Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.25K subscribers
4.24K photos
405 videos
23 files
1.14K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
#ustozlar_bayrami

🔹BIR GURUH USTOZLAR TAQDIRLANDI

"1-Oktyabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bir guruh ustozlarga "Xalq ta’limi fidoyisi", "Xalq ta’limi a’lochisi" ko’krak nishonlarini topshirdi.

Ular orasida samarqandlik o‘qituvchilar ham bor.

Samarqand shahridagi Prezident maktabi direktori Boltayev Farrux Farhodovich - "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

⚡️Ustozimizni mukofotlari  bilan tabriklaymiz!
#Prezident_farmoni_amalda
#Urgut_tuman_IM

▶️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urgut tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi 10-d sinf o'quvchilari ishtirokida "AXMAD-AKBARJON-OMAD- FAYZ" mas'uliyati cheklangan jamiyati korxonasiga sayohat tashkil etildi.

📘 Mazkur sayohatdan ko'zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmonida belgilangan 10-11-sinf o‘quvchilarining yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibini joriy etish hamda ularni kasb mahoratiga qiziqtirishdan iboratdir.
Mazkur sayohat o'quvchilarda kasb-hunarga bo'lgan qiziqishini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi va o'quvchilar katta taassurotlarga ega bo'ldilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
📝
Telegram 📝 Facebook
#Oqdaryo_tuman_2_son_IMI

⚡️Agentlik tizimidagi Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o'quvchisi G'aniyev Shuhrat IELTS imtihonidan overall 7.5 ballni qo'lga kiritdi.

🏆Listening - 8.5
🥇Reading- 7.5
🥈Writing - 6.5
🥉Speaking- 6.5

O'quvchimizni kelgusidagi o'qishlarida bundan-da yuqori natijalarga erishishiga tilakdoshmiz!
🍇"Mehrjon"-hosil bayrami ikki ming yillik tarixga ega hisoblanadi


🍒“Mehrjon” bayrami bolajonlarni bir - birlariga mehr-oqibatli bo‘lishga undaydi. Ushbu bayram koinot va yerga jon ato etib turgan Quyoshni qadrlashga, barchani qish g‘amini jamlashga undaydi. Shu bois Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Mehrjon” kuz bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🍉Unda maktabning 5-6-7-sinf o‘quvchilari o‘zlarining kuz fasli haqida tayyorlagan sahna ko‘rinishlarini hamda she’r, qo‘shiqlarini namoyish etishdi.


Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM