ITSM
1.36K subscribers
1.78K photos
446 videos
1 file
1.01K links
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi.

• Veb sayt: itsm.uz
• E-mail: [email protected]
• Facebook: facebook.com/itsc.uz
• Instagram: instagram.com/itsm_uz
• Twitter: twitter.com/itsm_uz
• Linkedin: company/itsmuz
Download Telegram
🌈“Hashar – elga yarashar”. ITSM jamoasi umumxalq hashariga hissa qo‘shdi

🌷Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 13-mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida "Obod va ko‘rkam mahallam" obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

🧹Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” xodimlari ham ushbu hasharga o‘z hissasini qo‘shdi. Hashar davomida Markaz hududi obodonlashtirildi, daraxt va butalar oqlandi.

ITSM jamoasi hayriya hasharida o‘zaro jipslik, ahillik fazilatlarini namoyon etishdi, o‘z ish joyi, shahrini obod qilishdan mamnun bo‘lishdi.

Website | Facebook | Telegram | TikTok
#Bu_qiziq

⁉️Nega darslar 45 daqiqa davom etadi?

🔔35 daqiqa — 7 yoshli va hatto 6 yoshli bolaning miyasi samarali qabul qilishi uchun yetarli vaqt hisoblanadi. Ana shu vaqt davomida o‘quvchi ortiqcha narsalarga chalg‘imasdan, o‘qituvchi aytgan ma’lumotlarga diqqat qarata oladi.

👩🏻‍🏫Darsning yakuniy 10 daqiqali qismi esa fan o'qituvchilari darsda berilgan tushuntirish va yangi bilimlarni mustahkamlash uchun qulay vaqt hisoblanadi.

Website | Facebook | Telegram | TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bloger Doniyor Kayumov Kitob.uz ilovasini tanlashiga 6 sabab:

reklama va cheklovlarsiz har qanday kitoblarni oʻqish va tinglash;
adabiy janrlarning boy tanlovi;
oʻqish uchun tungi rejimning mavjudligi;
varaqlash rejimini sozlash qobiliyati;
kitobni o‘qishni to‘xtagan joydan boshlab o'qishni davom ettirish imkoniyati;
kitoblarni izlash qulayligi.

❗️ESLATMA!
Ilovadan foydalanish mutlaqo bepul va doimiy Internetga ulanishni talab qilmaydi!

Yuklab olish uchun:
📲Play Маркет I 📲 App Store


Website | Facebook | Telegram | TikTok
⚡️maktab.uz loyihasining dastlabki taqdimoti muvaffaqiyatli o'tdi

📌Ta’lim sohasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish va masofaviy o‘qitish metodikasini tadbiq etish doirasida bugun, 16-mart kuni “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” (ITSM) tomonidan yangi maktab.uz masofaviy ta’lim platformasi axborot tizimining 1-bosqich taqdimoti namoyish etildi.

📎Unda maktab.uz tizimining ishlash tamoyillari, imkoniyatlari, afzalliklari va qulayliklari haqida batafsil ma’lumot berildi. Loyihani sinov tariqasida poytaxt maktablaridan birida sinovdan o‘tkazish hamda yangi 2021-2022-o‘quv yili uchun to‘liq ishga tushirish masalasi ta’kidlandi.

Loyihaning asosiy afzalliklari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin:

👉AFZALLIKLARI👈


Website | Facebook | Telegram | TikTok
#Bu_qiziq

⁉️Dunyoning boshqa davlatlarida maktab ta’tillari qancha davom etadi?

🇩🇪Germaniyada maktab ta’tillarining davomiyligi qisqa bo‘lsa-da, ularning soni ko‘p. Masalan, yozda o‘quvchilar atigi 6 hafta dam olishadi.
🇯🇵Yaponiyada bahorgi ta’til 10 kun: 25-martdan 5-aprelgacha davom etadi. Yozgi ta’tilning davomiyligi esa 40 kun.
🇦🇺Avstraliyada eng uzoq davom etadigan ta’til muddati — dekabrdan yanvarga qadar.
🇨🇳Xitoylik o‘quvchilar esa deyarli dam olishmaydi. Ular o`qish paytida turli xil to‘garaklarga borib, o‘z ustida tinmay izlanishadi.
🌏MDH davlatlaridagi maktab ta’tillari biznikidan deyrli farqli emas. Har bir chorakdan so’ng ta’til e’lon qilinadi. Ulardan eng uzoq davom etadigani yozgisidir.

‼️Yurtimizdagi maktablarda uchinchi chorak yakunlanmoqda. 20-mart kuni 2020-2021-o‘quv yilining bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanadi. Bahorgi ta’til 20-28-martgacha davom etib, 29-martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.

Website | Facebook | Telegram | TikTok
⚡️“Educard” loyihasi bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi

Yoshlarda iqtisodiy madaniyat hamda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida, xalq ta’limi tizimida “Educard” loyihasini joriy etish ishlari boshlab yuborilgan.

📑Kuni kecha, mazkur loyihani joriy etish bo‘yicha ishchi guruh vakillari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida tomonlar o‘zlarining vakolatlari doirasida “Educard” loyihasini joriy etishdagi texnik imkoniyatlarini boyitish, loyihani tajriba-sinov tariqasida ishga tushirish masalalarini muhokama qildilar.

🤝Xususan, uchrashuv davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga alohida e’tibor qaratish, ularga taqdim etish mumkin bo‘lgan imtiyozlar hamda qulayliklar bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.

Website | Facebook | Telegram | TikTok
⚡️JDU hamda ITSM hamkorligidagi loyiha o‘z yakuniga yetdi

“COVID-19 pandemiyasi salbiy ta’siri davrida xalq ta’limi sohasidagi muammolarni bartaraf etish uchun o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida hududlardan saralab olingan 140 ta oʻqituvchiga JICA tomonidan ajratilgan notebook, router va alohida sim-kartalar tarqatilgan edi.

Jarayon davomida oʻqituvchilar bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishdi. Shu bilan birgalikda ta’lim tizimida qo‘shimcha adabiyotlar va o‘quv loyihalari sifatini oshirish, xususiy ta’limning rivojlantirish boʻyicha ma’lumotlarga ega boʻldilar.

📌Agar siz ham tajribali va oʻz ustida ishlaydigan ustozlardan boʻlsangiz, 10 aprelga qadar berilgan imkoniyatlardan foydalaning.

📂Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: [email protected]

❗️Diqqat!
Murojaatda ism-sharif va telefon raqamingizni yozishni unutmang.

Ishtirokchi o'qituvchilarning loyiha haqidagi fikrlarini bilish uchun 👉Batafsil👈

Website | Facebook | Telegram | TikTok
🌺Xush kelding bahor, xush kelding NAVROʻZ!

🌈Bugun, 19-mart kuni “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” (ITSM) rahbariyati Navroʻz bayrami munosabati bilan Markaz xodimlarini muborakbod etdi.

🌹Markaz bosh direktori Abduvali Haydarov Navro‘z bayramini azal-azaldan xalqimizning ezgu va go‘zal qadriyatlarini, oliyjanob orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etganini e’tirof etib, barchani bayram bilan chin dildan tabrikladi. Shuningdek, yurtimizdagi pandemiya munosabati bilan barchani ehtiyotkorlikka chaqirdi.

🌼Oʻz navbatida, Markazning Rivojlantirish boʻyicha direktori Sarvar Saʼdullayev oʻz nutqida Navroʻz bayramini sharqona yangi yil boshlanishi, tabiat uygʻonishining ramzi, ardoqli bayram ekanligini taʼkidladi. Tabrik yakunida Innovatsiya boʻyicha direktor Sarvar Jalolov ham oʻzining ezgu tilaklarini bildirdi.

🌸Navroʻzingiz muborak, aziz yurtdoshlar!

Website | Facebook | Telegram | TikTok
#Bu_qiziq

🌎Barcha mamlakatlarda bolalar maktabga 7 yoshdan chiqadimi?

🎒Dunyoning turli burchaklarida maktabga chiqish yoshi har xil qilib belgilangan.

Masalan, 🇨🇳 Xitoy , 🇧🇪 Belgiya, 🇫🇷Fransiya va 🇩🇪 Germaniya davlatlarida maktabga 6 yoshdan chiqish deyarli majburiy hisoblanadi.

🇹🇷 Turkiyada maktabga 5,5-7 yosh oraligʻida chiqiladi.

🇦🇺 Avstraliyada esa 5-6 yoshdan.

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliyada ham bolalarni erta maktabga berishadi, ular 5 yoshidan 1-sinfga boradi.

🇷🇺 Rossiya o’quvchilari o’qishga odatda 6-7 yoshlaridan chiqishadi.

🇺🇿 O’zbekistonda esa birinchi sinfga bolalar 7 yoshga to'ladigan yili qabul qilinadi.


📎Eslatib o’tamiz, yoz oylarida mamlakatimizda 1-sinfga qabul boshlanadi.

Website | Facebook | Telegram | TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌷Yurtim, Navro'zing muborak bo'lsin!

💐Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK o'zbek xalqini shukronalik bayrami Navro'z bilan tabriklaydi!

🌼Markaz jamoasi poytaxtimizda istiqomat qiluvchi yolg'iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni yangi kun, yangi fasl bilan qutlab, ularni yo'qladi.

Website | Facebook | Telegram | TikTok
Forwarded from Sherzod Shermatov
Таълим сифатини ошириш учун янги чоп этиладиган дарсликлар билан бирга машқ дафтари, ўқитувчи китоби ва мультимедия иловасини беришга имконият бўлади
(
видеони ҳам кўринг)

Шунингдек, янги дарсликлар соддароқ ва қизиқарлироқ бўлиши, ҳамда уларни мультимедия билан интеграция қилиб, ўқувчиларни янада шу фанга қизиқтиришга ҳаракат қилишимиз мумкин бўлади. Масалан, биринчи синф мусиқа дарслигидаги қўшимча мультимедия иловаси миллий чолғу асбобларининг қандай чалиниши ёки ўзбек тилидаги ашулани караоке сифатида ижроси, тасвирий санъат дарслигида эса расмлар чизиш, бўяш ва пластилиндан турли шакллар ясашни содда қилиб тушунтириб беришга ёрдам беради.

Давлатимиз Раҳбарининг Тошкент вилоятига ташрифлари режасида жуда кўп масалалар бўлишига қарамай, ушбу мавзуда батафсил ахборот беришга имконият бўлди. Натижада, Президентимиз дарсликдан ташқари машқ дафтари, ўқитувчи китоби ҳамда мультимедия иловаларига қўшимча маблағ ажратилиши бўйича топшириқ бердилар. Керак бўлса, жойларда қурилиш-таъмирлаш учун ажратилаётган қўшимча маблағларнинг қайсидир қисмини оптимизация қилиш ҳисобига, ушбу қўшимча материалларни молиялаштириш зарурлигини таъкидлаб ўтдилар. Сабаби, бу ўзгаришлардан таълим сифати учун қурилишдан кўра кўпроқ фойда бўлади.

Авваллари фақатгина фидоий ўқитувчилар ўз устиларида доим ишлаб, қўшимча дарс ишланмалари тайёрлаб, ўқувчиларнинг ота-оналари билан ҳамкорликда ўқувчилар машқ бажариши учун қўшимча материаллар бериб келишган.

Энди ҳар бир ўқитувчида тўлиқ методик материаллар бўлиши, уларнинг дарсларга яхшироқ тайёрланишларига имконият яратади. Бу эса, айнан қизил мактаблардаги таълим сифатини оширишга ўзининг катта ижобий ҳиссасини қўшади. Масалан, 5-синфда Информатика фанидан дарс ўтмоқчи бўлган ўқитувчи ушбу фандан яратилган “Ўқитувчи китоби”ни ўқиб, у ерда кўрсатилган ҳаволалар орқали РТМ базасига кириб, янги дарслик асосида яратилан тўлиқ тақдимот материалларини олиб, дарсга янада яхшироқ тайёрлана олади: https://dr.rtm.uz/darslik/?lang=uz&sinf=5&fan=informatika...

Барча мактабларимизни юқори тезликдаги интернетга улаш, ҳамда ўқитувчилар хоналарига Wi-Fi ўтказиб бериш бўйича бошланган ишларимиз ҳам айнан шу каби имкониятлардан кенгроқ фойдаланиш учун қаратилган. Batafsil: https://bit.ly/315JODq
#Bu_qiziq

📚Qaysi mamlakatda o'quv yili qachondan boshlanadi?

🇳🇱Niderlandiya — avgust oyining ohiri yoki kuz faslining boshida;

🇯🇵Yaponiya — aprel oyi — Sakura daraxti gullaganda;

🇩🇪Germaniya — avgust oyining ohiri yoki sentyabr oyining birinchi haftasida;

🇨🇳Xitoy, 🇷🇺Rossiya va 🇰🇿Qozog‘iston — 1-sentyabrda;

🇪🇸Ispaniyada o‘quv yilining boshlanishi aniq bir kun bilan belgilanmagan. Odatda sentyabr va oktyabr oylarida boshlanadi.

🇮🇩Indoneziya — yoz faslining iyul oyida;

🇬🇧Buyuk Britaniya — 30-31 avgust yoki 3-4 sentyabrda;

🇮🇳Hindiston — iyun oyida;

🇦🇷Argentina, 🇧🇷Braziliya va 🇺🇾Urugvay — fevral va mart oylarida;

🇺🇿 Mamlakatimizda esa 2-sentyabr — "Bilimlar kuni"dir. Shu kuni barcha maktablarda "Birinchi qo'ng'iroq" bayramlari uyushtiriladi.


Website | Facebook | Telegram | TikTok