IT specialist
9.58K subscribers
1.15K photos
495 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.iss.one/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.iss.one/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Makros butun hujjatdagi matnni almashtirib, hujjatni saqlaydi. Unutmang, kiritilgan o‘zgartirishlarni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Qayta ishlamoqchi bo‘lgan hujjatlarimizdan avval nusxa olganimiz ma’qul.
Hurmatli kanalimiz a'zolari!
Telegram tarmog'ida o'z kanalingizni yuritish niyatingiz bormi? Unda menda siz uchun bir ajoyib g'oya paydo bo'ldi!

Kitob o'qishga qiziqasizmi? Ko'p kitoblar o'qib mutolaa qilgan bo'lsangiz kerak, taassurotlaringizni keng auditoriya bilan bo'lishishga nima deysiz?

Albatta Siz o'zingiz barcha kitoblarni o'qib chiqishga ulgirmaysiz, har xil mualliflarga tegishli qanchadan-qancha qiziq asarlar bor, ularni o'qiganlar kanal administratoriga o'qigan kitobi haqidagi taassurotlarini chiroyli ko'rinishda yuboradi.

Yuborilgan murojaatlar kanal administratori moderatsiyasidan o'tadi, xato-kamchiliklar bartaraf etilib, kanalga joylanadi. Kanal uchun taxminiy nomlar: "Kitoblar olamiga sayohat" yoki "Kitobdan olgan taassurotlarim..." bo'lishi mumkin, yana bundan ham chiroyli nomlarni o'ylab ko'rsangiz bo'ladi.

Kitoblarni yuklab olish uchun qiziqarli kanallar mavjud.
Bular:
1. Elektron kutubxona - @ElektronKutubxona (16.3k+)
2. Elektron kitobxona - @eKutubxona (6.5k+)
3. Kitoblar olami - @ElektronKitoblarUz (6k+)
4. Mening kutubxonam - @iKutubxona (4.3k+)

Lekin bularda kitoblar mutolaasi yuritilmaydi, Telegram tarmog'ida o'zbek tilida bunday kanalni men kuzatmadim, shuning uchun kimgadir mening g'oyam ma'qul kelgan bo'lsa, unda shunga moderatorlik qilsin, mas'uliyat bilan yondashsin.

Aytishingiz mumkin, o'zingiz shuni qilsangiz bo'lmaydimi deb. Men IT-sohasining ashaddiy muxlisi bo'lganligim uchun, vaqt topdim deganda Siz aziz muxlis va muxlisalarim uchun maqolalar izlayman, tarjima qilaman, o'zimning tajribamga tayangan holda, o'zim uchun foydasi tekkan dasturlardan foydalanish, sozlash haqida maqolalar yozib bo'lishgim keladi. Kuzatib bormoqdaman, muxlislar yozib, minnatdorchilik bildirib turishadi, ba'zilar mehnatimiz qadrini bilmay yoki bilvosita 👎 ham bosishadi, ishoning bu oson ish emas, buni kanal yurituvchi administratorlar yaxshi tushunishadi.

Men IT-sohasining ashaddiy muxlisi bo'lsam, siz Badiiy asarlar o'qishning ashaddiy muxlisi bo'lishingiz mumkin, keling hamma hobbisiga tayangan holda ish tutsin, yangi yuritiladigan kanal tufayli kitobxonlar safi kengaysin. Smartfon ekraniga bemazmun o'yinlar bilan uchun chalg'igan ko'zlar kitob mutolaasiga yuzlansin, kitob o'qishga ishtiyoq kuchaysin, yoshlarimizning dunyoqarashi kengaysin, bunda ushbu kanalning o'ziga xos hissasi bo'lsin!

G'oya muallifi, kaminai kamtarin do'stingiz Shuhrat Mahmudov.
E'tiboringiz uchun rahmat, umid qilamanki ushbu g'oyam albatta kimningdir qalbiga yo'l topib boradi!

