Informatika va grafika
332 subscribers
324 photos
761 videos
689 files
210 links
Dasturlash: c++, java, delphi, javascript, VBA, vb#,c#
Grafika: 3ds max, flash8, Swishmax, coreldraw, photoshop.
Informatika: grafik ob ‘ektlarni yaratish Pascal tilini o‘rganish, Excelda formalar yaratish, HTML, CSS bilan tanishish Admin @Algoritmchi
Download Telegram
"#" - IZOH ning dasturi va bajarilishiga misol. Rasmdagi dasturni EDIT (matn muharriri) da tering va "RUN" buyrug'i tugmasini bossangiz TERMINALda javobi chiqadi. Chap tomondagi oyna -EDIT-(matn muhariri); O'ng tomondagi oyna - TERMINAL
Kommentariyalarni ko'rinishi
Informatika va grafika, [03.02.20 16:45]
5 -Dars. O`zgaruvchilar

Biror ma'lumotni saqlash va uning ustida turli amallarni bajarish uchun bizga
o'zgaruvchilar yordam beradi. O'zgaruvchining qiymati, o'z nomi bilan aytib
turibdiki, o'zgarishi mumkin. Unda xohlagan qiymatni saqlash mumkin.
O'zgaruvchilar kompyuter xotirasidagi joy bo'lib, u yerda siz biror ma'lumotni
saqlaysiz. O'zgaruvchining konstantadan farqi, o'zgaruvchiga dastur ishlashi
davomida (run time) murojaat qilib, uning qiymatini o'zgartira olamiz. Konstantaga
esa oldindan ma'lum bir qiymat beriladi va bu qiymatni o'zgartirib bo'lmaydi.

O'zgaruvchilarni nomlashda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

. O'zgaruvchining birinchi belgisi alifbo harfi (ASCII simvollari katta va kichik
registrda ) yoki “_” (ostki chiziq) simvoli bo'lishi mumkin.
. O'zgaruvchilarning qolgan qismi harflardan (ASCII simvollari katta va kichik
registrda), “_" (ostki chiziq) simvoli va raqamlardan(0-9) tashkil topishi mumkin.
. O'zgaruvchilar nomlashda katta va kichik registrlar farqlanadi. Masalan, myname va
myName – bular boshqa-boshqa o'zgaruvchi hisoblanadi.
. O'zgaruvchilarni to'g'ri nomlashga misollar: i, _my_name, name_23, a1b2_c3
. O'zgaruvchilarni noto'g'ri nomlashga misollar: 2things, ' ', my-name, >a1b2_c3 va
“o'zgaruvchi qo'shtirnoqda"
O`zgaruvchi va konstantalarni qo`llanishiga misol:

i = 5
print(i)
i = i + 1
print(i)
s = "Bu ko'p qatorlik satr.\n Bu uning ikkinchi qatori."
print(s)

Natija:
5
6
Bu ko'p qatorlik satr.
Bu uning ikkinchi qatori.
Usbu dasturni Pytoh da ishlashi
O'zgaruvchilar
O'zgaruvchilar turlari
Qiymat o’zgaruvchiga qanday yoziladi?
Klaviaturadan qiymat kiritish
Klaviaturadan qiymat kiritish
Bildirish yozuvlari
O’zgaruvchining qiymatini o’zgartirish
Qiymat kiritish
Kiritilgan qiymatlarni formatlash (format)
Sonlarning qo’shish: oddiy usul
Sonlarning qo’shish: to’liq echim
O’zgaruvchilar nomi
Ushbu dasturlarni Pythonga ko'chirib tashlang va ishlatib ko'ring . a = int ( input() )
b = int ( input() )
c = a + b
print ( c )