Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.36K subscribers
4.61K photos
440 videos
26 files
1.28K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
#qabul_2024
#ishchi_guruh

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablarning shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Xorazm viloyatida joylashgan Xiva shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xiva shahridagi 1- va 2-son, Urganch shahar 1-son hamda Xonqa, Bogʻot, Qoʻshkoʻpir, Yangibozor tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Singapur bilan hamkorlikda maktab direktorlari uchun kasbiy rivojlantirish seminar-treninglari bo’lib o’tmoqda.

Treninglarda xorijlik mutaxassislar tomonidan:

ta’limda ko’zda tutilgan islohotlarni amalga oshirishda maktab rahbariyatining o’rni,
ustozlarning kasbiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlash,
islohotlar mazmunini maktab jamoasiga yetkazish, ta’limda menejmentni rivojlantirish,
ta’lim muassasasidagi muhitni yaxshilash haqida so’z bormoqda.

✔️Ta’kidlash joiz, loyiha ustozlar orasida o’zaro qo’llab-quvvatlash, tajriba almashish muhitini yaratishga qaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

⚡️ Joriy yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Agentlik tizimida yangi Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtilgan maktab-internati ochildi.

Ushbu maktabga 2024/2025-oʻquv yili uchun
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-11-sinflar
tabiiy fanlar yo'nalishida 7-8-9-sinflariga
oʻquvchilarni qabul qiladi.

📶 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali hamda Samarqand viloyatidagi barcha agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab—internatlari binolariga tashrif buyurib shtablarga murojaat qilishingiz mumkin.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
Oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining nusxasi;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring.

Maktab lokatsiyalari:
📍Samarqand shahridagi Prezident maktabi
📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filiali
📍Ishtixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Kattaqo'rg'on shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Kattaqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Nurobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Pastdarg'om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Pastdarg'om tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Payariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Qo'shrabot tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Qo'shrabot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Samarqand tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Toyloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Farzandim chet elda tug‘ilgan va o‘sha yerda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olgan. Men va otasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosimiz. Farzandim hozirda O‘zbekistondagi maktabda tahsil olmoqda. U Prezident maktabiga o‘qishga hujjat topshira oladimi?
Ha, topshira oladi. Bunda talabgordan hujjat topshirayotganda o‘quvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi bo‘limidan “Chet elda olingan tug‘ilganlik haqida guvohnoma”ni tanlashi talab etiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o‘qishga hujjat topshirilganda talabgordan so‘raladigan identifikatsiya raqami nima?
Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.


Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo‘lishi talab etiladi?
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 ("a'lo") bo‘lishi talab etiladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#seminar
#kutubxonachilar_bilan

📚Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand viloyati hududida joylashgan barcha lxtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari kutubxonachilari uchun Kattaqo’rq’on shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida Samarqand shaharidai Prezidnet maktabi kutubxonachisi N.Ergasheva tomonidan o’quv-seminar tashkil etildi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206


Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida matematika fani boʻyicha "Quiz-Bee Competition" musobaqasi
oʻtkazildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Xorazm viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan chavandozlik mashgʻulotlarida
ishtirok etdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida "Ohanglar sehri" deb nomlangan badiiy-musiqiy kecha
boʻlib oʻtdi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari “Yangi Oʻzbekiston” universiteti professor-oʻqituvchilari bilan
muloqot qildi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari Samarqand davlat universitetining Muhandislik fizikasi instituti faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

Termiz shahridagi
Prezident maktabi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida hududlarda shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi — “112” yagona dispetcherlik xizmati yuzasidan axborot-targʻibot tadbiri o‘tkazildi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari WMI - Xalqaro matematika olimpiadasining final bosqichiga
yoʻllanma oldi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Ilhom va shijoat: qizlar kelajakni yozmoqda” mavzusida hisobot taqdimoti
o‘tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining bir guruh o‘quvchilariga Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining maxsus esdalik sovgʻalari
topshirildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi tomonidan “Qoraqalpoq sheʼriyatining soʻnmas yulduzi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha
oʻtkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filiali rahbariyati ishtirokida brifing
bo‘lib o‘tdi.

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Dilshodbek Rajabov Eronda boʻlib oʻtadigan 54-Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish imkoniyatini
qoʻlga kiritdi.

Guliston, Jizzax shaharlari, Muzrabot, Norin, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Chust, Kosonsoy, Shahrisabz, Olot, Qarshi tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari fanlarni bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikatlarga ega boʻldi.

Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Gulchiroy Rahmatullayeva va Goʻzal Nurulloyeva ICT4 Girls olimpiadasining Respublika bosqichiga
yo‘llanma oldi.

Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Har 10 kunda bir kitob" chellenjiga start berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍1
Forwarded from Hilola Umarova
Dunyoni bilimlilar boshqaradi, kelajakni iste’dodlilar yaratadi. Bu haqiqatni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi jarayonlarini kuzata turib yana bir bor teranroq his qildim.

Yevropa va Osiyo qit’asidagi 18 ta davlat o‘quvchi-yoshlari ishtirok etgan ushbu bahs jarayonlari o‘tgan vaqt davomida chinakam ma’nodagi katta bilimlar bellashuviga aylanib ketdi. 120 nafarga yaqin dunyo yoshlarini bir nuqtaga jamlagan ushbu olimpiada bahslarining qizg‘in va murosasiz kechganligini ishtirokchi o‘quvchilarning taassurotlaridan ham anglash qiyin emas.

Albatta, O‘rta asr sharq ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ilmiy me’rosi va katta hayot yo‘li dunyoning deyarli barcha davlatlarida hozirga qadar chuqur o‘rganib kelinadi. Va uning tabobatga doir asarlari va tavsiyalari dunyo tibbiyotida keng qo‘llaniladi.

Buxoro ana shu buyuk vatandoshimiz nomi bilan ataluvchi katta bir tadbirga mezbonlik qildi. Bunda bilimlar bahs olib borsada, o‘zaro hurmat va do‘stlik yetakchilik qildi. Bu do‘stona kayfiyat ayniqsa yoshlarning Buxorodagi turli tarixiy va madaniy maskanlarga qilgan sayohatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi, deyishimiz mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun yakunlangan ushbu xalqaro olimpiada bahslari O‘zbekiston yoshlari uchun ham bir maktab bo‘lishi qatorida, kelgusidagi muhim musobaqalar oldidan katta tayyorlov vazifasini o‘tagani aniq.

Men mazkur olimpiadaning barcha ishtirokchilariga kelajakda bundanda katta omadlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri