Informatika va grafika
332 subscribers
324 photos
761 videos
689 files
210 links
Dasturlash: c++, java, delphi, javascript, VBA, vb#,c#
Grafika: 3ds max, flash8, Swishmax, coreldraw, photoshop.
Informatika: grafik ob ‘ektlarni yaratish Pascal tilini o‘rganish, Excelda formalar yaratish, HTML, CSS bilan tanishish Admin @Algoritmchi
Download Telegram
Desktop.zip
4 KB
Python fayllari. Satrlar bilan ishlash
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Python faylini telegrammdan yuklab olish videosi
10 - Dars. Ro`yxat va kortej

Ro`yxat- Pythonda erkin turdagi obyektlarning o`zgaruvchan qatorlashgan
kolleksiyasi hisoblanadi (massivga o`xshash, lekin tiplar har xil bo`lishi mumkin).
Ro`yxatlardan foydalanish uchun ularni tuzish kerak. Ro`yxatni har xil
yondashuvlar yordamida yaratish mumkin. Masalan har bir iteratsiya qilinadigan
obyektni (masalan satrni) Pythonni o`ziga kiritilgan list funksiyasi yordamida
kiritish mumkin.
Ro`yxat yaratishning yana bir usuli- ro`yxatlarning generatorlari. Ro`yxat
generatori bu- ketma-ketlikni har bir elementiga arifmetik amalni qo`llab yangi
ro`yxat tuzish usuli. Generatorlar for sikliga juda o`xshash bo`ladi.
Ro`yxatni yaratgandan so`ng uning ustida turli amallarni bajarish kerak
bo`ladi, albatta, buning uchun esa Pythonni o`ziga kiritilgan bir qancha funksiya va
metodlar bor.

Metod Vazifasi
List.append(x)
Ro`yxat oxiridan element qo`shish
List.extend(L)
Oxiriga hamma elementlarni qo`shib
list ro`yxatini kengaytiradi.
List.insert(i,x)
i-elementga x qiymatini kiritadi
List.remove(x)
Ro`yxatdan x qiymatga ega elementni
o`chiradi
List.pop([i])
Ro`yxatning i-elementini o`chiradi va
qaytaradi. Agarda indeks
ko`rsatilmagan bo`lsa oxirgi element
o`chiriladi
List.index(x,[start],[end])
X qiymatga teng start dan end gacha
birinchi elementni qaytaradi
List.count(x)
X qiymatga teng elementlar sonini
qaytaradi
List.sort([key=funksiya])
Funksiya asosida ro`yxatni saralaydi
List.reverse()
Ro`yxatni ochadi
List.copy()
Ro`txatning nusxasi
List.clear()
Ro`yxatni tozalaydi
Ro`yxat metodlari tasnifi
Kortejlar(tuple)
Kortejlar bir nechta ob’yektlarni birgalikda saqlashga xizmat qiladi. Ularni
ro’yxatlarga o’xshatish mumkin. Lekin ular ro’yxatlar kabi boy funksionallikka ega
emas. Ularning asosiy jihati qatorlarga o’xshab o’zgarmasliklaridir. Kortej-
elementlar orasini vergul bilan ajratish orqali hosil qilinadi. Kortejga ma’no jihatdan
o`zgarmas ro`yxat deb ta’rif berdik. Shu o`rinda savol tug`iladi. Ro`yxat bo`lsa
kortej nimaga kerak:

1. Turli holatlardan himoyalanish. Bu degani kortej o`zgartirishlardan
himoyalangan bo`ladi, rejali (bu yomon) va tasodifiy (bu yaxshi) o`zgarishlardan
xalos bo`ladi.
2. Kichik hajm. So`zlar bilan ifodalamasdan.
3. Kortejdan lug`at kaliti sifatida foydalanish mumkin:
Kortej afzalliklari haqida bilib oldik. Endi kortej bilan qanday ishlashni ko`ramiz.
Bu xuddi ro`yxatlar bilan ishlashga o`xshaydi. Bo`sh kortejni yaratamiz:
Bir elementli kortejni yaratamiz:
Stop. Satr paydo bo`ldi. Bizga esa kortej kerak. Qanday qilib kortejga ega bo`lamiz?
Ura! Ishladi! Hamma gap vergulda. Qavuslar bu yerda hech nimani anglatmaydi.
Kortejni yana quyidagicha yatish mumkin.
Lekin qavus qo`yish lozim, ba’zi bir holatlar borki qavuslar juda kerak. Tuple()
funksiyasi yordamida iteratsiyalangan obyektdan kortej yaratish mumkin:
Kortejning elmentlariga ham ro`yxatlardagi kabi indeks bo`yicha murojat
qilish mumkin (masalan: element nechanchi indeksdaligini bilish uchun). Bunda
ham indekslash 0 (nol) dan boshlanadi ya’ni 6 ta elementdan iborat kortejning
indeksi 0..5 gacha bo`ladi. Kortej indeksi esa [] operatori orasiga beriladi. Agar bizga
kortejning elementilarini teskaridan chiqarish kerak bo`lsa uning indeksini manfiy
(masalan: kortej[-5]) beramiz. Quyidagi misolda shularni ko`rib chiqamiz.
Massiv haqida asosiy tushuncha
Massiv bu nima?
Massiv bu "Ro'yxat"
Massivlarni to'ldirish
Tasodifiy sonlar generatorini massivlarda qo'llash
Ma'lumotlarni ekranga chqarish
Ma'lumotlarni klaviatueadan kiritish
Ma'lumotlarni klaviaturadan kiritish
Massiv elementlari bir yo'lakayiga qanday bajariladi?
Massiv elementlarini qanday bajarish mumkin
Elementlarning saralash
Dastur nima ish qiladi?
Elementlarni hisoblash
Elementlarning saralash
Sikl qanday ishlaydi?
O'rtacha arifmetik qiymatlar