Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.26K subscribers
4.23K photos
402 videos
23 files
1.14K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
“YURTNING KUCHI - BIRLIKDA, QADRI ESA TINCHLIKDADIR”

🇺🇿2024-yil 21-oktabr haftaning dushanba kuni. Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari yangi haftaning 1-o'qish kuni boshlanishi munosabati bilan saf tortdilar. Ustozlar va o'quvchilar ijrosida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi. O'tgan hafta davomida erishilgan yutuqlar e'tirof etildi.

Samarqand viloyati FVB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni qutqaruvchilik kasbiga qiziqtirish maqsadida “Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarning viloyat bosqichi o‘tkazilib
, maktabimiz o'quvchilari faxrli III o'rinni egallab qaytishdi.

|Telegram| |Facebook| 🌐|Instagram| |Telegram| 🌐|Veb sayt|
Forwarded from Hilola Umarova
#raqamlashtirish

Har qanday sohada zamon talablariga moslashish, raqamlashtirish koʻplab muammolarga yechim boʻlishi, katta mablagʻlarni tejashi mumkin. Keling, hisob-kitob qilamiz.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab maktablardagi oʻquv-pedagogik hujjatlar toʻliq elektron shaklga oʻtkaziladi.

Natijada:

oʻqituvchilar va maktab rahbariyati uchun qulaylik yaratiladi va ularning vaqti (bir oʻqituvchi yiliga 75 soat) tejaladi;

Maktab boshqaruvi jarayonida ortiqcha qogʻozbozlikka barham beriladi, samaradorlikka erishiladi va shaffoflik taʼminlanadi;

har yili 223 tonna qogʻoz va hududlarga yetkazish boʻyicha logistika xarajatlari tejaladi;

Davlat xaridlarini boʻyicha har yili 10,1 mlrd soʻm mablagʻ iqtisod qilinadi.

@hilola_umarova
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қозон шаҳрига келди. Аэропортда давлатимиз раҳбарини Татаристон Республикаси Раиси Рустам Минниханов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Казань. В аэропорту главу нашего государства встретили Раис Республики Татарстан Рустам Минниханов и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #sammit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat!❗️

25-oktabr kuni soat 18:00 da “Yangilangan baholash tizimi” mavzusida @marifatziyo telegram kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Mavzu yuzasidan savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidovadan javob olinadi.

Baholash tizimiga oid savollaringizni @zilola_muhammadali ga yuborishingiz mumkin. Savol yuborish muddati 24-oktabr 18:00 ga qadar.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ta'lim nazorati
"Vatan tayanchi" harakati.pdf
1.3 MB
⚡️A’lochi “Vatan tayanchi” otryadiga a’zo o'quvchilar harbiy yoki harbiylashtirilgan OTMlarga imtiyoz bilan kirishi mumkin

Prezidentining 2024-yil 25-oktyabrdagi PQ–369-son qaroriga asosan:

maktablarda chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani o’qituvchisi rahbarligida sinflar sonidan kelib chiqib, tarkibi 20 nafar 10–11-sinflar oʻquvchilaridan iborat bo’lgan “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi va ularning faoliyati “Vatan tayanchi” harakati tomonidan muvofiqlashtirib boriladi;

“Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktablarni a’lo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi;

“Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirishda test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko’ra to’plagan ballarining 5 foiz miqdorida qo’shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo’ladilar.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27-oktabr - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni.