Innovatsion rivojlanish agentligi
4.55K subscribers
3.59K photos
504 videos
10 files
1.37K links
🌐Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi

📍Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 7.
📬 E-mail: [email protected]
☎️ Ishonch raqami: +998 (71) 203-32-31
🌐 Rasmiy veb-sayt: www.innovation.gov.uz
Download Telegram
#xalqaro_ko‘rgazma
#tijoratlashtirilgan_loyihalar

Joriy yil 22–25-aprel kunlari Dubay shahrida Dubay xalqaro gumanitar yordam va taraqqiyot (DIHAD) konferensiyasi va ko'rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir davomida jahonning gumanitar va  ijtimoiy sohadagi yetakchi nodavlat notijorat tashkilotlari, BMT tuzilmalari, ijtimoiy sohadagi xalqaro tashkilotlar, davlat va xususiy insonparvarlik jamg’armalar vakillariga mamlakatimiz olimlari va korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etildi.

Ko’rgazma davomida Dubay Amirligi ijroiya kengashi a’zosi, “Dubai Media Incorporated” korporatsiyasi raisi Shayx Hasher bin Maktum Al Maktum “Made in Uzbekistan” stendiga tashrif buyurib, mahalliy korxonalarimiz va olimlarimiz tomonidan yaratilgan mahsulotlar, jumladan Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tijoratlashtirilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mazkur ko’rgazma doirasida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yetkazib berish bo’yicha eksport shartnomalari imzolandi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️

🔍 Web-site 📷 Instagram 💬 Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Memorandum #xalqaro_hamkorlik
#ilmiy_texnik_axborot_markazi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi
Ilmiy-texnik axborot markazi direktori A.Baxodirov boshchiligidagi delegatsiya Belarussiya Respublikasining Minsk shahriga xizmat safari davomida Belarussiya fan-texnika sohasini tizimli tahlil qilish va axborot bilan taʼminlash instituti davlat muassasasi (BelISA) direktori Vladimir Susha va tashkilot vakillari o'rtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalar va ularni yanada kengaytirish hamda hamkorlik samaradorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv soʻngida tomonlar oʻrtasida ilmiy-texnik axborot almashish, hamkorlikda oʻzaro manfaatli tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar)ni oʻtkazish, shuningdek ikki tomonlama va koʻp tomonlama dastur hamda loyihalar doirasida hamkorlik qilish boʻyicha memorandum imzolandi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️

🔍 Web-site 📷 Instagram 💬 Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#investitsiya
#grant

🗣Joriy yilning 22-24-aprel kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “INNOPROM Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari tomonidan bir qancha kompaniyalar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Jumladan, Xanti-Mansiysk avtonom okrugining rivojlanish jamgʻarmasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda jamgʻarma faoliyati bilan tanishildi va ilm-fanga investitsiya, startap, tijoratlashtirish, sanoat, qishloq-xoʻjaligi kooperatsiyalarini qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish boʻyicha muhokama oʻtkazildi. Mazkur uchrashuv yakunida texnoparklar, startap va tijoratlashtirish boʻyicha oʻzaro malaka almashishga hamda kelgusida qoʻshma loyihalar amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.

Batafsil

Rasmiy sahifalarimiz⬇️

🔍 Web-site 📷 Instagram 💬 Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_stajirovkalar
#Turkiya

🇺🇿🇹🇷

Urganch davlat universitetning Xorijiy filologiya fakulteti “Roman-german filologiyasi” kafedrasi yosh tadqiqotchilari va tayanch doktorantlari Matmurodov Xojimurod, Davletova Dildora va Yoʻldashov Elyorbek Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, bugungi kunda Turkiyaning nufuzli Egey universitetida ilmiy stajirovka oʻtamoqdalar.

Mazkur stajirovka dasturiga asosan, tadqiqotchilar tomonidan turizm sohasiga oid manbalar (broshyuralar, veb-sahifalar) dagi turistik manzilgohlar toʻgʻrisidagi matnlarning tarjimasini, roman-german va turkiy tillarda rang va ruhiyatni ifodalovchi til birliklarni, ingliz va oʻzbek tillarida spekulyativ (fantastik, ilmiy-fantastik) adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️

🔍 Web-site 📷 Instagram 💬 Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM