#mulohaza_uchun
🇺🇿 “O‘zbektelekom” yangi formatga o‘tdi 🆕↗️
“O‘zbektelekom” kompaniyasi B2O (operator–hamkorlar) segmenti strategiyasini muhokama qilish uchun o‘zining top-menejerlari va mamlakatning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari vakillarini yig‘di. “Hamkorlikning yangi formati” mavzusidagi norasmiy uchrashuv 5 iyul kuni “GroundZero” kovorking markazida bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan asosiy masalalar – ushbu hamkorlikda shaffoflik va tezkorlikni yo‘lga qo‘yish, yagona texnik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, internet-kanallar va IP-transport narxlarini optimallashtirish bo‘ldi.
👉🏻 Batafsil...
👨🏻💻@itspecuz

Telegraph
“O‘zbektelekom” yangi formatga o‘tdi
“O‘zbektelekom” kompaniyasi B2O (operator–hamkorlar) segmenti strategiyasini muhokama qilish uchun o‘zining top-menejerlari va mamlakatning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari vakillarini yig‘di. “Hamkorlikning yangi formati” mavzusidagi norasmiy…
#mulohaza_uchun
😎 Faqatgina o‘zingizga ishonish – insonlarga nisbatan hafsalaning pir bo‘lishini to‘xtatish va yuqori kayfiyatda yashashning ajoyib usulidir. 🙃 | Надеяться только на себя — отличный способ перестать разочаровываться в людях и жить с отличным настроением.
💡Pifagor | Пифагор

Texnologiyalar dunyosi 50 yilda qanday o‘zgardi? (infografika)
Qariyb 50 yil avval birinchi kompyuter tarmog‘i — “Arpanet” ishlab chiqilgandi. 1990 yili Butunjahon o‘rgimchak to‘riga asos solindi. Birin-ketin “Amazon”, “Google”, “Twitter”, “SnapChat” va boshqa axborot texnologiyalari gigantlari paydo bo‘ldi. 2008 yilda esa bitkoin (Bitcoin) bozorga kirib kelib, kriptovalyuta vasvasasini boshladi.
Taniqli kompaniyalar va loyihalar dunyoni qay tartibda zabt etganini quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.👇🏻
📝 Manba: Xabar.uz

#internet #android #mulohaza_uchun
🌐 Google so‘nggi 10 yildagi eng katta yangiligini tatbiq qildi
Google korporatsiyasi o‘zining Play Market ilovalar do‘koniga so‘nggi 10 yildagi asosiy yangilik - shaxsiy tavsiyalar uchun sun’iy intellektni integratsiyalashtirdi.
Ekspertlarning xabar berishicha, yangilanish natijasida Google Play foydalanuvchilari o‘z qiziqishlari, yoshi, jinsi, yashayotgan mamlakati va boshqa omillarga asoslangan holda dasturlar va o‘yinlar ilovalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, korporatsiyada ta’kidlanishicha, kelgusida ushbu tizimni do‘konning boshqa yo‘nalishlariga ham tatbiq qilish rejalashtirilmoqda.
Endi qandaydir bir ilovaning o‘rnatilishi yoki o‘rnatilmasligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy intellekt faoliyati samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu ishlab chiqaruvchilar hamda Google korporatsiyasi daromadlariga ta’sir qiladi. Shu bois "qidiruv giganti" samarali tavsiyalar tizimi ustida maksimal uzoq ish olib bordi.
📝 Manba: Kun.uz

🛒 Amazon asoschisi Djeff Bezos tarixning eng boy odamiga aylandi. Uning boyligi taxminan 105 milliard dollarga baholanmoqda, bu esa Bill Geytsdan har qachongidan-da ko‘proq.
🖼 Suratda – Bezos 1999 yil Amazon ofisida

#maslahat
ICHISH yoki ICHMASLIK?
SUV ichamiz!
Abu Ali Ibn Sino uzoq umr ko‘rish sirini o‘z bitiklarida keltirib o‘tgan. U “organizmning qurishi”ni qarishning eng muhim omillaridan biri deb hisoblagan. Zamonaviy ilm-fan ham buni tasdiqlaydi – yosh o‘tgani sayin tanadagi suv miqdori tobora qisqarib boradi.
Bu qon va limfaning quyuqlashuvi, teri va mushaklar egiluvchanligining kamayishi va hokazolarga olib keladi. Xo‘sh, nima qilish kerak? Javobi oddiy – organizmni namlash, namlik bilan to‘yintirish, ya’ni suv ichish kerak. Lekin qachon, qanday va qanaqasini?
Yoglar (yoga bilan shug‘ullanuvchilar) ertalab, biroq sovuq emas, balki iliq, 40 gradusli suvni ichishni tavsiya etishadi. Qancha icha olsangiz, shuncha iching, 1 stakan, 2, 3... Lekin agar avvalari ertalabdan suv ichishga odatlanmagan bo‘lsangiz yoki umuman kam suv ichsangiz – unda asta-sekin, ikki qultumdan boshlang va kundan-kunga ushbu miqdorni ko‘paytirib boring.
Nega aynan shu haroratdagi suv foydali?
U “tez suv” deb ham ataladi. Aytgancha, organizmning qaysi yerida suv singdirilishini bilasizmi? Ko‘pchilik oshqozonda, deb javob beradi. Oshqozonda hazm qilish jarayoni sodir bo‘ladi, suv esa ingichka ichakda singdiriladi.
Tez suv deganda – uning aynan shu ingichka ichakka tez yetib borishiga aytiladi. Agar siz oshqozonimiz tuzilishiga hech e’tibor bergan bo‘lsangiz, uning chetida to‘xtalib o‘tirmasdan, oshqozon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish uchun tarnovcha borligini ko‘rgansiz. Nima to‘g‘ridan-to‘g‘ri, to‘xtalmay o‘tishi mumkin? Aynan suv! Na choy, na kofe, hech qanday turdagi damlama, kompotlar ham emas, chunki ularning parchalanishi uchun hazm qilish fermentlari kerak bo‘ladi.
Nega aynan iliq?
Chunki sovuq suvni oshqozon to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazib yubormaydi, balki isitishga harakat qiladi. Xitoyliklar esa suv va har qanday taomning isitilishi pochkalar energiyasi hisobiga sodir bo‘ladi, deb hisoblashadi, shuning uchun sovuq taomni yeyish yoki ichishga qat’iy qarshilik bildirishadi.
Va yana bir muhim jihat. Suvni qabul qilish paytida oshqozonda hazm qilish jarayoni sodir bo‘lmayotgan bo‘lishi kerak. Aks holda dono organizm uni ichakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri yubormasdan, butun suvni hazm qilish fermentlarini eritishga yo‘naltiradi.
Shunday qilib, faqat suv, faqat iliq va och qoringa. Bu tez suvni qabul qilishning uch sharti. Ushbu payt unga minnatdorchilik bildirishni va mehrli so‘zlarni aytishni unutmang. Natijada siz nimaga erishasiz? Suv hujayra ichiga emas, balki hujayralararo bo‘shliqqa yetib boradi (aynan hujayra ichidagi suv – shishlarga olib keladi).
Hujayralararo suv esa – bu qon va limfaning suyulishi, shakar va xolestirin miqdorining pasayishiga olib keladi.
Sog‘lom hayot yo‘lida bunga amal qiling va yaqinlaringizni ogohlantirishni ham unutmang.
👨🏻💻@itspecuz & @norbekovclub

#android #smartfon #maslahat
TWILIGHT
Kechqurun telefoningizdan uzoq vaqt foydalanasizmi? Keyin ko‘zlaringiz qizarib achishadimi?
Muammoni yechimi Twilight! Uyqudan oldin telefondan foydalanish uyqusizlikka olib kelishi mumkin.
Twilight ilovasi telefon ekranini kun vaqtiga moslashtirib beradi. Quyosh botgandan keyin u telefondan chiqadigan zararli ko‘k nurni kamaytirib, ko‘zga yoqimli holatga keltiradi. Bu filtr avtomatik tarzda siz yashaydigan yerda quyosh botishi bilan ishga tushadi.
Men bu ilovadan 1 yildan beri har kuni foydalanib kelaman. Ayniqsa kechqurun Telegramdan kelgan habarlarni o‘qiganda, birov bilan suhbatlashayotganda, va kitob o‘qiyotganda juda qo‘l keladi!
Twilightdan foydalanib ko‘zlaringizni zararli nurdan asrang!
Yuklab olish
👨🏻💻@itspecuz & @ingliztilia1

Telegram
INGLIZ TILI A1
#maslahat
Jahonning eng qimmat brendlari nomi e’lon qilindi
Google va Apple qiymati 300 mlrd dollardan ortiqroqqa baholanuvchi brendlarga aylandi. Bu haqda Kantar Millward Brown marketing agentligi tomonidan tuzilgan BrandZ eng qimmat brendlar reytingida ma’lum bo‘ldi.
O‘tgan yilgi kabi bu yil ham ro‘yxatning birinchi o‘rnini Google band etdi. Brend 302,1 mlrd dollarga baholangan. Qiymati 300,6 mlrd dollar deb baholangan Apple ikkinchi o‘rinda. Yuqori uchlikni qiymati 207,6 mlrd dollarga yetgan Amazon egallagan.
Reytingga ilk bor Amerikaning Charter Communications kompaniyasining Spectrum brendi (27-o‘rin, 39,4 mlrd), Xitoyning JD.com onlayn riteyleri (59-o‘rin, 20,9 mlrd), Uber (81-o‘rin, 16 mlrd), HP (89-o‘rin, 14,8 mlrd), Xitoyning SF Express logistika operatori (90-o‘rin, 14,5 mlrd), Instagram (91-o‘rin, 14,5 mlrd), Indoneziya BCA xususiy banki (99-o‘rin, 12,7 mlrd) va Adidas (100-o‘rin, 12,5 mlrd) kiritildi.
Reytingni tayyorlash uchun Kantar Millward Brown mutaxassislari butun dunyo bo‘yicha 120 mingga yaqin brend haqida 3,6 mln iste’molchining fikrini hamda brend egalari bo‘lgan kompaniyalarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganib chiqqan.

IT specialist via @vote
Hurmatli kanalimiz muxlis va muxlisalari, siz uchun maqolalarni o‘zbek tilining qaysi alifbosida joylashtirganimiz ma’qul? Iltimos ushbu so‘rovnomamizda faol ishtirok eting:
anonymous poll
Lotin alifbosida – 323
👍👍👍👍👍👍👍 62%
Menga farqi yo‘q – 141
👍👍👍 27%
Kirill alifbosida – 57
👍 11%
👥 521 people voted so far.
anonymous poll
Lotin alifbosida – 323
👍👍👍👍👍👍👍 62%
Menga farqi yo‘q – 141
👍👍👍 27%
Kirill alifbosida – 57
👍 11%
👥 521 people voted so far.
#bilasizmi
🌏 Agarda Yer o‘z o‘qi atrofida teskari tomonga aylanganida, yil ikki sutkaga kamroq bo‘lar edi. | Если бы Земля вращалась в обратную сторону вокруг своей оси, то в году было бы на двое суток меньше.

#internet
⚠️ “404 Not Found” va veb-sahifalarning boshqa xatoliklari nimani anglatadi
Tushunarsiz nomlanishlarning mazmunini anglab olamiz va muammoni bartaraf etish usullarini izlaymiz.
👉🏻 https://goo.gl/kizvRv

“404 Not Found” va veb-sahifalarning boshqa xatoliklari nimani anglatadi
Tushunarsiz nomlanishlarning mazmunini anglab olamiz va muammoni bartaraf etish usullarini izlaymiz. Eng keng tarqalgan xatoliklar Error 401 Unauthorized Ushbu xatolik avtorizatsiyadagi muammolar tufayli yuzaga keladi. Ko‘pincha buni saytning bosh sahifasida…
#bilasizmi
🌍 Har kuni Yer Quyoshdan kuniga 550 milliard tonna ko‘mir yoqqanda olinadigan energiya miqdorini oladi. Bunday ko‘mir miqdori faqat ming yil ichida qazib olinishi mumkin. | Каждый день Земля получает от солнца такое количество энергии, которое можно получить при сжигании 550 миллиардов тон угля. Такой объем угля можно добыть за тысячу лет.

