Iqtisodchi Kundaligi
23.9K subscribers
516 photos
83 videos
21 files
1.71K links
Download Telegram
Forwarded from Marketing bo'limi
Clubhouse. Nima u?

Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlar yangi ijtimoiy tarmoq haqida tinmay gapiryapti. Nomi — Clubhouse. “Marketing bo‘limi” ushbu ilovadan foydalanib ko‘rdi. Qisqacha xulosalar

Hozircha faqatgina iOS dasturiy ta’minotida ishlovchi telefonlarda qo‘llab-quvvatlanadi. Zoom’ga o‘xshash jihatlari bor. “Klub”da faqatgina ovozli tarzda gaplashadi, video yo‘q.

Klubga kirganingizda bir nechta xonalar taklif etiladi. Ammo undan oldin, sizni kimdir “ichkariga” taklif qilishi kerak yo verifikatsiyadan o‘tgan ichkaridagi tanishingiz sizni qo‘llashi kerak bo‘ladi. Marketing, salom!

Xonalar qiziqishlaringizdan kelib chiqqan holda taklif etiladi. Admin sizni tasdiqlab, ichkariga kiritganidan so‘ng, ularni ma’ruzasini tinglashingiz mumkin. Avvaliga sizga gapirish huquqi taqdim etilmaydi. Agarda savol bermoqchi bo‘lsangiz, alohida tugmachadan foydalanib, “qo‘l ko‘tarishingiz” kerak.

Hozirda ushbu ijtimoiy tarmoqdan dunyoning taniqli biznesmen, marketolog va turli soha vakillari foydalanishmoqda, Avvalroq, Ilon Mask ushbu tarmoq orqali suhbatda maymun video-o‘yin o‘ynayotganini ma’lum qilgan edi.

Clubhouse O‘zbekistonda ham ommalashmoqda. AQShning Viskonsin universiteti doktoranti, iqtisodchi Behzod Hoshimov ushbu tarmoq orqali suhbat o‘tkazmoqda. Kirib, bemalol kuzatishingiz mumkin.

❗️ Muhim: Ilova faqatgina AppStore ya’ni iOS’da bor. Clubhouse Androidda ishlamaydi. PlayMarket’dagi shunday nomli ilovalar boshqa.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Bahtiyor Rahmonov - geniy!
Qiziq jumlaga ko’zim tushdi:

“Qashshoqlik va kambagʻallikning teskarisi [boylik emas] — adolat”.

Xuddi shunday, kambag’allikka qarshi eng yaxshi davo bu qonuniylik va adolat.
Forwarded from Nuruddin Blogs
​​Salom, do’stlar!

Sizlarni Behzod Hoshimov bilan bo’lib o’tadigan Iqtisodiyot haqida suhbatga taklif etamiz! Iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda bilim oling va tadqiqotchiga savol berish imkonidan foydalaning!

🎙 Spiker: Behzod Hoshimov - Iqtisodchi, bloger

📌 Mavzu: Fan va turmush: iqtisodiyot

📍Yoshlar Ishlar agentligi - Navoiy ko'chasi 11

🗓 20 Fevral, 2021. 18:00

📌 Ro'yxatdan o'tish uchun link: https://forms.gle/Zg1uKTNWLPWAQUN66
Bugun soat 18.00 da, Yoshlar Ishlari agentligi binosida (Navoiy ko’chasi 11) men maruza o’qiyman.

Ro’yxatdan o’tib, keling.

https://forms.gle/Zg1uKTNWLPWAQUN66
Forwarded from Uzbekonomics
Kecha quyidagi yangilik haqida aytib qolishdi.

Roppa-rosa bir yil oldin jamoat kutubxonalari, ularning muhimligi, ular faqat kitob o’qiydigan joy emasligi, balki ular ta’lim, fuqarolik jamiyati rivojlanishida katta ro’l oynaydigan institut ekanligi, va ularni ko’paytirishimiz kerakligi haqida maqola yozgan edim: https://www.gazeta.uz/ru/2020/02/18/public-libraries/

Xullas, shu yangilikni ko’rib quvondim. Bundaylar soni butun mamlakat bo’ylab ko’paysin.