Biz bilan birga bo'ling: @itspecuz
👍1
#excel

Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar) ⌨️

Tez-tez qaynoq klavishalardan foydalanish ishimiz tezligini oshirishda ko‘mak beradi. Ushbu maqolamizda ko‘pchilik uchun notanish, lekin juda foydali Excel qaynoq klavishalari kombinatsiyalarini keltirdik.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍31🔥1
IT-Biznes: O'zbekistonda saytlardan daromad olish mumkinmi?

https://t.iss.one/xabaruzofficial/188

Dolzarb, ochiq va tahliliy xabarlar bilan @xabaruzofficial kanalida tanishib boring.
#operatsion_tizim

Windows 10'da kengaytirilgan rejim (va boshqa sirli papkalar) 🤫

Windows 10’da God Mode (kengaytirilgan rejim) – bu qulay ko‘rinishda kompyuterni sozlash va administrlash uchun barcha mavjud funksiyalarini (Windows 10’da bunday elementlar soni esa – 233 ta) o‘z ichiga oluvchi, tizimdagi o‘ziga xos “sirli papka” hisoblanadi (operatsion tizimning avvalgi versiyalarida ham mavjud).

Windows 10’da God Mode ushbu operatsion tizimning avvalgi ikki versiyalaridagi kabi ishga tushiriladi, buni aynan qanday amalga oshirishni pastroqda (ikki usulda) ko‘rsatamiz. Birato‘lasi boshqa “sirli” papkalar yaratish haqida so‘z yuritiladi – ehtimol ushbu ma’lumot kerak bo‘lmasa ham, ortiqcha bo‘lmasligi aniq.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
🔥1
#maslahat

Kanalimizda yoritib o’tilgan ushbu: https://t.iss.one/itspecuz/958 maqolamiz uchun Mavsuddin ismli muxlisimiz maxsus videorolik tayyorlabdi va YouTube tarmog‘iga joylashtiribdi, bu uchun biz Mavsuddinga minnatdorchilik bildiramiz va ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Videoni ushbu havola orqali o‘tib, tomosha qilishingiz mumkin:
👉 https://youtu.be/pqWnTuRQ878

E’tiboringiz uchun rahmat!
Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz
👍1
IT specialist
Hurmatli kanalimiz a'zolari! Telegram tarmog'ida o'z kanalingizni yuritish niyatingiz bormi? Unda menda siz uchun bir ajoyib g'oya paydo bo'ldi! Kitob o'qishga qiziqasizmi? Ko'p kitoblar o'qib mutolaa qilgan bo'lsangiz kerak, taassurotlaringizni keng auditoriya…
🙋‍♂Aziz do'stlar!🙋‍♀

✏️ Yuqorida keltirilgan fikrimizni o'z yaqinlaringiz va do'stlaringiz bilan ulashishingizni Sizdan iltimos qilgan bo'lardik, kimgadir ushbu g'oya ma'qul kelib, hayrli ishni boshlashiga turtki bo'lardi, bundan esa barchamiz manfaatdor bo'lardik.

📝 Ha, aytgancha, biz ushbu maqolamizda kanallarning manzilini kiritishda yo'l qo'ygan xatoimiz uchun Sizlardan va ushbu kanallarni yuritayotgan administratorlardan uzr so'rayman va ushbu kanallarning manzilini Sizlar uchun qayta yo'llaymiz:
📢 Elektron kutubxona - @Elektron_Kutubxona (16.3k+)
📢 Elektron kitobxona - @e_Kutubxona (6.5k+)
📢 Kitoblar olami - @Elektron_Kitoblar_Uz (6.2k+)
📢 Mening kutubxonam - @iKutubxona (5.1k+)