#android
❓Android’da fondagi ilovalarni yopish kerak. Shu rostmi yoki yo‘q?
Ko‘pchilik smartfon egalarida Androidning birinchi versiyalaridan beri muntazam ravishda ilovalar dispetcheri (диспетчер приложений) klavishini bosgan holda, so‘ng – Закрыть все (yoki vazifasiga ko‘ra shunga yaqin) tugmasini bosish odat tusiga aylangan. Biroq haqiqatdan ham Android biz kutgan tarzda ishlaydimi? Maqolani o‘qishni davom eting va ilovalarni qo‘lda yopishning mantiqan to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini o‘zingiz uchun aniqlab oling.
⛔️ 1-anglashilmovchilik. Yopilmagan ilovalar fonda ishlashni davom ettiradi
Bu yolg‘on. Hozir negaligini tushuntiramiz – lekin avval biroz nazariyaga to‘xtalib o‘tsak. Deyarli har qanday Android-ilovani ikki qismga, ya’ni foydalanuvchiga ko‘rinuvchi va ko‘rinmasga ajratish mumkin. Ko‘rinadigan qismi bilan siz dastur ikonkasiga bosgan holda o‘zaro bog‘lanasiz, o‘sha paytda operativ xotirada ilovaning grafik resurslari va turli vaqtinchalik ma’lumotlar saqlanadi. Ilovalar dispetcheri ilovadagi joriy seans ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda, oxirgi ishga tushirilgan dasturlar o‘rtasida biridan boshqasiga o‘tish imkonini beradi.
Bu sizga operativ xotiraning hajmi yetarli bo‘lguniga qadar davom etadi: ishga tushurilgan dasturlar operativ xotiraning butun imkoniyatlaridan foydalanishga o‘tganida, operatsion tizim avvalroq ishga tushirilgan ilovalarni o‘zidan bo‘shatib, yangilari uchun joy hozirlaydi.
Shunda ham, dispetcher ro‘yxatidagi ilovalarni ishlab turuvchi deb atab bo‘lmaydi. Aslida, bu faqat keshlangan ma’lumotlar bo‘lib, ular hech qanday xatti-harakatni amalga oshirmaydi va faqat ular bilan ishlashga tezroq qaytishingiz uchun operativ xotirada saqlanadi.
⛔️ 2-anglashilmovchilik. Agar “fondagi” ilovalar yopilsa, unumdorlik oshiriladi
Shunday qilib, ilovalar despetcheri ro‘yxatida ko‘rib turganimiz bu faqat aysbergning uchi xolos. Biroq biz yaqin orada ishga tushirilgan ilovalarni operativ xotiradan qo‘lda chiqarib tashlash orqali ishlash unumdorligiga hissa qo‘shamizku, to‘g‘rimi? Yo‘q, bu ham yolg‘on. Dispetcher ro‘yxatini qo‘lda o‘chirish sizga operativ xotirani ko‘pi bilan 100-150 megabaytga oshirish imkonini beradi. Agar operativ xotiradan chiqarib tashlanmagan biror o‘yin bo‘lsa, balkim bundan biroz ko‘proqdir. Solishtirish uchun, hattoki fonda ishlayotgan “yog‘liqqina” Facebook ham atigi 200 Mb joy egallaydi.
Android’ning bo‘sh xotira hajmini mustaqil nazorat qilish va uzoq vaqt davomida foydalanilmagan dasturlarni chiqarib tashlash qobiliyatini inobatga olgan holda, bunday kichik yutuqqa erishish, ya’ni yaqin orada ochilgan dasturlarning ro‘yxatini qo‘lda tozalashni, garchi buning ziyoni bo‘lmasa-da, mantiqsizga aylantiradi.
✅ Endi siz Android’ning ishlab turgan ilovalarini yopishda hech qanday mazmun yo‘q ekanligini aniq biluvchi juda kam sonli Android foydalanuvchilari safiga qo‘shildingiz, deb umid qilamiz.

O‘zingni haq ekanligingga ishonsang, lekin odamlar seni tanqid qilishsa, dilingni og‘ritishsa, senga baqirishsa, e’tibor berma.
Shuni yodingda tut: "Har bir o‘yinda, o‘yinchilar emas, balki tomoshabinlar shovqin qilishadi."
O‘yinchi bo‘l. O‘zingga ishon va oldingga intil.
👨🏻💻@itspecuz & @english_tests

Android’da ekranni ikki qismga ajratish📱
📲 Android’ning Nougat versiyasidan boshlab bir zumda kerakli funksiyaga o‘tish yoki muayyan vazifani bajarish imkonini beruvchi qulay harakatlar va imo-ishoralar qo‘shilgan. Interfeys bilan bog‘liq har narsa ham chetki grafik qobiqlarda ishlamasa ham, Google ilovalaridagi imo-ishoralar deyarli barcha uchun erkindir.
❓Android Nougat imkoniyatlari rukni
👇 Bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovalar bilan ishlash rejimiga tezkor o‘tish uchun biror ilovani (masalan, Контакты, Сообщения…) ishga tushirib, so‘ngra ekrandagi ko‘pfunksiyalilik (fonda ishlayotgan ilovalar) tugmasini bosib, ushlab turish turish yetarlidir.
Shunda faol turgan ilova tepa oynaga ko‘chib o‘tadi, pastkisida esa fondagi ilovalardan birini tanlash ochish mumkin. Ba’zi qurilmalarda ko‘pfunksiyalilik menyusida ilovaning eskizini tutib turgan holda uni yuqoriga siljitish orqali ekranni ikki qismga ajratish mumkin.
Ekranni avvalgi holatga qaytarish uchun ikki ilovani ajratib turuvchi chiziqni bosib turgan holda pastga qarab tortish yoki ko‘rinishi mos tarzda o‘zgargan ko‘pfunksiyalilik tugmasini bosib turish lozim.

