ITSM
1.34K subscribers
1.78K photos
446 videos
1 file
1.01K links
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi.

• Veb sayt: itsm.uz
• E-mail: [email protected]
• Facebook: facebook.com/itsc.uz
• Instagram: instagram.com/itsm_uz
• Twitter: twitter.com/itsm_uz
• Linkedin: company/itsmuz
Download Telegram
⚡️ITSM delegatsiyasi Dubaydagi “RewirEd 2021” xalqaro ta’lim sammitida ishtirok etdi

📎Joriy yilning 12-14-dekabr kunlari xalq ta’limi sohasida xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi delegatsiyasi Dubay shahridagi “EXPO-2020” ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan “RewirEd 2021” ta’lim sammitida ishtirok etdi.

Sammitda:
Yoshlar, ko‘nikmalar va kasblar kelajagi;
Ta’limdagi innovatsiyalar;
Ta’limni moliyalashtirish kabi mavzularda taqdimotlar, muhokama sessiyalari tashkil etildi.

📌“RewirEd 2021” xalqaro sammiti bu yil ilk bor tashkil etilgan bo‘lib, sammit doirasida ta’lim sohasida faoliyat olib boruvchi dunyoning yetakchi tashkilotlari vakillari fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

👉🏻Batafsil
Делегация ITSM приняла участие в международном саммите “RewirEd 2021”

Читать 👉 nuz.uz/?p=1218124

Официальные страницы Nuz.uz

Telegram | Instagram | Facebook
👩🏻‍💻Bepul mentorlik dasturi uchun 10 nafar qiz saralab olindi!

📋ICT4Girls bepul mentorlik dasturiga ariza topshirgan 445 qizdan 149 nafari 1-bosqichda ko‘rib chiqilib, 22 nafar arizachi 2-bosqichga o‘tdi.

Onlayn intervyu shaklidagi 2-bosqichda ushbu 22 nafar qiz o‘zlarini tanishtirib, tanlagan muammolari yechimiga qaratilgan IT-mahsulot haqida gapirib berdilar.

Suhbat shunchaki baholash shaklida o‘tmadi: mutaxassisimiz suhbatda ishtirok etgan har bir qizga ular tanlagan muammo va IT-yechimlari borasida o‘zlarining qimmatli maslahatlarini berib o‘tdi.

🗂Suhbat natijalari asosida 22 nafar qizdan 10 nafari saralab olindi.

❗️Tez orada loyiha doirasida yangi dasturlar e'lon qilinadi.

Batafsil ma'lumot bilan loyihaning Instagram'dagi sahifasida tanishishingiz mumkin.

Loyiha Shveysariya elchixonasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

🔍Bizni kuzatishda davom eting!

#ict4girls #itsm #swissembassy

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Президент томонидан илгари сурилган “Ўзбекистон учун 100 ғоя” республика танловида ИТСМ ходими ТОП-100 таликка кирди

Ўқиш
👉 nuz.uz/uz/?p=1197250

Nuz.uz/uz Telegram каналлари👇

Русская | Ўзбекча
🎉Kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak boʻlsin!

🎄”Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK jamoasi Sizni kirib kelayotgan Yangi 2️⃣0️⃣2️⃣2️⃣-yil bayrami bilan samimiy tabriklaydi!

Yangi yilda barcha ezgu niyatlaringiz va rejalaringiz amalga oshishini tilab qolamiz!

Kelayotgan yil faqat yorqin va ijobiy his-tuygʻular, omad va farovonlik olib kelsin!

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Forwarded from Abduvali Haydarov
Sizni “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK nomidan kirib kelayotgan Yangi 2022-yil bilan chin dildan, samimiy muborakbod etaman!

Yangi yil Sizga faqat tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, baxt, omad va quvonch olib kelsin!

Bu yilda erisha olmagan barcha ezgu niyatlaringizga kelayotgan yilda erishishingizga chin dildan tilakdoshman!

Hurmat bilan, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi Bosh direktori Abduvali Haydarov.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
📢ICT4Girls Telegram kanaliga obuna bo’ling!

ICT4Girls loyihasi va loyiha doirasidagi bepul dasturlar bilan bogʻliq soʻnggi yangiliklarni endi Telegram'da ham kuzatib borishingiz mumkin.

Kanalda loyihaga doir ma'lumotlardan tashqari IT-ta'lim, IT koʻnikmalarni rivojlantirish sirlari, bepul resurslar va IT olamidagi yangiliklar kabi qiziqarli kontent ham berib borilmoqda.

Telegram kanalga obuna boʻling va zamonaviy kasb koʻnikmalarini biz bilan birga oʻzlashtiring!

Kanalga havola: 👉🏻
https://t.iss.one/ict4girls
Aytganday, Instagram'da ham bormiz: 👉🏻https://instagram.com/ict4girls

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Aziz bolajonlar!

Qishki ta’tilni qiziqarli va maroqli o’tkazishga tayyormisiz? Xalq ta’limi vazirligi Siz uchun foydali bo’lgan "Onlayn ta’lim resurslari”ni tavsiya etib boradi!

🔷Kitob.uz - audio va elektron kitoblar 📚 dunyosiga xush kelibsiz! Ushbu onlayn kutubxona o'z ichiga 4000 ga yaqin elektron va audio resurslarni qamrab olgan.
Mobil ilovani yuklab oling 🔻🔻🔻
📲App Store I Google Play

🔷Sizga interfaol usulda ta'lim olish qiziqarliroqmi? Unda – 100 dan ortiq ilmiy, tarixiy, motivatsion interaktiv video dayjestlar dunyosi bilan tanishing va qiziqarli bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’ling.

Edukids ijtimoiy tarmoqlariga ulaning 🔻🔻🔻
Telegram: https://t.iss.one/edukids_uz
YouTube:
https://www.youtube.com/c/EDUKIDSUZ
Instagram:
https://www.instagram.com/edukids_uz/

🔷 Smart Land
- 200 dan ortiq qiziqarli va mantiqiy mashqlar to’plamidan iborat ta’limga oid interaktiv o'yinlar ilovasi.
Mobil ilovani yuklab oling 🔻🔻🔻
📲 App Store I Google Play

Xalq ta'limi vazirligi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
⚡️“Umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik xizmatda innovatsion yondashuv” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Ushbu seminarda Toshkent shahri tuman xalq ta’limi bo‘limlarining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari psixolog-metodistlari, 600 nafarga yaqin maktab psixologlari ishtirok etishdi.

O'quv-seminar davomida "ITSM" hamda Respublika pedagogika va psixologiya tashxis markazi o'zaro hamkorlikda amalga oshirgan "Educare" loyihasining taqdimoti o'tkazildi.

📎Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari V.Rajabov, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinova, Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi bosh mutaxassisi A.Rapiyev, Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi bo‘limi bosh mutaxassisi A.Mamadaliyev hamda boshqalar o‘z ma’ruzalari bilan so‘zga chiqdilar.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
ITSM pinned a photo
💻Ta’lim sektori rejasi veb-sayti haqida bilasizmi?

⚡️Ushbu veb-sayt O‘zbekistonning 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan ta’lim sektori rejasini internetda ko‘rish uchun yaratilgan bo‘lib, barcha Ta’lim vazirliklarining veb-saytlari va barqaror rivojlanish maqsadlari dasturlari bilan bog‘langan.

Veb-sayt milliy va xalqaro manfaatdor tomonlar o‘rtasida ta’lim sektori rejasi doirasida o‘zaro hamkorlik qilish va ma’lumot almashish uchun o‘ziga xos platforma vazifasini o‘taydi.

Mazkur veb-sayt ITSM tomonidan UNICEF hamda GPE (Global Transforming Education) bilan hamkorlikda yaratilgan.

O‘zbekistondagi 2023-yilgacha bo‘lgan ta’lim sohasidagi siyosat maqsadlari hamda ta’limning ustuvor yo‘nalishlari haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni aynan shu veb-saytdan olishingiz mumkin.