📒 Marhamat, ushbu kanallarga a'zo bo'ling, ko'p kitoblar orasidan birortasini o'qish uchun o'zingizga vaqt ajrating, kitoblardan olgan taassurotlaringizni esa biror joyga elektron ko'rinishda yozib, saqlab boring. Yuqoridagi maqolamizda bildirilgan g'oya bo'yicha biror administrator kanal yuritib, o'z ishini boshlaganini Sizga bildirganida, unga o'z taassurotlaringizni yuborishingiz va boshqalarning fikrini ham shu tarzda bilishingiz mumkin, shu bilan kitobxonlar safi kengayadi, o'ziga xos fikrlar forumi shakllanadi, yoshlarning kitobga bo'lgan mehri tobora ortib boradi, bu mehrning tanqisligi esa oxirgi paytlarda juda sezilmoqda...

E'tiboringiz uchun rahmat!
Biz bilan birga bo'ling: @itspecuz
Hurmatli do'stlar!
IT-spec kanali Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2018 yil bilan muborakbod etadi. Yangi yil Sizga va oilangizga baxt, omad va olam-olam quvonch olib kelsin. Yurtimiz obodligi va bunyodkorligi yo'lidagi ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.
🎄Yangi yil muborak bo'lsin! ❄️
Kanalimiz qisqa muddatli ta'tilga chiqmoqda, kelasi yilda yana IT-sohasidagi foydali maqolalarimiz bilan Sizlarni hushnud etishda davom etamiz degan umiddamiz!
Biz bilan birga bo'ling, kanalimizdan uzoqlashmang: @itspecuz
🤬1
#smartfon #mulohaza_uchun

“Bobofon”ning o‘rniga: ota-onamiz uchun zamonaviy smartfon tanlaymiz 📱

Ushbu ko‘rsatmalar Sizga ota-onangiz foydalanishi mumkin bo‘lgan smartfonni tanlashingizda yordam beradi.

Smartfon xarid qilayotgan insonlar safi kengayib bormoqda, ota-onamiz esa – bundan mustasno emas. Ular uchun qo‘llaridagi eskirib qolgan, lekin qadrdon Nokia – dunyodagi eng qulay aloqa vositasi bo‘lib tuyulsa-da, ularga smartfon sovg‘a qilganingizdan keyin biroz vaqt o‘tgach, ular sizga albatta o‘z minnatdorchiligini bildirishadi. Ehtimol, ota-onangizga Internet tarmo‘gida vaqt o‘tkazish yoki Instagram tasmasini kuzatib borish yoqmasligi mumkindir, biroq nevaralarining rasmlarini va farzandlarining videoxabarlarini Telegram orqali qabul qilish ularni hursand qilishi aniq.

Ular uchun aynan qanday smartfon mos kelishini anglab olsangiz bas. Buni tanlashda 5 jihatga ahamiyat berishingiz lozim.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #bilasizmi

Windows 10’da “Мой компьютер” belgisini ish stoliga qaytarish 🖥

Windows 10’da “Мой компьютер” (Этот компьютер) belgisini ish stoliga qaytarish, yangi operatsion tizimga taalluqli bo‘lgan barcha savollar (yangilash (обновление) bo‘yicha berilgan savollardan tashqari) orasida eng ko‘p so‘raladiganlaridan biri hisoblanadi. Bu elementar harakatlar ketma-ketligi bo‘lishiga qaramasdan, bu bo‘yicha ko‘rsatma tayyorlashga qaror qildik.

Bu kabi savol bilan foydalanuvchilarning yuzlanishiga sabab, “Мой компьютер” belgisining qoida bo‘yicha (по умолчанию) Windows 10’ning ish stolida yo‘qligidir (toza operatsion tizim o‘rnatilgan taqdirda), uni yoqib qo‘yish esa operatsion tizimning avvalgi versiyalaridagi kabi amalga oshirilmaydi. O’z navbatida “Мой компьютер” – bu juda qulay va ushbu operatsion tizimda eng ko‘p qo‘llaniladigan vositadir, biz ham o‘z ish stolimizda undan foydalanamiz (uning funksiyasini Win+E klavishalar kombinatsiyasi orqali ham amalga oshirish mumkin).

