ITSM
1.38K subscribers
1.78K photos
446 videos
1 file
1.01K links
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi.

• Veb sayt: itsm.uz
• E-mail: [email protected]
• Facebook: facebook.com/itsc.uz
• Instagram: instagram.com/itsm_uz
• Twitter: twitter.com/itsm_uz
• Linkedin: company/itsmuz
Download Telegram
👨‍💻“AI for Girls v2.0” treningiga start berildi

Joriy yilining 4-5-may kunlari poytaxtimizda joylashgan “Medion Academy” trening markazining konferensiyalar zalida “AI for Girls v2.0” o‘quv inkubatoriga start berildi.

🎯 “AI for Girls v2.0” o‘quv inkubatori – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi,  Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Germaniyaning "Constructor University" oliy ta'lim muassasasi hamkorligida ishlab chiqilgan bo'lib, ishtirokchilarining dasturlash asoslari hamda sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha malakalarini oshirishga qaratilgan. 

👧2 kun davom etishi rejalashtirilgan trening mashg'ulotlarida mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 14-18 yosh oralig‘idagi umumta’lim maktablarining 29 nafar o‘quvchi qizlari ishtirok etmoqdalar.

📈Mahorat darslari davomida ishtirokchi qizlar IT va sun’iy intellekt, uning turlari, kelajagi hamda kundalik hayotdagi qo‘llanilishiga doir bilimlarini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.
🔔 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
_____

👨‍💻
4-го мая текущего года стартовал проект  «Искусственный интеллект для девочек» - AI for Girls V2. 0, который продлится 2 дня, и был разработан Центром инноваций, технологий и стратегии при Министерстве дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан и реализуется в сотрудничестве с Министерством цифровых технологий и Constructor University, Германия.
🎯 Цель проекта - развитие у девушек навыков  по IT, основам программирования и работы с искусственным интеллектом. 
📝 На двух-дневном тренинге приняли  29 учениц из общеобразовательных школ в возрасте от 14 до 18 лет, которые были отобраны по всей республике на конкурсной основе по всей стране.
📈 Во время мастер-класса у участниц была возможность совершенствовать и систематизировать знания об искусственном интеллекте и изучить основы нейро-лингвистического программирования.
🔔 Следите за новостями!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9 may — Xotira va qadrlash kuni!

Ushbu ulug‘ kunda, ajdodlarni yod etish, Vatan qahramonlari haqqiga duoda bo‘lish, yoshi ulug‘ insonlar holidan xabar olish xalqimizning go‘zal urf-odatlaridan biridir.

9 may — ko‘p millatli O‘zbekiston aholisining birligi timsolidir. Vatan qahramonlari va himoyachilarini chuqur minnatdorchilik va g‘urur bilan eslaymiz.

Bu kun yurtdoshlarimizga ezgulik va farovonlik tilaymiz. Mamlakatimizda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm sursin!

Hurmat bilan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi.
____

9 мая — День памяти и почестей!

9 мая является олицетворением единства многонационального народа Узбекистана. Мы с глубокой благодарностью и гордостью вспоминаем героев и защитников Родины.

В этот день желаем жителям Узбекистана добра, благополучия и процветания. Пусть в нашей стране всегда царят мир и спокойствие!

С уважением, команда Центра инновации, технологии и стратегии.
🤝 Samarali hamkorlik sari yangi qadam

📆 Joriy yilning 29-may kuni ITSM Bosh direktori Mirbabayev Farrux Atxamovich boshchiligida "Cambridge Assessment" vakili Stiven King bilan uchrashuv o'tkazildi.

🧰 Uchrashuv davomida variativ ta'lim va STEM masalalari, ilmiy fanlarning amaliy topshiriqlari doirasida o'quvchilarni baholash tizimi hamda hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🔖 Markaz Bosh direktori tomonidan Stiven Kingga "Cambridge" universitetida tadbirlarni tashkil etishda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirildi hamda esdalik sovg'asi topshirildi.

📌 Eslatib o'tamiz, ITSM delegatsiyasi joriy yilning mart oyida "Cambridge" universitetiga tashrif buyurgan va bir qator uchrashuvlarni o'tkazgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥳 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

🤩 Hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalari bo‘lgan farzandlarimizni asrab-avaylash, ularning beg‘ubor orzularini ro‘yobga chiqarish, salomat bo‘lish, sifatli taʼlim olish, tinch va xotirjam hayotga ega bo‘lish, zamonamiz taqdim etayotgan barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanish kabi huquqlarini taʼminlash, bugun barcha katta yoshdagi insonlarning vazifasidir! Nafaqat bu kunda, balki har doim xonadonlarimizda beg‘ubor bolalar kulgisi baralla yangrasin!

🇺🇿 Mustaqil O‘zbekiston farzandlari hamisha davlat himoyasida!
🤝 "Muhandislik sinfi" loyihasi doirasida memorandum imzolandi

📆 Joriy yilning 15-iyun kuni, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi nomidan Bosh direktori Mirbabayev Farrux Atxamovich, "Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki" MChJ direktori Hamzin Albert Almazovich hamda "Dreamtech" MChJ Bosh direktori Simanovskiy Sergey Aleksandrovichlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

📜 Ushbu memorandumga muvofiq, "Muhandislik sinfi" loyihasi uchun taʼlim media mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqish rejalashtirilgan.

📌 Eslatib o‘tamiz, “Omega” kompaniyasining "Muhandislik sinfi" loyihasi O‘zbekistonda «Dreamtech» MCHJ tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ushbu loyiha Rossiyaning yetakchi o‘quv uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining IT-mahsulotlaridan foydalangan holda, maktab o‘quvchilarining raqamli vakolatlari hamda muhandislik-texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣So'zning sehrli kuchi, muvaffaqiyatingizni belgilaydi

🎤 Sizning nutqingiz
noqis va zaif bo‘lsa, bilimingiz qanchalik chuqur bo‘lmasin, atrofingizdagilarni ishontirish uchun yetarli bo'lmaydi.

🔖 Aniq va lo'nda hamda yoqimli nutq tuza olish tajribasi va mahorati har bir inson uchun birday zaruriy ehtiyojdir.

📍Siz, 🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining Maktab.uz saytida taqdim etilayotgan "Notiqlik san'ati" onlayn darslarini o'zlashtirish orqali ravon va go‘zal ifodalarga boy nutqingiz bilan barchani mahliyo etishingiz hamda oson ishontirish mahoratini o'rganishingiz mumkin.

📞 71 2020909
🌐
itsm.uz I 📒Facebook I ✈️Telegram I 📹Instagram I 📹YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩 Qadrli kuzatuvchilarimiz, Sizlarga ajoyib xush xabarimizni yetkazmoqdamiz!

⛳️ Bolajonlarimizni yozgi taʼtilga chiqishlari munosabati bilan va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan «Edu kids» animatsion videoroliklarimizni "Bolajon" telekanalida namoyish etishni boshladik.

📆 Har kuni, dushanbadan jumaga qadar,
soat 20:20 da «Edu kids»
animatsion videoroliklarimizning yangi qismlari "Bolajon" kanali efirida berib boriladi!

📍 Shuningdek, «Edu kids» animatsion videoroliklarimizni ITV platformalarida ham tomosha qiling!

📞 71 2020909
🌐
itsm.uz I 📒Facebook I ✈️Telegram I 📹Instagram I 📹YouTube
📣 📣 MAKTAB BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!

⚡️
Sizlar uchun yana bir qulaylik yaratilganini maʼlum qilamiz.

📍 Endilikda Siz e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali o‘z shahodatnomangizni joriy yilning 20-iyun kunidan boshlab onlayn tarzda yuklab olishingiz mumkin!

❗️ Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarning shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.

Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo'q
.

📍 Ma'lumot o'rnida, joriy o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarini 390 mingdan ortiq bitiruvchilar tamomlaydi.

Shu o'rinda eslatib o'tamiz, e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma'lumotlari kiritilgan:

✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari;
✔️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
✔️ Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
✔️ Nodavlat ta'lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.

