Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.36K subscribers
4.61K photos
440 videos
26 files
1.28K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
📈Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi yakuniga yetti.

Joriy yil 24-31-mart kunlari 16 ta fandan (Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tojik tili, Qozoq tili, Geografiya va Tarix) , ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari uchun 4 ta fandan Ona tili va adabiyot, Matematika, Tarix, Rus tili va adabiyoti fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi.

🕯Olimpiada yakuniy natijalariga ko‘ra o‘rinlar soni hududlar kesimida yuqorida rasmda ko’rsatilgan.

Samarqand viloyati Respublika bo'yicha 1-o'rinda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi:
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bogʻlash;
- videorolik tayyorlash;
- shoir sheʼrlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.

Hakamlar tomonidan gʻolib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan Andijon viloyati tadbiri arafasida taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 15-aprel kuniga qadar @Durdona_Abdukarimxodjayeva telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
👍2
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS
🏫 #Qoʻshrabot_tuman_IMI

🎓 Qoʻshrabot tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Fayziyev Fariddin Axmatilla oʻgʻli IELTS dan 7 balni qo‘lga kiritdi.
👍13👏1
📣 Joriy yilning 2-aprel sanasida Pastdarg'om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari maktab direktori S.S.Qo'chqorov boshchiligida Samarqand shahridagi "Monomarkaz" binoga tashrif buyurdilar.
👩‍🍳Bu tashrif o'quvchi yoshlarni kasbga yo'naltirish maqsadida tashkillashtirildi.
🎯 Markaz xodimlari o'quvchilarni samimiyat bilan kutib olib, markazdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib o'tdilar.
💥O'quvchilar to'garaklar soni va amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdilar.
⚡️O'quvchilar boy taassurotlar bilan ortga qaytdilar.
👍4
#soha_qonunchiligi

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA STEM FANLARINI INGLIZ TILIDA OʻQITISH YOʻLGA QOʻYILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yiladi;

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yilidan bosqichma bosqich STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitish tashkil etiladi;

Maktablarimizning ilgʻor va tajribali o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan STEM fanlari bo‘yicha fan kengashlari tashkil etiladi;

Agentlik tizimida "Bitiruvchilar kengashi" tashkil etiladi hamda har yili "Bitiruvchilar qurultoyi" oʻtkaziladi;

Oʻquvchilar oʻrtasida "Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari oʻtkaziladi;

Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Юнусобод туманидаги 5-мактабда яратилган шароитлар билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Yangi O'zbekiston" universiteti uchun zamonaviy kampus qurish ishlari boshlanishiga tamal toshi qo'yildi

Davlatimiz rahbari Yangi Toshkent hududida bir qator obyektlar qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.

Unda "Yangi O'zbekiston" universiteti uchun ham zamonaviy kampus quriladi. Xususan, 10 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, 1 ming 150 o‘rinli oshxona, kutubxona va ixcham muzey, sport majmuasi, olimpiya suzish havzasi barpo etiladi.

Shuningdek, talabalar uchun 2 ming o‘rinli yotoqxona, professor-o‘qituvchilarga 286 o‘rinli turar joy qurib beriladi.

Bugun “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetining kampuslari, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi, ijod maktabi hamda Milliy maqom markaziga tamal toshi qo‘yamiz. Yangi shahar qurilishi ilm-fan, ma’naviyat maskanlaridan boshlanayotgani bejiz emas. Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi, – dedi davlat rahbari.

#Mirziyoyev #yangi_kampus

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3