ITSM
1.35K subscribers
1.78K photos
446 videos
1 file
1.01K links
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi.

• Veb sayt: itsm.uz
• E-mail: [email protected]
• Facebook: facebook.com/itsc.uz
• Instagram: instagram.com/itsm_uz
• Twitter: twitter.com/itsm_uz
• Linkedin: company/itsmuz
Download Telegram
🤔 So'ngi paytlarda "HR" atamasi juda ko'p ishlatilmoqda. Xo'sh, aytingchi, bu so'zning ma'nosini bilasizmi?

💁🏻‍♂️ "Human Resource"
- bu Inson resurslarini boshqarish demakdir.

📕 1911 – yilda amerikalik F. Teylor "Ilmiy boshqaruv tamoyillari" kitobini nashr qildi, unda kompaniyaning rivojlanishida "inson omili" muhimligiga e'tibor qaratdi.

📖 Vaqt o'tishi bilan menejmentdan alohida "HR" yo'nalish ajralib chiqdi va universitetlarda tegishli dasturlar asosida "HR" mutaxassislar tayyorlana boshlandi.

🔶 "HR" mutaxassisi tashkilotda ishlaydigan odamlarni yollash, boshqarish va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.
🔶 "HR" ish muhitini kuzatib boradi, xodimlarning shikoyatlarini tinglaydigan va jamoa ichidagi nizolarni hal qiladigan vositachi sifatida ishlaydi.
🔶 Tashkilotdagi xodimlarni malakasi oshishi uchun treninglar, o’quv kurslarini tashkillashtiradi.
🔶 Jamoaning birlashishi uchun ishlaydi, korporativ ruhni saqlaydi va tadbirlar tashkil qiladi.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
#Qiziqarli_fakt

🖥 Apple kompaniyasi xodimlari yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan ryukzak yordamida London, Birmingem va Manchester ko‘chalarida Apple xaritalari uchun ma'lumotlar yig‘ishmoqda.

🏙 Britaniya shaharlari yanada ko‘p joylarni piyodalar yo‘lagiga aylantirib, oddiy do‘konlarni yanada jozibador qilish va avtomobillardan foydalanishni kamaytirishga harakat qilmoqda.

🛣 Bu shuni anglatadiki, Apple xaritalar kompaniyasiga tegishli avtomobillar bora olmaydigan hududlar tobora ko‘payib bormoqda.

🗺 Bu muammoning yechimi: odamlarning o‘zlaridir. Ular bu joylarning aniq 2D xaritalarini yaratish maqsadida piyodalar yo‘lakchasi, bog‘lar, shahar maydonlari va avtomobillar haydash mumkin bo‘lmagan joylarda yurishadi.

Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

Website I Facebook I Telegram I Instagram
#ZM #Farg'ona_viloyati #2022_yil

⭐️ "Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha 2022-yildagi o‘rganishlarning keyingi hududi Farg‘ona viloyati.

📊 Jadvalda tumanlar kesimida o‘rganiladigan maktablar soni haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

📆 Baholash 6-aprel sanasidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

Website I Facebook I Telegram I Instagram
👉 Azizlar, START-UP loyihalar haqida bilasizmi?

💁🏻‍♂️ START-UP - bu endigina boshlangan yoki ishga tushirilayotgan loyiha hisoblanadi.

📌 Bugun START-UP loyihalarning xususiyatlari haqida ma'lumot beramiz.

▪️ Taklif etilayotgan mahsulot yangi bo'lishi kerak. Ishga tushirilgan loyiha innovatsion g'oyani ilgari surishi yoki eskisining takomillashtirilgan modelini o'z ichiga olishi kerak.

▪️ Biznes g'oyaning qiymati va dolzarbligi. Demak, start-up zamiridagi g‘oya qimmatli va istiqbolli bo‘lishi kerak. Shundagina u muvaffaqiyatga erisha oladi.

▪️ Ijodkorlarning yoshligi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, start-up asoschisining o'rtacha yoshi 30 yoshgacha.

▪️ Jamoada ishlash. Kamdan-kam hollarda biznes g'oyalari bir kishi tomonidan boshqariladi. Odatda start-upda butun jamoa ishlaydi.

