IT Time Academy
2.46K subscribers
530 photos
224 videos
23 files
455 links
Marketing | Dizayn | Dasturlash

- Barcha IT kurslari bir joyda
- Tajribali ustozlardan sifatli ta’lim oling!

Birinchi qadamni tashlash 👇
+998947820092 | @it_time_admin

Instagram sahifamiz 👇
@it_time_academy
Download Telegram
Kechki ovqat uchun sarflangan 100$

Bilasanmi men nimalarni nimalardan afzal bilaman?!

- 100$ sarflab kitoblar olgandan ko’ra, shu pul bilan o’zimdan ancha aqlli inson bilan kechki ovqat yeyishni;

- 200$ sarflab maqsadi yo’q insonlar bilan birga yashashdan ko’ra 500$ sarflab intilishi va maqsadi borlar bilan vaqt o’tkazishni;

- Kuniga 4 soat mehnat qilib natijaga erisha olsamda, yana imkoniyatli 4 soatni qo’shimcha ishlash uchun sarflashni;

- Daromadli kasbimdan ko’nglim to’lmayotgan holatda o’zim qiziqqan sohani o’ganish uchun umrimni sarf etishga tavakkal qilishni;

- Xullas, bugungi 1 tangani deb, ertangi 3 tangadan quruq qolmaslikka harakat qilaman.

Bir narsani unutmaslik kerakki, investitsiya qilish uchun doim pul kerak. Qayerga va qanday investitsiya qilish esa aql-salohiyatinga bog’liq)

👉 @it_time
🔥3👍2👏1🎉1
#vakansiya #frontend

NetPro kompaniyasi Frontend dasturchi qidirmoqda.

Talablar:
HTML
CSS
SASS
Javascript
React
TypeScript
Next
Kamida 1 yillik real proyektlarda tajriba talab qilinadi.

Aytgancha, bu kompaniyada men ham ishlayman.

Aloqa uchun: @PM_NetPro

🤩Postni ulashsangiz, xursand bo’lardik.

👉 @it_time
👍3🔥32🎉2👏1
Forwarded from Rustambek Blog
ASHURO RO‘ZASI

☝️ Kim o‘tgan yilgi gunohlardan poklanishni istasa Ashuro kunining ro‘zasini tutsin!

ASHURO KUNI 2022-yilning 8-avgust - Dushanba kuniga to‘g‘ri keladi. Sunnat mukammal bo‘lishi uchun yana bir kunni yoki ikki kunni qo‘shib ro‘za tutish afzal hisoblanadi. Buning uchun quyidagi uch ko‘rinishning birini tanlashingiz mumkin:
(🅰️+🅱️; 🅱️+🅾️; 🅰️+🅱️+🅾️)

🅰️ 7-avgust-2022 = 9-muharram-1444
🅱️ 8-avgust-2022 = 10-muharram-1444
🅾️ 9-avgust-2022 = 11-muharram-1444

🕰 Og‘iz yopish va ochish vaqti: (Toshkent)

Yakshanba : 03:51 --- 19:38
Dushanba : 03:52 --- 19:37
Seyshanba : 03:54 --- 19:36

Ro‘zaning niyati:

Navaytu an asuuma sovma shahril muharromi (dushanba kuni ushbuni qo‘shib aytiladi: YAVMA ASHUROO A,) minal fajri ilal mag‘ribi xoolisal lillaahi ta’aalaa Alloohu akbar.

Og‘iz ochish duosi:

Alloohumma laka sumtu va bika amantu va ’alayka tavakkaltu va ’alaa rizqika aftartu, fag‘firlii yaa g‘offaaru maa qoddamtu va maa axxortu. Birohmatika yaa arhamar roohimiyn.

❗️ESLATMA: Toshkentdan boshqa shaharlardagi vaqtlar farqi (daqiqa)

AVVAL: Chimkent (-1), Konibodom (-5), Xo‘jand (-6), Qo‘qon (-7), Jambul (-7), Namangan (-10), Farg‘ona (-10), Marg‘ilon (-10), Andijon (-11), O‘sh (-14), Jalolobod (-15), Bishkek (-21), Olma – ota (-21)

KЕYIN: Bekobod (+4), Turkiston (+4), Jizzax (+6), Guliston (+7), Denov (+7), Jomboy (+7), Samarqand (+9), Shahrisabz (+10), Kattaqo‘rg‘on (+12), Qarshi (+12), Nurota (+14), Navoiy (+19), Buxoro (+21), Xiva (+35), Nukus (+42)

🤲🤲

👉 @rustambek_off
👍4🔥1🥰1🤩1
Forwarded from Rustambek Blog
5 vaqt namozni doimiy o’qish uchun nima qilish kerak?

1. Hamma sanga aytilgan faktorlarni unut. Agar Alloh sanga hidoyat bermasa, hammasi “bir tiyin”. Shuning uchun avvalo Allohdan ibodatingni oson qilishini so’rab duo qil.

2. Doimo tahoratli holatda bo’l. Endi namozni boshlagan vaqtlarim, namoz o’qishdan ko’ra unga tahorat olish qiyinroq bo’lardi. Bu muammoni yechish uchun esa doimo tahoratli bo’lishga odatlandim. Bu ilojsiz narsa emas.

3. Masjid yaqinida bo’lishga harakat qil. Masjid yaqin bo’lsa o’z-o’zidan namoz vaqtlarida azon ovozi eshtiladi. Bu ovozni eshitishing ham namozni o’tkazib yubormasligingga sabab bo’lishi mumkin.

4. 5 vaqt namozni vaqtida o’qiydigan odamlar atrofida bo’l. Atrof-muhit haqida ko’p gapiraman. Bu postda ham buni alohida ta’kidlayman. Sababi namozni qoldirmaydigan insonlar oldida o’z-o’zidan san ham ularga qarab intilasan.

Aslida namozni boshlab olishing uchun sanga eng kerakli tavsiya bu birinchi tavsiya. Qolgan tavsiyalar esa shunchaki uni to’xtatib qo’ymasliging va davomli qilishing uchun yordam beradi.

P.s Postni namozni boshlay olmayotgan tanishlaringizga yuboring. Bilaman bunday tanishlaringiz talaygina…

👉 @rustambek_off
👍11🤩2🔥1👏1🎉1
#foydali

🧑‍💻Ishga kirishingizda kerak bo'ladigan frontend va backend bilimlarini o'rganishni xohlaysizmi? Bepulga!

👉 theodinproject.com sizga yordam beradi. Saytdan ro'yhatdan o'ting va o'rganing!

Yaqinlaringizga ulashishingiz mumkin!

👉 @it_time
👍5👏2🔥1
#vakansiya #job

Xodim kerak: | Junior
Texnologiya: React Native
Hudud: Toshkent sh
Ish vaqti: 9:00 - 18:00 (full-time)
Maosh: Suxbat asosida

CV|Portfolio tashlash uchun: @techjobsadmin

👉 @it_time
👍2🔥2👏2
Alhamdulillah. Jumaning yangiligi.

Yana bir o'quvchim, Frontend bo'yicha ishga kiribdi. Samandar ham boshqalar kabi ish topishda boshida qiynalgan, hattoki u bilan urushganmiz ham. Lekin sabr bilan o'z ustida ishladi, harakat qildi. So'ngra IT-Parkga ishga kiribdi.

Shunday paytlarda shuncha qilgan mehnatlarimga, ketayotgan vaqtimga achinmayman. Harakatlarim natijasini ko'rib, juda xursand bo'laman. Samandarning kelajakdagi ishlariga omad tilayman.

Xurmat bilan Rustambek.

👉 @it_time
🔥32👏2👍1🎉1
Alhamdulillah. Jumaning 2-yangiligi.

Yana bir o'quvchim, Frontend bo'yicha ishga kiribdi. Muhammadislom NetPro kompaniyasiga ishga kiribdi.
Harakatlarim natijasini ko'rib, juda xursand bo'ldim.

Aytgancha, Muhammadislom endi men bilan birga bitta kompaniyada ishlaydi.

Xurmat bilan Rustambek.

👉 @it_time
👍10🔥2👏1🎉1
#vakansiya #job

SSD kompaniyasi jamoasiga IT mutaxassislarini qidirmoqda!

Quyidagi yo'nalishlarga:
1. Project Manager (PM)
2. React developer (teamlead)
3. Verstalshik
4. Java Backend (senior)
5. QA Automation
6. PHP middle, senior
7. IT Recruiter
8. Sales Manager
9. Fotograf
10. Yurist yordamchisi
11. Buxgalter yordamchisi

Talablar:
1. Rus tilida erkin gaplasha olishi.
2. Real loyihalarda qatnashgan bo'lishi.
3. Mas'uliyatli bo'lishi.

Oylik masalasiga kelsak, tepadagi kriterialarga to'g'ri kelsangiz, o'zingiz kelishib olasiz 😉

HR ga murojaat qilayotganingizda, salom alik qilmasdan rezyumeyingizni tashlashingizni iltimos qilaman )

Post kerakli odamga yetib borishi uchun, share qilishni unutmang 👀

Murojaat uchun SSD HR:
@hr_ssd

👉 @it_time
👍3🔥1👏1
Kanalga yangi qo'shilganlar uchun:

Man kimman:
(Olayotgan bilimingizni kimdan ekanini bilib olish uchun)

Ismim Yunusjon. 20 yoshdaman. Yo'nalishim bo'yicha Fullstack Javascript dasturchisiman. Germaniya universiteti 1-kurs talabasiman.

O'qituvchilik faoliyatim:

@najottalim o'quv markazida va Xalq Ta'lim vazirligiga tegishli "maktab.uz" loyihasida dars berganman, yozganman. 10 ga yaqin o'quvchilarim chet el kompaniyasi uchun ishlashadi.

Bu yerda nima haqida yozaman:

Bu yerda asosan dasturlashga oid yangiliklar, tanlovlar, darslik va maslahatlar berib boriladi. Shaxsiy hayotimga oid yangiliklarni, tanqidiy fikrlarimni @dasturchi_pf kanalida yozaman.

Kanalda tepaga qarab scroll qilib, dasturchi bo'lish va o'z imkoniyatlaringizni oshirish uchun berilgan foydali tavsiyalarni o'qib boraverasiz.

Youtubedagi darsliklarim:

- React Native darsliklari;
- Nodejsda Telegram bot yasash;
- Nodejs yordamida video konferensiya sayt yasash;
- Nodejs yordamida CI/CD qilish.

@yunus_code

PS: Siz ham o'zingiz haqingizda qisqa ma'lumot qoldiring. )
👍3🔥1😁1🎉1
Forwarded from Code ProS (Asilbek)
Assalomu alaykum hammaga!

Mana kurs ham tugadi! Va shu orada kompaniyalarga birma-bir internship ga topshirib ko'rdim.
Ularni ichida menda yaxshi taassurot qoldirgani iTransition va Epam kompaniyalari bo'ldi.
Yaqinda iTransition kompaniyasiga internshipga ikki bosqichli(Logic va Frontend) test topshirdim va testdan muvaffaqqiyatli o'tganim va Internshipga qabul qilinganim haqida email oldim. Bu uchun mentorim Rustam aka Mamadaliyev ga rahmat aytaman.
P.s: I am really interested what happens next. Alhamdulillah for everything
👍4👏21🔥1🎉1
Code ProS
Assalomu alaykum hammaga! Mana kurs ham tugadi! Va shu orada kompaniyalarga birma-bir internship ga topshirib ko'rdim. Ularni ichida menda yaxshi taassurot qoldirgani iTransition va Epam kompaniyalari bo'ldi. Yaqinda iTransition kompaniyasiga internshipga…
Alhamdulillah!!! Congratulations🥳🥳🥳

Biz chet el kompniyasini zabt etdik. Vanihoyat Asilbek ismli o'quvchim kursni tugatishi bilan Amerikaning iTransition kompaniyasiga stajirovkaga ishga kirdi. Asilbek o'zi Jahon tillari universitetida o'qisada, lekin sabr va harakat qilib, dasturlashni o'rgandi, hamda ilk qadamini chet el kompaniyasida boshladi.

Asilbekning kelgusi ishlariga omad tilaymiz.

👉 @it_time
👍5🎉2🔥1👏1🤔1
IT Time Academy
Alhamdulillah!!! Congratulations🥳🥳🥳 Biz chet el kompniyasini zabt etdik. Vanihoyat Asilbek ismli o'quvchim kursni tugatishi bilan Amerikaning iTransition kompaniyasiga stajirovkaga ishga kirdi. Asilbek o'zi Jahon tillari universitetida o'qisada, lekin sabr…
Eslatma uchun.

Asilbek 24-martda menga 1-habarini yozgan va apreldan darslarni boshlagan edi. Hamma narsa o'quvchining harakatiga bog'liq. Atiga 5 oylik qattiq harakat va chet el kompaniyasi dasturchisi.

👉 @it_time
👍7🔥2👏21😢1
Forwarded from Janob Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli aytishniklar!

Diplom kerak (shart) emas!

@mukhammadkarim_tukhtaboev
👍31🔥1
#vakansiya #job

Grafik dizayner kerak.
CV hamda portfolioni @techjobssourcer ga yuboring.

tbteam.uz kompaniyasi uchun Frontend developer kerak.
Resumeni yuboring.

Support - IT Solution uchun Frontend developer qidirilmoqda.
Resumeni yuboring.

👉 @it_time
👍2🔥1👏1
Otlichno o'quv markazi uchun SMM menejer va Mobilograf qidirilmoqda.

Umumiy talablar:
- Muntazam ish vaqtiga rioya qilish (o'qishda o'qisa ham bo'ladi)
- Offisga kelgan holatda offlayn ish olib borish
- O'quvchilarni jalb qiladigan g'oyalar va kontentlar yaratish va tarmoqlarni faol holda rivojlantirib borish.

SMM menejer:
- Tarmoqlar uchun kontent reja tuzish
- Dizaynerga va videochiga texnik vazifa berish va qabul qilib olish SMM jamoani boshqarish
- Kamida 1 ta xorijiy tilni yaxshi bilishi (rus yoki ingliz)

=============================

Mobilograf:
- Shorts va darslik videolarni syomka qilish;
- Syomka uchun g'oyalar va vizual o'ziga xosliklar topish va realizatsiya qilish
- Telefon va komputer programmalarida montaj qila olish;
- Professional kamera ishlatishni bilsa ham qo'llab quvvatlanadi
- SMM jamoa tomonidan berilgan vazifalar uchun materiallar tayyorlab berish stories/post kontentlar uchun


Juda katta tajriba bo'lishi shart emas;

Oylik maosh: 200-300$

Murojaat uchun: So'rovnomani to'ldiring

👉 @it_time
👍31👏1
Dasturchilar kuni 🥳

Bugun yilning 256-kuni yani dasturchilar kuni.

Barcha dasturchilarni dasturchilar kuni bilan tabriklayman. Kodlaringiz bittada success bo'lsin, darajangiz senior bo'lsin,
Agarda siz hali ish topmagan bo'lsangiz, katta kompaniyalarda ishlash nasib qilsin

Dasturchilar kuni bilan 🌟

👉 @it_time
4👍1🔥1🥰1👏1
IT Time Academy pinned «Alhamdulillah!!! Congratulations🥳🥳🥳 Biz chet el kompniyasini zabt etdik. Vanihoyat Asilbek ismli o'quvchim kursni tugatishi bilan Amerikaning iTransition kompaniyasiga stajirovkaga ishga kirdi. Asilbek o'zi Jahon tillari universitetida o'qisada, lekin sabr…»
Alhamdulillah!!!
Congratulations🥳🥳🥳

⚡️ iTransitionni yana zabt etdik. Asadbek ismli shogirdim Amerikaning iTransition kompaniyasiga internshipga kiribdi. 1 oy davomida internship qiladi, so'ngra iTransitionda Frontend developer bo'lib ish boshlaydilar. Asadbekning kelgusi ishlariga omad tilaymiz.

📌 Eslatma !!! Bu mening chet el kompaniyasiga qabul qilingan 2-o'quvchim.🌟🌟

👉 @it_time
👍131🔥1🥰1👏1