Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
887 subscribers
8.1K photos
859 videos
49 files
1.83K links
Download Telegram
#qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha ustozlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi!

Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻgʻil-qizlarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni zabt etadigan, yetuk salohiyatli, milliy gʻururi baland, Vatanga muhabbati cheksiz insonlar boʻlib ulgʻayishadi.

Olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1_oktyabr
#ustozlar_kuni

USTOZ

Ey ijod maktabi, she'rlar doyasi,
Yoningga oshiqib, shoshilib keldim.
Qishloqda onamni yolgʻiz qoldirib,
Baxtning etagiga osilib keldim.

Keldim men bagʻringda unmoqlik uchun,
Mashrab chakmonini  yelkamga tashlab.
Kichkina farzanding, katta she'rlarin,
Bir kuni tinglaysan gurros olqishlab.

Bagʻringda unaman, oʻsaman erka,
Maktabim, barchani qilurman e'zoz.
"Ilmu-urfon" nomli bu nurli yoʻlda,
Menga yoʻldosh boʻlar jonkuyar ustoz.

Mehriddin Sobirjonov
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

Aziz ustozlar, muhtaram murabbiylar!

Ta’lim-tarbiya sohasining jonkuyar xodimlari va faxriylari!

Barchangizni bugungi qutlugʻ ayyom, umumxalq bayrami – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Sizlar ta’lim-tarbiya, mehr-muhabbat, yuksak bilim va tajriba timsolisiz!

Sizlar hayot yoʻlimizni ma’rifat ziyosi bilan yoritayotgan buyuk kasb egalarisiz!

Oʻqituvchi va murabbiylar borki, ilmga chanqoq, qalbi uygʻoq, tafakkuri kuchli avlodlar yetishib chiqaveradi.

Qadrli oʻqituvchi va murabbiylar!

Ta’lim-tarbiyaga baxshida umringizga umr qoʻshilishiga, doim sogʻ-salomat boʻlishingizga tilakdoshman.

Hamisha shogirdlaringiz ardogʻida boʻling! Kasb barkamolligi, baxt-omad hamrohingiz boʻlsin!

Alisher Ubbiyev
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori
1-oktyabr – Halima Ahmedova tavallud topgan kun

Halima Ahmedova 1960-yil Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida dunyoga kelgan. Shoiraning ilk kitobi 1986-yil "Ko‘zimning tili" nomi ostida chop etilgan. Keyinchalik "Tungi marvaridgullar", "Erk darichasi", "Tiyramoh", "Afsun", "Umid soyasi", "Nigoh qiblasi", "Shafaq ibodati", "Yosuman gulining soyasi", "Yashil", "Tashbeh" singari kitoblari nashrdan chiqqan.

Halima Ahmedova Londonda oʻtkazilgan Markaziy Osiyo kitob forumi va adabiyoti festivalining "Adabiy asar" nominatsiyasidagi mukofotiga sazovor boʻlgan.
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz oʻqituvchilar, hurmatli ustozlar, qadrli oilam, 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" bu yil butunlay oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Toʻgʻrimi?

Avvaliga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdilar. Muloqotdagi bayramona muhit muhtasham “Hilton” mehmonxonasiga koʻchib oʻtdi.

Tantanada bir guruh oʻqituvchi va faxriylarimizga mukofotlar topshirdik. Bayramona dasturxon va yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi hayajonga toʻla kunimizni yakunlab berdi.

Oʻylaymanki, biz bir-birimizga faqat mehr va shodlik ulashdik. Qadrli ustoz va oʻqituvchilar aslida bundan ortigʻiga arziysizlar. Sizlarni yaxshi koʻraman, bir safda ekanimizdan faxrlanamam hamda bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman!

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, har biringiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob gʻoyamizni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshasiz.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1_oktyabr
#ustozlar_kuni

"O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Ustozga ehtirom" nomli badiiy kecha o‘tkazilgan tadbirlar

Bizni kuzatishda davom eting!
@ima_myim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotidagi nutqidan
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
IQROR

Shoirlik men uchun aslo orzumas,
Shu ham ish boʻldimi yigit boshimga.
Hamma shoir zotin yigʻsa - arzimas
Onamni sogʻinib toʻkkan yoshimga.

Ana, ular qilar bulbullarga doʻq:
"Ey qush, bu bogʻlarning men bulbuliman!"...
Shoirlar bilan hech oshnoligim yoʻq,
Men yorugʻ dunyoda koʻnglim quliman.

Ammo yuragimni qiynar bir azob,
Qoʻy desam qoʻymaydi, tutqazar qalam.
Men ketmon soʻrasam - tutadi rubob,
Kuylayman jonimdan oʻtganda alam.

Osmonga qarasam koʻrinar tuproq,
Maysaga termulib oyni koʻraman.
Bu qanday koʻrgulik, bilmayman, oʻrtoq,
Men qachon dalada bugʻdoy oʻraman!..

Shoirlik men uchun aslo orzumas,
Shu ham ish boʻldimi erkak boshimga.
Hamma shoir zotin yigʻsa - arzimas
Uyimni sogʻinib toʻkkan yoshimga.

Ana, ular salqing xiyobonlarda
Entikib yozishar kelajakka xat.
Oqibat haqida hayqirishar va
Abdulla Orifni qilishar gʻiybat...

Boʻldi.
Sheʼr yozmayman.
Men endi odam,
Oddiy odam boʻlib yashay boshlayman.
Koʻnglimga achinib agar yozsam ham,
Tunda yozib, tongda oʻtga tashlayman!.

Muxammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotidagi nutqidan
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Vazir_soati

Prezident topshiriqlari ijrosi amalga oshirilmoqda


Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida "Vazir soati” boʻlib oʻtdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, kuni kecha pedagoglar bilan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, endilikda pedagoglar malakasini oshirishning “vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab va bogʻcha” vertikal tizimini yoʻlga qoʻyilishi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining har bir hududiy markaz direktorlariga bir nafardan chet ellik ekspert maslahatchi sifatida biriktirilishini aytib oʻtdi.

Qayd etilganidek, Davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imzolanga qaror asosida vazirlik tizimida Oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

Ahamiyatlisi, endilikda xalqaro olimpiada terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha BHMning 35, 25, 15 baravari miqdorida ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari uchun beriladigan pul mukofotlari daromad soligʻidan ozod qilinadi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1779

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ma'naviyat_soati

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchi yoshlarda vatanparvarlik, o‘z yurtiga mehr-muhabbat ruhida va ma’naviy barkamol bo‘lib o‘sishlari uchun ma’naviyat soatlari tashkil etilgan. 

🔷O‘tkazilgan ma'naviyat soatlarida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ma'naviyatimizni shakllantirish ilgari surildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim