Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.33K subscribers
4.63K photos
442 videos
26 files
1.29K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
Maktab uchun avtobus qatnovi yo'lga qo'yildi

🏢Paxtachi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning kelib-ketishlariga qulaylik yaratish maqsadida Paxtachi tuman hokimligi tomonidan quyidagi ikki yo’nalishda harakatlanuvchi 2 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi:

🚌1-YO'NALISH: 25-maktab, Payshanba bozor, Orom to‘yxona, Fay MFY, Qoratepa MFY, Masjid keshtali, Zarafshon MFY, Baliqxona, Xumor chorraha - Sultonobod

🚌2-YO'NALISH: Ziyovuddin shaharchasi, Qayishfurush, Boymat, Eshon bobo, Chorshanba bozor chorrahasi, Boltali - Sultonobod

Avtobuslarning harakatlanish vaqti:

🚕Kelish vaqti ertalab 07:10

🚕Ketish vaqti:16:00

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

☎️ +998939519297

Biz👉
https://myurls.co/paxtachi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Samarqandlik maktab direktorlari ham "Zamonaviy maktab liderlar nigohida'' seminar treningida faol ishtirok etmoqda

🔷 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan "Zamonaviy maktab liderlar nigohida'' shiori ostida joylarda o`tkazilayotgan seminar treningi Samarqand shahrida ham qizg`in tashkil etilmoqda.

📮 Shahardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan seminardan ko‘zlangan maqsad, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari direktorlarining kasbiy tajribalarini umumta’lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdan iboratdir.

🖲 Trening tadbirlari maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashga qaratilgan.

💾 Seminar joriy yilning 10-fevraliga qadar Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida olib boriladi va unda hududdagi barcha maktab direktorlari ishtirok etishadi.
#bugun

🔹 9-fevral — buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.
Alisher Navoiy qalamiga mansub boy ma’naviy meros asrlar osha insonlar qalbiga ezgulik ziyosini taratib kelmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | «Лидерлик ҳафталиги» доирасидаги семинар-тренинг
#9feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | «Лидерлик ҳафталиги» доирасидаги семинар - тренинг
#9feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib qardosh turk xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbek va turk xalqlari azaldan doimo inoq, og‘ir kunlarda bir-biriga suyanch bo‘lib kelgan. Bugungi kunga kelib ikki davlatning o‘zaro do‘stlik aloqalari yanada rivojlanib bormoqda.

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-fevral kuni Turkiyaning ayrim hududlarida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida yerlik aholi katta jabr ko‘rdi. Davlatimiz rahbari fojea ro‘y bergan kuni qardosh Turkiya xalqiga va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, mamlakatimizdagi tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus qutqaruvchilar zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Turkiya davlatiga yuborildi. Ayni damda fojea hududiga yurtimizdan turli gumanitar yordamlar doimiy ravishda yuborilmoqda.

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga bordi hamda o‘z hamdarligini bildirdi. Tabiiy ofat natijasida halok bo‘lgan insonlar xotirasini yod etib, jarohatlangan insonlarning tezda sog‘ayib ketishini tiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔺Pastdarg'om tumani

🔹Pastdarg'omda “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi

Bugun Pastdarg‘om tumanida umumta’lim maktabi direktorlari uchun seminar-treninglar tashkil etildi. Mazkur treninglar maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashga qaratilgan.

@samarqandvxtb

Telegram | Facebook | Web-site
👍3
Forwarded from Hilola Umarova
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, o'qituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya o‘rnatish.

“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.

Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.

Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.

Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!
👍3