Samarqand | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.35K subscribers
4.63K photos
442 videos
26 files
1.29K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand viloyati hududidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati, yangiliklari!

Murojaat uchun: @SamIXM_bot
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Биринчи Президент Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту Исламу Каримову в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍2
Президент қарори билан:

Усман Шарифходжаев мактабгача ва мактаб таълими вазирининг биринчи ўринбосари лавозимига;

Темуржон Комилов мактабгача ва мактаб таълими вазирининг ўринбосари лавозимига;

Дилшод Кенжаев мактабгача ва мактаб таълими вазирининг ўринбосари лавозимига;

Узокбой Бегимкулов мактабгача ва мактаб таълими вазирининг ўринбосари лавозимига;

Алишер Уббиев мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги директори лавозимига тайинланди.

🔹 Баходиржон Онорбоев бошқа ишга ўтиши муносабати билан мактабгача таълим вазирининг биринчи ўринбосари лавозимидан;

🔹 Нодир Муслитдинов бошқа ишга ўтиши муносабати билан мактабгача таълим вазирининг ўринбосари лавозимидан;

🔹 Иброхим Джураев бошқа ишга ўтиши муносабати билан халқ таълими вазирининг ўринбосари лавозимидан;

🔹 Вохобжон Ражапов бошқа ишга ўтиши муносабати билан халқ таълими вазирининг ўринбосари лавозимидан озод этилди.
_____________________________
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
TAYINLOV

Prezident qarori bilan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori tayinlandi

Аlisher Ubbiyev
— Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#LIVE
#OLIMPIADA

⚡️ Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand viloyati hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida STEAM
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science
fanlari bo'yicha barcha sinf o'quvchilari o'rtasida fan olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tmoqda.

🎯Bundan ko'zlangan maqsad o‘quvchilarni fan olimpiadalariga qiziqtirish, ularning intellektual salohiyatlarini oshirish, xalqaro olimpiadalarga saralashdan iborat. Bir-biridan zukko barcha o'quvchilarimizga omad tilab qolamiz.
_____________________________
👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
👍1
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH BOSHLANDI!

A-level imtihonlarini topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

A-level imtihonini topshirish istagida bo'lgan talabgordan
- shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi,
- amaldagi pochta va telefon raqami,
- ta'lim olayotgan muassasa haqidagi ma'lumot
(maktab bitiruvchilaridan bu talab etilmaydi) hamda
- imtihon topshirishni istagan fanlar ro'yxatini tanlash talab etiladi
.

A-level imtihonlariga qanday ro'yxatdan o'tiladi?

Imtihonlar uchun onlayn arizalarni https://alevel.piima.uz/ sayti orqali to'ldirishingiz mumkin.

Batafsil
: https://piima.uz/news/endi-a-level-va-igcse-sertifikatlarini-olish-uchun-chet-elga-borishga-zarurat-yoq-mazkur-imtihonlarni-prezident-maktablari-otkazadi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида 2023 йилнинг январь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#A_level

⚡️Sizga qulaylik yaratish maqsadida A-level imtihonlariga onlayn ariza topshirish tartibi haqida video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.
__________

For your convenience, we provide a step-by-step video guide on applying online to the A-level exams.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Fakt
#A_Level_imtihoni
#Inson_qadri_uchun

A-LEVEL IMTIHONI HAQIDA BILISHINGIZ KERAK BO'LGAN 7 FAKT

1️⃣ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

2️⃣ 2021-2022-o‘quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘tkazadi.
❗️2022/2023-o‘quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni o‘tkazishi rejalashtirilgan.

3️⃣ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2️⃣ marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.
❗️Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

4️⃣ Cambridge Assessment imtihon uchun 5️⃣0️⃣ dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa3️⃣ tadan 5️⃣ tagacha fan tanlaydi❗️

5️⃣ Cambridge Assessment A-level'dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari o‘quvchilari:
- IGCSE imtihonini — 8-9-sinfda,
- AS imtihonini —10-sinfda,
- A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.
❗️Chetdan kelgan (Prezident maktablari o’quvchisi bo’lmagan) talabgorlar nechanchi sinfda o‘qishidan qat’i nazar, o‘z bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

6️⃣ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.
👍1
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ota_onalar_diqqatiga
#diqqat_qilamiz
#ogohlikka_chaqiramiz

❗️Farzandingizga shubhali shaxslardan qanday himoyalanish kerakligini o'rgating.

👆🏻Yuqorida farzandingizga uqtirishingiz zarur bo'lgan bugungi davr talablari sanab o'tilgan.

⚠️Ogohlik ehtiyotkorlikdan boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍3
“Ютуқ пулини ота-онамга бердим, машина олишди” — Халқаро Менделеев олимпиадаси ғолиби билан суҳбат

Азимжон Жамолов – 56-Менделеев олимпиадасида олтин, Хитойда ўтказилган 54-Халқаро кимё олимпиадасида кумуш медални қўлга киритган. Ва шу ютуқлари сабаб ҳозир “Янги Ўзбекистон” университетига грант асосида ўқияпти. Бундан ташқари, Азимжон “Мард ўғлон” давлат мукофотини ҳам қўлга киритди.

📹 ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!

Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.

Shu sabab, bolangizga:

Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!

Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.

Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!