💸 Millionerlardan 20 ta oltin qoida
Biz hayotimiz davomida juda ko‘plab omadli insonlarni uchratamiz, eshitamiz va ularga havas qilamiz. Qaniydi biz ham shunaqa bo‘lsak, deymiz. Ammo, bu kunlarga erishish uchun biz nimalar qilishimiz kerakligini bilamizmi? Bugun sizlarga hayotda omadga ko‘p erishgan va boy bo‘lish borasida ham hammaga taniqli millionerlardan boy va omadli bo‘lishning sirlari haqida o‘rtoqlashamiz.
20 oltin qoida:
🔹Odamlarga o‘zlari kutganidan ham ko‘prog‘ini bering va buni tabassum bilan amalga oshiring;
🔸Hamma eshitganlaringizga ham ishonavermang, topganingizni hammasini sarflamang, qancha xohlasangiz, shuncha uxlash kerak emas;
🔹Odamlardan kechirim so‘rash vaqti ularning ko‘zlariga qarang;
🔸Bir ko‘rishdagi sevgiga ishoning;
🔹Boshqalarning orzulari ustidan kulmang;
🔸Haqiqiy tortishing, bahslashing, ammo urushga aylantirvormang;
🔹Sekin ayting, ammo tez o‘ylang;
🔸Sizga siz javob berishni xohlamagan savolni berishsa, ularni jerkmang, aksincha tabbasum bilan, “Nimaga buni bilishni istaysiz?” deng.
🔹Yodingizda tuting, katta sevgi va ko‘proq g‘alaba sizdan katta tavakkalni talab qiladi;
🔸Uch narsani yodingizda tuting: o‘zingizni hurmat qiling, o‘zgalarni hurmat qiling va ishingizni sidqidildan bajaring;
🔹Mayda chuyda narsalarning orqasidan katta, mustahkam munosabatni va aloqani buzmang;
🔸Telefon qo‘ng‘irog‘iga tabbasum bilan javob bering, suhbatdoshingiz buni ovozingizdan osongina fahmlaydi;
🔹Esingizda tursin – ba’zan sukut saqlash eng yaxshi javob bo‘ladi;
🔸Ko‘proq kitob o‘qing, televizorni kamroq tomosha qiling;
🔹O‘zingiz xohlaganday yashang! Yoshingiz o‘tib, ortingizga sarhisob qilish uchun qayrilganingizda, yashab o‘tgan hayotingizdan dilingiz yayrasin;
🔸O‘zingiz sevgan ish bilan shug‘ullaning;
🔹Bir yilda bir marta, avvallari hech bo‘lmagan yeringizga borib, aylanib keling;
🔸Erishgan yutug‘ingizni qilgan qurbonligingizdan ustun qo‘ying va yuqori baholang;
🔹Yetti o‘lchab, bir kesing;
🔸O‘ylagan niyatingizga erishishning eng asosiy siri – bu maqsadga o‘zingizning ham ishonishingizdir. Odam o‘z maqsadiga ishonsagina, o‘shanda u ushaladi.
👨🏻💻@itspecuz & @baxtlihayotsirlari

#maslahat #smartfon
📱Ekspertlar: Xiaomi smartfonlarini AliExpress’dan olmang, bu xavfli!
Yurtdoshlarimiz ayrim elektrotexnika mahsulotlarini onlayn savdo platformalari orqali xarid qilishni o‘rganib olishgan. Ammo keyingi paytlarda “xitoycha Apple” smartfonlarini AliExpress orqali olmaganingiz ma’qul, deb yozadi RuNews24 nashri.
Mutaxassislarning ta’kidlashlariga ko‘ra, Xiaomi korporatsiyasi yaqindan beri o‘z smartfonlaridagi dasturiy ta’minotning ishlash tamoyiliga o‘zgarish kiritgan. Ya’ni, avvallari ularning proshivkasi universal bo‘lar, foydalanuvchi uni o‘z mamlakati hududiga moslab olar edi. Endi esa kompaniya har bir hududga mo‘ljallab chiqargan telefoniga o‘sha hududgagina mos proshivka o‘rnatmoqda va uni almashtirib – lokalizatsiya qilib bo‘lmaydi.
Tabiiyki, AliExpress’dagi sotuvchilar asosan eng arzon – Xitoyning o‘zi uchun ishlab chiqarilgan smartfonlarni olib, savdoga qo‘yishadi. Agarda o‘shanaqasidan olsangiz, keyin uni O‘zbekistonda ishlashga moslashtirishda, unga bank kartangizni biriktirishda muammolar yuzaga keladi. Bulardan tashqari, unda ayrim ilovalar, jumladan Google Pay ham ishlamasligi mumkin.
Saytning ta’kidlashicha, xitoycha proshivkali Xiaomi smartfoniga global proshivka o‘rnatishga urinsangiz, uni ishdan chiqarib qo‘yishingiz ham hech gapmas. Buning oqibatida yuzaga kelgan nosozlikni esa faqat servis markazlaridagina bartaraf eta olishadi.
Aytish kerakki, o‘zimizga olib kelinib, rasman savdoga qo‘yilgan smartfonlarda bunday muammo uchramaydi. Zero, sotuvchi o‘z mahsulotiga bir yillik kafolat ham berishi bu borada ishonchni yanada mustahkamlaydi.
📝 DiMaX Terabayt.uz

#bilasizmi #internet
🌐 Skype, Viber, WhatsApp bilan bog‘liq muammolar nihoyat bartaraf etildi
Bu haqda “O‘zbektelekom” kompaniyasi Bosh direktori Farhod Ro‘ziyev O‘zbekistonda AKT ni rivojlantirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan #MITCROADMAP2018 konferensiyasida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, kompaniya muhandislari ushbu muammoni bartaraf etish uchun bir necha kun qattiq ishlashgan.
“Biz eng og‘riqli muammoni bartaraf etdik. Bir necha kun davomida muhandislarimiz qattiq ishlashdi va Skype, Viber, WhatsApp hamda boshqa ovozli ilovalar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishdi. Endi hammasi ishlayapti – bemalol foydalanishingiz mumkin, o‘rtoqlar”, — deya ta’kidladi “O‘zbektelekom” rahbari.
Bosh direktorning aytishicha, kompaniya keng miqyosda transformatsiyani amalga oshirmoqda va o‘z oldiga 2020 yilgacha mo‘ljallangan global maqsadlarni belgilab olgan.
Bular:
1️⃣. O‘zbekistonda birinchi raqamli operator bo‘lish;
2️⃣. Mamlakatda eng zo‘r 10 ta ish beruvchining biriga aylanish;
3️⃣. Respublikada eng ilg‘or davlat kompaniyasi bo‘lish.
Bundan tashqari, 2018 yilning oxirigacha internet tezligini bir necha barobarga oshirish bo‘yicha ishlar allaqachon boshlab yuborilgan, deyiladi change.uztelecom.uz saytida.
📝 Saroy Terabayt.uz

🗣 Messenjerlar foydalanuvchilari uzoq kutgan muhim funksiya birinchi bo‘lib Skype’ga joriy etildi!
Microsoft kompaniyasi Skype messenjerining yirik yangilanishini taqdim etdi. Undakompyuterlar uchun yangi interfeysdan tashqari, ilovaning o‘zida suhbatlar vavideokonferensiyalarni yozib olish funksiyasi ham bor.
Aytish kerakki, avvallari Skype orqali amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlarni yozib olish uchun chet ilovalar qo‘llanar edi. Endi esa bu funksiya shu messenjerning o‘zigayoq joriy etildi.
Suhbatlar va videochatlarni yozib olish uchun messenjerdagi bittagina tugmachani bosish kifoya. Skype shu ondayoq muloqotni "bulutli" serveriga yozib ola boshlaydi.
Skype’ning bu yangi funksiyasi nafaqat ovozlarni, balki konferensiyaning barcha ishtirokchilari videolarini ham yozib oladi. Shu jumladan, Ish stoli va ilovalar translyatsiyalarini ham.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, muloqotlarni yozib olish funksiyasini g‘araz niyatlarda – suhbatdoshlarga bildirmasdan ishlatib bo‘lmaydi. Chatdagilardan kimdir yozib olish funksiyasini ishga tushirsa, shu zahotiyoq boshqalariga bu haqda bildirishnoma boradi.
Yangi funksiya shu oyning o‘zidayoq Skype’ning barcha – iOS, Android, Windows, MacOS va Linux versiyalariga tatbiq etiladi.