ITSM
1.32K subscribers
1.78K photos
446 videos
1 file
1.01K links
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi.

• Veb sayt: itsm.uz
• E-mail: [email protected]
• Facebook: facebook.com/itsc.uz
• Instagram: instagram.com/itsm_uz
• Twitter: twitter.com/itsm_uz
• Linkedin: company/itsmuz
Download Telegram
🤩 Innovatsion loyihalar bolalarda katta qiziqish uygʻotdi!

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi Qashqadaryoga tashrif buyurib olis hududlardagi maktab oʻquvchilarini innovatsion loyihalar bilan tanishtirgani haqida xabar bergan edik.

Yuqoridagi videolarda Siz Xalq ta’limi vazirligi hamda ITSM tomonidan dars jarayonlarini osonlashtirish, oʻquvchilarning fanlarga boʻlgan qiziqishini interaktiv tarzda yanada oshirib borish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar bolalarda qanday qiziqish uygʻotganligini koʻrishingiz mumkin.

Ularning interaktiv tarzda bilimlarni oʻzlashtirishga boʻlgan katta qiziqishi, quvonchi va xursanchiligini soʻz bilan ifodalab boʻlmaydi.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖋Jiddiy mavzular qizlar uchun emasmi?

📄O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida ilmiy ish mavzusini tanlash jarayonida qator qiyinchiliklarga uchragan, ammo hozirda hammani ajablantirib, to’siqlarni yengib kelayotgan mehmonimiz Mohina Nursaidova:

🔹O’z qiziqishlarini aniqlab olish muhimligi
🔹Ilmiy daraja egallashda yoshning ahamiyatsizligi
🔹Kasb tanlashda trendga ergashmaslik haqida so’z yuritadi.

🎁 Bukbloger sifatida Mahin, shuningdek, har bir kishi o’qishi tavsiya etiladigan uch kitob haqida ham to’xtalib o’tadi.

Bizni kuzatishda davom eting va kasb tanlash bilan bogʻliq barcha savollaringizga javob toping.

“Girls for Girls” ITSM va UNICEF oʻzaro hamkorligida amalga oshirilayotgan Reimagine Education loyihasining bir qismi. “Girls for Girls” doirasidagi qolgan videolarni ITSM kanali va YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
⚡️Koson tumanidagi 73-maktab o‘qituvchilariga ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishlari uchun interaktiv videodarslar taqdim etildi

Maktablarda darslarni yanada samaraliroq tashkil etishda interaktiv videolardan foydalanish bugungi kunda juda katta ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda.

Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida joylashgan 73-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktab o‘qituvchilariga Xalq ta’limi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi ITSM tomonidan tayyorlangan turli fanlarga oid katta hajmdagi interaktiv video kontentni taqdim etdi.

Shu bilan birga, o‘quvchilar qiziqishini yanada oshirish va darslarni jonlantirish uchun ushbu video kontentdan qanday foydalanish kerakligi bo‘yicha o‘qituvchilarga kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
🏫Samarqand shahridagi 8-maktabda innovatsion ta’lim loyihalari namoyish etildi

▫️ITSM jamoasi Qashqadaryo viloyatiga oʻz safarini yakunlab, Samarqand shahridagi maktablar faoliyati va maktab oʻquvchilarini ilgʻor ta’lim texnologiyalari bilan tanishtirish uchun yetib keldi.

Bu yerdagi 8-umumta’lim maktabida Xalq ta’limi vazirligi tizimlari tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion ta’lim texnologiyalari, xususan “Virtual-sayohat”, “SmartLand” va e-content kabi loyihalarni namoyish etdi.

Ushbu loyihalar nafaqat maktab oʻquvchilarida, balki oʻqituvchilarda ham qiziqish uygʻotgani, bolarning zamonaviy platformalardan foydalanayotgan paytidagi quvonch va oʻta faolliklari jamoamizni bundan-da zoʻr va yangidan-yangi loyihalarni amalga oshirishga undadi.

Ushbu maktabda yapon tili sinfi tashkil etilganligi va 5-sinf oʻquvchilari yapon tilida bemalol soʻzlasha olishlari ITSM jamoasida alohida taassurot uygʻotdi.

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Qizlar, biz bilan kuchli IT-mutaxassisga aylaning!

📣 Siz kutgan ICT4Girls loyihasining bepul mentorlik dasturi uchun qabul boshlandi. Loyiha ishtirokchisiga aylanuvchi 10 qiz mentor bilan ishlab, IT-yechim ishlab chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Bu hali hammasi emas!

💰Loyiha ishtirokchilari dastur yakunida o‘zlarining IT-mahsulotlarini moliyalashtirish uchun grant yutib olishlari mumkin.

Shoshiling, qabul 2021-yil 12-dekabrgacha davom etadi.

Ariza to‘ldirish uchun quyidagi QR-code yoki havoladan foydalaning: https://forms.gle/91NkMsF12AD9rfvE9

❗️4 oylik dasturda IT yo‘nalishida o’rta darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega 12-22 yoshdagi qizlar ishtirok eta oladi. ITga endi kirib kelayotgan qizlar uchun esa tez orada boshqa dasturlar uchun qabul boshlaymiz.

🔎 Kuzatishda davom eting!

#ict4girls #itsm #SwissEmbassy

Website I Facebook I Telegram I Instagram
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
IT’ga qiziquvchi qizlar uchun mentorlik dasturi e'lon qilindi: unda grant yutish imkoniyati bor

Dastur mutlaqo bepul va unda 15–22 yoshli qizlar ishtirok etishi mumkin. Har biri 50 million so‘mlik uchta grant ajratiladi. Loyihada ishtirok etish shartlari va ariza topshirish borasida batafsil maqolada o‘qing.

👉 https://kun.uz/uz/56501484

@KunUZ Yoshlar uchun
ITSM xodimlari Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurishdi

⚡️Innovatsiya texnologiya va strategiya markazining mas’ul xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan 33- hamda Moʻynoq tumanidagi 8-sonli maktabga borib, ushbu maktablarning o‘qituvchi va o‘quvchilarini innovatsion ta’lim loyihalari bilan tanishtirishdi.

👉🏻Batafsil
Facebook'dagi jonli translyatsiyani ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin.
🎉 “Ustoz-2021 milliy mukofoti” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida Oʻqituvchilar assotsiatsiyasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlilda oʻtkazgan “Ustoz-2021 milliy mukofoti” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi
boʻlib oʻtdi.

Unda Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov, o‘qituvchilar hamda sohaning qator vakillari ishtirok etdi. 

👉🏼Batafsil