Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.35K subscribers
4.62K photos
442 videos
26 files
1.29K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
#Xalqaro_forum
#live

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning Markaziy Osiyo Universitetlari forumidagi nutqidan:

"O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Bu bizga ta’lim sohasidagi islohotlarni yanada tezkor va samarali ravishda amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi.

2016-yilda O‘zbekistonda atigi 77 ta oliygoh bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam 210 tadan oshdi. Talabalar soni 5 barobarga ortib, ayni vaqtda 1 million 300 ming nafarni tashkil qilmoqda.

Bugungi nufuzli forumga mezbonlik qilayotgan “Yangi O‘zbekiston” universiteti ham ana shu islohotlar samarasi sifatida yuzaga kelgan.

Ushbu ta’lim dargohini rivojlantirishda biz dunyoning yetakchi ta’lim maskanlari – AQSHning Massachusets texnologiya instituti, Germaniyaning Myunxen texnika universiteti va Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqdamiz."


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
🕊Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1