❗️ Akademik litseylar va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining diplom ma'lumotlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining elektron tizimiga kiritiladi.

☎️ Qo'shimcha maʼlumotlar uchun (71) 203 07 04 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-BOSQICH: mikro-hudud doirasida
(20-iyun – 31-iyul)
2-BOSQICH: mikro-hududdan tashqarida
(1 - 15-avgust)

43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda, ota-onalar 20-iyun soat 12-00dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.

Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublikamiz bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Muhim eslatma!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning (9-moddasi)ga asosan bolalar, ular 7️ yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Ya’ni bu yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
ПРИЕМ В 1 КЛАСС НА 2023-2024 УЧЕБНЫЙ ГОД НАЧНЕТСЯ С 20 ИЮНЯ

Согласно
установленному порядку, процессы приема в 1 класс проходят в 2 этапа.

1-й этап:
в пределах микро-регионов
(20 июня-31 июля)
2-й этап: за пределами микро-регионов
(1-15 августа)

В 43 районах (городах) процессы приема в 1 класс осуществляются через государственные услуги в электронном виде.

В этом случае, с 12:00 часов 20 июня родители должны зарегистрироваться и подать заявку через электронную платформу my.maktab.uz.

В остальных регионах, принятия в 1-й класс будут проходить непосредственно в школах в традиционных формах, через электронную систему министерства (adm.maktab.uz).

Для информации:
в 2023-2024 учебном году планируется принять в 1 класс более 730 тысяч детей по всей республике.

Важное примечание!
В соответствии с законом "Об образовании" (статья 9) дети принимаются в школу в том году, когда им исполняется 7 лет. То есть, в этом году в 1 классы будут приниматься дети, родившиеся в период с 1 января по 31 декабря 2016 года.

Дополнительную информацию по процессам электронного приема можно получить по телефону Call-центра Министерства 71-203-07-04 или через официальный канал @Mymaktab_uz в Telegram.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul

📢 DIQQAT, E'LON!

❗️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga;
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga;
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjatlar qabuli boshlandi.

Ushbu Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 20-iyundan – 10-iyulga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ota-onalar!

📹 Umumtaʼlim maktablariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi - my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda onlayn arizalarni topshirish bo‘yicha VIDEO-YO‘RIQNOMA

💬 Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.

💳 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

🌍 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Уважаемые родители!

📹  ВИДЕО-ИНСТРУКЦИЯ электронной платформы my.maktab.uz по процессу регистрации и подачи заявки на онлайн-приём в первые классы общеобразовательных школ на 2023-2024 учебный год.

💬 Напоминаем, что с 20 июня по 31 июля текущего года заявки будут отправляться только в школы, прикрепленные к микрорайонам, начиная с 1 августа по 15 августа текущего года заявки будут отправляться в школы, находящийся за пределами микрорайонов.

💳  Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону номеру 📞 71 203-07-04.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 #kunlik_statistika

🗓 my.maktab.uz elektron platformasi orqali kelib tushgan arizalar bo'yicha ko'rsatkichlar (2023-yilning 20-iyun holatiga ko'ra):

📊 1-sinf qabuli bo'yicha kelib tushgan arizalar soni - 3044 ta

Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin.


👍 #ежедневная_статистика

🗓 Показатели обращений, поступивших через электронную площадку my.maktab.uz (по состоянию на 20 июня 2023 года):

📊 Количество поступивших заявлений о приеме в 1 класс – 3044.

Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203-07-04.

🌍 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 #kunlik_statistika

🗓 my.maktab.uz elektron platformasi orqali kelib tushgan arizalar bo'yicha ko'rsatkichlar (2023-yilning 21-iyuni, 19:00 ga qadar):

📊 1-sinf qabuli bo'yicha jami kelib tushgan arizalar soni - 10 000 dan ziyod

Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin.


👍 #ежедневная_статистика

🗓 Показатели по заявкам, поступившим через электронную площадку my.maktab.uz
(до 19:00 21 июня 2023 года):

📊 Общее количество поступивших заявлений о приеме в 1 классболее 10 000.

Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203-07-04.

🌍 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM