#11_oktyabr
#Xaqlqaro_qiz_farzand_kuni
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
BOR BOʻLSIN
Qiz bor uyning fayzi boʻlak, deydilar,
Jannat yoʻli - qiz bor yoʻlak, deydilar.
Oʻngirimda oʻgʻlim yoʻq, deb oʻksimang,
Togʻ boʻlmasa, qir ham tirgak, deydilar.
Elning baxti botirlarga yor boʻlsin,
Ominalar, Xolidalar bor boʻlsin.
Qiz yoʻq yurtga koʻklamlar sep toʻsharmi?
Kelini yoʻq toʻylar toʻyga oʻxsharmi?
Qizlar borki, oʻlka omon, qoʻrgʻon but,
Qiz kutmasa yigit olov kecharmi?
Jonlar ilhaq, ilinjlar tumor boʻlsin,
Maʼsudalar, Mahzunalar bor boʻlsin.
Qizi yoʻqning oysiz xomush osmoni,
Qizi borning qasrdir xonadoni.
Shu mungligʻu shu mushtipar parvonang,
Yigit yoʻlning, qiz koʻngilning sultoni.
Ota uyda har kuni bahor boʻlsin,
Mavludalar, Maʼsumalar bor boʻlsin.
Ey Muhammad, olti ogʻa-ining bor,
Birda yaxshi, birda yomon kuning bor.
Bir kun boshing botar boʻlsa bolishga,
Qizlaringdan yaqin yana kiming bor!!!
Sovchilari eshigida zor boʻlsin -
Nozimalar, Madinalar bor boʻlsin.
✍ Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
#Xaqlqaro_qiz_farzand_kuni
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi
BOR BOʻLSIN
Qiz bor uyning fayzi boʻlak, deydilar,
Jannat yoʻli - qiz bor yoʻlak, deydilar.
Oʻngirimda oʻgʻlim yoʻq, deb oʻksimang,
Togʻ boʻlmasa, qir ham tirgak, deydilar.
Elning baxti botirlarga yor boʻlsin,
Ominalar, Xolidalar bor boʻlsin.
Qiz yoʻq yurtga koʻklamlar sep toʻsharmi?
Kelini yoʻq toʻylar toʻyga oʻxsharmi?
Qizlar borki, oʻlka omon, qoʻrgʻon but,
Qiz kutmasa yigit olov kecharmi?
Jonlar ilhaq, ilinjlar tumor boʻlsin,
Maʼsudalar, Mahzunalar bor boʻlsin.
Qizi yoʻqning oysiz xomush osmoni,
Qizi borning qasrdir xonadoni.
Shu mungligʻu shu mushtipar parvonang,
Yigit yoʻlning, qiz koʻngilning sultoni.
Ota uyda har kuni bahor boʻlsin,
Mavludalar, Maʼsumalar bor boʻlsin.
Ey Muhammad, olti ogʻa-ining bor,
Birda yaxshi, birda yomon kuning bor.
Bir kun boshing botar boʻlsa bolishga,
Qizlaringdan yaqin yana kiming bor!!!
Sovchilari eshigida zor boʻlsin -
Nozimalar, Madinalar bor boʻlsin.
✍ Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
❤1