Hoshimov Iqtisodiyoti mehmoni - Aleksandr Auzan Rossiya iqtisodiyot vazirligi qoshidagi jamoat kengashi raisi etib saylanibdi.
Kechagi maruzlarga tayyorlanganda bu intervyuni ko’rmay qolibman. Juda tavsiya qilaman. O’sha mavzu - bozorlar yaratilishi.
AQSh qurolli kuchlari dunyodagi eng katta tovar va xizmatlarni sotib oluvchi tashkilot. Ularni byudjeti yarim trilliondan ozgina koʻproq va shu byudjetni Mudofaa vaziri oʻrinbosari boshqaradi. Yaʼni mudofaa vaziri oʻrinbosari, agar korporativ tilda gapiradigan boʻlsak, shu katta tashkilotni “CEO”si. Yaqinda, shu lavozimga nomzod -Ketlin Xiksning Senatdagi eshittirishi haqida oʻqidim.
Senatorlarning qaygʻurtiradigan mavzu qurollik kuchlar sotib olish protsesslarida ishtirok etuvchi kompaniyalar kamligi va “monopollashish”i haqida mulohaza va suhbat menga qiziq tuyildi. Xiksning fikricha, yetkazib beruvchi kompaniyalarni ekstrim ravishdagi markazlashishi albatta yaxshi narsa emas. Uning fikricha, AQSh qurolli kuchlarini avtoritar mamlakatlardan ustunligi, ularda sotib olishda raqobat borligi. Lekin agar konsentratsiya oshib borsa va raqobat keskin kamaysa “buning natijasi shubhasiz, soliq toʻlovchi uchun yaxshi boʻlmaydi”.
Lekin Xiks ancha yaxshi fikrlaydigan davlat arbobiga oʻxshadi. Chunki konsentratsiyani yaxshi taraflari, ayniqsa innovatsiyaga kelganda buning alomatlari haqida toʻgʻri mulohazalarini berdi. Chunki innovatsiyalar uchun, bu yerda monopoliya yoki monopoliya emas degan mulohaza xato va samarasiz.
Odatda, harbiylarni senatdagi eshitishlari deyarli har doim jargonga toʻla va asosan strategik masalalar: bazalarni yopish, siyosatchilarni qurol-yarogʻ narxlari juda qimmatligi haqida shikoyatlari va harbiylarning ishdagi muhiti va ahvoli masalalari atrofida boʻladi. Ushbu eshittirishda esa, toʻgʻri, Xitoyning kuchayishi, armiyadagi jinsiy tajovuz va yadroviy qurollarni yangilashning xarajatlari masalalari gapirildi. Lekin senator Blumental va boshqa bir qancha senatorlar muhokamaga haddan tashqari moliyaviy taʼsir milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkinmi degan savollar, shu tariqa harbiylar nafaqat qanday qurol sotib olishlari, balki qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyat yuritadigan bozorlar toʻgʻrisida ham mulohaza qilishdi. Yaʼni “nega bu narsa qimmat” degan mulohazadan, moliyaviy va boshqa bozorlarni tuzilishi haqida mulohaza yaxshi boʻldi.
Ehtimol, Pentagondagi ikkinchi raqamli odamning eshittirishi davomida, birinchi marta, bozorlardagi monopoliya haqida suhbat bordi. Lekin kelajakda mudofaa vazirligi bu haqida ancha qiyinroq savollar haqida fikrlashiga toʻgʻri keladi.
Lekin bu mulohazadan: “Raqobat milliy xavfsizlik uchun foydalimi?” degan savolga javob topilmagan bo’lsa-da, bu savol haqida ko’proq izlanishlar kerakligi haqida xulosa qilish mumkin.

Ertaga Toshkent vaqti bilan 21.00da, “Clubhouse” degan yangi ijtimoiy tarmoqda, men Illinoys universiteti siyosatshunoslik doktoranti Ikromjon Tuhtasunov bilan Konstitutsion nazariya toʻgʻrisida suhbat qilamiz.
Men savollar beraman, Ikromjon esa bizga konstitutsiya haqida aytib beradi. Hozircha qonuniylik, har xil talqin qilinish va AQSh konstitutsiyasi mualliflaridan biri Aleksandr Hamilton haqida soʻramoqchiman. Ikromjon federalist qogʻozlari va Hamiltoning biografiyasiga qiziqishidan kelib chiqib, qanday qilib konstitutsiyon fikr va nazariya oʻzgargani va yangitdan yozilgan konstitutsiyalar haqida qanday gʻoyalar borligi haqida soʻramoqchiman. Xullas kelilar. Men shaxsan oʻzim biror nima oʻrganishim uchun suhbat quraman. Sizga ham qiziq yoki foydali boʻlishi ehtimoli yoʻq emas.

Clubhouse
Konstitutsion Nazariya: Qonuniylik va Samaradorlik.
Saturday, February 13 at 9:00pm +05 with Bekhzod Khoshimov, Ikromjon Tuhtasunov. Siyosatshunoslikda Doktorant va konstitutsion nazariya haqida fikrlovchi Ikromjon Tuhtasunov bilan qonun va qomus haqida gaplashamiz.
Forwarded from Marketing bo'limi
Clubhouse. Nima u?
Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlar yangi ijtimoiy tarmoq haqida tinmay gapiryapti. Nomi — Clubhouse. “Marketing bo‘limi” ushbu ilovadan foydalanib ko‘rdi. Qisqacha xulosalar
Hozircha faqatgina iOS dasturiy ta’minotida ishlovchi telefonlarda qo‘llab-quvvatlanadi. Zoom’ga o‘xshash jihatlari bor. “Klub”da faqatgina ovozli tarzda gaplashadi, video yo‘q.
Klubga kirganingizda bir nechta xonalar taklif etiladi. Ammo undan oldin, sizni kimdir “ichkariga” taklif qilishi kerak yo verifikatsiyadan o‘tgan ichkaridagi tanishingiz sizni qo‘llashi kerak bo‘ladi. Marketing, salom!
Xonalar qiziqishlaringizdan kelib chiqqan holda taklif etiladi. Admin sizni tasdiqlab, ichkariga kiritganidan so‘ng, ularni ma’ruzasini tinglashingiz mumkin. Avvaliga sizga gapirish huquqi taqdim etilmaydi. Agarda savol bermoqchi bo‘lsangiz, alohida tugmachadan foydalanib, “qo‘l ko‘tarishingiz” kerak.
Hozirda ushbu ijtimoiy tarmoqdan dunyoning taniqli biznesmen, marketolog va turli soha vakillari foydalanishmoqda, Avvalroq, Ilon Mask ushbu tarmoq orqali suhbatda maymun video-o‘yin o‘ynayotganini ma’lum qilgan edi.
Clubhouse O‘zbekistonda ham ommalashmoqda. AQShning Viskonsin universiteti doktoranti, iqtisodchi Behzod Hoshimov ushbu tarmoq orqali suhbat o‘tkazmoqda. Kirib, bemalol kuzatishingiz mumkin.
❗️ Muhim: Ilova faqatgina AppStore ya’ni iOS’da bor. Clubhouse Androidda ishlamaydi. PlayMarket’dagi shunday nomli ilovalar boshqa.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi

Qiziq jumlaga ko’zim tushdi:
“Qashshoqlik va kambagʻallikning teskarisi [boylik emas] — adolat”.
Xuddi shunday, kambag’allikka qarshi eng yaxshi davo bu qonuniylik va adolat.

Moliya Institutida iqtisodiy tadqiqotlar haqidagi maruza YouTubega qo’yildi.
Men uch mavzu haqida gapirdim.
1. Auksionlar
2. Ikki-tomonli bozorlar
3. “Matching” - qanday qilib bozorlar yaratiladi.
Albatta izohlaringizni o’qiyman.
Marhmat ko’ring: https://youtu.be/yOjQFkOqbaM

YouTube
Behzod Hoshimov | Iqtisodiy tadqiqotlar, (auksionlar ,Nesh muvozanati ,ikki tomonli bozorlar haqida)
Yurtimizdagi eng tajribali va taniqli iqtisodchilaridan biri, Amerikaning Wisconsin universiteti doktoranti , Iqtisodchi kundaligi telegram kanali asoschisi Behzod Hoshimov "Iqtisodiy tadqiqotlar" mavzusida Toshkent moliya instituti talabalari bilan uchrashdi.
Forwarded from Nuruddin Blogs
Salom, do’stlar!
Sizlarni Behzod Hoshimov bilan bo’lib o’tadigan Iqtisodiyot haqida suhbatga taklif etamiz! Iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda bilim oling va tadqiqotchiga savol berish imkonidan foydalaning!
🎙 Spiker: Behzod Hoshimov - Iqtisodchi, bloger
📌 Mavzu: Fan va turmush: iqtisodiyot
📍Yoshlar Ishlar agentligi - Navoiy ko'chasi 11
🗓 20 Fevral, 2021. 18:00
📌 Ro'yxatdan o'tish uchun link: https://forms.gle/Zg1uKTNWLPWAQUN66

Yaxshi maqola. O’qishni tavsiya qilaman. Sarlavhani emas, to’liq maqolani o’qing.
https://www.gazeta.uz/ru/2021/02/18/price-of-corruption/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Газета.uz
Парадоксальная цена коррупции
Коррупция поразила госструктуры и кажется неискоренимой. При росте поступлений в бюджет коррупция также возрастает. О том, как выбраться из порочного круга, — в колонке экономиста Шахзода Юлдошбоева.
Bugun soat 18.00 da, Yoshlar Ishlari agentligi binosida (Navoiy ko’chasi 11) men maruza o’qiyman.
Ro’yxatdan o’tib, keling.
https://forms.gle/Zg1uKTNWLPWAQUN66
Ro’yxatdan o’tib, keling.
https://forms.gle/Zg1uKTNWLPWAQUN66
Forwarded from Uzbekonomics
Kecha quyidagi yangilik haqida aytib qolishdi.
Roppa-rosa bir yil oldin jamoat kutubxonalari, ularning muhimligi, ular faqat kitob o’qiydigan joy emasligi, balki ular ta’lim, fuqarolik jamiyati rivojlanishida katta ro’l oynaydigan institut ekanligi, va ularni ko’paytirishimiz kerakligi haqida maqola yozgan edim: https://www.gazeta.uz/ru/2020/02/18/public-libraries/
Xullas, shu yangilikni ko’rib quvondim. Bundaylar soni butun mamlakat bo’ylab ko’paysin.
Agar shunchalik ortiqcha mablag’lar paydo bo’lgan bo’lsa, ularni kutubxonalarga, ta’limga sarflaganimiz ma’qul. Ya’ni samarali va barakali maqsadlarga.
@uzbekonomics

Telegram
Alisher Sadullaev
#repost
Bu Finlandiyadagi kutubxona emas) O’zimizning Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi yoshlar kutubxonasi!
Bizda ham shunday kutubxonalar bo’larmikan, deb rosa rejalarini tuzar ham edik. Chet el kutubxonalariga havas bilan qarardik. Mana tumanlarda…

Podkastimizning navbatdagi soni juma kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00 da jonli ravishda Clubhouse da bo’lib o’tadi. Imkoniyat va vaqtingiz bo’lsa qo’shiling, interaktiv ravishda savol berishingiz mumkin. Podkastni yozib olib albatta barcha platformalarga yuklaymiz.
Avvalgi safar jonli ravishda olib borib, tinglovchilarni ishtirok etishiga imkoniyat berish yaxshi tajriba bo’ldi. Behzod bilan podkastimizni har juma, shu vaqtda, jonli olib borishga harakat qilamiz. Bu safar mavzuni oldindan siz tanlaysiz, quyidagi izohlarda takliflaringizni qoldiring (kengroq mavzu bo’lsin, ko’pchilik tinglay oladigan).
Shu bilan birga, podkastimizni muntazam ravishda chiqib turishi uchun (avvalgi epizod masalan) ko’ngilli yordamchi qidiryapmiz, audioni tahrirlash, va sifatga yordam bera oladigan. Ya’ni, comparative advantage tamoyiliga o’zimiz amal qilaylik deyapmiz… Sizda shunday qiyosiy ustunlik bo’lsa, iltimos shaxsiyga yozing. Rahmat.

Davlat qarzi haqidagi muhokama.
Qanchalik katta davlat qarzi degan savol juda oʻrinli va qiyin. Lekin qiyinligini sababi makroiqtisodiy emas. Savol siyosiy institutlarni va boshqaruv sifatiga bogʻliq boʻlgani uchun qiyin. Hatto rivojlangan mamlakatlarda davlat qarzining hajmi qanday boʻlishi kerak degan savolga javob ham shu tekislikda yotadi.
Nimaga?
Bir tomondan, yuqori rentabellikka ega davlat investitsiyalari qarz olish yoʻli bilan moliyalashtirilsa ham, mamlakatning moliyaviy (fiskal) ahvolini kelajakda kuchaytirishi mumkin degan fikr mavjud. Bu fikr, davlat investitsiyalari qandaydir muddatda iqtisodiyotni va soliq tushumlarini koʻpaytiradi degan farazni ustiga qurilgan. Odatda, bunday yuqori rentabellikka ega investitsiyalar inson kapitali, infratuzilma, yoki boshqa jamoat tovarlarini (toza suv) taʼminlashga ishlatilishi nazarda tutilgan. Shuning uchun ham, muhim investitsiyalarni vaqtida qarz olib moliyalashtirish maqsadga muvofiq desa boʻladi. Bu masalada qarz olishning maqsadi tezroq farovonlikka eltuvchi trayektoriyaga tushib olishda. Agar qarz olinmasa, yetarli investitsiyalar qilinmasligi mumkin va natijada iqtisodiy farovonlikka yetishish qiyinroq boʻladi degan gʻoyada qurilgan.
Shaxslar ham bir xil payt mehnat quroli olish uchun qarz olishadi, qarzning maqsadi, mehnat quroli hisobiga shaxsining daromadi karrasiga oshadi, buning natijasida, qarzni ham toʻlaydi, oʻzi ham yaxshi sharoitda yashashni boshlaydi. Masalan, bir bolaga qarzga kompyuter olib bersangiz, u dasturchi boʻlib ishlab kompyuterini ham toʻlab yuboradi, kelajakda ham yaxshiroq yashaydi. Lekin agar ketmon chopib kompyuter olishga pul yigʻsa -butun umr ham kifoya boʻlmasligi mumkin. Davlatlar ham qarz olishini mantigʻini asosi taxminan shunday.
Agar ahamiyat bergan boʻlsangiz, yuqorida aytganlarimda, davlat toʻgʻri investitsiya qilishi, oʻgʻrilik kam boʻlishi kabi farazlar bor. Davlat yuz foiz toʻgʻri joylarga pulni yoʻnaltirsa va olingan qarzlar talon taroj boʻlmasa — bu gʻoya yashashga haqli.
Mening shaxsiy fikrim, davlat fiskal siyosatida oʻgʻrilik va talon tarojlik muammo boʻlsa-da, kattaroq muammo, davlat olgan qarzlarni notoʻgʻri investitsiyalarga ishlatishi. Yaʼni oʻgʻirlik albatta yomon, lekin samarasi past joyga ishlatish kabi yomon emas (albatta oʻgʻrilik qilish uchun ham samarasiz joyga yoʻnaltirilishi mumkin — lekin men yaxshi niyatni faraz qilyapman).
Masalan, tasavvur qiling bir qishloq qarz oldi, agar qarzning hisobiga suvni, svetni va gazni yaxshilasa, odamlar koʻproq daromad olishadi, keyin esa oʻsha qishloq aholisi boyigani uchun tez qarzini uzib, ancha farovon yashashadi. Lekin agar qishloq qarz olsa va umumiy pul samarasiz narsalarga ishlatilsa — masalan, toʻy yoki festival qilishsa, yoki oqsoqqolarga hashamatli zar toʻn kiydirishsa, unda qarz olishlari jamiyat uchun yomon boʻladi.
Shuning uchun, mening davlat xarajatlari kattaligiga nisbatan boʻlgan skeptitsizmimning asl ildizi — davlat investitsiyalarni samarali maqsadlarga yoʻnaltira olishiga boʻlgan shubhamdan. Odatda, davlat xarajatlarini byurokratlar taqsimlashadi, tushunarliki, bir xil narsalarga davlat xarajat qilishi shart va tushunarli. Lekin davlat xarajatlari koʻpincha samarasiz joylarga — bu misolda xususiy tovarlarga (masalan: madaniyat saroyi) ishlatilishini hisobga olsak, xarajatlar kamaytirilishi (qarz hisobiga boʻlgan xarajatlar ham, soliqlar hisobiga boʻlgan xarajatlar ham) tarafdoriman. Yaʼni xarajat masalasida, moliyaviy manba ahamiyatsiz. Chunki biri — bugungi soliqlarimiz, qarz esa kelajakdagi soliqlarimiz xolos.
Nima demoqchiman?
Qarz olish masalasi va qarzning hajmi masalasi, fundamental darajada makroiqtisodiyot savoli emas — moliya boshqaruvi va davlat boshqaruvi sifati masalasi. Davlat xarajatlari masalasida biz shaffoflikka koʻp ahamiyat bera boshladik, bu yaxshi, lekin muhimroq savol bu samaradorlik. Yaʼni qishloqdagi toʻy qilinishda pul oʻgʻirlanmagan boʻlishi mumkin, lekin u toʻgʻri xarajat boʻlgan deya olmaymiz. Shu muammoni yechimi qiyin. (1/2)

Shuning uchun, qarz va davlat xarajatlari masalasida men xarajatlarni kamaytirish tarafdoriman, lekin investitsiyalar muhimligini nega qilinishi kerakligini tushunaman. Mening bunday fikrlashimga sabab — fiskal tizimning noshaffofligi emas, mutlaq, chunki bu nisbatan oson yechiladigan masala (kamida, yechimi texnik tekislikda, siyosiy tekislikda emas). Mening bu narsaga shubhamning sababi — samaradorlik, pul boshqaruvi va fiskal siyosat nazariyasidagi muammolar. (2/2)
Forwarded from TSUE-TDIU
✍️ Тошкент давлат иқтисодиёт университетида таниқли ўзбекистонлик иқтисодчи Беҳзод Хошимов билан учрашув бўлиб ўтади.
Мавзу: Иқтисодий тадқиқотлар
Ўтказилиш санаси: 2021 йил 27 февраль
Ўтказилиш вақти: соат 11:00
Профессор-ўқитувчилар, илмий тадқиқотчилар ва талабаларни ушбу учрашувда иштирок этишга таклиф этамиз.
Иштирок этиш учун қуйидаги ҳавола орқали рўйхатдан ўтишингиз сўралади: 👇
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfzcDJDOMHok4xmsupwkHdrDMZyXIcQ-UrNuDwKzrzXWqw2Ug/viewform
Telegram |Facebook |Instagram |YouTube

Daron Ajemog’li o’zining yangi kitobini tushuntiryapti. Ahmet Kuru (Hoshimov Iqtisodiyotida suhbat qilgan edik) moderator.
https://youtu.be/-Po_Ws9Ht6Y
https://youtu.be/-Po_Ws9Ht6Y
YouTube
Daron Acemoglu SDSU Webinar: The Narrow Corridor
Daron Acemoglu's webinar at San Diego State University: "Remaking the Post-COVID World: Lessons from 'The Narrow Corridor,' " February 24, 2021. Q&A moderated by Ahmet T. Kuru
Organized by Porteous Chair in Political Science: https://politicalscience.sds…

Forwarded from Аслановдан иқтибослар +
Ҳамма талаба - одам, лекин ҳамма одам талаба эмас.
Доим бирор муаммога баҳо беришда маълум гуруҳларга бўлиб, ҳал қилиш урфга кирган.
Масалан, яқинда беш талаба билан боғлиқ фожеа устида олий таълим бош қотириб, талабаларнинг шароити масаласи кун тартибига чиқди. Ахир ўша уйда талабалар яшамаса, бошқа одамлар, айтайлик, мардикорлар ҳам яшаши мумкин эди. Нега умуман одамларнинг яшаш шароити ўрганилмайди?
Масалан, сўз эркинлиги ҳақида гап кетса, журналист ва блогерларнинг ҳуқуқлари, эркинлиги ҳақида айтилади, ахир фикр эркинлиги ҳар бир одамнинг, фуқаронинг ҳаққи эмасми?
Ҳар бир одам, ҳар бир фуқаро фаровон бўлади, бахтли бўлади, эркин бўлади, ана ўшанда, жумладан, талабалар ҳам, ҳокимлар ҳам, блогерлар ҳам...