Sayt bilan tanishish: https://espedu.uz

#ITSM #Bu_qiziq #loyihalarimiz

Website I Facebook I Telegram I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onlaynresurslar #qiziqarli #innovatsionloyihalar

❄️🧸Qishki ta’tilda bolajonlar oʻz vaqtlarini qiziqarli va maroqli oʻtkazishlari uchun Xalq ta’limi vazirligi bir qator foydali onlayn ta’lim resurslarini tavsiya etgan edi

Ushbu onlayn ta’lim resurslari bilan yaqindan tanishishga ulgurdingizmi ?

Loyihalar haqida tayyorlangan qisqa videorolikni tomosha qiling hamda ular haqida batafsil ma’lumotga ega boʻling!

Mobil ilovalarini yuklab oling va bolajonlar ta’tilda maroqli ta’lim olishiga oʻz hissangizni qoʻshing!

Bizni ITSM ning rasmiy sahifalarida kuzatib boring🔻
Website I Facebook I Telegram I Instagram
Forwarded from ICT4Girls
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩🏻‍💻IT qizlar uchun emas, deb o’ylaysizmi?

Qoʻlidan kelmaydi, uddalay olmaydi, deysizmi?
Nega uddalay olmas ekan, albatta, uddalaydi, chunki...👆🎥🎞

P.S. ICT4Girls esa qizlarga zamonaviy kasb koʻnikmalarini oʻzlashtirishda koʻmak beradi.

Batafsil ma'lumot 👉🏻 https://t.iss.one/ict4girls
Aytganday, Instagram'da ham bormiz 👉🏻 https://instagram.com/ict4girls

#ict4girls #itsm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz o'quvchilar! 👧🏻👦🏻

📣 Qishki ta’tilda bilim va tasavvuringizni kengaytirish uchun bepul onlayn resurs qidiryapsizmi? 🔍 Agar javobingiz "HA" bo'lsa, Sizga Xalq ta’limi vazirligining "Edu Kids" loyihasini tavsiya etamiz! 🤩

🔹Edu Kids loyihasi – Siz aziz o'quvchilar uchun moʻljallangan ilmiy-ommabop animatsion dayjestlar iborat.

🎯Dayjestlarning asosiy maqsadi - yosh avlodni kelajakda muvaffaqiyatga erishish va o‘z ustida ishlashga chaqirish, shuningdek o'quvchilarda ma'lum bir mavzular bo'yicha aniq tasavvurni shakllantirish, unda ota-onalar, jamiyat va o‘qituvchilarning rolini yanada oshirishdir.

Bugungi kunga qadar Edu Kids doirasida 1️⃣0️⃣0️⃣ dan ortiq dayjestlar ishlab chiqilgan, Ular:
📚Kitoblar;
👨🏻‍💻Buyuk insonlar;
🧩Bu qiziq;
📒STEAM kabi yo‘nalishlarga oid.

Dayjestlarni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:🔻
🌐
Telegram
🌐 Instagram
🌐 Facebook
🌐 YouTube
▶️ iTV platformasi
📺 Bolajon telekanali

Website I Facebook I Telegram I Instagram
🇺🇿14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni muborak boʻlsin!

🎊Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi nomidan mard o‘g‘lonlar va harbiylarimizni, otalarimiz, akalarimizni, kеlajak posbonlari – ukalarimizni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz!

Xalqqa sidqidildan qilayotgan xizmatingiz, jonajon yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida o‘z vazifangizni vijdonan bajarayotganingiz, qolavеrsa, kеchayu kunduz sеrgak turib, xalqimiz tinchligini ta’minlash uchun joningizni bеrishga tayyor turganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bugungi Vatan himoyachilari kuni barcha Vatanimiz himoyasi va rivojida turli xil kasblarda xizmat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlariga muborak bo‘lsin!

Website I Facebook I Telegram I Instagram