▪️ Loyiha tashabbuskorlarining ambitsiyalari. Ko'pincha, start-up asoschilari o'zlarida bor hamma narsani - vaqtini, kuchni va vositalarni investitsiya qilishadi.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
⚙️ Texnologiya fani (1-4-sinflar uchun):

🔸 1-mavzu:
Eski disklardan turli buyumlar yasash
🔸 2-mavzu: Geometrik shakllar
🔸 3-mavzu: Ipda grafik tasvirlash amaliy mashg'uloti
🔸 4-mavzu: Kuz ne'matlari
🔸 5-mavzu: Kviling usulida gulzor manzarasini yasash
🔸 6-mavzu: Milliy me'morchilik usulida mozaika yasash
🔸 7-mavzu: Pape mashe
🔸 8-mavzu: Plastilin bilan ishlash
🔸 9-mavzu: Somondan o'yinchoqlar yasash
🔸 10-mavzu: Taxlamali tabriknomalar
🔸 11-mavzu: Tugmalar
🔸 12-mavzu: Tuxum po'chog'idan buyumlar yasash

➡️ Ko'ring va a'zo bo'ling!

📌 Maktab.uzVeb-sahifa I Youtube

Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

Website I Facebook I Telegram I Instagram
📣 Xalq ta'limi vazirligi aloqa markaziga ko'p marotaba berilayotgan savollarni e'tiboringizga havola etamiz.

SAVOL: Farzandim 7-sinf o‘quvchisi. O‘quv yili yakunida qaysi fanlardan imtihonlar olinadi? O‘quv yili yakunidagi imtihonlar to‘g‘risida maʼlumot bersangiz.

❗️JAVOB: Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 28-fevraldagi 70-sonli bo‘yrug‘iga asosan 2021-2022-o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf bitiruvchilari uchun imtihon o'tkaziladi.
🔸 Jumladan, 9-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha;
11-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi belgilangan.

Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

Website I Facebook I Telegram I Instagram
📚 Siz AQSHning Kongress kutubxonasi haqida bilasizmi? Bugun sizlarga aynan ushbu kutubxona haqida ma'lumot bermoqchimiz!

📖 Ushbu kutubxona AQSHning milliy kutubxonasi bo'lib, jahondagi eng yirik kutubxonalardan biri hisoblanadi. Bu kutubxona 1800-yilda bunyod etilgan bo'lib, jahonning 450 dan ortiq tillaridagi 90 mlndan ziyod kitoblar saqlanadi. Kongress kutubxonasi universal fondi kuniga 31 ming bosma birlik bilan to'ldiriladi.

⭐️ Shuningdek, Kutubxonada o'zbek tilidagi va O'zbekistonga doir minglab materiallarni ham topish mumkin.

📱Eng qiziqarlisi, Kongress kutubxonasida nafaqat kitoblar, balki xaritalar, telefon ma'lumotnomalari, ko'zi ojizlar uchun Brayl shriftida yozilgan matnlar va ularning audio nusxalari ham saqlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

Website I Facebook I Telegram I Instagram
⭐️ Nemis o‘quvchilari birinchi o‘rinda ingliz tili, keyin fransuz, lotin, ispan, rus, turk, italyan va yunon tillarini o‘rganishadi.

🇫🇷 Qo‘shnilar bilan muloqotni rag‘batlantirish maqsadida Germaniyada chegaradosh mamlakatlarning tili maktablarda o‘rgatiladi. Ulardan biri fransuz tilidir.
🇷🇺 Bugun GDR bo‘lmasada, rus tilini o‘rganishga bo‘lgan talab hali hamon Sharqiy Germaniyada yuqori.
🇪🇸 Taxminan yarim millionga yaqin o‘quvchi - so‘nggi yillarda Germaniyada tobora ommalashib borayotgan ispan tilini o‘rganishadi.
🔹 Nemis gimnaziyalarida lotin tilini o‘rganish an’ana hisoblanadi. Shifokor bo‘lishni orzu qilayotgan o‘quvchilar lotin tilini ikkinchi chet tili sifatida jiddiy o‘rganishadi.
🔸 Germaniyada immigratsion ildizlarga ega bo‘lgan bolalarga o‘z ona tilini, masalan, turk 🇹🇷 va italian 🇮🇹 tillarini o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratilgan.

🔰 Amaliyotda yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida almashuv an’anasi mavjud.

Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

Website I Facebook I Telegram I Instagram
#XTV, #ITSM, #Qashqadaryo_XTB, #Elektron_resurslar

Joylarda yetuk malakali kadrlar va elektron ta’lim resurslarini joriy etishda amaliy ishlar qilinmoqda

Qashqadaryo viloyati XTB va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🟠 Tadbir davomida "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" tomonidan o'quvchi-yoshlar uchun AKT sohasini yetuk pedagog kadrlari sifatida rivojlanishlarini ta'minlash maqsadida xalq ta'limi tizimida ishlab chiqilgan milliy segmentdagi elektron resurslardan foydalanish bo'yicha seminar–trening o'tkazildi.

📝 Shuningdek, Xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan OTM o‘rtasida “Umumta’lim maktablarini yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash va elektron ta’lim resurslarini joriy etish” mavzusida yosh pedagog va talabalar davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Internet-marketingga oid qiziqarli faktlar, raqamlar va statistik ma'lumotlarni jamladik, o'ylaymizki, sizlarga ma'qul bo'ladi.

▪️Beshta iste'molchidan to'rttasi maqolalarni o'qish o'rniga mahsulotlarning video sharhlarini ko'rishni afzal deb bilishadi.
▪️Vizual kontent (fotosuratlar va videolar) boshqa turdagi kontentga qaraganda ijtimoiy tarmoqlarda 40 marta ko‘proq tarqatiladi.
▪️Coca Cola televideniya reklamasiga qaraganda marketing maqsadlarida kontent yaratishga ko'proq pul sarflaydi.
▪️AQSHdagi Internet-marketologlarning 48% qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO) bugungi kunda eng samarali va daromadli Internet-marketing kanali deb hisoblaydi.
▪️Odamlarning 70% hech qachon Google qidiruv natijalarining birinchi sahifasidan o'tmaydi.
▪️ Odamlar har kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘rtacha 2 soat 15 daqiqa vaqt sarflaydi.
▪️Kontekstli reklama dunyodagi eng mashhur Internet-marketing vositasidir.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
📣 Informatika fani o‘qituvchilarini attestatsiyadan o'tkazish jarayonini joyiga chiqib o‘rganish maqsadida soha mas'ullari Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishdi

Ma’lumki, xalq ta’limi tizimida xalqaro tajribalar amaliyotga joriy etilgan holda pedagog kadrlarni shaffof hamda ob’yektiv baholash mezonlari yaratilmoqda.

🔵 Xalq ta’limi vazirligi IT faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Mo‘minov, ITSM markazi Rivojlantirish bo‘yicha direktori N.Barnayev, Viloyat XTB monitoring bo‘limi boshlig‘i A.Nasimov va boshqa mas’ullar informatika fanidan o‘tkazilayotgan pedagog kadrlar attestatsiya jarayonini ko‘zdan kechirar ekan, ularning faoliyatiga omad va zafarlar tilashdi.

🧑‍💻 Test jarayonlariga barcha tuman(shahar) larda faoliyat olib borayotgan 874 nafar malaka toifasini olishga da’vogar informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

Website I Facebook I Telegram I Instagram
📣📣📣 Toshkent shahri maktab o‘quvchilari uchun elektron taʼlim resurslari taqdimoti bilan tanishtirishda davom etamiz.
Bu galgi manzilimiz:🔻

🏫 Shayxontohur tumani 180 A va 320– sonli maktablar.
🏫 Olmazor tumani 191 va 196 – sonli maktablar.
🏫 Uchtepa tumani 116 va 123 – sonli maktablar.

🔷 Yuqorida qayd etilgan maktablarda "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" xodimlari, tuman AKT mutaxassislari bilan hamkorlikda, o‘quvchilarga internet tarmog‘ida xavf solayotgan zararli axborotlarni oldini olish, ma'lumotlarni to'g'ri qidirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish yuzasidan zaruriy ko'rsatmalar berildi.

🔷 Shu bilan birgalikda, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun xalq taʼlimi tizimidagi foydali bo‘lgan quyidagi elektron taʼlim resurslarini taqdimoti o'tkazildi.

➡️ Taʼlim resurslariga aʼzo bo‘ling:

🔹 MAKTAB.UZ
🔹 KITOB.UZ - Apple Store | Play Market
🔹 SMARTLAND - Apple Store | Play Market | Veb-versiya
🔹 VR SAYOHAT
🔹 EDU KIDS
🔹 ARTSHOP
🔹 EDUCARE

Website I Facebook I Telegram I Instagram