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security

Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля) 🔓

Ushbu ko‘rsatmamizda sizning Microsoft yoki lokal qayd yozuvi (учетная запись)dan foydalanishingizdan qat’iy nazar, qanday qilib Windows 10’da unutilgan parolni qayta tiklashingiz mumkinligi haqida gap boradi. Bir-ikki nyuanslarni hisobga olmaganda, parolni qayta tiklash jarayoni, operatsion tizimning avvalgi versiyalaridagiga o‘xshashdir.

Agar ushbu ma’lumot sizga Windows 10’dagi o‘rnatgan parolingiz qandaydir sababga ko‘ra mos kelmagani uchun kerak bo‘lib qolgan bo‘lsa, u holda uni Caps Lock yoqilgan yoki o‘chirilgan holida, klaviaturadani rus yoki ingliz tiliga o‘girib, kiritishga harakat qilib ko‘ring – bu yordam berishi mumkin.

👉🏻 Batafsil...

@itspecuz
#operatsion_tizim #security

Windows 10’ga kirishda so‘raladigan parolni olib tashlash 🔓

Ushbu ko‘rsatmamizda kompyuterni ishga tushirgan mahal Windows 10 tizimiga kirishdagi, shu bilan birga alohida, uyqu rejimidan chiqishdagi parolni olib tashlashning bir nechta usuli qadamma-qadam ko‘rsatib o‘tilgan. Buni nafaqat Панель управления’dagi qayd yozuvlari sozlamalari, balki reyestr muharriri, elektr ta’minoti sozlamalari (uyqu rejimidan chiqishda parolni kiritish so‘rovini o‘chirib qo‘yish uchun), yoki tizimga avtomatik kirishni yoqib qo‘yish uchun bepul dasturlar yordamida va shunchaki foydalanuvchi parolini o‘chirish orqali ham amalga oshirish mumkin. Bu variantlarning barchasi pastroqda keltirilgan.

Quyida keltirilgan ko‘rsatmalarni amalga oshirish va Windows 10’ga avtomatik kirishni yoqib qo‘yish uchun sizning qayd yozuvingiz administrator huquqlariga ega bo‘lishi lozim (odatda, uy kompyuterlarida qoida bo‘yicha ham shunday bo‘ladi).

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#operatsion_tizim

Windows 10’da foydalanuvchini yaratish 👤

Ushbu ko‘rsatmamizda boshlang‘ich foydalanuvchilar uchun Windows 10’da bir nechta usullarda yangi foydalanuvchini yaratish, uni administratorga aylantirish yoki aksincha, kompyuter yoki noutbuk foydalanuvchisi uchun cheklangan qayd yozuvini (ограниченная учетная запись) yaratish haqida gap boradi.

Windows 10’da ikki xil qayd yozuvi mavjud — Microsoft qayd yozuvlari (elektron pochta manzilini talab etadi va parametrlarni onlayn sinxronizatsiya qiladi) hamda Windows’ning avvalgi versiyalaridan siz uchun odatiy bo‘lib qolgan, bir-biridan farq qilmaydigan lokal qayd yozuvlari. Bunda bir qayd yozuvini istalgan paytda boshqasiga “aylantirish” mumkin. Maqolada har ikki qayd yozuvi turidagi foydalanuvchilarni yaratish ko‘rib chiqiladi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
Kimningdir hayotida yaxshi o‘zgarishlarga sababchi bo‘lish – bu inson uchun Yaratgan tomonidan berilgan eng ulug ne‘matdir.

Blez Paskal
Assalomu alaykum kanalimizning aziz va muhtaram a'zolari! Barchangizni "Vatan himoyachilari kuni"ning 26 yilligi munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Ilohim yurtimiz hamisha tinch, oilalarimiz hotirjam, Vatanimizni ko'rolmaganlar zotiljam bo'lsin.
Hurmat va ehtirom ila @itspecuz