474 subscribers
72 photos
9 videos
1 file
39 links
Informatika va IT sohasiga qiziquvchilar uchun ochilgan kanalga xush kelibsiz!
Kanalga yangilik, taqdimot, tavsiya, dars ishlanma va boshqa resurlarni joylashtirishingiz mumkin.
Admin: @muminov_sarvar
Download Telegram
NAMANGANLIK O’QITUVCHI O’Z HISOBIDAN MAKTAB XONASINI JIHOZLADI

Uchqo’rg’on tumanidagi 2-maktabning informatika fani o’qituvchisi Dilshodbek Muxtorovning shogirdlari har yili fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Xususan, maskanning sobiq bitiruvchisi Hojiakbar Murodullayev 2023-yilda NamMQI tashabbusi bilan o’tkazilgan informatika musobaqasida ishtirok etib, grant asosida o’qish imkoniyatini qo’lga kiritgan. Shuningdek, “Robot-uz 2023” xalqaro olimpiadasida muassasaning 6-sinf o’quvchilari jamoa hisobida 2-o’rinni egallashgan. Faoliyati orqasidan 12 mln so’m maosh olayotgan pedagog maktabda xayrli ishga qo’l urdi. O’quvchilarning puxta bilim olishlari va IT sohasidagi ko’nikmalarini chuqur o’zlashtirishlari uchun informatika va robototexnika xonalarini o’z hisobidan zamonaviy 16 dona parta, 40 ta stul va boshqa jihozlar bilan ta’minladi. Bu esa yoshlarning bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini yanada ortishiga zamin yaratadi.

Boshqarma Axborot xizmati
👍11
#Respublika_tashkilotlari

Ta'limga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib borishni istaysizmi?

💬 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hamda oliy ta'lim muassasalarining rasmiy sahifalari bilan tanishib boring:

✔️ Maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga doir yangiliklar ➡️ t.iss.one/mdokanal

✔️ Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar haqidagi eng qaynoq xabarlar ➡️ t.iss.one/piimauz

✔️ Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ➡️ t.iss.one/avloniyuz

✔️ O'qituvchilar uchun foydali havolalar hamda sohaga doir yangiliklar ➡️ t.iss.one/uzluksiz_rivojlanish

✔️ Ustozlar uchun pedagogik ko'mak
➡️ t.iss.one/rtm_metodik_xizmat

✔️ Barkamol avlod bolalar maktablari haqida ➡️ t.iss.one/Barkamolbolalarmaktabi

✔️ Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning faoliyati ➡️ https://t.iss.one/TDPU_uz

✔️ "Yangi O'zbekiston" universiteti faoliyati bilan bog'liq yangiliklar ➡️ t.iss.one/newuzbekistanuniversity

✔️ Fan olimpiadalari bo’yicha eng sara xabarlar
➡️ https://t.iss.one/olimpdep

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from IT Education Association
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonning raqamli kelajagiga o’z hissangizni qo’shing va IPHONE 16PRO yutib olish imkonini qo’lga kiriting!

Salom, do’stlar! 👋

IT-ta’lim uyushmasi Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan birgalikda aholining raqamli savodxonlik darajasini tahlil qilishga qaratilgan muhim tadqiqot o‘tkazmoqda.

Olingan natijalar, IT sohasida samarali ta’lim dasturlarini yaratishda va yangi karyera imkoniyatlarini ochishda yordam beradi.

Ushbu so’rovnoma jami 32-ta savoldan iborat bo’lib, atigi 10–15 daqiqa vaqtingizni oladi.

❗️Ha, aytgancha! Tadqiqot yakunida, ishtirokchilar orasida sovrinli o’yin o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda qanday qilib ishtirok etish mumkin, deysizmi?⬇️

📌So’rovnomani to’ldiring 
📌Aloqa uchun ma’lumotlaringizni qoldiring! 

Unda, eng omadli ishtirokchilarni:
📱iPhone 16 Pro
🎧 AirPods 4
🎓Coursera’dan bepul o’qish uchun vaucherlar va boshqa qimmatbaho sovg’alar kutmoqda!

Keling, birgalikda yangi imkoniyatlar beruvchi raqamli kelajak sari qadam tashlaymiz.

Imkoniyatni boy bermang va so‘rovnomaga hoziroq o‘ting! 🚀
https://forms.gle/TfQMVMB2LwaL7oTf7

Sizning ishtirokingiz ta’limni barcha uchun yanada qulay va samarali qilishga yordam beradi!

☎️+99877 707-66-00
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Digital.edu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

ICT4Girls olimpiadasiga qabul boshlandi!

🏷Sport dasturlash va informatika boʻyicha iqtidorli qizlarni kashf etuvchi ICT4Girls O‘zbekiston o‘quvchi qizlar olimpiadasiga arizalar 23-mart soat 23:59ʼga qadar qabul qilinadi. Olimpiada joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tadi.

Kim ishtirok etishi mumkin:
➡️ 20 yoshgacha bo‘lgan maktab, kasb-hunar maktabi, akademik litsey va kollej o‘quvchi qizlari;
➡️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasidagi birlamchi saralashdan o‘tgan qizlar.


📝Olimpiada 2 bosqichda tashkil etiladi. Hududiy bosqichda yuqori natija koʻrsatgan qizlar Respublika bosqichida ishtirok etishadi va Respublika bosqichida yuqori ball to‘plagan 12 nafar qiz olimpiada g‘olibi deb topiladi hamda munosib taqdirlanadi.

👨‍👦‍👦Joriy yilda ICT4Girls olimpiadasining g‘oliblari uchun sport dasturlash bo‘yicha maxsus butkemp tashkil etiladi va butkemp so‘ngida saralangan 4 nafar qiz 14-20-iyul kunlari Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tadigan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (EGOI 2025) da O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi.

🧾Batafsil ma’lumot uchun olimpiada nizomi bilan tanishib chiqing.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM