Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
876 subscribers
8.2K photos
863 videos
50 files
1.85K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_30

Ватан боғи

Нодир Жонузоқ, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси раисининг биринчи ўринбосари

Сайт I Телеграм I Фейсбук
#Mustaqillik_30yil

Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan tanlov yakunlandi

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan “Vatan taraqqiyotiga mening qo‘shgan hissam” tanlovi yakuniga yetdi.

🔹Tanlov 2 bosqichda tashkil etilib, 1-bosqichda g‘olib deb topilgan ijodiy ishlar – 11 ta qo‘lda chizilgan rasm, 16 ta she’r va hikoya hamda 9 ta maqola tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish taqdim etilgan.

👉2-bosqich natijalari va g‘oliblari bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.
#Mustaqillik_shukuhi

Bugun, 30-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi va agentlik tizimidagi maktablar xodimlariga "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishonini topshirilishiga bag'ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, Agentlik tomonidan erishilgan yutuqlar haqida to'xtalib o'tdi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.
_____

Today on August 30, an event dedicated to the presentation of the commemorative plaques of 30th anniversary of the Independence of the Republic of Uzbekistan to the staff of the Agency and educational institutions was held at the Specialized School of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi.

🔸In the event, the head of the Agency Hilola Umarova informed about the achievements of the Agency over the past period.

👉Read more on our site.
Президент Шавкат Мирзиёев “Янги Ўзбекистон” боғидаги Мустақиллик монументи пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию монумента Независимости в парке "Янги Узбекистон".

#Mirziyoyev #marosim #monument #Mustaqillik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Tabriknoma
#Mustaqillik_31_yil

Aziz yurtdoshlar!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan kundir. Bu kun har bir millatdoshimiz qalbida ulkan faxr va ehtirom tuyg'ularini uyg'otadi.

Barchangizni ayyom bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga mustahkam sog'liq, tinchlik-xotirjamlik va ishlaringizga rivoj tilaymiz!

#Ayyom_muborak

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Mustaqillik_darsi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Mustaqillik darslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova tomonidan o‘tkazilgan Mustaqillik darslarida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ma'naviyatimizni shakllantirish, Prezidentimizning “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoyalari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlari ilgari surildi.

@ptma_myim
#Mustaqillik_darsi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ilk darslar "Mustaqillik darslari" bilan boshlandi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova tomonidan o‘tkazilgan Mustaqillik darslarida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ma'naviyatimizni shakllantirish, Prezidentimizning "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun", “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoyalari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlari ilgari surildi.
#Mustaqillik_darsi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida boshlangan "Mustaqillik darslari"da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, shoira Xurshida Vahobjon qizi ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ma'naviyatimizni shakllantirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlari ilgari surdi.
#Mustaqillik

VATAN

Bag'ringda tashladim ilk qadamlarim,
Hamon og'ishmadim mardlar safidan.
Tuproqda toblanib yurgan damlarim,
Mehr qiblasidan topganim, Vatan.

Senda ulg'aygani Sinolar bo'ldi.
Nomingni manguga bitdi daholar,
O'zingda gadolik istab o'tdilar,
Yetti jahonni lol aylagan shoxlar

Tiniq osmoningga talpinar qushlar,
Dashtu dalang to'la shifobahsh giyoh.
Senda tug'ilganim shukrimga sabab,
Gar sendan nolisam bo'ladi gunoh.

Safarga otlansam, kuzatar onam,
Deydi, bitta joyda ko'karar daraxt.
Ammo, sog'inishning gashti o'zgacha,
Mening Vatanim deb g'ururlanmoq baxt.

Sardor SIROJIDDIN
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi murabbiyi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Mustaqillik

VATAN

Qayga bormay qalbda g‘urur, yurakda nur,
Yurak emas, vujudimsan o‘zing butkul.
Kuysan, nayning navosiday ajib, yolqin,
Ulug‘vorsan, yurakdagi qonim, Vatan!

Onamdirsan, malhami jon yuraklarga,
Mukofotsan, oliy ezgu tilaklarga,
Nomingni men olib chiqib yuksaklarga
Poylaringga tuproq bo‘lay jonim, Vatan.

Chinor yanglig‘ sug‘orilding ziyolardan,
So‘rasak “Baxt” senda derlar fidolardan,
Tushirmagay seni bobom duolardan,
Ko‘kni quchgan yengilmas shunqorim, Vatan!

Humo bo‘lay qanot yozib osmoningda,
Yonib kuylay madhingni gul bo‘stoningda,
Yorqin yulduz bo‘lay bitta osmoningda,
Ikki dunyo borim o‘zing, shonim Vatan!

Robiya MAHMUDOVA
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Mustaqillik

O‘ZBEKISTON

Oʻttiz uch yilki samoda erkalanar oy,
Oʻttiz uch yilki baxtimiz ulashar chiroy.
Oʻttiz uch yilki zaminim shukuhli saroy,
Ona yurtim, istiqloling- taxting muborak!

Yetmish yillik mum tishlagan tillaring haqqi,
Va toptalib vayron boʻlgan dillaring haqqi.
Sabr in'om etgan oydin yoʻllaring haqqi,
Ibodatga yetaklagan vaqting muborak!

Togʻlaringda ming ma'daning rizq-ne' matingdir,
Polvonlaring taqqan kamar- sharofatingdir.
Erkinliging, ozodliging - shon-shavkatingdir,
Oʻzligingni asrab kelgan ahding muborak!

Ulugbeksan samolardan yulduz koʻzlagan,
Yassaviysan har qadamda hikmat izlagan.
Mashrab boʻlib dor ostida haqni soʻzlagan,
Ajdodlardan qolgan meros - shahding muborak!

Haq eding-u, haqqingga koʻz tikdi birovlar,
Aziz boshing muzlatdi ne qor-u qirovlar.
Mana endi yogʻilmoqda Haqdan siylovlar,
Joynamozda duo tutgan kafting muborak!

Har bolangning boʻylaridan baland ori bor,
Har hofizda bu bayramning kuyli tori bor.
Har shoirning qalamida bir shiori bor:
Oʻttiz uch bor qanotlangan baxting muborak!

Shahloxon Hamidova
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Mustaqillik_darsi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ilk darslar "Mustaqillik darslari" bilan boshlandi.

Andijon viloyati Bojxona xizmati boshlig‘i, polkovnik Bahodir Qutlimirotov, Andijon harbiy garnizoni boshlig‘i, polkovnik Mirsaid Shukurov, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan Mustaqillik darslarida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ma'naviyatimizni shakllantirish, Prezidentimizning "Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz", “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoyalari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlari ilgari surildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim