Forwarded from Prezident maktabi |Samarqand shahri
#Uchrashuv
#Prezident_maktabi
🕊Prezident maktabining yangi qanotlari!
✅Samarqand shahridagi Prezident maktabida 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar, ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🏵Uchrashuvda yangi qabul qilingan o‘quvchilar hamda boshqa tashrif buyurgan mehmonlarga maktab pedagog xodimlari tomonidan maktab hayoti, dars jarayonlari va qo‘shimcha mashg‘ulotlar, shuningdek, Prezident maktablarining kun tartibi haqida ma’lumotlar berildi.
🔅 O‘quvchilar va ularning oila a'zolarida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar ajoyib taassurotlar qoldirdi.
Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.iss.one/SamarqandPM
➤ Telegram | Instagram | Facebook

Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar, aziz yurtdoshlar!
Ona Vatanimiz istiqlolining 33 yilligi – mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin.
Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida ozod diyorimizda har bir yil hamma sohada ulkan yutuqlar, tub o‘zgarishlar, xayrli natijalar bilan tarixga muhrlanayotgani bizni behad quvontiradi.
Ijtimoiy davlat deya atalgan Yangi O‘zbekistonimizdagi islohotlardan ko‘zlangan maqsad inson qadrini ulug‘lash, har bir yurtdoshimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish, mamlakatimizni jahonning eng ilg‘or davlatlari safiga olib chiqishdan iborat.
Bu o‘zgarishlar albatta ertangi kun egalarining bugungi taʼlim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liq.
Shunday ekan, kelajagimiz bunyodkorlarining har tomonlama barkamol voyaga yetishlari yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan qadrli yurtdoshlarimizga kuch-quvvat, sihat-salomatlik, ulkan zafarlar tilayman.
Osmonimiz hamisha bugungidek musaffo, yurtimiz tinch, xonadonlarimiz yanada fayz-u barakaga to‘lsin.
Barcha yutuqlarimizning poydevori, hayotbaxsh manbai sanalgan istiqlolimiz boqiy bo‘lsin!
Yana bir bor bayram muborak, azizlar!
Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

#Bir_boʻlsak_yagona_xalqmiz
#Birlashsak_Vatanmiz
🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barchani Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli ishlaringizda ulkan yutuqlar tilaymiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan bir guruh faxriy ustozlar uchun “Chinobod Plaza” dam olish maskaniga bepul yo‘llanma taqdim etdik.
Ular orasida 40, 42, 43, 58 (!) yillab chekka hududlardagi maktablarda faoliyat yuritgan o‘qituvchilar bor.
Sanatoriyada ustozlarimiz sog‘liqlarini tiklashlari hamda mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bu boshlanishi! Hali ko‘p ustozlarimiz, faxriylarimiz uchun bunday imkoniyatlar yaratamiz, men o‘ylayman ularning barchasi eng yaxshi sharoitlarda hordiq chiqarishga haqli. Yana bir bor barchangizga bayram muborak!

#yangi_oʻquv_yili
#maktablarimiz_haqida
🤩Agentlik tizimidagi 🏢 Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2024/2025-oʻquv yiliga tayyor holatga keltirilib, ilmga chanqoq, zukko, bilimdon oʻquvchilarini kutmoqda.

⏺#IslomAbdugʻaniyevichKarimov
🇺🇿 Islom Karimovning bolalik va o‘smirlik yillari haqida film
🖋 Bugun, 2-sentabr. 2016-yilning shu sanasida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov 78 yoshida vafot etgan.
📌 Maʼlumot uchun Islom Abdugʻaniyevich Karimov 1938-yilning 30-yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan, 2016-yilning 2-sentabr kuni Toshkentda vafot etgan.

Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!
Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.
Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.
Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.
Aziz o‘quvchilar!
Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Oqdaryo tumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi
Davlatimiz Madhiyasi bilan boshlangan "Birinchi qo‘ng‘iroq" hamda maktabning rasmiy ochilish tadbirida tuman hokimi Sh.Qudratov, Xalq ta’limi bo‘limi vakillari, o‘quvchilar va ota-onalardan iborat keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur yangilikdan benihoya mamnun bo‘lgan tadbir ishtirokchilari maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi
Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:
✅Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
✅Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanish mumkin.
✅Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.
✅Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.
Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.
✅Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.
✅Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.
@hilola_umarova