyalarni qo‘llash va ularga havola orqali o‘tish mumkin.

8 “Tarmoq va ma’lumot almashish” (“Сеть и данные”) bo‘limida sozlamalarning tashqi ko‘rinishi ozroq o‘zgartirilgan.

9. Blokni chetlab o‘tish vositalari yaxshilangan.

10. Ikki bosqichli avtorizatsiya uchun pochtani yangicha tasdiqlash yo‘lga qo‘yilgan.

11. Maxfiy kanal yoki chatdagi biror postga eltuvchi havolani nusxalab olish mumkin.

12. Guruh a’zolaridan nechtasi ayni damda onlayn ekanligi to‘g‘ri ifodalanadigan bo‘lgan.

13. Messenjerning libtgvoip (2.4.4) hamda TDLib (1.4.0) kutubxonalari yangilangan.

Aytish kerakki, Telegram X foydalanuvchilarining 50 foizi uchungina ushbu apdeyt tarqatilmoqda. Agarda sizda bu ilova yangilanmayotgan bo‘lsa, mana bu havola orqali beta-test dasturiga qo‘shilib, yangi talqinini olishingiz mumkin.

📝 DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#it_darslar #security

ID, UID nima? Identifikatorlar haqida batafsil
🆔🤔

Bugungi kundan boshlab @itspecuz kanalida IT-darslar rukni o‘z ishini boshlaydi. Va biz eng asoslaridan boshlaymiz, darsni sodda va qiziqarli qilib tayyorlashni unutmaslikka harakat qilamiz.

Ushbu maqolada biz identifikatorlar mavzusiga to‘xtalib o‘tamiz: (ID, UID). Ushbu qisqartmalar axborot xavfsizligida ko‘p uchraydi.

ID nima?

ID
(“ay-di” deb o‘qiladi) — bu inglizcha “identifier” so‘zining bir qismi bo‘lib, “identifikator” deb tarjima qilinadi.

ID yoki Identifikator — bu subyektni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborotdir (sodda qilib aytganda bu raqam yoki nom: son yoki belgilar satri).

Har safar biror joyda ro‘yxatdan o‘tayotganingizda sizga identifikator, ya’ni qandaydir nom yoki raqam beriladi. Har bir alohida tizimning ichida esa sizning identifikatoringiz noyob (unikal, takrorlanmas) bo‘ladi.

Identifikatorlarga misollar (id):
- Ism (Abdulla Rustamov)
- Nik (AbdullaR)
- Telefon raqami (+998 97 123-45-67)
- Pasport raqami (AA1234567)
- Bank kartasi raqami (1234-5678-9012-3456)
- Avtoulov raqami (A123AC)
- Telefon IMEI raqami
- Mahsulot shtrix-kodi
- E-mail ([email protected])
- Kanal manzili (https://t.iss.one/itspecuz)
- Facebook’dagi shaxsiy sahifa raqami

Inson bilan tanishayotgan paytimizda biz birinchi navbatda uning ismini so‘raymiz, u bilan bo‘glanish uchun esa telefon raqami yoki E-mail’i bilan bo‘lishishini so‘raymiz (bu yerda avtoulov raqami, pasport raqami, bank kartasi raqami, shtrix-kod va hokazolarni keltirib o‘tish mumkin)

UID nima?

Ko‘pincha “UID” yozuvi uchrab turadi, bunda “ID”dan oldin “U” harfi qo‘shiladi, kengaytirilgan tarzda bu “unique” — “unikal” yoki “user” — “foydalanuvchi” bo‘ladi.

UID qisqartmasining ikki xil yoyilmasi mavjud:

UID (Unique identifier) — unikal identifikator.
UID (User identifier) — foydananuvchining operatsion tizim yoki saytdagi identifikatori.

Barchasi oddiy: ba’zi identifikatorlar unikal sanaladi, ya’ni faqatgina bir subyektga tegishli bo‘lishi mumkin (ismi mos kelishi mumkin, lekin pasport raqami doim farq qiladi).

UID’dan foydalanishga misollar:
- unikal identifikatorlar temir yo‘l chiptalarida buyurtmaning unikal identifikatori sifatida qo‘llaniladi
- Toshkent shahrining jamoat transporti oylik yo‘l chiptalarida individual seriya va raqamlardan foydalaniladi
- “1С” kompaniyasi dasturlarida UID qo‘llaniladi — UnikalIdentifikator tipidagi havola xususiyati
- Davlat tashkilotlarining to‘lov hujjatlarida unikal to‘lov identifikatori (UTI)dan foydalaniladi (masalan, UTI12345678901234567890///)
- UNIX-turidagi operatsion tizimlari foydalanuvchilarni UID deya belgilanuvchi raqam yordamida ajratib oladi
- Ba’zi saytlar ham ushbu identifikator muayyan foydalanuvchiga tegishli deb UID qisqartmasidan foydalanishadi

ID axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan

Odatda identifikator (id) maxfiy hisoblanmaydi
, shuning uchun faqat unga asoslanib manbadan foydalanishga ruxsat berib bo‘lmaydi (masalan elektron pochta manzilini bilish pochta qutisidagi xatlardan foydalanish huquqini bermaydi).

Identifikatorni aniqlash (identifikatsiya) axborot resurslari (pochta, ijtimoiy tarmoqdagi akkaunt va hokazo)dan foydalanish uchun qo‘yilgan birinchi qadam sanaladi, keyingi qadamda autentifikatsiya va avtorizatsiya jarayonlariga o‘tiladi, biroq bu haqida keyingi maqolamizda alohida to‘xtalib o‘tamiz.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍2
​​#telegram #maslahat

Telegram’da jiddiy xatolik: barcha shaxsiy ma’lumot va yozishmalaringizni SIM-kartaning yangi egasi ko‘ra oladi! 🤦🏻‍♂️

Messenjerlar orasida Telegram o‘zining kuchli himoyalanganligi bilan tanilgan. Ammo unda ham shaxsiy ma’lumotlarning, kontaktlar va yozishmalarning boshqa shaxslar qo‘liga tushib qolishiga imkon beruvchi xatolik mavjud ekan.

Yaqindagina belorussiyalik Yuliya ismli Telegram foydalanuvchisi bilan yuz bergan voqea ham bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Onliner nashrining yozishicha, uning o‘zi avvaldan Belorussiyadagi uyali aloqa operatoridan olgan raqamiga bog‘langan Telegram-akkauntida bo‘lgan. Boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tgach, Yuliya mahalliy operatordan yangi telefon raqami olgan. O‘sha raqami orqali yangi Telegram-akkaunt ochish, biryo‘la smartfonida yig‘ilib qolgan ortiqcha ma’lumotlardan xalos bo‘lish uchun u messenjerning o‘zini ham o‘chirib, boshqatdan o‘rnatgan.

Ilovani o‘rnatib, raqamini tasdiqlovchi SMS-xabarni olgach, Yuliya bu akkauntida “Hasan”ga aylanib qolgan! Ya’ni, u sotib olgan telefon raqamining avvalgi egasi – Hasan ismli shaxsning Telegram-akkaunti to‘lig‘icha qaytadan tiklangan: kontaktlariyu yozishmalarigacha.

Yuliya messenjerning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat etgan va ularning tasdiqlashicha, Telegram-akkauntni uyali aloqa raqamidan ajratish uchun o‘sha akkauntning egasi kerak bo‘lar ekan. Yuliyaga esa bu raqamiga bog‘langan begona akkauntni o‘chirib yuborishni tavsiya etishgan.

Shunday ekan, eski raqamlardagi Telegram-akkauntlaringizni hamisha yo‘q qilib yuborishga odatlanganingiz ma’qul.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1