Agar shunchalik ortiqcha mablag’lar paydo bo’lgan bo’lsa, ularni kutubxonalarga, ta’limga sarflaganimiz ma’qul. Ya’ni samarali va barakali maqsadlarga.

@uzbekonomics
Forwarded from Uzbekonomics
Podkastimizning navbatdagi soni juma kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00 da jonli ravishda Clubhouse da bo’lib o’tadi. Imkoniyat va vaqtingiz bo’lsa qo’shiling, interaktiv ravishda savol berishingiz mumkin. Podkastni yozib olib albatta barcha platformalarga yuklaymiz.

Avvalgi safar jonli ravishda olib borib, tinglovchilarni ishtirok etishiga imkoniyat berish yaxshi tajriba bo’ldi. Behzod bilan podkastimizni har juma, shu vaqtda, jonli olib borishga harakat qilamiz. Bu safar mavzuni oldindan siz tanlaysiz, quyidagi izohlarda takliflaringizni qoldiring (kengroq mavzu bo’lsin, ko’pchilik tinglay oladigan).

Shu bilan birga, podkastimizni muntazam ravishda chiqib turishi uchun (avvalgi epizod masalan) ko’ngilli yordamchi qidiryapmiz, audioni tahrirlash, va sifatga yordam bera oladigan. Ya’ni, comparative advantage tamoyiliga o’zimiz amal qilaylik deyapmiz… Sizda shunday qiyosiy ustunlik bo’lsa, iltimos shaxsiyga yozing. Rahmat.

@uzbekonomics
Amazon federal minimal oylik oshishi tarafdori ekan. Barcha katta kompaniyalar buning tarafdori. Asl sababi: raqobatchilarini xarajarlarini oshirish.
Davlat qarzi haqidagi muhokama.

Qanchalik katta davlat qarzi degan savol juda oʻrinli va qiyin. Lekin qiyinligini sababi makroiqtisodiy emas. Savol siyosiy institutlarni va boshqaruv sifatiga bogʻliq boʻlgani uchun qiyin. Hatto rivojlangan mamlakatlarda davlat qarzining hajmi qanday boʻlishi kerak degan savolga javob ham shu tekislikda yotadi.

Nimaga?

Bir tomondan, yuqori rentabellikka ega davlat investitsiyalari qarz olish yoʻli bilan moliyalashtirilsa ham, mamlakatning moliyaviy (fiskal) ahvolini kelajakda kuchaytirishi mumkin degan fikr mavjud. Bu fikr, davlat investitsiyalari qandaydir muddatda iqtisodiyotni va soliq tushumlarini koʻpaytiradi degan farazni ustiga qurilgan. Odatda, bunday yuqori rentabellikka ega investitsiyalar inson kapitali, infratuzilma, yoki boshqa jamoat tovarlarini (toza suv) taʼminlashga ishlatilishi nazarda tutilgan. Shuning uchun ham, muhim investitsiyalarni vaqtida qarz olib moliyalashtirish maqsadga muvofiq desa boʻladi. Bu masalada qarz olishning maqsadi tezroq farovonlikka eltuvchi trayektoriyaga tushib olishda. Agar qarz olinmasa, yetarli investitsiyalar qilinmasligi mumkin va natijada iqtisodiy farovonlikka yetishish qiyinroq boʻladi degan gʻoyada qurilgan.

Shaxslar ham bir xil payt mehnat quroli olish uchun qarz olishadi, qarzning maqsadi, mehnat quroli hisobiga shaxsining daromadi karrasiga oshadi, buning natijasida, qarzni ham toʻlaydi, oʻzi ham yaxshi sharoitda yashashni boshlaydi. Masalan, bir bolaga qarzga kompyuter olib bersangiz, u dasturchi boʻlib ishlab kompyuterini ham toʻlab yuboradi, kelajakda ham yaxshiroq yashaydi. Lekin agar ketmon chopib kompyuter olishga pul yigʻsa -butun umr ham kifoya boʻlmasligi mumkin. Davlatlar ham qarz olishini mantigʻini asosi taxminan shunday.

Agar ahamiyat bergan boʻlsangiz, yuqorida aytganlarimda, davlat toʻgʻri investitsiya qilishi, oʻgʻrilik kam boʻlishi kabi farazlar bor. Davlat yuz foiz toʻgʻri joylarga pulni yoʻnaltirsa va olingan qarzlar talon taroj boʻlmasa — bu gʻoya yashashga haqli.

Mening shaxsiy fikrim, davlat fiskal siyosatida oʻgʻrilik va talon tarojlik muammo boʻlsa-da, kattaroq muammo, davlat olgan qarzlarni notoʻgʻri investitsiyalarga ishlatishi. Yaʼni oʻgʻirlik albatta yomon, lekin samarasi past joyga ishlatish kabi yomon emas (albatta oʻgʻrilik qilish uchun ham samarasiz joyga yoʻnaltirilishi mumkin — lekin men yaxshi niyatni faraz qilyapman).

Masalan, tasavvur qiling bir qishloq qarz oldi, agar qarzning hisobiga suvni, svetni va gazni yaxshilasa, odamlar koʻproq daromad olishadi, keyin esa oʻsha qishloq aholisi boyigani uchun tez qarzini uzib, ancha farovon yashashadi. Lekin agar qishloq qarz olsa va umumiy pul samarasiz narsalarga ishlatilsa — masalan, toʻy yoki festival qilishsa, yoki oqsoqqolarga hashamatli zar toʻn kiydirishsa, unda qarz olishlari jamiyat uchun yomon boʻladi.

Shuning uchun, mening davlat xarajatlari kattaligiga nisbatan boʻlgan skeptitsizmimning asl ildizi — davlat investitsiyalarni samarali maqsadlarga yoʻnaltira olishiga boʻlgan shubhamdan. Odatda, davlat xarajatlarini byurokratlar taqsimlashadi, tushunarliki, bir xil narsalarga davlat xarajat qilishi shart va tushunarli. Lekin davlat xarajatlari koʻpincha samarasiz joylarga — bu misolda xususiy tovarlarga (masalan: madaniyat saroyi) ishlatilishini hisobga olsak, xarajatlar kamaytirilishi (qarz hisobiga boʻlgan xarajatlar ham, soliqlar hisobiga boʻlgan xarajatlar ham) tarafdoriman. Yaʼni xarajat masalasida, moliyaviy manba ahamiyatsiz. Chunki biri — bugungi soliqlarimiz, qarz esa kelajakdagi soliqlarimiz xolos.

Nima demoqchiman?

Qarz olish masalasi va qarzning hajmi masalasi, fundamental darajada makroiqtisodiyot savoli emas — moliya boshqaruvi va davlat boshqaruvi sifati masalasi. Davlat xarajatlari masalasida biz shaffoflikka koʻp ahamiyat bera boshladik, bu yaxshi, lekin muhimroq savol bu samaradorlik. Yaʼni qishloqdagi toʻy qilinishda pul oʻgʻirlanmagan boʻlishi mumkin, lekin u toʻgʻri xarajat boʻlgan deya olmaymiz. Shu muammoni yechimi qiyin. (1/2)
Shuning uchun, qarz va davlat xarajatlari masalasida men xarajatlarni kamaytirish tarafdoriman, lekin investitsiyalar muhimligini nega qilinishi kerakligini tushunaman. Mening bunday fikrlashimga sabab — fiskal tizimning noshaffofligi emas, mutlaq, chunki bu nisbatan oson yechiladigan masala (kamida, yechimi texnik tekislikda, siyosiy tekislikda emas). Mening bu narsaga shubhamning sababi — samaradorlik, pul boshqaruvi va fiskal siyosat nazariyasidagi muammolar. (2/2)
Forwarded from TSUE-TDIU
✍️ Тошкент давлат иқтисодиёт университетида таниқли ўзбекистонлик иқтисодчи Беҳзод Хошимов билан учрашув бўлиб ўтади.

Мавзу: Иқтисодий тадқиқотлар

Ўтказилиш санаси: 2021 йил 27 февраль

Ўтказилиш вақти: соат 11:00

Профессор-ўқитувчилар, илмий тадқиқотчилар ва талабаларни ушбу учрашувда иштирок этишга таклиф этамиз.

Иштирок этиш учун қуйидаги ҳавола орқали рўйхатдан ўтишингиз сўралади: 👇

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfzcDJDOMHok4xmsupwkHdrDMZyXIcQ-UrNuDwKzrzXWqw2Ug/viewform

Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Ҳамма талаба - одам, лекин ҳамма одам талаба эмас.

Доим бирор муаммога баҳо беришда маълум гуруҳларга бўлиб, ҳал қилиш урфга кирган.

Масалан, яқинда беш талаба билан боғлиқ фожеа устида олий таълим бош қотириб, талабаларнинг шароити масаласи кун тартибига чиқди. Ахир ўша уйда талабалар яшамаса, бошқа одамлар, айтайлик, мардикорлар ҳам яшаши мумкин эди. Нега умуман одамларнинг яшаш шароити ўрганилмайди?

Масалан, сўз эркинлиги ҳақида гап кетса, журналист ва блогерларнинг ҳуқуқлари, эркинлиги ҳақида айтилади, ахир фикр эркинлиги ҳар бир одамнинг, фуқаронинг ҳаққи эмасми?

Ҳар бир одам, ҳар бир фуқаро фаровон бўлади, бахтли бўлади, эркин бўлади, ана ўшанда, жумладан, талабалар ҳам, ҳокимлар ҳам, блогерлар ҳам...
Ertaga 10.30da Qo’qon universitetida ma’ruzaga kelinglar.


Batafsil: https://t.iss.one/kokanduni/822
Bakirov (@the_bankiroff) Oʻzbekistonda konvertatsiyani toʻxtatilishi qiyin ahvolda, ikki yomon tanlov orasida qabul qilingan qaror deb yozibdilar. Bu fikr notoʻgʻri.

Konvertatsiyani cheklash va taqiqlash masalasi mutlaq johil, oʻlchanmagan, noqonuniy va iqtisodiyot uchun kulfatli qarorlardan boʻlgan.

Bakirov keltirib oʻtgan faktlar hammasi toʻgʻri ekanligida shubha yoʻq, lekin ularning xulosasi xato. Xulosa uchun narx muvozanat orqali belgilanmasligiga ishonishga toʻgʻri keladi. Toʻgʻri, sovet ittifoqidagi iqtisodchilar, jumladan Gosplanda faoliyat olib borgan sobiq prezident Karimov ham aynan Bakirov yozganidek fikrlagan boʻlishi ehtimoli yoʻq emas. Axir sovet iqtisodiy falsafasi haqida yozadigan rus iqtisodchilar ham, bir fikrdan “sovet davrida iqtisodiyot kitobini koʻtargan odam muvozanatni bilmaydi” degan xulosalar ham qilishgan. Yaʼni Bakirovning asosiy argumenti, dollarning taklifi maʼlum sabablarga koʻra keskin tushishidir, taklif tushsa — narx qimmatlashi kerak. Lekin qimmatlash darajasi talabni elastikligiga bogʻliq. Importga boʻlgan talab nihoyatda elastik boʻlgani sababli, taklifni keskin pasayishi, Bakirov aytgan va katta ehtimol bilan Karimov qoʻrqqan narsaga olib kelmas edi. Ikkinchidan, hali aniq emaski, shunday boʻlishi sanoatga salbiy taʼsir koʻrsatar edi. Balki teskarisidir, katta ehtimol bilan, dollarning qimmatligi, mahalliy ishlab chiqaruvchi uchun katta ragʻbat boʻlishi mumkin edi. Aslida esa teskarisi boʻldi: sunʼiy ravishda arzon ushlab turiladigan dollar tufayli, eng samarasiz davlat gʻoyalari, jumladan avtomobil zavodi ham ishlashi mumkin boʻlgandek boʻldi. Yaʼni davlat sanoati uchun, arzon dollar butun bozordagi samaradorlik signallarini notoʻgʻri koʻrsatdi, lekin konvertatsiya yopiqligi sababli, xususiy sanoat umuman qad ham koʻtara olmadi.

Oʻzi umuman olganda, ixtiyoriy narsani sunʼiy ravishda arzonlashtirishga urinish — qip qizil tentaklik. Bilamiz agar talab boʻlsa, narxni ʼarzonʼ ushlash defitsitiga olib keladi. Dollar ham bu bir tovar. Agar bozorda kartoshkani narxini arzonlashtirilsa nima boʻladi? Defitsit boʻladi. Dollarni ham shunday defitsitga olib kelishdi. Lekin kartoshkadan farqli oʻlaroq, dollarga boʻlgan talab elastik: kartoshkani narxi qimmatlashsa, deyarli kamroq isteʼmol qilmaymiz, dollar qimmatlasa — kamroq sotib olamiz. Menimcha bu narsada ham men Bakirovni fikrini oʻzgartirishim talab etilmaydi, axir u koʻplab marta goʻshtni narxini arzonlashtirishga urinish yoki uyni narxini arzonlashtirishga davlat tomonidan urinishlarni tentaklik ekanini aytgan. Aytmoqchi boʻlganim, xuddi goʻsht va kvartiradek, dollarni narxini ham sunʼiy tushirish — tentaklik va johillik edi. Xatolar orasidagi tanlov emas edi.

Boshqa tarafdan, bunday johil va xato yechim koʻp yillar mamlakat rivojiga toʻgʻanoq boʻlib keldi. Dollarni davlat narxi va haqiqiy narxi orasidagi farq ikki barobargacha koʻtarilib ketdi. Buning natijasida, “davlat dollariga” yoki oʻsha
“imtiyozli dollarga” yaqin odamlar milliardlab dollar ishlashdi. Ular shu pullarni ishlashayotgani uchun, shunday status-kvo saqlanib qolishi uchun katta mablagʻ va siyosiy kuch ishlatishga ham tayyor edilar. Natijada 20 yildan koʻp, aholi va iqtisodiyot qashshoqlashdi, lekin tor doiralar shu farqda ancha koʻp pul ishlashdi.
Yana bir tarafi, buning qonuniyligi. Hech kimga sir emas, bu qaror deyarli bir shaxs tomonidan qilingan edi. Bu albatta qomusimizga ikki taraflama zid. Birinchidan, konstitusiyada bizni mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti prinsiplari asosiga qurilishi belgilangan. Davlat bunchalik valytuni nazorat qilishi — albatta oʻsha prinsiplarga teskari.

Ikkinchisi esa, bir inson, shuncha yillar davomida mamlakatga va jamiyatga putur yetkazadigan qarorlar qabul qila olishini oʻzida. Hozir men nafaqat Markaziy Bank mustaqilligi haqida aytyapman, umuman olganda bunchalar dahshatli zarar keltiradigan vakolat boʻlishi haqida oʻylashimiz kerak deb oʻylayman.
Nima boʻlganida ham, Otabek Bakirov goʻsht va boshqa narsalarga narxni nazorat qilib, davlat belgilashi qanchalik tentakcha ekanligini biladilar, dollarga nisbatan bunday qilish bundan ham tentakcha, xato va eng muhimi goʻsht va boshqa narsalardan koʻra ancha zararli.
Yaxshi yangiliklardan: Chili o’z aholisini 20% ni vaksinatsiya qilib bo’libdi. Janubiy Amerikadagi eng yaxshi ko’rsatkich deb yozyapti “The Economist”.

Chilini albatta ko’p tanqid qilishgan, lekin Lotin Amerika mamlakatlarini ichida bozor iqtisodiyotga o’tgan sanoqli mamlakatlardan bo’lmish Chili, o’z aholisini bunchalik tez vaksinatsiya qilishi albatta quvonarli.
Forwarded from Uzbekonomics
Podkastimizning ushbu haftadagi epizodi shanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da Clubhouseda jonli bo’lib o’tadi. Ushbu havola orqali qatnashing, fikr bildirib savol bering.

Mavzu: korrupsiya va iqtisodiy taraqqiyot.

Ushbu epizodga mehmon taklif qildik:
Nodir aka Zakirov - huquqshunos, Jahon Banki Korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasida tergovchi, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha mutaxassis.

P.S. Oxirgi yozilgan ikkita epizodlarimizni (immigratsiya va fiskal siyosat haqidagi) platformalarga yuklashga ulgurmadik, kichik texnik sabab tufayli. Yaqin kunlarda bu bartaraf etiladi va uchta epizodni yuklaymiz degan umiddaman.

@uzbekonomics